Reja: Trening guruhining tuzilishi va trening guruhining psixologik o‘ziga xosligi


Trening guruini yig‘ishning o‘ziga xosligi, guruh ishtirokchilarining soni va yoshi



Download 218,49 Kb.
bet7/14
Sana24.11.2022
Hajmi218,49 Kb.
#872066
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Trening kasbiy ko’nikmalari.

4.Trening guruini yig‘ishning o‘ziga xosligi, guruh ishtirokchilarining soni va yoshi.
Ijtimoiy treningning yana bir jihati borki, bunda ishtirokchilar o’rtasida samimiy, iliq munosabatlar o’rnatilishi ular o’zaro bir birlariga ishonishlari lozim. Buning uchun trening tashkil etuvchi shaxs mashg’ulot boshida shunday sharoit yaratadiki, natijada ishtirokchilar bir birini tanib iliq
munosabatlarga moyillik sezishlari shart.
Buning uchun masalan: Trening qatnashuvchilari bir birlariga xushomat qilishlari taklif etiladi. Xushomat yoki takalluf albatta yonidagi shaxsning tashqi ko’rinishi, yuz ifodasi, kiyimining rangi, didi kabilarga talluqli bo’lishi mumkin.
Ammo bu xushomatda asl xushomad elementlari minimal ifodalanishi zarur, ya’ni bo’rtirib yo’q narsani aytish ham muloqotga xalaqit berishi mumkin. Shuningdek, ijtimoiy psixologik trening maxsus tarzda uyushtirilib unda alohida vaziyatlarda har bir trening ishtirokchisining shaxsiy ehtiyojlari ularda
individual shakllinishi zarur bo’lgan sifatlar katta rol o’ynaydi va shaxs ataylab u yoki bu ijtimoiy psixologik vaziyatlarga qo’yiladi.
Trening mashg’ulotlari uchun maxsus vaziyat aniq maqsad, shaxsiy ehtiyojlar hamda ana shunday mashg’ulotlarni o’tkazuvchi bo’lishi lozim. Yana boshlovchida zarur trening mashg’ulotlari muvaffaqiyatli bo’lishi uchun ayrim tomonlarga aniq bo’ysunish va boshqarish malakasi mavjud bo’lishi lozim.
Trening muloqotlarida yana bir umumiy jihat borki, bunda muloqot yoki ishtirokchilari o‘rtasida samimiy, iliq munosabatlar o‘rnatilishi, ular bir-birlariga ishonishlari lozim. Buning uchun boshlovchi o‘yin boshida shunday sharoit yaratadiki, natijada ishtirokchilar bir-birlarini tanib, iliq munosabatlarga
moyillik sezishlari shart.
Treningning asosiy ustanovkasi: rolli o`yin shaklida bo’lib, rolli vaziyatni idrok etishni tashkil qilish mutlaqo zarur, chunki trening qatnashchilarida trenerning yordamida o`yinda yaratilgan vaziyatlarga nisbatan individual munosabatini uyg`otish zarur.
Treningni o`tkazish davomida uni qatnashchilarining shaxsiy muloqot usullarini o`zining boshqalarga nisbatan pozitsiyasini yaqqol anglashtiruvchi vaziyatni rag`batlantirish joiz.
Trening faoliyati 8-10 mashg`ulotni o`z ichiga qamrab oladi xolos.
Treningning hamma mashg`ulotlari uning ishtirokchilari bilan faqat do`stona, samimiy his-tuyg`ular asosida va ixtiyoriy tarzda o`tkaziladi.
Trening ishtirokchilarining soni 8-10 kishidan 15-20gacha bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Eng yaxshi guruh 12-15 kishidan iborat bo’lgan guruhdir. Ishtirokchilarning ko’payib ketishi o’zaro ishonch muhitinining tarkib topishiga halaqit berishi mumkin. A’zolari kam bo’lgan alohida guruhlarda esa
ishtirokchilar bir-birlarini tezroq tushunishlari va tez til topisha olish sharoitini yaratadi. Agar ishtirokchilar soni 25 kishidan oshib ketsa, dastur asosida ishtirokchilarni bir necha kichik guruhlarga bo’lgan holda o’kaziladi, lekin bunda treningni tashkil etish bosqichi ko’p vaqtni talab etadi. Natijada ishtirokchilarning diqqati ham bir muncha bo’linib, ko’zlangan natijaga erishishda qiyinchiliklar yuzaga keladi. Ishtirokchilarning yoshi orasidagi farqi esa 4-5 yoshni tashkil etishi treningni mahsuldorligini, o’zaro bir-birini tushunishi, his qilishi, hurmatini saqlashi kabilarning yuzaga chiqishiga olib
keladi.
Har qanday trening trenerning qisqacha axboroti ya’ni treningni maqsadi, vazifalari , ishtirokchilar egallashi mumkin bo’lgan omillar haqida fikr bildirishi bilan boshlanadi. Shuningdek, ishtirokchilarga trening haqida tushuncha, uning qanday tashkil etish, o’tkazilishi, mashg’ulot so’ngida qanday natijalarga
erishishi haqida tushunchalar beradi. Keyingi bosqichda trener guruh a’zolari bilan mashg’ulot davomiyligini kelishib olib, mashg’ulotning davomiyligi quyidagicha tashkillash mumkinligini aytadi:
1. Mashg’ulot haftasiga 4-5 kun 8 soatdan(orada 1 soat yoki 30 minut tanaffus beriladi). Bunday trening eng samarali natija beradi.
2. Mashg’ulot haftasiga 2-3 kun har kuni 4-5 soat. Samarali natija beradi.
3. Mashg’ulot haftasiga 1 kun 3-4 soatdan . Bunda kamroq samara beradi.
Guruh bilan mashqlarni o`tkazishda (majburiy mashqlarni) shartlar bo`yicha qoidalarga rioya qilinmasa, u holda o`yinli trening ijobiy natija bermasligi to`g`risida oldindan kelishib olishish kerak. Jumladan:
- bir-biriga samimiylik, xayrixohlik:
- bir-biriga ishonish. ( o`zaro ishonch ):
-mashqlarni bajarish davomida shaxsga baho bermaslik, balki uning faoliyatiga va muloqot usullariga baho berishlik:
- ishtirokchilar o`yindan qay darajada qanoatlanganligi haqidagi taassurotlarini shu zaxotiyoq trenerga ma'lum qilishlik:
- topshiriqlarni bajarish faqat ijobiy gepotezaga mo`ljallanganlik:
- jismoniy nuqsonlarga nisbatan e'tiborni qaratmaslik:
- treningning borishi jarayonida hech kimga hech qanday maslahat bermaslik:
- “Bu yerda va hozir”-degan shartni bajarish ya'ni trening paytida ro`y bergan hamma narsa tashqariga olib chiqilmaslikka va hozirgi muloqotda nimalarni his etayotganligini ma'lum qilmaslik:
- tomoshabinlar trenerning ruxsati bilan emas, balki guruhning barcha a'zolarining roziligiga binoan qatnashishlik kabilar:
Treningni muvaffaqiyatli o`tkazishning va uning sermahsulligi, muvaffaqiyati ko`p jihatdan trener bilan ishtirokchilar o`rtasidagi o`zaro birbirini tushinish darajasiga bog`liqdir.

Download 218,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish