Reja: Uchtovushliklarning qo‘shilishi



Download 21,42 Kb.
Sana06.07.2022
Hajmi21,42 Kb.
#744928
Bog'liq
islom


Mavzu: Asosiy uchtovushliklarning sekstakkordlari.
Reja:

  1. Uchtovushliklarning qo‘shilishi

  2. Sekstakkordlarda juftlanish.

3. Asosiy uchtovushliklarning funksional sistemasi

Musiqada dar qanday akkordga musiqa asarining tonalligi, o`zidan oldingi yoki keyingi garmoniyalardan ajralgan holdagi akkord sifatida qaralmaydi.


Tonallikning almashuvi bilan o’sha akkordning turg`unlik darajasi, shu bilan bog’lik, holda eshitilish xususiyatlari, mazmuni va mohiyati ham o’zgaradi. Masalan, do major tonalligida do major uchtovushligi turg’un akkord hisoblanadi, chunki u tonallikning turg`un tovushlaridan hosil qilingan, shu bilan bir vaqtda sol major tonalligida bu akkord ladning ikkita IV va VI noturg’un bosqichlarini o’z tarkibiga olgan IV bosqich uchtovushligidir.
Fa major tonalligida esa bu akkord ladning birmuncha noturgun VII va II boskichlarini o’z tarkibiga olgan V boskich uchtovushligidir. Berilgan misoldan ko’rinib turibdiki, berilgan aniq akkord tonallik bilan bog’lik holda turg’un yoki noturg’un tovushlar majmui ahamiyatiga ega bo’lganini yoki ma’lum funksiya bajarishini kursatadi.
Asosiy tovush tonallikning birinchi boskichi bo’lgan uchtovushlik akkordi odatda tonallikning markaziy elementi yoki turgun tonika akkordi vazifasini bajaradi, shartli ravishda T xarfi bilan belgilanadi. Asosiy tovushi tonallikning IV boskichi bo’lgan akkord subdominanta vazifasini bajaradi, shartli S xarfi bilan belgilanadi. Bu noturg’un akkord bulsada, biroq uncha keskin bo’lmagan akkord hisoblanadi.
Asosiy tovushi tonallikning V bosqichi bo`lgan akkord dominanta funksiyasini bajaradi, shartli ravishda D harfi bilan belgilanadi. Bu akkord birmuncha noturg’unroq keskin eshitiluvchi akkord sanaladi.
Garmonik davralar, funksional fikrlash mantiqi
Ikki yoki undan ortik. akkordlarning izchil bog`liqligi garmonik davra deyiladi. Garmonik fikrlash mantiqi turgun oxangdoshlikdan keyin keskinlikning birmuncha kuchayishini vujudga keltiruvchi bir yoki bir necha noturg’un oxangdoshliklar kiritilishiga asoslanadi.
Noturg`unlikning kiritilishidan paydo bo’lgan keyingi turgun tonika garmoniyasining yuzaga kelishi ziddiyatning uziga xos echilishi sanaladi. Muallif tomonidan qancha keskin noturg’unlik kiritilsa, uning tabiiy yechimi xam istalgancha bo`ladi. Shundan kelib chiqib, akkordlarning quyidagicha izchilligi (garmonik davrasi)ga ega bulish mumkin;
T-5 5-T
T -d D-T
T-5-D-T
Tonika va subdominanta yoki aksincha subdominanta va tonika ishtirokidagi garmonik davra plagal davra deb ataladi. T-5, 5-T.
Tonika, dominanta garmoniyasi ishtirok etgan garmonik davra avtentik davra deyiladi.
Lad garmonik tusining barcha funksional mukammalligini kursatuvchi eng yorqin davra tuliq davradir.
Subdominanta va dominanta garmonik birikmasi noturg’unligining asta-sekin kuchayib borishi sezilarli darajadagi lad keskinligini xosil kiladi, chunki unda turli noturg’un funksiyadagi akkordlar ishtirok etadi, yakunlovchi tonikaning paydo bulishi ularning tabiiy yechimi sanaladi. Shunday qilib, subdominanta garmoniyasidan sung dominanta garmoniyasining ketma-ket kelishi tabiiydir, chunki u noturg’unlikning kuchayib borishiga, sadolanishning keskin kuchayishiga olib keladi, shu vaqtning o’zida aksincha D - S ning ketma-ket kelishi ma’qul emas, chunki u keskinlikni kuchaytirmaydi, balki susaytiradi.
Uchtovushlik garmoniyasini to’rtovozlikda bayon etish
Majorning uchta asosiy uchtovushligi I, IV ,V-pog‘onalarda tuziladi. Ular, birinchidan, bosh funksiyalar (T, S, D)ni ifodalasa, ikkinchidan major uchtovushliklari sifatida ladning asosiy ta’riflari belgisi vazifasini o'taydi. Majorda uchta minor -II, III va VI - pog‘ona uchtovushliklari qo‘shimcha yoki yondosh guruhlarni tashkil qiladi. VII-pog‘ona uchtovushligi tarkiban kamaytirilgan uchtovushlikni tashkil qiladi va boshqa akkordlardan noturg'unligi bilan ajralib turadi, shuning uchun ham u asosan sekvensiyada qollaniladi.

Minorning uch turidan garmoniyada tabiiy va garmonik xillari muhim rol o'ynaydi. Garmonik minor tabiiy minordan yetakchi toni bilan ajraladi, shuning uchun bu ladlarning yetakchi tonini kiritadigan akkordlari farqlanadi. Badiiy tajribada V - pog‘onada tuzilgan uchtovushlik ko‘pincha garmonik, III va VII - pog'ona uchtovushliklari esa tabiiy tarzda qo`llaniladi.


Uchtonushlik garmoniyasini turtovozda ifodalash uchun shu garmoniyaning bir tovushini ikkita ovozga beriladi, yani juftlanadi masalan:

Asosiy tovushi ------------------------ Kvinta tovushi
juftlangan tonik------------------------- juftlangan tonika
uchtovushligi--------------------------- uchtovushligi
Juftlash akkordning akustik jidatdan yaxshi eshitilishida muxim rol uynaydi, bundan tashkari akkordlarda tugri juftlash o`quvchilarga ta’limning dastlabki jarayonida akkordlarni kushish va ovoz yunalishida ortikcha xatoliklarga yul kuymaslikka yordam beradi.

Tonika, subdominanta, dominanta uchtovushliklari va sekstakkordlarda juftlanish. Uchtovushliklarda juftlanish.


Tonika, subdominanta va dominanta uchtovushliklarida akkordning asosiy tovushi (primasa), ya’ni basda turgan tovush juftlanadi.
Uchtovushlik barcha melodik xolatlarda ikki xil joylashuvda bulishi mumkin. “A”, “B” va “V” misollari uchtovushliklarning zich joylashuvi xakida anik tasavvur beradi, bunda yukoridagi uchta ovoz bir-biridan kvartadan ortik interval xosil kilmaydi, ya’ni bu ovozlarda akkord tovushlari tartib bilan joylashtirilgan. “G”, “D ”, “E” misollarida tovushar joylashuvi birmuncha kengrok, bunda yukoridagi uchta ovoz bir-biridan kvinta va seksta intervali oralig`idadir, ya’ni bir akkord tovushi orada, qoldirib joylattirilgan. Uchtovushliklarning bunday joylashuvi keng joylashuv deyiladi.

islom, [02.06.2022 17:54]


Uchtovushliklarning qo‘shilishi
Akkordning asosiy tovushlari (bas tonlari) orasidagi masofa akkordlar nisbati deyiladi. Akkordlaming kvarta-kvintali, tersiyali va sekundali nisbatlari mavjud. Ular yuqoriga yoki pastga tom on yo'naltirilgan nisbatlarni tashkil etishi mumkin.
Tersiya nisbatidagi uchtovushliklar orasida ikkita umumiy tovush, kvartakvinta nisbatidagi uchtovushliklar orasida bitta um umiy tovush boladi. Sekundali nisbatdagi uchtovushliklar orasida umumiy tovushlar bolmaydi.
Uchtovushliklaming qatiy qo‘shilishida ovozlaming butunlay ravon yo'nalishi kuzatiladi. Bu holda asosan garmonik qo'shilish sodir bolishi mumkin, ya’ni umumiy tovush birlamchi ovozda o‘z o‘rnida qolishi zarur. Garmonik qo‘shilishda tersiya nisbatida bo'lgan uchtovushliklarda ikki umumiy tovush o‘z o'rnida qoldiriladi. Kvarta-kvinta nisbatidagi uchtovushliklar orasida bitta umumiy tovush bo‘lganligi tufayli, ovozlarning harakatchanligi oshadi. Sekundali nisbatdagi uchtovushliklar orasida umumiy tovush bo`lmasligi sababli, ular melodik tarzda qo'shiladi va tovushlarning birontasi ham o‘z o‘rnida qolmaydi.
Uchtovushliklarning yarim erkin ovoz yo'nalishida tovushlar ravon tersiya yurishida qo‘shiladi. Bunday akkordlarning ham bog`lanishi faqat melodik ravishda bo`ladi. Kvarta-kvinta nisbatidagi uchtovushliklar melodik tarzda qo‘shilganda barcha yuqoridagi tovushlar bir tomonga yaqin tovushlarga harakat qiladi, bas esa aksincha, qarama-qarshi kvartaga o‘tadi. Tersiya nisbatidagi uchtovushliklar melodik qo'shilganda, parallelizmdan saqlanish uchun, birinchi uchtovushlikning tersiyasi ikkinchi uchtovushlikning tersiyasiga o'tishi va altda sekunda harakati vujudga kelishi lozim.
Sekundali nisbatda qatiy yo'nalishdan chetlanish faqat sakrash bilan hosil bo`ladi. Erkin ovoz yo'nalishi tovushlaming sakrashi bilan hosil bo`ladi. Bunday yo'nalish barcha uchtovushliklar nisbatiga xos bo`lib quyidagi umumiy qonunlarga asoslanadi:
1. Sakrash albatta joylashuv holati o‘zgarishiga olib boradi. Masalan, sakrash sopranoda yuqori tomonga bo`lsa zich holatdan keng holatga, pastda bo`lsa, keng holatdan - zich holatga o'tiladi.
2. Barcha nisbatlarda sakrash birortasining tersiyasi, albatta boshqa birining tersiyasiga sakrab o'tishi bilan bajariladi.
3. Eng katta sakrash sopranoda yoki tenorda bo`lishi mumkin, altda esa sakrash ravonroq bo`lib, yordamchi sifatida qo`llaniladi. Ushbu umumiy qonunlardan tashqari har bir uchtovushlik nisbatida o'ziga xos qoidalar bor.
Kvarta-kvintali nisbatdagi uchtovushliklar tersiyalar sakrashi bilan qo'shilganda, umumiy tovush joyida qoladi, ya’ni bog`lanish albatta garmonik bo`ladi. Sopranodagi sakrashlarbunga misol:
Agar sakrash tenorda bo`lsa joylashuv holati o‘zgarishi soprano sakrashiga qaraganda teskari tartibda bajariladi: sakrash yuqoriga bo`lsa-keng holatga, pastga bo`lsa-zich holatdan keng holatga o'tiladi. Altda qo`llanadigan tersiya sakrashlari melodik qo'shilishni, akkordning birida yoki ikkala akkordda tersiya tonini juftlanishini talab qiladi.
Tersiya nisbatidagi uchtovushliklarni tersiyalar sakrashi bilan qo'shganda, albatta biror ovozda sekunda harakati saqlanishi kerak.
Sekundali nisbatda sakrash faqat kvintadan asosiy tonga bo`lishi mumkin. Shu qo‘shilishning tabiiyligini kuchaytirish uchun tersiya tonlari bir tovushda ulanishi shart. Bu ulanish pog‘onama-pog‘ona yoki past tomonga septimaga sakrashi bilan amalga oshiriladi. Oxirgi holda bir vaqtda altda ikkinchi sakrash hosil bo`ladi.
Sekstakkordlarda juftlanish.
Sekstakkord - uchtovushlikning birinchi aylanmasi bo'lib, uning turg‘unlik xususiyati uchtovushlikka nisbatan sustroqdir. Shuning uchun sekstakkordlar asosan tuzim orasida qollanib, musiqa rivojida uzluksizlik yaratadi. Umumiy qoidaga ko'ra, jumla yoki davriya oxiridagi kadensiyalarda sekstakkorddan yakunlovchi akkord sifatida foydalanmaydi. Tuzimning yakunidan oldingi akkordi sifatida olingan sekstakkord har bir kadensiyani nomukammal kadensiyaga aylantiradi.

islom, [02.06.2022 17:54]


Tonika, subdominanta va dominanta sekstakkordlarida asosiy yoki kvinta tovushi juftlanadi, basda turgan tovush, ya’ni tersiya juftlanmaydi. Demak, sekstakkordning asosiy tovushi yoki kvintasi melodik xolatda olinadi.
Asosiy tovushning juftlanishi Kvintaning juftlanishi
Keltirilgan misollardan kurinib turibdiki, bu akkordlar joylashuvi buyicha erkinrokdir. Bu erda yukorida yonma-yon joylashgan uchta ovozdan bir jufti unisonga kushilishi yoki oktava intervaligacha ajralishi mumkin. Ba’zi sekstakkordlarda zich yoki keng joylashuv sodir buladi (4, 6, 8 akkordlar). Bundan tashkdri sekstakkordlarda aralash joylashuvlar xam xosil bulishi mumkin (1, 2, 3, 5, 7-akkordlar). Bunda yuqoridagi yonma-yon turgan ovozlarning bir jufti kvarta intervali oralig`ida bulishi yoki unisonga kushilishi mumkin, ikkinchi jufti esa kvinta yoki oktava xosil kiladi. Ko`p xollarda sekstakkord akustik jixatdan uchtovushlikka nisbatan birmuncha mayin eshitiladi, chunki ikki chetdagi ovozlari orasidagi akkordning eng yaxshi eshitiluvchi tovushi bilan nomukammal oxangdoshlik tersiya yoki seksta xosil buladi.

Sekstakkordlaming uchtovushliklar va boshqa sekstakkordlar bilan qo‘shilishi.


Ovoz qat’iy, ravon yo'nalishida: kvarta-kvinta va tersiya nisbatidagi akkordlar ko‘pincha garm onik, sekunda nisbatidagi akkordlar — melodik qo'shiladilar:
Erkin ovoz yonalishida kvarta-kvinta munosabatidagi akkordlarning qo'shilishi bir akkordning primasi ikkinchi akkordning primasiga, kvintasi-kvintaga sakrab o'tishi orqali sodir bo`ladi. Sakrash sopranoda yuqoriga yo‘nalgan bo'lsa, uchtovushlik albatta sekstakkordga o'tishi kerak; sakrash pastga yo'nalgan bo'lsa, uchtovushlikning sekstakkord bilan almashuvi har xil kelishi mumkin.
Agar tovushlar parallel yoki qarama-qarshi kvartalar orqali yo'nalishsa, prima bilan kvinta qo'shaloq sakrashi ham mumkin.
Akkordning turli tovushlari orasida ham sakrashlarga imkon bor.
Tersiya munosabatida bo'lgan akkordlaming erkin qo'shilishida sakrash bir xil yoki turli ovozlar o ‘rtasida sodir bo'lishi mumkin.
Sekunda nisbatidagi sakrashlar cheklangan va kam tarqalgan. Quyidagi
misollar bunday qo'shilish yo'llarini namoyish etadi.

Asosiy uchtovushliklarning funksional sistemasi


Lad
Garmoniyaning nuqtai nazaridan lad birlashishga intiluvchi tonik uchtovushlik akkordlarining o’zaro munosabatlar sistemasidir. Bu ta’rifda bitta quyidagi ovozning tovushlari orasidagi melodik – interval munosabatlar hamda umuman akkordlar o’rtasidagi o’zaro aloqalar ham nazarda tutiladi.

Lad funksiyasi


Laddagi biror tovush yoki akkordning roli, boshqacha aytganda shu lad (tovush, akkord ) ning boshqa tovushlar yoki akkordlar bilan bo’lgan aloqasi yoki o’zaro munosabatlari lad funksiyasi yoki oddiygina qilb funksiya deyiladi. Bu aloqa faqat elemantlar – tovushlar yoki akkordlar o’rtasidagi interval nisbatlarining o’zgarmasligidagina emas, balki bu elementlarning, ya’ni tovushlar, akkordlarga xos bo’lgan izchil keskinlik bilan sustliklar (yechilishlar) ning birga qo’shiluvida ham ifodalanadi.
Funksionallik
Funksiyalarga xos bo’lgan keskinlik va sustliklar doirasi funksionallik deb ataladi. Funksionallikning tub manbai, funksiyalarning, ayniqsa ladning tonika bilan tonika bo’lmagan boshqa garmoniyalari o’rtasidagi qarama-qarshiliklardir.
Lad funksiyalari haqidagi ta’limotga asoslangan garmoniya nazariyasi funksional nazariya deb ataladi. Hozirgi vaqtda bu nuqtai nazar garmoniyada ko’proq yoyilgan.

islom, [02.06.2022 17:54]


Asosiy uchtovushliklarning funksional sistemasi
Gammaning I bosqichidan, ya’ni tonikadan tuzilgan uchtovushlik, qisqacha aytganda, tonika deyiladi. Bu uchtovushlik ko’p ovozli musiqada ladning asosiy tayanchi bo’ladi, chunki bu uchtovushlik tegishli melodik, ritmik va metrik sharoitda musiqa asarlarining tugallanishi uchun zarur bo’lgan mukkamal va barqaror fikrni ifodalashi mumkin.
Tonik uchtovushlikni majorda T va minorda t harflari bilan belgilash qabul qilingan.
Gammaning V bosqichidan tuzilgan uchtovushlik, dominant uchtovushligi, qisqacha aytganda – dominata deb atakadi. Majorda dominant eshitilishi bo’yicha, katta D harfi bilan belgilanadi.
Majoring IV bosqichidan tuzilgan uchtovushlik subdominanta uchtovushligi, qisqacha aytganda – subdominanta deb ataladi.
Subdominanta katta S harfi bilan belgilanadi.
Garmonik minorda bu tovushliklar ( kichik va minor uchtovushliklar sifatida) t, s harflari bilan va katta D harfi bilan ( katta yoki major uchtovushliklar sifatida ) belgilanadi:
Tabiiy major - T, S, D.
Garmonik minor – t, s, D.
Dominanta va subdominanta uchtovushliklari ma’lum sharoitlarda tugallanmagan musiqaviy fikr taassurotini qoldiruvchi parda - lad beqarorligining eng oddiy va muhim namunalaridir.
Tonika, dominant va subdominanta uchtovushliklari asosiy uchtovushliklar deb ataladi, chunki bular ladning eshitilish xususiyatini ifodalaydi: bu uchtovushliklarning hammasi tabiiy majorda katta, major uchtovushliklar bo’ladi, tabiiy minorda esa kichik, minor uchtovushliklaridir.
Bu uchtovushliklarining o’zaro munosabatlar sistemasi asos bo’ladi va, ayni vaqtda, ko’p akkordlardan tashkil topgan to’liq diatonik sistemaning (diatonikning) bir qismi bo’lib xizmat qiladi, xolos.

Izchillik yoki davra. Davralarning formulalari


Bir necha akkordning bog’lanib kelishi garmonik davrani hosil qiladi. Musiqa asaridagi bunday garmonik davralar yo ritmik chegaralangan shaklda bo’ladi, yoki musiqaviy kontekstdan (analiz uchun) vaqtincha olib qo’yiladi.
Garmonik davralarining eng oddiy izchilligi va mantiqiy muvofiqligi shunga asoslanadiki , tonik uchtovushligidan keyin ma’lum bir keskinlikni hosil qiluvchi bir yoki bir necha beqaror garmoniya beriladi, tonika paydo bo’lganida yoki qayta kelganida sustlashadi.
T - T ( bo’lmaganda) - T barqarorlik
Barqarorlik beqarorlik (keskinlik) (keskinlikning) sustlashuvi
Lad barqarorligini bilan beqarorligining o’zaro taqozosi bu formuladan aniq ko’rinib turibdi, chunki bu davralar formulalari bir-biriga taqqoslangandagina bilainadi va ular ayrim-ayrim mavjud bo’lmaydi.
Yuqorida ko’rsatilgan izchilliklarning umumiy formasi bir qancha oddiy xusuiy ifodalarga ega:
1) Agar tonikadan keyin dominant (ladning etakchi tovushi biloan birga) kiritilsa, u tabiiy va oddiy ravishda yana tonikaga qaytadi: T- D- T:
2) Agar tonikadan keyin subdominanta kiritilsa, uning ketidan ko’pincha dominant keladi va faqat shundan so’ng tonikaga qaytadi: T – S – D – T
Bu izchillik muhim xususiyatlarga egadir:
a) Tonikaga qaytish vaqti uzoqlashtiriladi; shunga qarab beqarorlik (keskinlik) holati ham uzayadi;
b) Barqaror bo’lmagan qarama- qarshi S va D funksiyalari orasida to’qnushuv (konflikt) vujudga keladi, bu to’qnashuv tonikaga qaytish bilan echiladi;
c) Ladning barcha asosiy funksiyalari qo’zg’atilgach, lad yanada ko’p qirrali bo’lib ko’rinadi.
3) Subdominanta ko’pincha bevosita tonikaga o’tadi:
Garmonik izchiliklarning keltirilgan formulalari garmonik rivojlanishnung eng oddiy doira jadvali bilan umumlashtiriladi:
Dominanta ba’zan tonikaga o’tish o’rniga subdominantaga (D- S) o’tadi. Bu izchillik u qadar tabiiy bo’lmaganligi sababli qo’llanishning ayrim shartlarini talab qiladi, shuning uchun ham buni garmoniyadan dastlabki ishlarda keltirish ma’qul emas.
Davralarning nomlari
Tonika va dominant akkordlaridan tuzilgan davralarni, ularning funksional sostaviga ko’ra, avtentik davralar deyiladi:
T-D
D-T
T-D-T
D-T-D
T-D-D-T

islom, [02.06.2022 17:54]


T va S akkordlaridan tuzilgan davralarni, ularning funksiya sostaviga ko’ra, plagal davralar deyiladi:
T-S
T-S-T
S-T
S-T-S
Ko’rsatilgan uch funksiya akkordlarinio’z ichiga oladigan davralar o’z sostaviga ko’ra to’liq davralar deyiladi:
T-S-D-T
D-T-S-D-T
Funksiya tarkibiga ko’ra garmonik davralarni avtentik (T-D, S-D), plagal (S-T) va yarim plagal (T-S) davralarga bo’lish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati


1. Abdullaeva E.A. Vliyanie osnovnix napravleniy muziki XX veka na tvorchestvo kompozitorov Uzbekistana. M etodika prepodavaniya muzikalnix dissiplin. Vip. 6. T., 1991.
2. Lutoua O.K Oagshoshua. Iagapu kik. Maxviv shiagpg T. SoAlgekou.
T. 2000.
3. Aktualnie problemi ladogarmonicheskogo mishleniya. M.., 1982.
4. Alekseev E.E. Problemi formirovaniya lada. M., 1976.
5. Asafev B.V. Muzikalnaya forma kak protsess. 2-e izd. L., 1971.
6. Baranova T. Perexod ot srednevekovoy ladovoy sistemi k majoru i
minoru v muzikalnoy teorii XU1-XUN vekov.//I z istorii zarubejnoy
muziki. 1980, vip. 4.
Download 21,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish