Reja: Umr davrlarini ajratish nazariyalari



Download 40,5 Kb.
bet1/2
Sana30.05.2022
Hajmi40,5 Kb.
#620831
  1   2
Bog'liq
Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo0lish


www.slaydlar.uz

Reja:

  1. Umr davrlarini ajratish nazariyalari

  2. Bolalik davri.

  3. O`smirlik davri.

  4. O`spirinlik davri.

Psixikaning irratsional (aqliy bilish jarayonlaridan tashqari) tarkibiy qismlari bo`lmish emotsiya, mayl va shu kabilar yordamida shaxs xulqini tahlil qiluvchi nazariya psixodinamika deyiladi. Mazkur nazariyaning yirik namoyandalaridan biri — bu amerikalik psixolog E.Eriksondir. U shaxs rivojini 8 ta davrga ajratadi va ularning har qaysisi o`ziga xos betakror xususiyatga egadir.


Birinchi davr — go`daklik. Ushbu davrda go`dakda ongsizlikka asos-langan tashqi dunyoga nisbatan «ishonch» tuyg`usi vujudga keladi. Bu-ning bosh sababchisi ota-onaning mehr-muhabbati, g`amxo`rligi va jon-kuyarligining nishonasidir. Agarda go`dakda ishonch negizi paydo bo`lmasa, balki borliqqa nisbatan ishonchsizlik hissi tug`ilsa, u taq-dirda voyaga yetgan odamlarda mahdudlik, umidsizlik shaklida aks etuv-chi xavf vujudga kelishi, ehtimol.
Ikkinchi davrda, ya`ni ilk bolalikda jonzodda yarim mustaqqil-lik va shaxsiy qadr-qimmat tuyg`usi shakllanadi yoki aksincha, ularning qarama-qarshisi bo`lmish uyat va shubha hissi hosil bo`ladi. Bo-lada mustaqillikning o`sishi, o`z tanasini boshqarishga keng imko-niyat yaratib, bo`lg`usida shaxs xususiyatlariga aylanuvchi tartib va intizom, mas`uliyat, javobgarlik, hurmat tuyg`ularini tarkib top-tirishga puxta zamin hozirlaydi.
Uchinchi davr — o`yin yoshi deb atalib, 5 yoshdan 7 yoshgacha bo`lgan bola-larni o`ziga qamrab oladi. Mazkur davrda tashabbus tuyg`usi, qaysidir ishni amalga oshirish va bajarish maylini tarkib toptiradi. Mabo-do unda xohish-istakni ro`yobga chiqarishning yo`li to`sib qo`yilsa, ushbu holatda bola o`zini aybdor deb hisoblaydi. Mazkur yosh davrida davra, ya`ni guruhiy o`yin, tengqurlari bilan muloqotga kirishish jarayonla-ri muhim ahamiyat kasb etadi, natijada bolaning turli rollar sinab ko`rishiga, xayoloti o`sishiga imkon yaratiladi. Xuddi shu davrda bolada adolat tuyg`usi, uni tushunish mayli tug`ila boshlaydi.
To`rtinchi davr — maktab yoshi deb nomlanib, undagi asosiy o`zga-rishlar ko`zlagan maqsadga erishish qobiliyati, uddaburonlik va mah-suldorlikka intilish tuyg`usi bilan ajralib turadi. Uning eng mu-him qadriyati — omilkorlik va mahsuldorlikdan iboratdir. Ushbu yosh davrining salbiy jihatlari (illatlari) ham ko`zga tashlanadi va ularning qatoriga ijobiy xislatlari yetarli darajada bo`lmaganli-gi, ongi hayotning barcha qirralarini qamrab ololmasligi, muammo-larni yechishda aql-zakovatning yetishmasligi, bilimlarni o`zlashti-rishda qoloqligi (sustligi) va hokazo. Xuddi shu davrda shaxsda meh-natga nisbatan individual munosabati shakllana boshlaydi.
Beshinchi davr — o`spirinlik — o`zining betakror xislati, indi-vidualligi va boshqa odamlar bilan keskin tafovutlanishi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, o`smirlik shaxs sifatida noaniklik, muayyan rolning uddalamaslik, qat`iyatsizlik singari nuqsonlarga (illatlarga) egadir. Mazkur davrning eng muhim xususiyati «rolni kechiktirish»ning o`zgarishi hisoblanib, birmuncha taraqqiyot bosqi-chiga ko`tarilishining daqiqasidir. Unda ijtimoiy hayotda bajara-yotgan rollarining ko`lami kengayadi, lekin ularning barchasini jid-diy egallash imkoniyati mavjud bo`lmaydi, vaholanki bu kezda o`spi-rin rollarda o`zini sinab ko`rish bilan cheklanadi, xolos. Erikson o`spirinlarda o`z-o`zini anglashning psixologik mexanizmlarini ba-tafsil taxlil qiladi, unda vaqtni yangicha his qilish, psixoseksual qiziqish, patogen (kasallik qo`zg`atuvchi) jarayonlar va ularning tur-li ko`rinishlari namoyon bo`lishini sharhlaydi.
Oltinchi davr — yoshlik boshqa odamga (jinsga) nisbatan psixolo-gik intim yaqinlashuv qobiliyati (uquvi) va ehtiyoji vujudga kelishi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, jinsiy mayl bu sohada alohida o`rin tutadi. Bundan tashqari, yoshlik tanholik va odamovilik kabi bexo-siyat xususiyatlari bilan tafovutlanadi.
Yetinchi davr — yetuklik davri deb atalib, hayot va faoliyatning barcha sohalarida (mehnatga, ijodiyotga, g`amxo`rlikda, pusht qoldi-rishda, tajriba uzatishda va boshqalarda) mahsuldorlik tuyg`usi unga uzluksiz ravishda hamrohbo`ladi va ezgu niyatlarning amalga oshishi-da turtki vazifasini bajaradi. Shuningdek, mazkur davrda ayrim jihatlarda turg`unlik tuyg`usi nuqson (illat) sifatida hukm surishi ehtimoldan holi emas.
Sakkizinchi davr, ya`ni qarilik inson tariqasida o`z burchini ud-dalay olganligi, turmushning keng qamrovligi, undan qanoatlangan-ligi (qoniqqanligi) tuyg`ulari bilan tavsiflanadi. Salbiy xususi-yat sifatida ushbu yoshda hayotdan, faoliyatdan noumidlilik, ulardan ko`ngil sovish his-tuyg`ularini ta`kidlab o`tish o`rinlidir. Dono-lik, soflik, gunohlardan forig` bo`lishlik bu yoshdagi odamlarning eng muhim jihati, saxovati hisoblanadi, binobarin, har bir alohi-Da olingan holatga nisbatan shaxsiyat va umumiyat nuqtai nazaridan Qarash ularning oliy himmati sanaladi. E.Shpranger «O`spirinlik davri psixologiyasi» degan asarida qizlarning 13 yoshdan 19 yoshgacha, yigitlarning esa 14 yoshdan 22 yoshga-cha kiritishni tavsiya qiladi. Ushbu yosh davrida yuz beradigan asosiy o`zgarishlar E.Shpranger bo`yicha:
a) shaxsiy «Men»ni kashf qilish;
b) refleksiyaning o`sishi;
v) o`zining individualligini anglash (tushunish) va shaxsiy xususiyatlarini e`tirof qilish;
g) hayotiy ezgu rejalarining paydo bo`lishi;
d) o`z shaxsiy turmushini anglagan holda qurish ustanovkasi va hokazo. Uning fikricha, 14—17 yoshlarda vujudga keladigan inqirozning mohiyati ularga kattalarning bolalarcha munosabatidan qutulish tuyg`usini tug`ilishidan iboratdir. 17-21 yoshlarning yana bir xususiyati — o`zining tengqurlari va jamoatchilik qurshovidan «uzilish inqirozi» va tanholik tuyg`usining paydo bo`lishidir. Bu holatni tarixiy shartlanganlik shart-sharoitlar va omillar vujudga keltiradi.
E.Shpranger, K.Byuler, A.Maslou va boshqalar personologik nazariyaning yirik namoyandalari bo`lib hisoblanadilar.
Kognitivistik yo`nalishning asoschilari qatoriga J.Piaje, Dj. Kelli va boshqalarni kiritish mumkin.
J.Piaje intellekt nazariyasi ikkita muhim jihatga ajratilgan bo`lib, u intellekt funksiyalari va intellektning davrlari ta`li-motini o`z ichiga qamrab oladi. Intellektning asosiy funksiyalari qatoriga uyushqoqlik (tartiblilik) va adaptatsiya (moslashish, ko`ni-kish)dan iborat bo`lib, intellektning funksional invariantligi deb yuritiladi.
Muallif shaxsda intellekt rivojlanishining quyidagi bosqich-larga ajratadi:
sensomotor intellekti (tug`ilishdan to 2 yoshgacha);
operatsiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2 yoshdan to 7 yoshga-cha);
konkret operatsiyalar davri (7—8 yoshdan 11 — 12 yoshgacha);
formal (rasmiy) operatsiyalar davri.
J.Piajening g`oyalarini davom ettirgan psixologlarning bir guruhini kognitiv-genetik nazariyaga biriktirish mumkin. Bu yo`na-lishning namoyandalari qatoriga L.Kolberg, D.Bromley, Dj.Birrer, A.Vallon, G.Grimm va boshqalar kiradi.
Fransuz psixologi A.Vallon nuqgai nazaricha, shaxsning rivoj-lanishi quyidagi bosqichlarga ajratiladi:
homilaning ona qornidagi davri;
impulsiv harakat davri — tug`ilgandan to 6 oylikgacha;
emotsional (his-tuyg`u) davri - 6 oylikdan to 1 yoshgacha;
sensomotor (idrok bilan harakatning uyg`unlashuvi) davri - 1 yoshdan to 3 yoshgacha;
personalizm (shaxsga aylanish) davri - 3 yoshdan to 5 yoshgacha;
farqpash davri - 6 yoshdan to 11 yoshgacha;
7) jinsiy yetilish va o`spirinlik davri — 12 yoshdan to 18 yoshgacha. Yana bir fransiyalik yirik psixolog Zazzo o`z vatanidagi ta`lim
va tarbiya tizimining tamoyillaridan kelib chiqqan holda, mazkur muammoga boshqacharoq yondashib va uni o`ziga xos talqin qilib, insonning ulg`ayib borishini quyidagi bosqichlarga ajratishni tav-siya qiladi:
Birinchi bosqich - bolaning tug`ilganidan 3 yoshigacha.
Ikkinchi bosqich - 3 yoshidan 6 yoshigacha.
Uchinchi bosqich — 6 yoshidan 9 yoshigacha.
To`rtinchi bosqich - 9 yoshidan 12 yoshigacha.
Beshinchi bosqich — 12 yoshidan to 15 yoshigacha.
Oltinchi bosqich — 15 yoshidan 18 yoshigacha.
Sxemadan ko`rinib turibdiki, R.Zazzo shaxs rivojlanishining bosqichlariga individuallik sifatida tarkib topish, takomillashish nazariyasidan kelib chiqib yondashgani shaxs shakllanishi pallasi-ning yuqori nuqtasi, ya`ni ijtimoiylashuvi bilan cheklanishga olib kelgan. Shuning uchun uning ta`limoti insonning ontogenezda tako-millashuvi, o`zgarishi, rivojlanishi xususiyatlari va qonuniyatlari to`g`risida mulohaza yuritish imkonini bermaydi.

O`quv uslubiy adabiyotlar ro`yxati:





  1. Download 40,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish