Reja: Umumiy tushunchalar. Massa berishning asosiy qonuni. Qattiq jism ishtirokida massa almashinish. Massa almashinish jarayonlari


Qattiq jism ishtirokida massa almashinish



Download 228,54 Kb.
bet3/6
Sana16.12.2022
Hajmi228,54 Kb.
#888963
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Massa almashinuv

Qattiq jism ishtirokida massa almashinish
Bunday jarayonlarga adsorbstiya, desorbstiya, kristallanish, quritish, eritish, qattiq materiallardan ekstrakstiyalash kabilar kiradi. Albatta, bu noturg`un jarayonlarning o’ziga xos alohida xususiyatlari bor. «Kattiq jism-suyuqlik» sistemasida massa almashinish juda murakkab jarayon deb hisoblanadi.
G`ovaksimon qattiq jismdan fazalarni ajratib turuvchi chegara orqali gaz (yoki bug`) suyuqlik muhitga yoki gaz (yoki bug`) muhitdan qattiq jismga moddaning tarqalishi, o’tkazish potenstiali gradienti mavjud bo’lgandagina ro’y beradi. Boshqacha qilib aytganda, «qattiq jism – suyuqlik» sistemada massa o’tkazish jarayoni ichki va tashqi diffuziyalardan tashkil topgan bo’ladi. Bu sistemada massa almashinish jarayoniga qattiq jismning tuzilishi katta ta’sir ko’rsatadi. Ma’lumki, qattiq jism murakkab, geometrik sistema bo’lib, g`ovaklilik, polidisperslik, kapillyarlar shakli va kovakchalarni o’lchami bo’yicha taqsimlanishi bilan ajralib turadi.
Kapillyar-kovakli tuzilishiga qarab qattiq jismlar quyidagi sinflarga ajratiladi: yirik kovakli ; o’rtacha kovakli va ultramikrokovakli materiallar bo’ladi.
«Qattiq jism – suyuqlik» sistemasida massa berish jarayoni bilan massa o’tkazuvchanlik (qattiq jismda moddaning tarqalishi) bir vaqtda o’tadi.
Bu sistemada kechadigan jarayonlarning tezligi vaqt o’tishi bilan molekulyar diffuziya tezligiga qaraganda kamayib borish xosdir. Shuning uchun ushbu jarayonlarni ifodalashda “siqiq diffuziya” degan atamadan foydalaniladi.
Eritmaning “siqiq diffuziya”si uchun Kadi va Vilyamslar tomonidan ushbu formula taklif etilgan:
(5.18)
bu erda Dcu – «siqiq diffuziya» koeffistienti; D – molekulyar diffuziya koeffistienti; r – tarqalayotgan molekula o’lchami; R - qattiq jism kovakchalarining ko’ndalang o’lchami.
«Siqiq diffuziya» o’rniga jarayonni har tomonlama to’liq ifodalovchi umumiy kinetik xarakteristika – massa o’tkazuvchanlikni aniqlash maqsadga muvofiqdir. Unda, qattiq jismda tarqalgan moddaning uzatilishini ifodalovchi qonun sifatida qabul qilinish mumkin: qattiq jismda massa o’tkazuvchanlik hisobiga tarqalgan massa miqdori konstentrastiyalar gradienti, oqim yo’nalishiga perpendikulyar yuza va jarayon davomiyligiga to’g`ri proporstionaldir, ya’ni:
(5.19)
bu erda k – massa o’tkazuvchanlik koeffistienti, m2/s. Ushbu koeffistient temperatura va qattiq jismda tarqalgan modda konstentrastiyalariga bog`liqdir.
5.5-rasmda g`ovaksimon qattiq jismlarning tipik tuzilishlari keltirilgan. Ko’rinib turibdiki, bunday tuzilishli jismlarda jarayonning kinetikasi turlicha bo’lishi tabiiydir.
Qattiq jismdan namlikni desorbstiyasi misolida massa almashinish jarayonini ko’rib chiqamiz (5.6-rasm).
Boshlang`ich vaqt da plastinaning butun hajmida konstentrastiya o’zgarmas bo’ladi (
Download 228,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish