Respublika ta'lim tizimida matematika va informatikafanlarini o'qitishning uzluksizligi



Download 24,41 Kb.
Sana01.04.2022
Hajmi24,41 Kb.
#523211
Bog'liq
RESPUBLIKA TA\'LIM TIZIMIDA MATEMATIKA VA INFORMATIKAFANLARINI O\'QITISHNING UZLUKSIZLIGI


RESPUBLIKA TA'LIM TIZIMIDA MATEMATIKA VA INFORMATIKAFANLARINI O'QITISHNING UZLUKSIZLIGI

Reja:


1. Dasturning maqsadi va vazifalari
Dasturning asosiy mazmuni.
1. Informatika yo’nalishidagi fanlarni tadqiq qilishning ilmiy yo’nalishlari
2. Tadqiqotlar sohasida ilmiy mushohada va ilmiy tahlil masalalari, yangi g’oyalarni shakllantirish
3. Ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish, tadqiqot natijalarini tahlil qilish
4. Ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari haqida umumiy tushunchalarga ega ekanligi

Mazkur dastur 5A110701 –Ta’limda axborot texnologiyalari mutaxassisligi bo’yicha magistraturaga kiruvchilarning informatika yo’nalishidagi fanlarning nazariy asoslari va fanlar haqidagi zamonaviy bilimlar, umumiy ilmiy uslublar, informatika va axborot texnologiyalarini bilish yo’llari, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish bo’yicha layoqatlarini aniqlashga mo’ljallangan. Dasturning maqsadi – magistraturaga kiruvchilarning bakalavriatura bosqichida informatika yo’nalishidagi fanlarni tadqiq qilishning ilmiy yo’nalishlari, tadqiqotlar sohasida ilmiy mushohada va ilmiy tahlil masalalari, yangi g’oyalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish, tadqiqot natijalarini tahlil qilish, ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari haqida umumiy tushunchalarga ega ekanligini, tadqiqot natijalarini ilmiy jamoatchilikka tushuntira olish qobiliyati va qiziqishini aniqlashdan iborat. Dasturning vazifalari: magistraturaga kiruvchilarning - mutaxassislikka mos mos yangi ilmiy natijalar, ilmiy adabiyotlar yoki ilmiy-tadqiqot loyihalar bilan tanishganligi darajasini - informatika va axborot texnologiyalari yuzasidan birlamchi manbalarga suyangan holda, innovasion va fundamental tadqiqotlar olib borish, sohaning nazariy va amaliy muammolarini bilishi darjasini; - informatika va axborot texnologiyalari amaliy hamda nazariy masalalarini yechish uchun ilmiy xulosalar va tavsiyalar berishi darajasini; - namunaviy metodikalar va boshqalar bo’yicha eksperimental tadqiqotlarni o’tkazish va ularning natijalariga ishlov berish malakalarining mavjudligi; - ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik hisobotlar va tushuntirish xatlarini ishlab chiqish darajasini; - o’tkazilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo’yicha ilmiy sharhlarni ishlab chiqish, referat va bibliografiyalarni tuzish darajasini; - ilmiy seminarlar, ilmiy-texnikaviy konferensiyalarda ishtirok etish va ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik mavzularga mos jurnallarga maqolalar tayyorlash; - ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari haqida umumiy tushunchalarga ega ekanligini ko’rsatib berish.


I. Dasturning asosiy mazmuni.
Mazkur dasturning asosiy mazmuni 5A110701 – Ta’limda axborot texnologiyalari mutaxassisligi bo’yicha magistraturaga qabul jarayonida o’tkaziladigan mutaxassislik bo’yicha suhbat jarayonida magistraturaga kiruvchilarning bakalavr ta’lim bosqichida olgan bilimlariga hamda fanlar bo’yicha mustaqil ta’limga tayyorgarlik jarayonlarida, kurs ishlari, bitiruv malakaviy ishi bajarish jarayonida shakllantirilgan ilmiy adabiyotlar bilan ishlash, tahlil va taqqoslash orqali ilmiy adababiyotlarni ilmiy tadqiqot jarayonlariga jalb etish, ilmiy tadqiqot ishlari va manbaviy hujjatlar bilan ishlash ko’nikmalarining shaklantirilganligi, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari haqidagi umumiy tushunchalari, ilmiy mushohada qila olish va yangi g’oyalar shakllantira olish qobiliyati, ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish mazmuni bilan tanishganligi, tadqiqot natijalarini tahlil qila olish qobiliyatining mavjudligi, fanning ilmiy va ta’limiy xususiyatlarini o’zlashtirish jarayonida o’zlashtirgan bilimlari va malakalarini aniqlashga yo’naltirilgan masalalarni qamrab olgan.
1. Informatika yo’nalishidagi fanlarni tadqiq qilishning ilmiy yo’nalishlari
Informatika, axborot texnologiyalari tushunchasi: axborot yig’ish, uzatish, qayta ishlash va to’plash jarayonlarining umumiy tavsifi. Informasion jarayonlarni amalga oshirishning texnikaviy va dasturiy vositalari. Funksional va hisoblash masalalarini yechish modellari. Dasturlash: algoritmlash va dasturlash, yuqori darajadagi dasturlash tillari. Ma’lumotlar bazasi. Dasturiy ta’minot va dasturlash texnologiyasi. Kompyuter grafikasi asoslari. Axborot texnologiyalarning ta’limiy imkoniyatlari, sifatli va hamma uchun barobar ta’lim uchun informasion texnologiyalar, o’qitishning informasion texnologiyasi dasturiy vositalarining tasnifi va tavsifi, ijodiy fikrlashni rivojlantirish bo’yicha o’qitishning informasion texnologiyasi imkoniyatlari, ta’lim tizimini axborotlashtirishning psixologik aspektlari. Informatika va axborot texnologiyalari ta’limi jarayonlari; ta’lim tizimi o’quv-tarbiya jarayoni; o’qitishning pedagogik texnologiyalari va metodlari; informatika va axborot texnologiyalarining nazariy masalalari; informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish metodikasi; maktabdan tashqari ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya jarayoni; informatika va axborot texnologiyalari o’qitish nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha ilmiy-tadqiqot jarayonlari Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish uslubiyoti kursi va uning bo’lajak informatika o’qituvchisining uzluksiz ta’limi tizimidagi o’rni. Kursning predmeti, maqsadi, vazifasi va mazmuni. Informatika va axborot texnologiyalarini va ularnin o’qitish uslubiyoti tarixi. O’qitishning asosiy didaktik tamoyillari va ulardan informatika va axborot texnologiyalari o’qitishda foydalanish.Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitishning uzluksiz tizimi. Informatika va axborot texnologiyalarini kurslarini o’qitishning metodik tizimi va uning komponentlarining tavsifi.Informatika kursining o’qitish uslublarini muammolari. O’qitishning an’anaviy shakllari va ularning tavsifi. O’qitishning interaktiv uslublari.Zamonaviy informatika xonasini vazifalari va maqsadi. Zamonaviy informatika xonasini jixozlash. O’qituvchi va o’quvchi ish joylari. Texnika xavfsizlikligi talablari. Zamonaviy informatika xonasida o’quv-tarbiya ishlarining tashkil etish. Zamonaviy informatika xonasida Internet, Intranet va lokal tarmog’i asosida o’quv-tarbiya ishlarining tashkil etish. Informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo’yicha o’quv jarayonini rejalashtirish. Informatika darslariga va zamonaviy informatika xonasida darslarini o’tkazishga tayyorlash va rejalashtirishning ajralib turuvchi xususiyatlari. O’quv jarayonini tematik va xar bir darsni rejalashtirish. Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan darsdan tashqari ishni tashkillashtirish tamoyillari. Informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan olimpiadalar o’tkazish. Xatoliklar, xatoliklar arifmetikasi. Xatoliklarni aniqlashda differensial hisobni qo’llash.Algebraik va transsendant tenglamalarni taqriban yechish usullari. Vatar, urinma va oddiy iterasiya usullari, uning yaqinlashish shartlari. Yechimning xatoligini baholash.Chiziqli tenglamalar sistemasini yechish usullari. Gauss usuli. Uning algoritmi. Kvadrat ildizlar usuli. Tenglamalar sistemasi uchun iterasiya usuli, yaqinlashishning yetarli shartlari. Interpolyasiya bosh masalasining qo’yilishi, uning geometrik interpretasiyasi. Lagranj interpolyasion formulasi. Xatolikni baholash. Interpolyasion formulaning yagonaligi.Nyutonning I interpolyasion formulasi. Xatolikni baholash. Sonli differensiallash. Lagranj va Nyuton ko’phadlarini differensiallash. Xatoliklarni baholash. Aniq integralni taqriban hisoblash formulalari. Aniqlikni baholash. Funksiya hosilasiga ko’ra yechilgan birinchi tartibli oddiy differensial tenglamalar uchun Koshi masalasini taqriban yechish. Eyler va Runge-Kutta usullari. Taqribiy yechimning geometrik ifodasi. Matematik statistika elementlari. Kuzatish natijalariga ishlov berish. o’rta qiymatlar va eng kichik kvadratlar usullari. Chiziqli dasturlash masalalarining qo’yilishi va unda qo’llaniladigan modellar. Chiziqli dasturlash masalasini yechishning grafik usuli. Chiziqli dasturlash masalasini simpleks usulda yechish. Simpleks jadvallar usuli.Sun’iy bazis usuli. Chiziqli dasturlashning o’zaro ikki yoqlama masalalari va ularning matematik modellari. Transport masalasi va uning qo’yilishi. Transport masalasini yechish usullari. Algoritm haqida tushuncha. Algoritmning asosiy hossalari, algoritm ijrochilari, algoritmlarni tasvirlash usullari, algoritm turlari, Algoritmning asosiy tiplari: chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi algoritmlar. Dasturlash tillari va ularning klassifikasiyasi, mashinaga mo’ljallangan va proseduraga mo’ljallangan dasturlash tillari, yuqori darjali dasturlash tillari, interpretatorlar va kompilyatorlar, dasturlarni translyasiyalash. Paskal tili sintaksisi. Kattaliklarning asosiy turlari. Paskal tilidagi programmalarning strukturasi. Paskal tilining operatorlari. Qiymatlarning skalyar turlari: tartib­langan, sanab o’tiluvchi va chegaralangan turlar. Jadval kattaliklar. Prosedura. Prosedura-funksiya. Fayllar va ular bilan ishlash. Massivlar bilan ishlash. Ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash tillari. Delphi dasturlash tilining ishchi muhiti, undagi oynalar. Komponentlar palitrasi. Bo’sh forma va uning modifikasiyasi. Delphi da nomlanishlar, forma xossalarini o’zgartirish, formaga yangi komponent joylashtirish va unda komponent xossalaridan foydalanish, xodisa tushunchasi, loyiha va modul strukturasi, dastur elementlari. Pedagogik faoliyatda psixologiyaning ahamiyati. Faoliyat va motivlar. Faoliyatning asosiy turlari. Motivasiya sohasilari. SHaxsi eksperimental tadqiq qilish metodlari. Pedagogik jarayonni boshqarish. Ta’lim va aqliy taraqqiyot. Pedagogik qobiliyat va uning turlari. O’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan talablar. Ilmiy tadqiqot ob’ektlari va metodlari. Ta’limni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish, uning uzviyligi, uzluksizligi. O’tmish va zamonaviy pedagogikaning asosiy yo’nalishlari. Ilg’or pedagogik qarashlar. Jahon ta’lim tizimi. Pedagogik jarayondagi integratsiyalar. O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi siyosati, kadrlar tayyorlash milliy modeli. Ta’lim va tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlari, birligi, differensiyasi, yagona pedagogic jarayon. Ta’lim nazariyasi (didaktika)ning asosiy komponentlari: konsepsiyalari, paradigmalari. Ta’lim prinsplari. Talim metodlari, texnologiyalari. Ta’lim turlari va bosqichlari. Jamoada, oiladagi tarbiya hamda o’z-o’zini tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlari. Ta’limni boshqarish shakllari. O’quv-me’yoriy hujjatlar. Pedagog kasbining o’ziga xos xususiyatlari. Pedagogning kommunikativ qobiliyati, uning vositalari. Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni rag‘batlantirish, ilmiy-tadqiqotchilik kompetentligi, ilmiy manbaalarni tahlil qilish metodlari: ilmiy bilish metodlari; induksiya, deduksiya, analogiya; pedagogik kompetentlik, ya’ni ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan o‘qitish shakllari, metodlari hamda vositalari; ta’lim mazmuni, metodlari, vositalari va shakllarining uzviyligini ta’minlashni bilish, mashg‘ulot olib boriladigan fanning maqsadi, vazifalari, predmeti va ob’ekti, fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni va ahamiyati; fan taraqqiyotining axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga bog‘liqligi; foydalaniladigan asosiy darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va elektron adabiyotlar; fan mazmunini ishlab chiqishda o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan gorizontal va vertikal uzviylikning ta’minlanishini baholash; fanning istiqboldagi taraqqiy etishi muammolari va ularning yechimlari haqida bilim va layoqatga egalik.
2. Tadqiqotlar sohasida ilmiy mushohada va ilmiy tahlil masalalari, yangi g’oyalarni shakllantirish
Informatika va axborot texnologiyalari yo’nalishidagi fanlarida tadqiqot metodlari va yondashuvlari. Informatika va axborot texnologiyalarini ilmiy-bilish nazariyasi. Informatika va axborot texnologiyalariga va uni o’qitish metodikasiga oid tadqiqotlar jarayonida ilmiylikka asoslangan xulosalarni chiqarish. Tajriba–sinov ma’lumotlarni jamlash va klassifikasiyalash, qiyosiy va ilmiy- tahliliy taqqoslash, olingan xulosalarni ilmiy ravishda bayon eta olish. Informatika va axborot texnologiyalarini o’qitish metodikasining taraqqiyot jihati, uning bugungi kundagi holati, izlanish metodlari, yangilanish sabablari, tegishli o’quv adabiyotlar va ularni qisqacha tavsifi. Uzluksiz ta’lim tizimining asosiy bo’g’inlarida Informatika va axborot texnologiyalari ta’limi hamda o’qitish metodikasining o’ziga xos jihatlari. Qadrlar tayyorlashning milliy dasturi va uni tahlil qilish, ta’lim jarayonining davriylik qonuniyati haqida Informatika va axborot texnologiyalari ta’limida nazariy umumlashmalar xosil qilish. Tadqiqot jarayonida ilmiy farazlarni belgilash, tadqiqot natijalarini aniqlash, ilmiy xulosalarini asoslab bera olish, ilmiy tavsiyalarni ilgari sura olish layoqatining mavjudligi, tahlil jarayonida yangi ilmiy qarashlar va yangi g’oyalarni shakllantira olish.
3. Ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish, tadqiqot natijalarini tahlil qilish
Ilmiy tadqiqot-inson ma’naviy faoliyatining oliy shakli.Fan va ilmiy ijodiyot. Ilmiy bilish. Ilmiy tadqiqot tushunchasi. Ilmiy tadqiqot ob’ekti. Ilmiy tadqiqot predmeti. Ilmiy ijodiy faoliyat, uning maqsadi va vazifalari. Ilmiy tadqiqotning asosiy bosqichlari: empirik va anazariy tadqiqot, ularning uzviy bog’liqligi. Tadqiqotlarni samarali olib borish muammolari, ilmiy ishlarni yozish usullari.Tadqiqot mavzusini tanlash, mavzuning o’rganilishi darajasini aniqlash, ish rejasini tuzish. Tadqiqot va tajriba natijalaridan ishonchlilarini tanlash va reja bo’yicha joylashtirish. Boblarni tuzish va joylashtirish usullari. Asosiy qismning yozilishi. Kirish va xulosa qismlarining yozilishi. Foydalanilgan adabiyotlarni matnga qayd etish(ssilka) tartiblari. Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro’yxatining tuzilishi. Ishning betlarini raqamlash va mundarijasini to’g’ri tashkil etish.
4. Ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari haqida umumiy tushunchalarga ega ekanligi
Informatika yo’nalishidagi fanlarning ilmiy tadqiqot metodlari va ilmiy tadqiqot bosqichlari, ilmiy tadqiqot o’tkazish shakllari, ilmiy-metodik tadqiqotlarga qo’yiladigan zamonaviy talablar. Zamonaviy ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari. Informatika yo’nalishidagi fanlarini bo’yicha qo’llanadigan ilmiy bilish metodlarining ta’lim jarayoni samaradorligini ta’minlashdagi o’rni. O’quv mashg’ulotlari turlari va ularning o’quv jarayoniga tatbiq etilishi. Informatika yo’nalishidagi fanlarni o’qitishda o’qituvchining ilmiy-metodik, ijodiy yondoshuvi va mahorati. Informatika yo’nalishidagi fanlar va zamonaviy texnologiyalar bo’yicha axborotlar oqimi va ularning tanlanishi. oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid tayyorgarlik yo’nalishida nazarda tutilgan o’quv fanlari bo’yicha nazariy, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini farqlay olishi, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanib noan’anaviy o’quv mashg’ulotlarini ishlab chiqishi, o’quv jarayonini loyihalashtirish, o’quv mashg’ulotlarni o’tkazish uchun o’qitishning texnik vositalaridan foydalanishi, ilmiy-metodik tadqiqotlarda izlanish, qidirish ishlarining tashkil etilishi, ilmiy-metodik tadqiqotlar va o’quv jarayonida ilmiy bilish metodlarining joriy etilishi. Mavjud bilim va ko’nikmalar asosida ilmiy tadqiqot ishlarini metodik jihatdan tashkil etish masalalari, uzluksiz ta’lim tizimining DTS, Davlat talablari va boshqa o’quv-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish.
5. Tadqiqot natijalarini ilmiy jamoatchilikka tushuntira olish qobiliyati yoki ilmiy nashrlarda e’lon qilgan ishlari
Tadqiqot natijalarini dolzarbligini asoslay olishi, o’z fikrlarini ravon bayon qila olishi, yoki metodik qo’llanmalar va ishlanmalarning mavjudligi, xalqaro hamda respublika miqyosidagi ilmiy maqolalarning mavjudligi, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy konferensiyalardagi ishtiroki va ilmiy ishlarining e’lon qilinganligi kabilar bilan aniqlanadi.
MAGISTRATURAGA KIRUVCHILARNING ILMIY VA ILMIY-PEDAGOGIK ISHLARGA QOBILIYATI VA QIZIQISHINI ANIQLASH DASTURI BO’YICHA BILIM DARAJASINI ANIQLASHNING BAHOLASH MEZONLARI:
I. Nazariy bilimlar darajasi quyidagi mezonlar asosida belgilanadi (dasturning 1-4-bandlari bо‘yicha):
1. 8,6-10 ballga о‘zlashtirish uchun magistraturaga kiruvchilar –
tadqiqot jarayonida qо‘yilgan muammolar yuzasidan xulosa va qaror qabul qilish;
fanning metodologik asoslari, fanning predmeti, tadqiqot obyekti va tadqiqotlar jarayonlari haqida ijodiy fikrlay olishi;
fanning tadqiqot uslublari, falsafiy yondashuvlar, tadqiqot uslublarining jihatlari va ularni tadqiqotlar jarayonlarida qо‘llash borasida mustaqil mushohada yurita olishi;
mavjud bilimlarini ilmiy tadqiqot jarayonlarida amaliy jihatdan qо‘llay olish malakasiga ega bol`ishi;
fanning masalalari yuzasidan о‘z fikrlari va qarashlari, mushohadalari, xulosalarining mohiyatini tushuna olishi;
о‘zlashtirgan bilimlarini atroflicha tushunish va bilish, mavjud bilimlariga asosan о‘z fikrlarini aytib berish va tushuntirib bera olishi;
mavjud bilimlari asosida fanining metodologik asoslari haqida tо‘liq tasavvurga ega bо‘lishi:
fan bо‘yicha tо‘laqonli ilmiy tadqiqot malakasining mavjudligi;
zamonaviy ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari haqida tо‘liq tushunchaga ega bo`lishi talab qilinadi.
2. 7,1-8,5 ballga о‘zlashtirish uchun magistraturaga kiruvchilar –
tadqiqot jarayonida qо‘yilgan muammolar yuzasidan xulosa qila olishi;
fanning metodologik asoslari, tarix fanining predmeti, tadqiqot ob’yekti va tadqiqotlar jarayonlari haqida tushunchaga ega bo`lishi;
fanning tadqiqot metodlari va falsafiy yondashuvlarning turli jihatlarni aniq misollarda asoslay olishi;
mavjud bilimlarini ilmiy tadqiqot jarayonlarida amaliy jihatdan qо‘llay olishi;
mavjud bilimlari asosida fanning taraqqiy etish istiqbollari haqida tо‘liq tasavvurga ega bо‘lishi;
fan bо‘yicha ilmiy tadqiqotchilik ko`nikmalarining shakllanganligi;
zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari haqida qisman tushunchaga ega bo`lishi talab qilinadi.
3. 5,5-7,0 ballga о‘zlashtirish uchun magistraturaga kiruvchilar tayyorgarligi–
qо‘yilgan muammolar yuzasidan o`zaro tizimli bo`lmagan xulosalar qabul qilish;
fanning predmeti, tadqiqot ob’yekti va tadqiqotlar jarayonlari haqida fikrlay olish;
fanning tadqiqot uslublari, falsafiy yondashuvlar, tadqiqot uslublarining jihatlari va ularni tadqiqotlar jarayonlarida qо‘llash borasida tushunchaga ega bo`lish;
fanning masalalari yuzasidan о‘z fikrlari va qarashlari, mushohadalari, xulosalarining mohiyatini yetarlicha bayon eta olmaslik darajasida bo`lganida beriladi;
4. Dastur talablariga javob beradigan darajada tayyorgarlikka ega bо‘lmagan, fan sohasiga oid bilimlari izchil tizimlashmagan va talablarning ayrim qismlarini nisbatan о‘zlashtirgan magistraturaga kiruvchilar 0 – 5,4 ball oralig‘ida baholanishi mumkin;
II. Ilmiy faoliyat va ularning natijalari quyidagi mezonlar asosida belgilanadi (dasturning 5-bandi bо‘yicha):



Ilmiy va uslubiy ish mazmuni

Belgilangan ball - 10 ball

Jami maxsimal ball

Izoh

1

Metodik qо‘llanmalar

2 ballgacha

1 taga 1 ball,
2 va undan ortig`iga 2 ball

2

Xalqaro ilmiy jurnallardagi ilmiy maqolalar

2 ballgacha

1 taga 1 ball,
2 va undan ortig`iga 2 ball

3

Xalqaro konferensiyalar va ilmiy tо‘plamlardagi maqolalar

2 ballgacha

1 taga 1 ball,
2 va undan ortig`iga 2 ball

4

OAK rо‘yxatidagi jurnallardagi ilmiy maqolalar

2 ballgacha

1 taga 1 ball,
2 va undan ortig`iga 2 ball

5

Respublika miqyosidagi ilmiy konferensiyalar tezislari va ilmiy tо‘plamlardagi maqolalar

2 ballgacha

3 tagacha – 1 ball;
4 ta va undan ortig`iga - 2 ball

Pedagog xodimlarni oliy o‘quv yurtlariga ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlagan Nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi. Ta’lim beruvchi o‘qituvchi bevosita pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanadi. Pedagogik faoliyat – yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq oldida, davlat oldida javob beradigan, bolalarga ta’lim-tarbiya berish uchun maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir.
Pedagogik faoliyat o‘z mohiyatiga ko‘ra ijodiy xarakterga ega. Ma’lumki, inson oldida biror muammo turgandagina ijodkorlikka ehtiyoj tug‘iladi. Pedagogik faoliyat kishi shaxsini uning dunyoqarashini, e’tiqodini, ongi, xulq-atvorini shakllantirishdek umumiy maqsadga bo‘ysungan son-sanoqsiz pedagogik masalalarni yechish jarayonidir. Bunday jarayonni ijodkorliksiz, pedagogik mahoratsiz amalga oshirib bo‘lmaydi.
Pedagogik mahorat – bu o‘quv jarayonining barcha shakllarini eng maqbul va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo‘naltirish, o‘quvchilarda dunyoqarashni shakllantirish, qobiliyatni rivojlantirish, ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan faoliyatga moyillik uyg‘otish jarayonidir. Shuningdek, pedagogik mahorat shaxsning kompleks xususiyati bo‘lib, u o‘zida insonparvarlik va pedagogik qobiliyatlarni mujassamlashtirgan holda kasbiy pedagogik faoliyatni tashkil qilish, pedagogik texnika va mutaxasislikni o‘qitish usullarini mukammal egallashni talab etadi [64].
Zamonaviy pedagogik(P) va axborot texnologiyalari(AT)ning ta’lim jarayoniga shiddat bilan kirib kelayotganligini hisobga olsak, pedagogning zamonaviy bo‘lmoqlik sharti bu bevosita pedagogik faoliyat jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishini hisobga olishimiz mumkin.
Yanada kengroq e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ta’lim jarayonida pedagogik va axborot texnologiyalarning integratsiyasidan foydalanish samarali natija berayotganligini ko‘rishimiz mumkin.
Birinchi Prezidentimizning “Ta’lim tizimini isloh qilish vazifalari muvaffaqiyatli hal etilsa, ijtimoiy siyosiy iqlim keskin o‘zgaradi, odamlar ongida demokratik qadriyatlar qaror topadi. Inson jamiyatdagi o‘rnini ongli ravishda o‘zi belgilaydi” degan fikrlari buning yaqqol namunasidir.
Shunday ekan, ta’lim muassasalarida innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) integratsiyasi muhitini joriy etish va uning asosida ta’lim-tarbiya tizimida samarali natijalarni qo‘lga kiritishimiz lozim bo‘ladi.
Pedagogik faoliyat turlari. Pedagogik faoliyat – bu pedagogning maxsus kasbiy tayyorgarligi va shaxsiy xulq-atvori qoidalariga amal qilgan holda ta’lim oluvchilarni har tomonlama rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim va tarbiya berish jarayonidir [85].
Pedagogik faoliyat o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro birgalikdagi faoliyati bo‘lib, ushbu faoliyat natijasida o‘qituvchi o‘quvchiga hissiy, axloqiy, intellektual va kasbiy jihatdan ta’sir etadi. O‘qituvchining pedagogik faoliyati o‘quvchining uch tomonlama rivojlanishiga olib kelishi lozim. Ular:
nazariy jihatdan fanning asosiy tushuncha, qoida, qonunlarni o‘rganishi va xulosalar chiqara olishi;
amaliy jihatdan o‘rganilgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash qobiliyati va ko‘nikmalarini, shuningdek, ijodiy faoliyat usullarini shakllantirish;
mafkuraviy, axloqiy, estetik g‘oyalarni tushunishi, dunyoqarashning shakllanishi va h.k.
Informatika o’qituvchisining pedagogik faoliyatiga qo’yiladigan talablar. V.A.Krasilnikova jamiyatni axborotlashtirish, axborotlashgan madaniyatli yoshlarni tarbiyalashda informatika o‘qituvchisiga qo‘yilgan talablarni quyidagicha keltiradi [50].
umummadaniy tayyorgarlik: o‘zini-o‘zi qayta tayyorlash va rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyoji, jamiyatni madaniy rivojlanish sharoitida pedagogik faoliyatga va hayotga, ijodiy faollikka tayyorligi, telekommunikatsiya va global axborot resurslaridan foydalanish ko‘nikmalarini egallaganligi, kommunikativ jarayonni rejalashtirilgan holda tashkil eta olishi.
pedagogik faoliyat sohasida: noaniqlik sharoitlarida shaxsiy va kasbiy muammolarni axborot - kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib yechishga tayyorligi, pedagogik faoliyat natijalarini tahlil eta olishi, to‘g‘rilashi, o‘zini-o‘zi nazorat qilishi, ilmiy-pedagogik faoliyatlarni olib borish qobiliyatlarining mavjudligi.
Pedagogik va axborot texnologiyalari integratsiyasida zamonaviy o‘qituvchi pedagogik faoliyatiga qo‘yilgan talablar pedagogik va psixologik adabiyotlarda o’z aksini topib, bizning fikrimizcha ularga [42]:
O‘qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi, fan, texnika, pedagogik va axborot texnologiyalari yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bo‘lib, bu borada o‘quvchilarga to‘g‘ri, asosli ma’lumotlarni bera olishi lozim.
Pedagogika, psixologiya va o‘z mutaxassisligi bo‘yicha mukammal, chuqur, puxta bilimga ega bo‘lishi, o‘z ustida tinimsiz izlanishi, tarbiya jarayonida o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘quv faoliyatini tashkil etishi lozim.

DASTURNING USLUBIY-ME’YORIY ASOSLARI


5140100 – matematika va informatika yo’nalishi Davlat ta’lim standarti. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2008-yil 24-iyun 191-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan. O’z.DSt 1299 2009. O’ZSTANDART AGENTLIGI tomonidan 2009-yil 26-noyabrda 1763-raqam bilan Davlat ro’yxatiga olingan.
Informatika va axborot texnologiyalari fani dasturi. O’zR Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligining 2006-yil 24-iyuldagi 167-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan. Ro’yxat raqami: BD-5140100-2.02. 2006-yil 26-iyun.
Matematik dasturlash fani dasturi. O’zR Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligining 2006-yil 24-iyuldagi 167-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan. Ro’yxat raqami: BD-5140100-3.14. 2006-yil 26-iyun.
Sonli usullar fani dasturi. O’zR Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligining 2006-yil 24-iyuldagi 167-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan. Ro’yxat raqami: BD-5140100-3.16. 2006-yil 26-iyun
Informatika o’qitish metodikasi fani dasturi. O’zR Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligining 2006-yil 24-iyuldagi 167-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan. Ro’yxat raqami: BD-5140100-3.15. 2006-yil 26-iyun.
Zamonaviy dasturlash tillari fani dasturi.O’zR Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligining 2006-yil 24-iyuldagi 167-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan. Ro’yxat raqami: BD-5140100-4.03. 2006-yil 26-iyun
Informatika yo’nalishidagi fanlar dasturlari. O’zR Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligining 2008-yil 23-avgustdagi 263-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan. Ro’yxat raqami: №VD 51421. 2008-yil 23-avgust.
Download 24,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish