Rivojlanishi tarixidan


  Tarixiy  o'lkashunoslikning  rivojlanishi.  1917  yilga  qadar  o'lkani



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/96
Sana09.08.2021
Hajmi1,33 Mb.
#143581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
Bog'liq
urbanizatsiya majmua

2. 
Tarixiy  o'lkashunoslikning  rivojlanishi.  1917  yilga  qadar  o'lkani 
o'rganish masalasi. 
Rus  olimi  M.  V.  Lomonosov  o'z  o'lkasini  mukammal  o'rganish  maqsadida 
1761  yili  30  savoldan  iborat  javob  varaqasi  tuzib,  aholi  o'rtasida  tarqatgan  edi. 
Ayni  vaqtda  bu  bilan  o'lkashunoslik  faniga  asos  solingandi.  O'lkani  o'nganish 
masalasi  O'rta  Osiyo,  shu  jumladan  O'zbekiston  hududida  Rossiyadan  anchagina 
keyinroq, ya'mi XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi. 
Rus  olimlari  O'rta  Osiyoning  chorizm  tarafidan  bosib  olishidan  ancha  ilgari 
bu  o'lkani  o'rganish  bo'yicha  bir  qancha  ishlar  qilgan  edilar.  Biroq,  XIX  asrning 
birinchi  yarmidagi  o'lkani  o'rganish,  ya'ni  mahalliy  tarixchilik  ijtimoiy-siyosiy, 


iqtisodiy  va  madaniy  hayotdagi  biqiqliqka  mos  bo'lib,  feodal  tuzum  manfaatlari 
uchun  xizmat  qilar  edi.  Tarix  fanidan  feodal  sinfining  manfaatlari,  xonlar  va  ular 
sulola-sining  taxtga  egaligi  va  «odilligi»ni  mafkuraviy  jihatdan  asoslash  uchun 
foydalanib  kelindi.  Saroy  tarixchilari  o'zlarining  asosiy  e'tiborlarini  siyosiy 
voqeliklarni  xonlarning  faoliyati  va  o'z  raqiblari  ustidan  qozongan  g'alabalarini 
ko'klarga  ko'tarib  maq-tash,  saroydagi  an'analarni  tasvirlashga  qaratdilar.  CHunki 
zamon o'zi shunaqa edi. Natijada bu davr tarixchiligining mavzui jahon tarixchiligi 
mavzusidan  bir  qadar  ajralib  qoldi.  X—XV  asrlardagi  mahalliy  tarixchilar 
Muhammad Narshaxiy, Tabariy, Rashididdin, Nizomiddin Jomiy, Abulg'ozixon va 
boshqalarning  asarlari  o'zining  mazmundorligi,  faktik  materialga  boyligi  bilan  bu 
davrda yozilgan tarixiy asarlardan sezilarli darajada ajralib turadi. SHarqshunos A. 
A. Romaskevich Rashididdinning «Jome ut-tavorix» nomli asari ustida so'z yuritar 
ekan,  haqli  ravishda  bu  asar  o'zining  mazmuni  va  hajmi  jihatidan  muhimligini 
ko'rsatib, biz bu asardan keyin eron tarixchiligida voqealarni bu xilda bayon qilish 
uchun bo'lgan intilishni ko'rmaymiz, deb yozgan edi. Bu O'rta Osiyo tarixchiligiga 
ham  xos  narsa  edi.  SHunday  qilib,  XIX  asrning  birinchi  yarmida  tarix  fani  ham, 
boshqa fanlar singari, hukmron sinfning manfaati uchun xizmat qildi. 
X1X asrning 30-yillarida Buxoro saroy tarixchisi Muhammad YOqub yozgan 
«Gulshan  ul-  muluk»  nomli  asar  o'sha  davr  tarixiy  manbalaridan  biri  hisoblanadi. 
Bu asar fors-tojik tilida yozilgan bo'lib, unda qadimgi zamonlardan to XIX asrning 
30-  yillarigacha  bo'lgan  Buxoro  amirligidagi  siyosiy  voqealar  bayoni  beriladi. 
Asarda  saroy  voqeliklari,  xukmron  sinflar  tarixi,  o'zaro  urushlar,  unda  erishilgan 
g'alabalar, 
xonlikning 
keyingi 
sulolasining 
genealogiyasi 
(nasabnomasi) 
ifodalanib,  jamiyatning  rivojlanishi  da  asosiy  kuch  bo'lgan  xalq  ommasining 
ahvoli,  uning  tilak-orzulari,  xalq  harakatlari  va  bu  harakatning  tub  mohiyatini 
yoritishga bo'lgan intilishni deyarli ko'rmaymiz. 
YAna  o'sha  davrda  fors-tojik  tilida  yozilgan  ikkinchi  manba  Buxoro  saroy 
tarixchisi  Muhammad  Mir  Olimning  «Tarixi  amir  Nasrullo»  nomli  asaridir.  Bu 
asar  Buxoro  amiri  Nasrulloning  (1826—1860)  topshirig'i  bilan  yozilgan.  Asar 
XVIII asrning  ikkinchi yarmida Buxoro amirligida yuz  bergan siyosiy voqealarni, 
ichki  va  tashqi  voqeliklarni  tasvirlash  bilan  boshlanib,  amir  Nasrulloning 
hokimiyatga  kelishi,  uning  dastlabki  yillardagi  davlatni  boshqarishda  tutgan 
siyosati bilan tugallanadi. Asarda Buxoro amirligidagi 1821 — 1825 yillarda bo'lib 
o'tgan  xitoy-qipchoqlar  qo'zg'oloni  va  uning  bostirilishi  haqida  so'zlanadi.  Ammo 
asarda qo'zg'olontshg asosiy sabablari va mohiyati ochib berilmagan, bu tabiiy hol 
bo'lib, saroy tarixchisidan buni kutish mumkin emas edi. 
Yana  shu  yo'nalishda  yozilgan  tarixiy  manbalardan  biri  mulla  Ibodulla  va 
mulla  Muhammad  SHariflar  tomonidan  fors-tojik  tilida  yaratilgan  «Tarixi  amir 
Haydar» nomli asardir. Asarda ashtarxoniylar bilan  mang'itlar sulolasi tarixi, amir 
Haydarning otasi amir SHoh murodning tug'ilishidan boshlab, to amir Haydar-ning 
o'limi  (182б)  gacha  Buxoro  amirligida  bo'lib  o'tgan  siyosiy,  ijtimoiy-iqtisodiy 
voqealarga  to'xtalib  o'tilgan.  SHu  bilan  birga,  asarda  1820  yilda  A.  F.  Negri 
boshliq  Rossiyadan  Buxoroga  yuborilgan  elchilik  tashrifi  to'g'risida  xam 
ma'lumotlar berilgan'. 
Muhdmmad  SHarifning  xuddi  o'sha  davrni  aks ettiruvchi  «Toj  ut-tavorix»—
(«Tarixlar  toji»)  nomli  asarida  mang'itlar  nasabnomasi,  turkiy  va  Mo'g'ul 
qabilalari,  CHingizxon,  uning  avlod-ajdodlari,  shayboniylar,  ashtarxoniylar 
sulolasining  tarixi  beriladi.  Umuman,  asar  ashtarxoniylar,  ayniqsa  mang'itlar 
sulolasi  vaqtida  Buxoro  amirligidagi  siyosiy,  ijtimoiy-  iqtisodiy  voqeliklarni 
o'rganishda muhim rol’ o'ynaydi. 
XIX asrning 40-yillarida yozilgan yirik tarixiy manbalardan biri Muhammad 
Hakimxon  to'raning  «Muntaxab  VI*  takorix»  nomli  asaridir.  Asarda  XVIII 
asrning  70  millaridan  to  Qo'qon  xoni  Umarxonning  vafoti  (1822),  undan  so'ng 


taxtga  o'tirgan  Madalixongacha  bo'lgan  davrdagi  Qo'qon  xonligi  tarixiga  doir 
siyosiy voqealar tasvirlagan. 
Hakimxon  to'ra  xon  bilan  birga  yurib,  XIX  asrning  birinchi  choragidagi 
voqealarga  aralashadi.  U  saroydagi  fisq-fujur,  viloyaxlardagi  siyosiy  tortishuvlar, 
xonlikning  tashqi  va  ichki  siyosatini,  Buxoro  amirligidagi  siyosiy  hodisalarni  o'z 
ko'zi  bilan  ko'rib,  ularni  o'z  asarida  aks  ettirgan.  Ashtarxoniylardan  so'ng  taxtga 
o'tirgan  o'zbeklarning  ming  sulolasi  haqida,  Umarxonning  hukmronlik  qilgan 
(1810—1822)  vaqtdagi  siyosiy  voqealar  aniq  va  izchillik  bilan  ifodalangan. 
Asarning qimmati shundaki, Rossiyaning O'rta Osiyoga nisbatan tutgan siyosati va 
o'sha  vaqtdan  O'rta  Osiyoliklarning  Rossiyaga  bergan  bahosini  aniqlashda  u 
muhim  o'rin tutadi, chunki  muallif Rossiyada bo'lib,  u erdagi  hayot bilan bevosita 
tanishgan,  Rossiya  bilan  bog'lanish  masalasida  ilg'or  fikrlarni  bayon  qilgan. 
Muallif o'z asarida 1821  — 1825 yillarda Buxoroda bo'lib o'tgan xitoy-qipchoqlar 
qo'zg'olonida qatnashganlarni «xoin kishilar» deb qoralaydi. Bu esa muallif tutgan 
yo'lni yaqqol ko'rsatib turibdi. 
Qo'qon  xonligi  tarixiga  oid  manbalardan  biri  mulla  Avaz  Muhammadning 
fors-tojik  tilida  yozilgan  «Tarix  jahonnumai»  asari  bo'lib,  o'z  ko'zi  bilan 
ko'rganlarining  bayoni  xamda  tarixiy  manbalar  asosida  yozilgan  ikki  kitob  va 
geografik  qo'shimchadan  iborat.  Asarning  birinchi  qismida  insonning  paydo 
bo'lishidan boshlab, to XVI asrgacha bo'lgan hukmdorlar tarixi berilgan. 
Asarning  ikkinchi  qismida  Qo'qon  xoni  Olimxon  (1798-1810)  va  Umarxon 
(1810-1822) hukmronligi davri siyosati to'liq berilgan. 
Asarda Buxoro amirining  xitoy-qipchoqlar va qoraqalpoq xalqlariga nisbatan 
tutgan siyosati, Qo'qon xonligi bilan Buxoro amirligi o'rtasidagi munosabatlar, rus 
askarlari  tomonidan  Samarqand  va  Kattaqo'rg'on  erlarining  bosib  olinishi,  yo'l  va 
imoratlar  qurilishi,  ayrim  voqealarning  sanalari  va  h.  k.  lar  berilgan.  SHu  bilan 
birga,  asarda  1842  yili  Qo'qonda  ko'tarilgan  xo'ja  qalandar'  boshchiligidagi 
qo'zg'olon,  1847  yilda  Toshkent  hokimiga  qarshi  ko'tarilgan  harakat  kabi  muhim 
voqealar  xaqida  ham  so'z  boradi.  Asarda  keltirilgan  bu  dalillar  tarixni  o'rganish 
uchun  muhimdir.  Biroq  bu  xildagi  asarlar  o'sha  davr  hukmron  feodal  sinf 
mafkurasi ruhida yozilgan bo'lib, unga tanqidiy ko'z bilan qarash talab qilinadi. 
Qo'qon  xonligi  tarixchiligida  Mulla  Niyoz  Muhammadning  «Tarixi 
SHohruhiy»  degan  asari  ham  diqqatga  sazovordir.  Muallifning  bu  asari  Qo'qon 
xonligining  XVIII  va  XIX  asrning  70-yillarigacha  bo'lgan  tarixiga  oid  muhim 
ma'lumot beradi. Bu ma'lumotlar shu davr tadqiqotchilari uchun juda qimmatlidir. 
Toshkentdagi  qoryog'di  mahallalik  Muhammad  Solih  Qoraxo'ja  o'g'lining 
1880—1885  yillar  orasida  yozgan  «Tarixi  jadida-i  Toshkand»  («Toshkentning 
yangi  tarixi»)  nomli  1200  betdan  iborat  asari  ham  juda  muhim  ahamiyatga  ega 
bo'lib,  u  O'rta  Osiyoda  o'tgan  uch  xonlikda  yozilgan  tarixiy  asarlardan  birmuncha 
farq  qiladi.  Asar  fors-tojik  tilida  yozilgan.  U  hukmdorlar  o'rtasidagi  urushlar 
tarixidan  iborat  bo'lib,  ikkinchi  qismi  Qo'qon  xonligi  va  Toshkent  tarixiga 
bag'ishlangan. Bunda muallifning yangicha tarix yozish niyatida ish boshlagani va 
A.Kundan  maslahatlar  olganligi  seziladi.  SHuningdek,  asarda  Qo'qonning  siyosiy 
hayotida  ustunlik  rolini  o'ynagan  guruhlar  va  shaxslar,  Toshkentda  bo'lib  o'tgan 
siyosiy harakatlar, xalq qo'zg'olonlari, shu qo'zg'olonlarning yo'nalishi va sabablari 
haqida  (bu  masala  boshqa  hech  bir  asarda  bunchalik  yoritilmagan)  mufassal 
ma'lumotlar  berilgan.  Bu  asar  yangi  davr  tarixchiligida  yangi  intilish  edi.  Asar 
O'zbekiston  Fanlar  akademiyasining  SHarqshunoslik  institutida  nodir  asarlar 
qatorida saqlanmoqda. 
XIX  asrning  birinchi  yarmida  Xiva  xonligida  yozilgan  tarixiy  manbalardan 
eng muhimi Munis va Ogahiylarning asarlari hisoblanadi. 
Munis  (1778—1829)  ning  otasi  Avazbiy  mirob  Xiva  xoni  eltuzarga  qadar 
ham,  uning  hukmronligi  vaqti  (1804—180б)  da  ham  saroy  xizmatida  bo'ladi. 


eltuzarxonning  hukmronligi  vaqtida  Munis  saroy  xizmatiga  kiradi  va  xonning 
topshirig'i bilan o'zining «Firdavs ul-iqbol» nomli mashhur tarixiy asarini yozadi. 

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish