Rivojlantirish instituti j. J. Jalolov, I. A. Ahmedov, I. S. Hotamov korxona tashqi iqtisodiy



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/120
Sana20.07.2021
Hajmi0,79 Mb.
#124196
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   120
Bog'liq
korxona tashqi iqtisodiy faoliyati va marketing kasb-hunar kollejlari talabalari uchun oquv qollanma

Erkin oferta. Erkin ofertaning amal qilish muddati bo‘lmaydi,
sotuvchini ofertada ko‘rsatilgan shartlarga qandaydir muddat
davomida rioya qilishga majbur qilmaydi. Xaridorning oferta
shartlariga roziligi uning shartlari ko‘rsatilgan qattiq kontroferta


4 5
bilan tasdiqlanadi. Agar sotuvchi kontrofertani qabul qilsa va
bundan xaridorni yozma ravishda ozod qilsa, bitim tuzilgan
deb hisoblanadi va tomonlar kontrofertada ko‘rsatilgan barcha
shartlarni bajarishga majburdirlar. Agar ofertada uni chaqirib
olinmaydiganligi yozilmagan bo‘lsa, shartnoma tuzilgunga qadar
taklif sotuvchi tomonidan qaytarib olinishi mumkin, ammo bu
narsa xaridor uni qabul qilganligini tasdiqlagunicha amalga
oshirilishi mumkin. Agar tasdiq kechikib jo‘natilgan bo‘lsa va u
holda faqat sotuvchi rozi bo‘lsa va u xaridorni bu to‘g‘rida
yozma ravishda xabardor qilsagina, o‘z kuchini saqlab qoladi.
So‘rov — Agar importchi biror-bir tovarni sotib olishdan
manfaatdor bo‘lsa, mumkin bo‘lgan kontragentni topib, u bilan
aloqa bog‘lashning eng yaxshi yo‘li uning nomiga so‘rov
yuborishdir (2-rasmga qarang). Namunadan ko‘rinib turibdiki,
so‘rovning asosiy maqsadlaridan biri — bu eksport firmalaridan
tijorat takliflarini olishdir. Odatda, so‘rovda kerakli tovarning
aniq nomi, uning sifati, navi, miqdori ko‘rsatiladi va tovar olib
kelish va to‘lov shartlari to‘g‘risida mumkin qadar to‘liq axborot
so‘raladi. So‘rovlar bir yoki bir nechta mamlakatlarning bir
qancha firmalariga jo‘natilgani ma’quldir. Bu bir qancha
raqobatli takliflar olish maqsadida qilinadi va keyinchalik ulardan
foydalirog‘i tanlab olinadi.
Tribba Vitsion GmbHHolbachstr., 27 Affenbura,
BRD8.02.2002
S O ‘ R O V
Hurmatli janoblar. Yevropa savdo ma’lumotnomasidan
Sizning firmangiz doim taqiladigan kontakt linzalari ishlab
chiqaruvchilar orasida ilg‘orlaridan biri ekanligini bilib oldik.
Sizning yangiliklarni joriy etish markazingiz yumshoq
kontakt linzalarni sotib olishdan manfaatdor. Shuning
uchun Sizdan o‘n mingta kontakt linzalari jo‘natishdan
iborat tijorat taklifingizni yo‘llashingizni so‘raymiz. Yetkazib
berish sharti «Toshkentgacha olib borish to‘langan»
bo‘lgani ma’qul. Bizni akkreditiv bilan to‘lov qanoat-
lantiradi. So‘raladigan partiya ancha kattaligini inobatga
olib bizga ulgurji chegirmalar berishingizga umid qilamiz.
O‘zaro uzoq muddatli va samarali hamkorlik paydo
bo‘lishiga ishonamiz.
«Rux» Ya.T.M. direktori_________________V.V.Valiyev


4 6
Buyurtma. Eksportchining vakillari bilan shaxsan suhbatlar
yoki o‘tgan muzokaralar, ko‘rgazma va xaridlar natijasida
eksportchining yetkazib berish shartlari bilan tanishib chiqqan
xaridor tovarni unga ma’lum shartlar asosida jo‘natish iltimosi
bilan buyurtma berishi mumkin. Agar sotuvchi buyurtma
shartlariga rozi bo‘lsa, u buyurtmaga tasdiq jo‘natadi.
Buyurtmaning tasdig‘i — buyurtma shartlarini to‘liq qabul
qilganligini bildiruvchi tijorat hujjatidir. Tasdiq quyidagi
ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:
Sizning tokarkarusel stanoklari yetkazib berish uchun qilgan
buyurtmangiz qabul qilinganligini tasdiqlaymiz va ijro etishga
yo‘llaymiz. Sizning buyurtmangizni puxtalik bilan va belgilangan
muddatda bajaramiz.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish