Rivojlantirish instituti j. J. Jalolov, I. A. Ahmedov, I. S. Hotamov korxona tashqi iqtisodiy



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/120
Sana20.07.2021
Hajmi0,79 Mb.
#124196
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   120
Bog'liq
korxona tashqi iqtisodiy faoliyati va marketing kasb-hunar kollejlari talabalari uchun oquv qollanma

«Kirib olish» siyosati past narxlarni joriy etish va katta hajmli
tovar oborotini amalga oshirishga qaratilgan siyosatdir. Bunda
tovarlarga past baho belgilanadi. Oqibatda, tovarlarning sotish
hajmini keskin oshirib, bu tovarni yuqori narxlarda sotishga
qaraganda ko‘proq to‘liq daromad keltiradi, deb hisob-kitob
yuritiladi. «Kirib olish» ko‘proq bozor narx segmentlariga
bo‘linmagan va yuqori narxli tovarlarni xarid qilishga tayyor
bo‘lmagan sharoitlarda qo‘llaniladi. Bu siyosatning ijtimoiy
mavqeini, qiyofa-ramzini belgilamaydigan yangi tovarlarga nisbatan
qo‘llash lozim. «Kirib olish» siyosati firmalar past narxlarni qo‘llab,
bozorda raqobatchilari ustidan g‘alaba qozonadilar, ammo arzon
narxlar strategiyasida zarar ko‘rmaslik nuqtasiga yetish uchun ko‘p
miqdorda tovar sotilishi kerak. Tovarlarni joriy etish jarayonida
esa arzon narxlar ziyon ko‘rishga olib kelishi aniq. Buning uchun
tovar sotish bozorlarini kengaytirish, yangi segmentlarni aniqlash
lozim. Demak, «qaymog‘ini olish» qimmat narxlar, «kirib olish»
esa arzon narxlar siyosatidir. Ular narx belgilashning favqulodda
namoyon bo‘lishidir. Biroq, har ikkala strategiya ham ma’lum
zaruriy sharoit — ma’lum vaqt va ma’lum muddatda, ya’ni kerakli
joyda va joyida qo‘llanilsa, yaxshi samara berishi ma’lum, aks
holda ular katta — o‘nglab bo‘lmas zarar va qiyinchiliklarga olib
keladi. Ma’lum firma va kompaniyalar faqat «qaymog‘ini olish»
yoki faqat «kirib olish» siyosatini, ayrimlari ularni birgalikda
kombinatsiyalashtirib qo‘llaydilar.
Narxlarni belgilashda «raqobatda g‘olib kelish» strategiyasi
ham qo‘llaniladi. Bu strategiya bozorga «kirib olish»
strategiyasining boshqa bir ko‘rinishi bo‘lib, uning maqsadi yana
chuqurroq masalaga — potensial raqobatchining bozorga kirib
kelishining oldini olishga qaratilgan. Uning vazifasi bozorda
raqobatchi korxona paydo bo‘lgunga qadar ko‘proq tovarni
sotishga erishish, xaridorlarning qalbiga o‘rnashib olib, yangi
raqobatchi korxonaga yo‘l bermaslik tadbirlarini ishlab
chiqishdan iborat. Bu siyosat baholarni iloji boricha tannarxga
yaqinroq darajada belgilashni taqozo etadi. Buning ma’nosi,


2 1 7
olinadigan foyda miqdori kam bo‘ladi va, demak, firmalar
bozorda harakat qilmog‘i va ko‘proq foyda olish uchun katta
hajmdagi tovarni sotishga erishmoqlari lozim. Shuning uchun
ham bu siyosat firmadan bozorning kichik segmentida harakat
qilishni, tezkorlik bilan uni o‘zlashtirish, tezkorlik bilan samarali
natijaga erishgach, uni tark etishni taqozo etadi. Firmalarning
aksariyat qismi baho belgilashda, avvalo, bozordagi baholar
darajasini, raqobat darajasini e’tiborga olgan holda amalga
oshiradi. Bu hol odatda tovarlar raqobatchilar mahsulotidan
kam farq qilganda, xaridorning bozor narxidan xabardorligida
va sotuvchi bozor narxi ustidan nazorat qilish uchun hech narsa
qila olmagan holda sodir bo‘ladi. Raqobat darajasidan yuqori
baholar alohida hollarda belgilanadi. Masalan, firma o‘z
xususiyatlari, sifati bilan boshqa tovarlardan farqli tovarlar ishlab
chiqarayotgan bo‘lsa, o‘z tovarlarini raqobatdosh, bozor
narxlaridan yuqori narxlarda sotishi mumkin. Bunday baholar
yana quyidagi hollarda belgilanadi:
— agar tovar yagona, noyob xarakterda va patentlar bilan
muhofaza qilingan bo‘lsa; tovarni yaratish va ishlab chiqarish
nihoyatda murakkab va katta mehnat, kuch talab etsa; tovarning
bahosi xaridor uchun ahamiyatsiz bo‘lsa;
— bozorning sig‘imi yangi raqobatchilarga to‘g‘ri kelmasa;
— firmaning moliyaviy ahvolini yaxshi bilmagan holda ham
yuqori baho belgilash mumkin. Yuqorida ko‘rsatilgan hollarga
zid keluvchi holatlar bo‘lgan taqdirda, tovarlarga raqobat
darajasidan past baholar belgilanadi. Firmalarning bunday
baholar siyosatidan foydalanishi ularga xaridorlarni og‘dirib olish
imkonini beradi.

Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish