Rukn: Mobil aloqa


Optik elementlar bazasidagi xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlari



Download 2,63 Mb.
bet109/110
Sana19.07.2021
Hajmi2,63 Mb.
#123395
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110
Bog'liq
NGN YANGI AVLOD TARMOQLARI

12.5. Optik elementlar bazasidagi xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlari

 

Zamonaviy biznes mamlakatlar va davlatlarni sakrab o‘tdi. Zamonaviy tadbirkor xayotning asosiy xususiyati – axborotlarni intensiv ayirboshlashga talablardir. Axborotlarni almashinish intensivligining ortishi va kompaniyalar faoliyatining geografik masshtablari kengayishi xalqaro axborot tarmoqlarida spetsifik izlar qoldirmoqda.



Shu narsa ma’lum bo‘ldiki, xalqaro tarmoq – axborot tarmog‘i bo‘lib, uning komponetlari bir nechta mamlakatlarda joylashgandir. Xalqaro tarmoqlarning xususiyati – aloqa liniyalaring narxlari balandligi. Bitta mamlakat xududidagi aloqa, xalqaro liniyalardagi aloqaga nisbatan bir darajaga arzondir, bu nisbat aloqa turlariga bog‘liq emas. Shuning uchun xalqaro tarmoqlar bilan ishlaganda axborotlarni qisishning xar xil usullari, shuningdek terminal uskunalarining rad etishga bardoshligini oshirish juda muxim axamiyatga egadir.

Xalqaro tarmoqlardan foydalanish bilan bog‘liq yana muxim muammolardan biri  -  telekommunikatsion standartlar, aloqa liniyalari va foydalanilayotgan uskunalarning turli xilligidir.  Xalqaro tarmoqlarning yana bir xususiyati ularning katta geografik masshtablar bilan bog‘liqligi va monitoring va boshqarish tizimlariga ayrimcha talablardir.

Telekommunikatsion inrfastrukturaning turli mamlakatlarda rivojlanish darajasining farqi katta, bu esa o‘sha mamlakatlarda qo‘llanayotgan tizimlarda katta iz qoldiradi. Texnologiyaning juda tez rivojlanishi bunday sharoitda qo‘shimcha muammolarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Dunyo juda xam integrallashmoqda, uni axborotlashtirish juda katta tezlikda o‘smoqda. Bundan quyidagi xulosani aytish mumkin – xalqaro telekommunikatsiya tarmoqlari shunday loyixalashtirilishi kerakki, ularni bo‘layotgan o‘zgarishlarga ortiqcha xarajatlarsiz tezda moslashtirish imkonyatga ega bo‘lishi lozim.

Xalqaro tarmoqlar, xususan optik xalqaro tarmoqlar juda spetsifik telekommunikatsion muxitdir. Bu spetsifika ulardan foydalanish xosil bo‘ladigan muammolarga va ular echimiga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi.

Keyingi yillarda xar xil loyixalarni amalga oshirish natijasida umumiy uzatish tezligi 12 Gbit/s transatlantika va 6,98 Gbit/s tinch okeani  optik telekommunikatsiya tarmoqlari foydalanishga topshirilgan.

Ularning ayrimlari xaqida axborot berish mumkin. Project Yellow loyixasi Shimoliy Amerika (Nyu-York) va Evropani (Angliya) bog‘lovchi, uzatish tezligi 320 Gbit/s dan  1,28 Tbit/s gacha o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan, keng polosali uzunligi 6000 kilometr suv osti magistrali;  TAT-14 – WDM texnologiyasi qo‘llangan 14-nchi transatlantik telefon kabel tizimi. Sig‘imi 640 Gbit/s, STM-64 tizimi qo‘llangan optik suv osti kabeli AQSHni xalqa topologiyasi bo‘yicha Buyukbritaniya, Fransiya, Gollandiya, Germaniya va Daniya bilan bog‘lovchi magistraldir; Apollo tizimi – umumiy uzunligi 13000 kilometr, uzatish tezligi 3,2 Tbit/s gacha, AQSH, Buyukbritaniya va Fransiyani ikkita yo‘lcha bilan bog‘laydigan suv osti magistrali. Apollo tizimi optik elementlar bazasida yaratilgan nufuzli xalqaro telekommunikatsiya tarmog‘idir; YAponiya, Gavay orollari va AQSH bog‘lovchi suv osti uzunligi 225000 kilometr TRS-5 (Trans-Pacific Cable – 5)optik magistral; uzunligi 30500 kilometr, jumladan 28900km suv osti kabelli optik magistral  Southern Cross Avstraliya, YAngi Zelandiya, Gavay orollari va AQSHni bog‘laydi; PC-1 (Pacific Crossing – 1) optik-tolali  uzunligi 21000 kilometrli xalqali tarmoq AQSH va Osiyoni bog‘laydi.

Shunday qilib, quyidagilarni ta’kidlash mumkin, foton texnologiyasi asosidagi telekomunikatsiya tarmog‘i istiqbolli tarmoqdir; Er shari umuman olganda yuqori tezlikli optik tolali xalqalar bilan o‘rab olingan, bu tarmoqqa ulangan istalgan milliy telekommunikatsiya tarmog‘i istalgan mamlakat telekommunikatsiya tarmog‘iga kirishi mumkin.

 


Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish