Sabzavot ekinlarining kelib chiqish makonlari



Download 1,75 Mb.
bet8/12
Sana08.07.2022
Hajmi1,75 Mb.
#756462
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Sabzavot ekinlarining kelib chiqish markazlari0

Fotodavriylik. O‘simliklarning yorug‘lik va qorong‘ulikka talabchanligi
evolyutsiya jarayonida paydo bo‘lgan va u fotodavriylik deb yuritiladi.
Mo‘’tadil iqlimli mintaqada o‘simliklarning gullashi va hosil berishi uchun yoz
payti eng yaxshi davr hisoblanadi. Shuning uchun mo‘’tadil iqlimli sharoitda
o‘sadigan o‘simliklarda uzoq muddat davomida yorug‘da bo‘lish ehtiyoji vujudga
kelgan va yorug‘lik ularning gullashi hamda meva tugaboshlashi uchun zaruriy shart
bo‘lib qolgan. Boshlang‘ich vatani tropik mintaqalar sharoitidan bo‘lgan o‘simliklar
uzoq vaqt davomida qorong‘ulikda bo‘lishiga moslashgandir. Sabzavot o‘simliklari
kun uzunligiga munosabatiga ko‘ra uch guruhga bo‘linadi: uzun kun talab o‘simliklar
– karam, bryukva, sholg‘om, turp, rediska, sabzi, lavlagi, piyoz, petrushka, salat,
ismaloq, ukrop, sabzavot loviyasi; qisqa kun talab sabzavotlar – loviya, lavlagining
janubiy navlari, bodring, . pomidor, tarvuz, qovun, qalampir, baqlajon, sabzavot
jo‘xorisi; betaraf deb ataluvchi sabzavotlarga mo‘’tadil iqlim sharoitida yaratilgan –
bodring, pomidor va poliz o‘simliklarining ayrim navlari kiradi. Uzun kun talab
qiluvchi o‘simliklarning gullash va hosil to‘plash bosqichiga o‘tishi uchun 14-17 kun
kerak bo‘lsa, qisqa kun talab kiluvchi o‘simlik va qisqa kun talab qiluvchi yovvoyi
o‘simliklardan yaratilgan selektsion nav hamda duragaylar o‘z avlodlari kabi kunning
uzunligiga talabchan bo‘lmay betaraflikni namoyon qiladilar. Pomidorning ayrim
turlari fotodavriylikka u qadar sezgir bo‘lmaydi.
Ochiq maydonda sabzavotlar yetishtirish davrida ularning yorug‘likka bo‘lgan
munosabatini qulay holatga keltirish mumkin. Bunga asosan ekish muddatini to‘g‘ri
tanlash, ekish qalinligi, erning janubga nishabligi, nihollar unib chiqqanidan so‘ng
yagana qilish, begona o‘tlardan o‘z vaqtida tozalash kabi ishlarni amalga oshirish
bilan erishiladi. YOrug‘lik kuchining me’yoridan oshib kyetishini ekinlarni
gektardagi tup qalinligini ko‘paytirish, o‘simliklarni oqlash, oq doka bilan soya hosil
qilish kabi choratadbirlar yordamida kamaytirish mumkin.
O‘simliklarni himoyalangan joylarda yorug‘lik bilan to‘liq taminlash uchun
oynavand berkitmalarini toza saqlash, yorug‘likni yaxshi o‘tkazadigan materiallardan
foydalanish va o‘simliklarni ustki berkitmalarga yaqin ekish bilan qulay sharoit
yaratiladi. YOrug‘lik yetishmaydigan paytlarda ular sutkaning ma’lum soatlarida
elektr chiroklaridan foydalanib yoritiladi. Ayrim hollarda esa o‘simliklar faqat sun’iy
yoritish yordami bilan yetishtiriladi.

Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish