Said Ahmad Azroil oʻtgan yoʻllarda (hikoya)



Download 170,26 Kb.
Pdf ko'rish
Sana01.03.2022
Hajmi170,26 Kb.
#475636
Bog'liq
Azroil o\'tgan yo\'llarda



Said Ahmad - Azroil oʻtgan yoʻllarda (hikoya) 
ZoʻR kurash koʻramiz, deb kelganlarning hafsalasi pir boʻldi. Birinchi davradayoq kurash 
alanga olmay, choʻgʻligicha qoldi. 
Ikki polvon yarim soatdan beri hadis olib, tomoshabinlarni zeriktirib yubordi. Davrada 
oʻtirganlarning toqati toq boʻldi. 
— Ajrim qivoringlar, kurash koʻrgani kelganmiz! 
— Jalol polvon chiqmasa kurash qizimaydi. Jalol chiqsin! 
Jalol polvon yetmish yoshlarga borgan, ellik yildan beri kurash tushadi, shu paytgacha kuragi 
yer koʻrmagan polvon. 
Ishqivozlar uni behudaga kurashga chaqirishayotgan edilar. U davraga chiqqani bilan talabgor 
boʻlmagani uchun qayta joyiga borib oʻtiredi. Kurashaman, deb kelganlarning koʻpchiligi 
undan yengilgan, hammasining alami ichida edi. 
Ishqivozlar talab qilaverganlaridan keyin bakovul uni davraga sudrab chikdi. Qoʻlidan ushlab 
oʻrtada aylantirib yurdi. 
— Mamlakatimizning mutlaq chempioni, yuzlab yosh chempionlarning ustozi Jalol polvonga 
talabgor bormi? — dedi u davraga murojaat qilib. 
Hech kim chiqmadi. U bilan bir bellashsam armonim yoʻq, deb kelgan oʻspirin polvonlar odob 
saqlab jim oʻtirishardi. 
Orqa qatorda oʻtirgan yigirma besh yoshlar chamasi bir yigit oʻrnidan turdi. 
— Men bellashaman! 
Hamma unga qaradi. U tanasi xuddi choʻyandan quyilgandek, miqti bir yigit edi. Yelkalari 
keng, bilaklaridan mushaklari boʻrtib chiqib turgan, ochiq kaftiga bitta odam bemalol oʻtirsa 
yana ikki barmogʻi ortib qoladigan boʻz yigit edi. Davrada kimdir hazil qildi: 
— Voy-boʻ, badaniga mix qoqsang qayilib ketadi-ku! 
Kimdir, Jalol uni ikki yamlab, bir yutib yuboradi, deb yubordi. 
Jalol polvon, pisand qilmagandek, miyigʻida kulib turardi. Uning jilmayishi yosh polvonning 
nafsoniyatiga tegdi. 
— Qoʻy, bolam, men goʻdaklar bilan kurashmayman. Oʻz tenging bilan bellash, - dedi unga 
nasihat qilgandek. 
— Yoʻq, faqat siz bilan kurashaman. Bilib qoʻying, yengaman! Kuragingizni yerga 
ishqayman! 
— Katta ketma, bola! Mening kuragim faqat oʻlganimda — goʻrda yotganimda yerga tegadi. 
«Mayli, mayli, bellashsin, bolaning sazasi oʻlmasin, xoʻp deng, iolvon buva!» degan ovozlar 
chikdi. 
Bakovul ikki tomonning roziligini olib: «Boʻstonliqlik Jalol polvon Yozyovonlik Ermat 
polvon bilan bellashishga rozi boʻldi!» deb e’lon qildi. 
Jalol polvon yerga oʻtirib etigini yecharkan, qilayotgan ishi oʻziga kor qilib, endi kuning shu 
mishiqi goʻdakka qoldimi Jalol, shu norasida bolani yengib, nima obroʻ topasan, derdi ichida. 
Ermat polvon esa uni pisand qilmay, yengaman, degandek magʻrur turardi. Uning 6u 
«surbetlarcha» turishi Jalol polvonning gʻashini keltirdi. Endi oʻzingdan koʻr, bola, deb 
oʻrnidan turdi. 
Bakovul ularning belbogʻlarini boshqatdan boylab, omin, deb fotiha berdi. 
Jalol polvon beparvo edi. Kani, bir urinib koʻrsin, deb koʻyib berdi. Ermat uning belbogʻi 
orqasiga qoʻlini suqib, bilagiga uch marta oʻradi. Jalol polvon xotirjam edi. Ermat: «Yo egam, 
oʻzingdan madad!» dedi uni bir siltab koʻtarib, oyogʻini yerdan uzdi. Yana bir marta 
silkinganida koʻkragigacha chiqardi, turgan yerida ikki aylanib chap yonboshiga otdi. U 
bolalar choynak qopqogʻini burab qoʻyib yuborgandek chir aylanib, yana qimirlamay turib 
qoldi. 
— Endi, bas, xumordan chikdingmi, — dedi u raqibining qulogʻiga. — Endi navbat menga! 
— u shunday deb 
Ermatni bir siltab koʻtardiyu yerga otdi. U yerga chalqancha tushdi. Jalol polvon tik turgancha 
engashib uning nkki yelkasidan bosdi. Ermat tipirchiladi. Raqibining chayir qoʻllari hamon 
uning yelkasini yerga qapitptirib turardi. Shunda... Shunda Jalol polvon raqibinipg oʻt 
chaqnagan koʻzida goʻdaklar yigʻlaganda oqadigan shaffof, bokira yoshlarini koʻrib, seskanib 
ketdi. Uning yelkasidan qoʻlini olib, ajib bir mehribonlik bilan qoʻlidan tortib turgʻazmoqchi 
boʻldi. Ammo Ermat uning qoʻlini siltab tashladi. 
Ermat oʻkirib-oʻkirib yigʻladi. Bu yigʻi Jalol polvonning yurak-bagʻrini oʻrtab yubordi. 
Bolam, yigʻlama, koʻz yoshingni yut, birov koʻrmasin, dedi uning qulogʻiga shivirlab, Ermat 
shu zahoti yaktagining yengini koʻziga surtdi. Uvol, uvol, derdi Jalol polvon. Mana shu bola 
mening oʻrnimga qoladi. Uyat ish qilib qoʻydim. Bolaning shoxini sindirdim. Attang, attang... 
Jalol polvon gulduros qarsak tovushlari ostida davradan chiqib ketdi. Etagini tutib pul 
yigʻmadi. Yongʻoqzor oralab uyi tomon ketdi. Yoʻl-yoʻlakay, bu yengganimmi, deb oʻzidan 
oʻzi soʻrab borardi. Yengilganim, yengilganim! Mayda 6olalar bilan bel olishadigan bachkana 
polvon boʻlib qoldingmi, Jalol, derdi boshini sarak-sarak qilib. 
Ertaga javob bellashuvi boʻladi. Nima qilay? Bellashmasam, polvonlik sha’nim tuproqqa 
qorishadi. Bellashsam-u, atayin yiqilib bersam, unda nima boʻladi? Polvonlik gʻururimni 
qayoqqa yashiraman... 
Shunday xayollar bilan kstar ekan, yaqin orada ayol kishining qiqirlab kulgani eshitildi. 
Alanglab qaradi. Uch tegirmon suv oqadigan soy boʻyidagi xarsang ustida oʻgʻli Qoʻchqorvoy 
Nurim sartaroshning kelini Odinani bagʻriga bosib oʻpyapti. Odina qiyshanglab kular, 
Qoʻchqorning yuziga beozor shapatilardi. Soyning shovullashidan ular oyoq tovushini 
eshitmasdi. Oʻz ishlari bilap mashgʻul edilar. Qoʻchqor Odinani tizzasiga oʻtqazib olib, yuz-
koʻzlaridan, lablaridan tinmay oʻpardi. 
Jalol polvon nima qilishini bilmay serrayib turib qoldi. Qoʻchqorning yerga tushgan doʻppisini 
olayotgan Odina sapchib oʻrnidan turib ketdi. 
— Voy, men oʻlay... dadangiz! Sharmanda boʻldik! — dediyu tugmalari qadalmagan harir 
koftasini ochiq qolgan oppoq koʻkragiga bosganicha qochdi. 
Qoʻchqor nima qilishini bilmay dadasiga qarab turgach: 
— Yigitchilik — itchilik ekan-da, dada, — dedi. —Bu ahmoq, erimni turmadan 
chiqarmasang, oʻzimni suvga tashlayman, deb... 
— Durust, durust... Bir odamgarchilik qipsan-da, barakalla! Agar kuchoqlab turmaganingda, 
bagʻringga bosib, tomogʻining tagidan oʻpmaganingda, albatta, oʻzini suvga otardi. Menga 
qara, koʻppak, xotiningni oldiga shu alpozda borma! Yuzingni artib ol, hammayogʻing qip-
qizil lab boʻyogʻi boʻlib ketibdi. 
Jalol polvon gʻudrana-gʻudrana nari ketdi. 
Polvon oʻgʻlining shu juvonga aylanishib kolganini bilardi. Odinaning eri qamalmasdan 
burunoq boshlangan edi bu savdo. 
Nurim sartaroshning oʻgʻli Sobit zoʻr Odinani Chustning Olmosidan opqochib kelgandi. Husni 
bir dunyo, yuzi sutga chayqab olingandek, koʻzlari-ku... Bu dunyoda unaqa koʻz boʻlmasa 
kerak. Mashhur rassom Chingiz Ahmarov uni Nanayda koʻrib qolganda, bu juvonning 
koʻzlarida lazer nuri bor, qaragan joyiga oʻt qoʻyadi, degan edi. Qoʻchqor ohudek hurkagich 
shu dilbarga elakishib qoldi. Necha marta uchrashuvga chaqirdi, kelmadi. Eridan koʻrkdi. Eri 
uni haddan tashqari rashk qilardi. 
Sobit zoʻr qishloqda tizginsizligi bilan mashhur edi. Koʻngliga kelgan har qanday ishni tap 
tortmay qilib ketaverardi. Ba’zan u ikki-uch oylab yoʻq boʻlib ketar, poezdlarda loʻlilarga 
qoʻshilib qimor oʻynar, yoʻlovchilarni karta oʻyiniga tortib, choʻntaklarini qoqlar edi. U yoʻq 
paytlarida qishloq tinchib qolardi. Odamlar Sobit yoʻgʻida qishloq dam oladi, deyishardi. 
Ba’zan u bor bud-shudini yutqazib, uyiga qorongʻi tushganda maykachan qaytib kelardi. 
Besh-oʻn kun uyida «moʻmin-qobil» boʻlib yurardi-da, yana sigirmi, buzoqnimi oʻgʻirlab, 
loʻlilar toʻdasiga qarab ketardi. Omadi kelgan paytlarda bir xalta pul bilan qaytar, sigir-buzoq 
egalarini saxiylik bilan rozi qilib, oʻz koʻnglida gunohlardan forigʻ boʻlardi. 
Sobit zoʻr Odinani Olmosdan opqochib kelgandan keyin nomi oʻziga yarashmay qoldi. Xuddi 
onasi boshqatdan tuqqandek yaxshi bola boʻldi-qoʻydi. Qoʻni-qoʻshnilar Sobitga xudo insof 
berdi, deb sevinishdi. 
Sobit otasiga qoʻshilib toʻy-ma’rakalarga boradi. Nurim sartarosh ichkariga — kariyalar 
oldiga kirib ketganda Sobit tashqarida qolib, samovarchiga qarashar, keldi-ketdiga choy tashir, 
oshpazga oʻtin yorib berardi. Uning 
bir chiroyli qobil bola boʻlganidan sevingan hamqishloqlar, «Qarang-a, xudo insof beraman, 
desa hech gap emas ekan», deyishardi. 
Sobit Odinani yer-koʻkka ishonmasdi. Odina esa bu erkalashlardan taltayib ketgan edi. 
Roʻzgʻor ishlariga qoʻl urmasdi. Hatto yechib tashlagan kiyimlarini qaynonasining oldiga 
tashlardi. Ovqatni yeb, idish-tovoqni yigʻishtirmay indamay turib ketaverardi. Qaynonasi 
javrab-javrab kir yuvar, javrab-javrab hovli supurar edi. Ba’zan u eriga nolib qolardi: 
— Nega indamaysiz, boshimizga chiqib oldi-ku, qaynotamisiz, nimasiz? Men kimman? 
Qaynonamanmi, kelinmanmi? Mundoq nasihat qilib koʻysangiz boʻlmaydimi? 
Nurim sartarosh bosiqlik bilan javob qilardi: 
— Qoʻy, xotin, koʻpam zorlanma. Oʻgʻling shunga andarmon boʻlib, qimorboz doʻstlaridan 
kechdi. Yomon qiliqlarini tashladi. Shu kelin, deb yurtga qoʻshilib qoldi. Ikki marta juma 
nomoziga xam olib bordim. Keliningdan nolima, unga rahmat de. Oʻgʻling hozir misoli 
majnun. 
Sobit har kuni kechkurun jomda issiq suv opkirib xotinining oyogʻini yuvib, oppoq sochiqqa 
artar, tirsillab turgan boldirlariga shapalatib urib qoʻyardi. Keyin uni dast koʻtarib toʻshakka 
yotqizardi. Odina 6u xizmatlarga mukofot sifatida uzuk taqilgan barmoqlarini uping 
peshonasiga tegizib oʻpib qoʻyardi. 
Sobit hali tong yorishmay yelkasiga miltik tashlab toqqa chikib ketardi. Tun salkinida 
qanotlari karaxt boʻlib qolgan besh-toʻrtta kaklik urib kelardi. Xotini uyqudan turguncha 
kakliklarning patlarini yulib, tozalab, tuzlab koʻyardi. Odina hovliga chiqqanda shamol uchirib 
yurgan patlarni koʻrib burnini jiyirardi. «Shu kaklik oʻlgir ham jonimga tegib ketdi-da», deb 
nolirdi. 
Sobitga otasi, bolam, oʻrtoqlaring hasharga aytsa, kolmagin. Endi sen yurt ichiga kirib 
qolding. Keksalar oldidan salomsiz oʻtmagin, oʻtirgan boʻlsang, oʻrningdan turib salom 
bergin, deb nasihat qilardi. Onasi boʻlsa uning koʻylaklarini juhud domlaga oborib dam 
soldirardi. Oʻ yozib bergan allaqanday qogʻozlarni choyga ivitib ichirardi. 
Kunlarning birida eshik taqillab qoldi. Sobit eshikni ochsa, ostonada mashhur rassom Chingiz 
Axmarov turipti. 
— Keling, mulla aka, — dedi Sobit unga xayron qarab. 
— Kelinning suvratini ishlashga ruxsat bersangiz. Parij koʻrgazmasiga yuboraman. 
Sobitning bundan besh oy oldingi qoni koʻpirdi. Panjalari mushtga aylandi. 
— Qani, yaxshilikcha joʻnab qoling, boʻlmasa bir korhol boʻladi. Meni kim deb oʻyladingiz, 
xotinini tomoshaga qoʻyadigan hezimkashlardan deb oʻyladingizmi? 
Ahmarov bir soʻz aytmay orqasiga qaytdi. U shunaqa javob boʻlishini avvaldan bilardi. Zora 
unga xudo inof berib rog boʻlsa, deb oʻylagandi. 
Lekin 6u beqiyos iste’dodli rassomda bir-ikki marta koʻrgan odam qiyofasini yoddan chiza 
olish qobiliyati bor edi. Baribir ishlayman, deya diliga tugib qoʻydi. 
Qoʻchqor Odinaga yetishish uchun bor xunarini ishga soldi. Sobitni xoʻkiz oʻgʻirladi, deb 
qamadi. Tergov paytida mototsikl xam oʻgʻirlagansan, deb soxta guvohga roʻpara qildi. Oʻzi 
uning tomiga tashlab qoʻygan bir xalta koʻknorini ham «delo»ga yopishtirdi. Sobit sakkiz yilni 
boʻyniga olib ketdiyu, xotini militsiya tergovchisi — kapitan Qoʻchqor Jalolovga krldi. 
Xoxlagan paytida uchranshb, aysh-ishrat qilishga imkon yaratildi. Bir kun Odina unga 
erkalanib, oʻlsin, toʻnka erimdan aynigan tuxumning hidi kelardi, deb kuldi. 
Yaqinda, bir haftacha boʻldi, Sobit turma qorovulini oʻldirib qochgan emish, degan gap 
tarqaldi. 


Bu gapni eshitgan Nurim sartarosh bolasidan umidini uzib qoʻydi. Endi uni eplab boʻlmaydi. 
Bu bola qon toʻkib qoʻydi. Uning ichidagi ajdar uygʻonib ketdi. Endi u duch kelganga oʻt 
purkaydi, duch kelganni gʻajib tashlaydi, deb afsus-nadomatlar chekdi. 
Shu tobda koʻzi oldida boʻlib oʻtgan hodisa Jalol polvonga negadir ta’sir qilmadi. Uning 
xayoli ertaga boʻladigan kurash bilan band edi. Nima qilsin, bellashmasa, Jalol polvon qochdi, 
deyishadi. Bellashsa, bir navqiron yigitning dili vayron boʻladi. Ermat yengilsa kurashga qoʻl 
siltab, ikkinchi marta davraga chiqmaydigan boʻlib ketadi. Agar unga yiqilib bersa, ellik yil 
yelkasi yer iskamay kelgan, shu oxirgi kurashdan keyin polvonlikni tashlab, umrining 
qolganini toat-ibodat bilan oʻtkazaman, deb ahd qilib qoʻygan. Kurash — boshqalarga 
tomosha. Polvon uchun esa gʻurur, nafsoniyat, ayniqsa, oxirgi jangdan toʻnining changini 
qoqib, davradan bosh egib chiqib ketish Jalol polvonga oʻlim bilan barobar edi. 
U shunday deb oʻyladiyu darrov fikridan kaytdi. «Jalol, shunaqa past odammisan? Bir 
oyogʻing goʻrda turibdi-yu, shon-shavkatni oʻylaysan-a! Uyat, uyat!» 
U biri-birini inkor qiladigan xayollar girdobida toʻlgʻanib-toʻlgʻanib uyquga ketdi. 
...Bugungi kurashga kechagidan ikki barobar koʻp odam kelgan. Uch avtobusda shahardan 
ishqibozlar, yengil mashinalarda tumanlardan polvonlar kelishgan. Kechagi kurash televizor 
orqali koʻrsatilgan edi. Javob bellashuv qandoq boʻlar ekan, deb kelganlar son-sanoqsiz. 
Kabobpazlaru morojniychilarning qoʻli-qoʻliga tegmaydi. 
Jalol polvon bugungi bellashuvga xushlamayroq keldi. Oʻziga qolsa, men yengildim, deb 
qaytib ketishga xam rozi edi. Uni 6u yerga faqat oriyat olib kelgandi. 
Sakkiz bellashuvdan keyin Jalol polvon bilan Ermat polvonga gal keldi. 
Ermat polvonning qovogʻi soliq. Undan kechagi magʻlubiyatning zahri ketmagandi. U 
raqibiga tilar-tilamas, xatto, betiga qaramay qoʻl berdi. Uning avzoyi buzuq. Agar bugun Jalol 
polvonni tuproqqa qorishtirmasam, falon-piston boʻlay, deb doʻstlarining davrasida ogʻziga 
yomon soʻz olib koʻygan. Polvon xalqi jazavaga tushganda bergan va’dasini unutadigan 
qavmdan boʻladi. Kechasi bilan Jalol polvon oʻylab-oʻylab, Ermatga yiqilib beray, endi zoʻr 
kelib qayoqqa borardim, shu yosh nolvonga bugungi gʻalabasi qanot boʻlsin, deb niyat 
qilgandi. Bellashuv paytida niyatidan gʻururi gʻolib keldi. Bu oʻjar, oʻziga ortiqcha bino 
qoʻygan polvonchaning ta’zirini berib qoʻymoqchi boʻldi. Ermat ham astoydil edi. Unga aslo 
belini bermasdi. Jalol polvon uni oʻziga torganda, bir kuchanib qoʻlini chiqarib yuborardi. U 
ellik yil kurashib hali bunaqa beli baquvvat polvonni koʻrmagan edi. Koʻpdan sinalgan usulini 
qoʻllamoqchi boʻldi. Raqibini bagʻriga qapishtirib koʻtarganda har qanday polvon ham tob 
berolmasdi. Buning uchun avval Ermatni bagʻriga tortishi kerak. Ammo Ermat sira belini 
bermasdi. Hamla bilan bir-ikki marta uni koʻksiga qapishtirdi xam. Ammo Ermat bir 
kuchanganda Jalol polvonning baquvvat qoʻllari uzilgan zanjirdek belbogʻdan chiqib ketardi. 
Jalol polvon payt poylab uni bagʻriga bosdi. «Yo tangrim!» deb oyogʻini yerdan uzdi. Hamma 
jim. «Jalol yutdi, Jalol hozir uni yerga qapishtiradi», degan ovozlar eshitildi. U raqibini endi 
yonboshga otmokchi boʻlib turganda yongʻokzordan ketma-ket ikki marta oʻk tovushi eshitilib 
koldi. Hamma yongʻoqzor tomoiga qaradi. Otilgan oʻk goʻyo Jalol polvonning qon tomiriga, 
baquvvat paylariga tekkandek boʻldi. Bir dam qoni aylanishdan toʻxtagandek, paylari 
dutorning tarang iplariga suv sepilgandek boʻshadi-qoldi. 
— Ur, ur, bolam! — dedi Jalol polvon ingrab. —Shu topda yerga otmasang, keyin meni 
yengolmaysan! 
Ermat nima boʻlayotganini tushunmasdi. 
— Ur, shoshib turibman! Zudlik bilan ketishim kerak, ur! 
Ermat uni dast koʻtarib oʻng yonboshga otdi. Jalol polvon ikki qulochini yozgancha yerda 
yotar ekan: «Yengding, yengding, 6ola!>> dedi. 
Ermat uni qoʻlidan ushlab turgʻizib qoʻydi. Jalol polvon etigini xam kiymay yongʻoqzor 
tomonga oʻkdek uchib ketdi. 
Davrada shivir-shivir gap aylanib qoldi: «Yongʻoqzorda Sobit zoʻr Qoʻchqor bilan Odinani 
otib ketibdi...» 
Ikki marta oʻq otilgandayok Jalol polvonning yuragi mudxish voqea yuz berganini sezgandi. 
Sakkiz yil musichadek bir-birining patini yalab yashagan, eri ishdan kechiksa ostonada 
intizorlik bilan kutadigan, kelishi bilan boʻyniga osiladigan xotinining bir daqiqada eridan 
koʻngli qolishi mumkinmi? 
Uyga olib kelishganda Qoʻchqorning tanasi hali sovumagandi. Bilagidagi soati yurib turipti, 
millari beparvo aylanyapti. Undan dam oʻtmay qandaydir shoʻx kuy taraladi. Xotini 
Gulandom faryod urib unga oʻzini otdi. Otdiyu bir daqiqa oʻtmay nafrat bilan sapchib oʻrnidan 
turib ketdi. Murdadan frantsuz atirining xidi kelardi. Uning yuzlarida, boʻyinlarida, 
koʻkraklarida lab boʻyogʻining qip-qizil izlari aniq koʻrinib turardi. 
Shu topda oʻlgan Qoʻchqor emas, Gulandom edi. Orzulari, koʻksida yongan olovdek 
muxabbat, erkalanishlari bir zumda jon berdi-koʻydi. 
Marhumning yigirmasi oʻtguncha xam Gulandomning koʻzida hech kim yosh koʻrmadi. 
Goʻyo u erining emas, begonaning ma’rakasida yurgandek edi. Qulogʻidan ziragini, boʻynidan 
shoda-shoda marvaridlarini, barmoqlarida chaqnagan uzuklarini olib qoʻymadi. U azador uy 
sohibasi emas, toʻy egasidek edi. 
Gulandomning boradigan joyi yoʻk edi. Toʻyda kelin tomondan bironta tirik jon kelmagandi. 
Polvon oʻgʻil uylasam, qudalarim bilan bordi-keldi qilsam, deb orzu qilardi. Afsus, unday 
boʻlmadi. 
Koʻchqor Ohangaron tomonlarda militsiya tergovchisi boʻlib ishlardi. Bir toʻyda Gulandomga 
koʻzi tushadiyu xalovatini yoʻqotadi. Yotsa ham, tursa ham koʻzidan Gulandom ketmaydi. 
Necha marta yoʻlini toʻsib, gapga solmoqchi boʻladi. Ammo qiz yovvoyi kaptardek unga 
tutqich bermas, oshiq yigitning yolvorishlarini elamas edi. Oxiri Qoʻchqor koʻpdan sinalgan 
usulini qoʻllaydi. Gulandomning ukasini, mototsiklda odam urib ketgan, deb qamab qoʻyadi. 
Gulandom bosh egib, Qoʻchqorning oldiga borishga majbur boʻladi. U qiladi. bu qiladi, 
qizning u yogʻidan oʻtadi, bu yogʻidan oʻtadi, aldaydi, avraydi. Falon vaqt falon joyga kel, 
ukangni koʻrsataman, deydi. Shunday uchrashuvlardan keyin Gulandomda Koʻchqorga 
moyillik sezila boshlaydi. Qiz tegadigan boʻladi, Qoʻchqor uylanadigan boʻladi. Qoʻchqordan 
qiznikiga sovchi keladi. Ota unamaydi. Jallodga beradigan qizim yoʻq, deb uzil-kesil javob 
qiladi. 
Gulandomning onasi eriga yotigʻi bilan tushuntirmoqchi boʻladi. 
— Rozi boʻling, dadasi, boʻlmasa, sharmandamiz chiqadi. Iigit oʻlgir qizimizni boshqa erga 
tegolmaydigan qilib qoʻygan. 
Xotinining gapi ogʻzida qoladi. Ota sapchib oʻrnidan turib, ichkari uydan Gulandomning 
sochidan sudrab chiqadi. Koʻcha eshigidan itarib chiqaradi. 
— Ikkinchi bu uyda qorangni koʻrmay! Oq qildim, - deydi... 
Gulandom kechalari ayvon dahaniga oʻtirib, shum taqdirini qargʻardi. Begona xotin qoʻynidan 
chiqib kelgan nahs er bilan yotganiga oʻksib-oʻksib yigʻlardi. Shunday paytlarda bu pushti 
kuygan, zurriyotsiz erining goʻriga oʻtlar qoʻyib yuborgisi kelardi. 
Jalol polvonning buyragiga birdan ogʻriq kirdi. Chidab boʻlmas bu ogʻriqqa Jalol polvon 
tishini-tishiga Qoʻyib chidab berdi. Uch kun ma’rakaga kim keldi, kim ketdi, bilmasdi. Oʻzi 
bilan oʻzi ovora edi. Oxiri u belini koʻtarolmay bukchayib qoldi. Doktorlar ogʻriqni bosadigan 
ukol qilishdi, baribir sal fursatdan keyin yana ogʻriq boshlanaverdi. 
— Bu uzoq davom etadigan dard, — deyishdi vrachlar. — Agar tezroq tuzalaman desangiz, 
Buxoroga boring. Davosi oʻsha yerda. Buxoro sanatoriysidan shifo topasiz. Albatta boring, 
yigirma kunda tuzalib qaytasiz. 
Ogʻriq chidab boʻlmas bir holga keldi. Polvon jiyanini chaqirtirdi. 
— Jiyan, ahvolimni koʻrib turibsan. Ogʻriq zoʻrayib ketdi. Kelgunimcha bola-chaqang bilan 
shu uyga kelib tur. Hovlini shundoq tashlab ketaversam ham boʻlaverardi.oʻgʻri oladigan hech 
vaqo yoʻq. Bilasan-ku, mol-dunyoga hirs qoʻymagan odamman. Ammo uyda birovning 
omonati bor. Jiyaningni oʻrtogʻi chet elga ishlagani ketgan. Manavi mashina bilan bitta 
chamadonni tashlab ketgan. Omonatga xiyonat boʻlmasin, deb haligacha itdek qoʻriklab 
oʻtiribman. — U darvozasi ochiq turgan garajga qaradi. Ustiga brezent yopilgan «Volga»ning 
gʻildiraklari koʻrinib turardi. — Ehtiyot qil, bolalaring chizib-netib oʻtirmasin. 
Qoʻchqorning hovlisi polvonning uyidan olti eshik narida. Toshkentning eng yaxshi ustalari 
qurgan. Tagi yertoʻlali sakkiz xona uy. Hammasiga choʻgʻdek yonaman deb turgan gilamlar 
toʻshalgan. Shiftlarida billur qandillar. Javonlarda yapon, xitoy, nemis chinnilari. Hovli 
oʻrtasida favvorali toʻrtburchak hovuz. Polvon xonlarning saroyidek hovlini koʻrganda, bolam, 
uch uylanding, xudo senga farzand bermadi. Bolang boʻlmasa, chaqang boʻlmasa, shuncha 
uyni nima qilasan, dedi. Er-xotinga ikkitagina xona boʻlsa yetardi-ku, deganda Qoʻchqor 
gapga chap berib, ha endi, bu ham bir ishqibozchilik-da, degandi. 
Ostonada eshik kesakisiga suyanib Gulandom turardi. U uzoqqa ketayotgan kaynotasi bilan 
xayrlashgani kelgan. 
— Bolam, — dedi polvon unga, — azador xotinsan, boʻyningdan, quloqlaringdan anavi yaltir-
yultirlarni olib qoʻy. Oʻzbekchilikda ayb boʻladi. Doʻst bor, dushman bor, oʻzingni ehtiyot qil. 
Endi seni qoʻriqlaydigan ering yoʻq. Hayhotdek hovlida bir oʻzing qolyapsan. Qulogʻingdagi 
zirak juda qimmatbaho buyum emish. Samovardagi choyxoʻrlar ermak qilib, polvonning 
kelini ikkita «Volga»ni qulogʻiga ilib yuribdi, deyishyapti. Uyda yolgʻiz yotma. Xayr endi, 
sogʻ-omon boʻlinglar. Sizlarni Ollohga topshirdim. Men Buxoroyi sharifga ketdim. 
Jalol polvon toʻnini yelkasiga tashlab, kafti bilan oʻmganini bosib, inqillab, safar anjomlari 
solingan xaltani arang koʻtargancha bukchayib chiqib ketdi. 
Yetmish yil yashab biron marta dardga chalinmagan, faqat bolaligida qizamiq boʻlgan, 
koʻkyoʻtal boʻlgan Jalol polvon umrimning qolganini ham ana shunday doktoru dori 
nimaligini bilmay oʻtkazaman, deb oʻylagan edi. Bandasining aytgani boʻlmas ekan. Dard 
ham, darmon ham xudoning irodasidan. Hech kasal boʻlmagan odam dardni ogʻir koʻtaradi. 
Jalol polvon besh kun bosh koʻtarmay, shiftga boqib, oh-voh qilib yotdi. Umrida yemagan 
ukollarni yedi. Koʻngli aynib-aynib, qoʻlansa dorilarni yutdi. 
Mana, besh kun oʻtib, endi koʻzini ochdi. Shunda qaerda yotganini bildi. Atrofiga qaradi. 
Palatada undan boshqa yana uch bemor bor edi. Ular yetmishga yetib-etmagan, koʻp dard 
tortganliklari shundoqqina bilinib turgan kishilar edi. Birining iyagi asabdan ba’zi-ba’zida 
chap tomonga tortadigan, biri andak duduqlanadigan, biri oyogʻi nogiron odam edi. 
Yursa yer silkinadigan, orkasi bitta stul oʻrindigʻiga sigʻmaydigan Jalol polvon besh kunda bir 
burdagina boʻlib koldi. 
Togʻu archozorlarning shaffof havosiga oʻrgangan bu odam dard bilan boʻlib dori hidiga 
toʻlgan palataning boʻgʻiq, qoʻlansa boʻyini sezmagan ekan. Joni sal orom olib, endi sezyapti. 
— Mehmon ako, bizde jido qoʻrqitib yubordingiz-ku! Xayriyat koʻzdi ochdingiz. Xudo 
xohlasa krizis oʻtdi. Aparasiyaga koʻnmang. Buyrak sabel nozik narsa. Tigʻ tegizib 
boʻlmaydu. 
Jalol polvon iyagi chap tomonga tortadigan bu odamning gaplaridan buxorolik ekanini bildi. 
— Men kafel, koʻrmagandek boʻlib ketasiz. Tomiringizga besh kundan beri gimodez degan 
dori tomizishadi. Bu dori qonni tozalaydi. Yoʻq demay bilagingizni tutib beravering. Bu yer 
kasalxona emas, sanatoriya. Sizni shahardagi katta kasalxonaga olib ketishmoqchi edi. 
Ahvolingiz ogʻir boʻlgani uchun bezovta qilishmadi. Endi hammasi oʻtdi. Buyogʻiga 
oʻzimizdi qoʻli yengil doʻxtirlarimiz davolayveradilar. 
Hamshira qiz Jalol polvonga dori ichirib, chiqib ketayotganda duduqlanadigan bemor uni 
toʻxtatdi: 
— Sangcha bonu, mehmondi gulaysaga olib chiqsak maylimu? 
— Oytimullodan soʻray-chi, — deb chiqib ketdi hamshira. Jalol polvon: «Hamshiraning ismi 
qiziq ekan, bu Oytimullosi kim boʻldi ekan», — deb oʻyladi. 
Bir ozdan keyin oq xalati oʻziga yarashgan navbatchi vrach kirdi. U ellik yoshlarni qoralab 
qolgan, yuzida bitta ham ajini yoʻq, koʻhlik ayol edi. Oʻng chekkasida taroqqa soʻz bermagan 
zulfi qulfnusxa ziragiga ilinib turardi. 
Oyogʻi nogiron bemor tilga kirdi: 
— Qaerlarga yuribsiz, Oyti? Ishqingizga oʻllik-ku! 
Oyti uning haziliga hazil bilan javob berdi: 
— Boshqa palatalarga ham jazmanlarim koʻp, akamullo! 
— Ayoqim mundoqchikin boʻlmaganda sizni oʻzim opqochib ketardim. 


— Undoq boʻlsa, oyogʻingizni shu bugunoq tuzatib qoʻyganim boʻlsin. — U shunday deb 
yonidagi hamshiraga yuzlandi. — Aravachani olib kelib otaxonni bir bogʻ aylantiring. Togʻ 
havosiga oʻrgangan odam palatada juda qiynalib ketdi. 
U bemorlarning qon tomirini oʻlchab, «Zoʻr, zoʻr, yurak emas, paravoz. Ovqatdan qismasak, 
quturib ketibsizlar»,— dedi. 
— Undoq boʻlsa bir kunga uyga javob bering, momoning quloqiga sekratniy gapim bor edi. 
Oyti, yomonsiz, yomonsiz, rais bova, deya chiqib ketdi. Ayollar kirgan palata birdan yorishib 
ketgandek boʻldi. Ulardan quvonch va nur qoldi. 
— Baraka topkur, zap fayzli ayol-da. Bemorning ogʻrigʻini ikki ogʻiz soʻz bilan tuzatvoradi-
ya! 
Jalol polvon oʻzim yuraman, deyishiga qoʻyishmay, uch kishilashib uni aravachaga oʻtqazib, 
tashqariga olib chiqishdi. 
Havo ochiq, gʻir-gʻir shabboda esib turipti. Qoʻlida stakan, piyola ushlagan bemorlar suv 
ichgani bulok tomonga ketishyapti. 
Bu yerdan chiqqan buloq suvi naq buyrak kasaliking tayyor davosi edi. Juda koʻp odamlar 
buyrak ogʻrigʻidan voy-voylab kelib, shu suvdan shifo topib, xandon-xushon uylariga qaytib 
ketganlar. Uchta chol polvon oʻtirgan aravachani navbatma-navbat itarib xiyobon aylanishar 
edi. 
— Bu yerda ayollarning ismi qiziq ekan, — dedi Jalol polvon hayron boʻlib. — Sangcha, 
Oyti... bu nima degani? — Qoʻltiqtayoqda sudralib kelayotgan bemor tushuntira boshladi: 
— Sizning Toshkentingizga Toshxon, Toshbibi degan ayollar bormi? Bale, bizning Buxor 
tiliga Sangcha degani Toshkent tiliga Toshcha degani. Onalari boshing togadan boʻlsin, 
doʻxtarim, deb shunaqa ism qoʻyadilar. Oyti degani asli Oytoʻta degani. Bu Oyxola degan 
ma’no beradi, oʻrislarning tyota degan soʻzi ham shundan olingan boʻlishi kerak. Sizlar 
erkaklarni mulla aka deysizlar, biz akamullo deymiz, opamullo deymiz. Doʻxtir opaning ismi 
dakumentga boshqacha. Ya’ni Istat Fuzaylovna. Tushundingizmi? 
Polvon, tushundim, degandek bosh irgʻab qoʻydi. Ular soʻlimgina shiyponchaga chiqib chaq-
chaqlashmoqchi boʻlishdi. 
— Mehmon, oʻzlarini qaerdan soʻraymiz? — dedi iyagi silkinadigan bemor. 
— Soʻramang, — dedi polvon. — Yurtim juda uzoqda, togʻlar orasida. Oʻzlaringdan soʻray. 
Sizlarga nima boʻlgan? Koʻp dard tortganga oʻxshaysizlar. 
— Ha, nimasini aytasiz, Guloyanning toshkentlik it-yalogʻi uraverib, hammamizni invalid 
qilib ketgan. Balki eshitgandirsiz u itni? Qoʻchqor Jalolov degan tergovchi, ha, onangni... 
— Hoy, hoy, ogʻzingga qarab gapir, «Oyti» kelyaptilar — Fuzaylovna oʻtib ketgandan keyin u 
soʻzini davom ettirdi: — Oʻsha padar la’nat koʻp ishlar qilib ketdi. Butun bir shaharni boqsa 
yetadigan boylik olib ketdi oʻsha itning bolasi. 
— Soʻkinmay gapir, — dedi duduqlanadigan bemor arang gapirib. 
— Soʻkinaman, nega soʻkmas ekanman! U ablahning otasi eshak, onasi mochaxar! 
Jalol polvonning vujud-vujudiga minglab igna sanchilgandek boʻldi. U dunyoga kelib hali 
bunaqa haqorat eshitmagan edi. Tishini-tishiga qoʻyib chidadi. 
— Guloyanning oʻzi hafta-oʻn kunda bir kelib Qoʻchqorning yiqqan-terganlarini chamadoniga 
solib olib ketardi. Uning tergovchilari Fargʻonada, Xorazmda, shu bizning Buxoroda ish olib 
borardi. U ablah juda ham shafqatsiz, jallod edi. Xotinlarimizni ham, kelinu qizlarimizni ham 
qamagan edi... 
Hamshira Sangcha Amonova ularni tushlikka chaqirdi: 
— Qani, toychoqlarim, doʻmboqlarim, avqotga. 
Uning bu gapiga Jalol polvonning gʻashi keldi: 
— Iya, biz uning bobosi tengi boʻlsak, bu tirrancha qizaloq ermak qilyaptimi? 
Uchala bemor barobariga xandon tashlab kulib yuborishdi. 
— Shu qizaloqning ikki kuyovi, bir kelini bor. Saksoninchi yilda nevaram koʻrichak boʻlib 
kasalxonaga tushib qoldi. Sangchani oʻshanda birinchi koʻrishim edi. Qarasam, u til-jagʻli, 
oyoq-qoʻli chaqqon, suxsurdek qiz. Kenja oʻgʻlimga qiz qidirib yurgan paytimiz edi. Bosh 
vrach oldiga kirib, Sangcha degan hamshirangiz bor ekan, axloq-odobi qandoq, deb soʻradim. 
Bosh vrach kuldi. 
— Bu qizning birinchi eridan uch, keyingisidan toʻrtta bolasi bor. Eri avariyaga uchrab halok 
boʻlgandan keyin otasining qistovi bilan boshqa bir qobilgina erga tekkan. Otasi bir yuz birga 
kirdi. Onasi toʻqson olti yoshda olamdan oʻtdi. Bitta opasi hozir sakson bir yoshda. 
Jalol polvon bu gapga ishonqiramay «Yoʻgʻ-e», deb yubordi. 
— U Oytimullodan uch yosh katta. Qarang, yuzida bitta ham ajini yoʻq. Sochlariga haligacha 
oq oralamagan. Oyti ellik bir yoshda boʻlsa, u demak ellik toʻrtda boʻladi. Hali zuvalasi 
pishiq. Qizlariga sovchi kelsa, yanglishib, Sangchani qizlardan bittasi boʻlsa kerak, deb gapga 
solib koʻrishadi. 
Jalol polvon, yo alhazar, deb yuborganini bilmay qoldi. 
— Buxoronnig tagiga tillo bor. Mana shu ichayotgan suvimiz ham tillo qumlar orasidan oʻtib 
kelayotgan boʻlsa ajab emas, — dedi qoʻltiqtayoqda sudralib kelayotgan bemor. Poshshoyu 
amirlar ham ahmoq emas. Tillo piyolada sharob ichishgan. Tillo me’dani tozalaydi. Odamlar 
bekorga tillo tish qoʻymaydi. Qaynotamning dadasi zargar edi. Yiliga bir marta bitta buxor 
tangani egovlab kukunini kap otardi. Ana shu odam bir yuz yetti yoshda olamdan oʻtgan. 
Kechqurun Sangcha Amonova dori ichirgani kirganda polvon unga razm solib qaradi. Uning 
jilmayishga moyil boʻlib turgan ma’sum lablari, quyuq kipriklari qurshovida qolgan mastona 
koʻzlari, hali pardoz koʻrmagan yuzlari qaramaganni ham oʻziga qaratadi. Jalol polvon 
yetmish yoshli chol boʻlaturib unga behayolarcha qarab turganidan uyalib ketdi. Tangrim, 
oʻzing kechir, tavba qildim, deb istigʻfor keltirganini oʻzi ham bilmay qoldi. 
Sangcha chiqib ketar ekan, bilib qoʻyinglar, bolakaylarim, televizorni rovna soat oʻnda 
oʻchirib ketaman, dedi. 
— Unday qilma, bolam. Bugun soat oʻnu oʻnda Maryam bilan Gulbahorning konserti boʻladi. 
Maryam «Qurbon oʻlam»ni, Gulbahor «Barno yigit»ni aytadi. Uchirma, jon bolam, — deb 
yolborishdi chollar. 
— Boʻpti, — dedi Sangcha rahmi kelib. — Mehmon,— dedi u Jalol polvonga. — Siz famil 
choy ichmay turing. Koʻk choy buyrakni yuvadi. Hozir aytaman, hammanglarga bir 
choynakdan koʻk choy keltiradilar. 
Bir ozdan keyin patnisda choynakpoʻsh kiydirilgan toʻrtta choynak keltirib stol ustiga qoʻyib 
ketishdi. Iyagi silkinadigan bemor anchagina gapdon ekan. 
— Mehmon, biz sizning ismi sharifingizni bilmaymiz, siz biznikini bilmaysiz. Keling, 
yaxshilab tanishib olaylik. Mening ismim Hamro Ochil. Mana shu joydagi kolxozga rais edim. 
Sanatoriya bogʻiga yerni oʻzim oʻlchab berganman. Manavi langning, ya’niy choʻloqning oti 
Ixtiyor Kamol, qorakoʻl sovxoziga direktor boʻlgan. Anavu soqovning oti... 
— Soqov dema, duduq de. 
— Xoʻp, boʻpti. Uning oti Zulfiqor, fomilasi... —aytaveraymi, deb unga qaradi. Zulfiqor 
menga bari bir degandek qoʻl siltab qoʻydi. — Uning fomilasi Gadoev. Paxta zavodiga 
direktor boʻlgan. Ana endi siz oʻzingizning ismi sharifingizni ayting. 
— Men unaqa mashhur odam emasman, poʻristoy bir iolvonman, xolos. Polvon aka desanglar 
boʻladi. 
Oraga jimlik choʻkdi. Har kim oʻz choynagidan choy quyib qaytara boshladi. 
— Choyni bir qaytarsang choy boʻladi, ikki qaytarsang moy boʻladi. Uch qaytarsang, 
gijinglagan toy boʻladi, — dedi Zulfiqor Gadoev. 
Jalol polvon yana qoʻchqor toʻgʻrisida gapirib qolishmasin, deb, asli kamgap odam boʻlishiga 
qaramay, uzundan-uzoq gap boshladi: 
— Ellik besh yildan beri kurash tushaman. Manaman degan zoʻr polvonlar bilan 
bellashganman. Xudoning mehribonligidan oʻrgilay, umrimda yengilish nimaligini bilmay 
oʻtdim. To oʻlgunimcha shundoq ketaman, deb oʻylagandim. Ammo bir yosh boladan yiqilib, 
sharmandai sharmisor boʻldim. Kasalim xam shundan. Bola nixoyatda kuchga toʻlgan, abjir, 
kurash hadisini olgan paxlavon ekan. Urdi, meni chalpak qilib yerga urdi. Belbogʻimni 
tirsagiga oʻrab qisganda belim choʻrt uzilib ketadiyov, deb oʻyladim. Belbogʻim xuddi sim 
arkon boʻlib suyak-suyaklarimgacha qisardi. Kuymichim bilan yerga zarb bilan tushdim. 
Ichak-chavoqlarim aralash-quralash boʻlib ketdi, deb oʻyladim. Davradan ogʻriq azobida, yurt 
koʻziga qarayolmay, sharmandai sharmisor boʻlib chiqib ketdim. Doʻxtirlar buyragingiz 
joyidan qoʻzgʻalibdi, deyishdi. Mana endi, qariganimda dardga chalinib oʻtiribman. 
Bemorlar uning 6u gaplarini quloq qoqmay tinglashardi. 
— Har bir odamning ichida dard bor. E, nimasini aytasiz, biravniki oshkora, biravniki 
pinhona. Mana, bizdi olsak... 
Hamro Ochil Zulfiqorning gapini boʻldi: 
— Yana anavu iflos, itdan tarqagan Qoʻchqor Jalol toʻgʻrisida gap boshlamoqchimisan, 
gadoyning bolasi? Qoʻy, oʻshaning harom otini ogʻzingga olma. 
Polvon bir qizardi, bir boʻzardi. Noiloj chidadi. U shuncha, uzundan-uzoq gapirib ularni 
chalgʻitmoqchi boʻlgandi. Bari bir gap aylanib yana oʻgʻliga kelib toʻxtadi... 
— Ertaga biznikiga nonushta qilsak. Uyim yaqin, shu yerdan koʻrinib turadi. Bir yayrab 
saryoqli shirchoyxoʻrlik qilsak. Tandirdan yangi uzilgan, ushlagan qoʻlni kuydiradigan moyli 
patirni shirchoyga toʻgʻrab yegan odam prama jannatga tushadi. Nima deysizlar, joʻralar? 
— Bilmadim, — dedi polvon. — Bu yerning qoidasini unchalik bilmayman. Doʻxtirlar 
koʻnisharmikan? 
— Bildirmaymiz-da. Ular to ishga kelguncha biz nonushta qilib boʻlamiz. Shirchoy sahar 
paytiga ichiladi. Tushundingizmi, joʻra? 
Polvon yana gap Qoʻchqordan boshlanmasin, deb darrov, xoʻp, dedi. 
Hamro Ochilning hovlisi katta, imoratlari ham raischasiga qurilgan. Xonalari keng, shifti 
baland. Qandaydir patnislarga qarab chizilgan gul, tarvuz, qushlarning suvratlari bilan 
bejalgan edi. Xona jihozlari nochor edi. Birov havas kilsa boʻladigan gilamu javonlar yoʻq. 
Bir kitob javonida besh-oʻnta paxta gulli piyola bilan toʻrtta choynak bor edi. 
Polvon koʻp raislarning uylarida boʻlgan. Ularnikida qimmatbaxo mebellar, devorlarda ham, 
oyoq ostida ham eronu turkman gilamlari, yapon, xitoy, nemis chinnilari tokchalarda, 
javonlarda chaqnab koʻzni olardi. Jalol polvon Hamro raisning zavqi pastroq ekan, degan 
oʻyga bordi. Yo boʻlmasa koʻp qiz uzatganu har toʻyda qizlar uyni boʻshatib ketavergan, deb 
dilidan oʻtkazib qoʻydi. 
Hamro Ochil uning koʻnglidan oʻtayotgan gaplarni sezdi. 
— Ajablanyapsiz-a, Polvon ako? Bu uydagi qimmatbaho buyumlar muzeylarda ham 
topilmasdi. Bebaho chinnilarning koʻpligidan yoʻtalsang chinni ovozi yarim soat jaranglab 
xonada aylanib yurardi. Men qamalganimda bolalarim bir chekkadan sotib oʻsha onangni... 
Koʻchqorga oborib berishipti, na gilam qopti, na chinni asbob. 
Polvon hech boʻlmasa shu yerda Koʻchqorning nomi tilga olinmas, deb oʻylagan edi. Yoʻq, 
boʻlmadi. 
Dasturxonga ajoyib ne’matlar tortilgan edi. Kattaqoʻrgʻonning ushlasa uqalanib ketadigan 
pashmagidan tortib, Buxoroning mashhur yogʻli xolvasigacha, har biri «Jiguli»ning 
gʻildiragidek yogʻli patirlar... 
Hovlida hech kim yoʻq. 
— Kelinlar, qizlar saharlab 6u taomlarni tayyorlab birlari ishga, birlari oʻqishga kstishgan. 
Yoshi oltmishlarga borib qolgan ozgʻin bir xotin patnisda toʻrt kosa shirchoy koʻtarib kirdi. 
Hamro Ochil turib, patnisdagi chinnilarni olib dasturxonga koʻydi. Shunda Jalol polvonning 
koʻzi xotinning barmogʻiga tushdi. Uning oʻng qoʻlidagi oʻrta barmogʻi xuddi ipga osib 
qoʻygandek salanglab turardi. 
— Qani, shirchoy sovumasin. Patir qaynoqligida toʻgʻranglar, mazasi boshqacha boʻladi. 
Murch sepsak-ku, mazasi yanayam boshqacha boʻladi-ya, ammo buyrakka achchiq narsa 
toʻgʻri kelmaydi-da. 
Mehmonlar nihoyatda totli shirchoy bilan ovora boʻlib, hech biridan sado chiqmadi. Hamro 
Ochil jimlikni buzdi: 
—- Polvon aka, xotinimning barmogʻini koʻrib hayron boʻldingiz-a? Bu oʻsha padarla’nat 
Qoʻchqor tergovchining ishi. Men uylanganimda onam rahmatli barmoqlaridagi uzukni 
chiqarib, kelinga, bolam bu uzukni katta buvim taqqanlar, u kishidan keyin men taqqanman, 
endi siz taqing, deb xotinimning oʻrta barmogʻiga taqib qoʻygan edilar. Uzukning ikkita 
moshdek olmos koʻzi bor edi. U paytda xotinim ozgʻin, barmoqlari xam qalamdek ingichka 
edi. Ikki bola tuqqandan keyin et qoʻyib, semirib ketdi. Barmoqlari xam yoʻgʻonlashib qoldi. 
U shu uzukni qirq yildan ortiq taqdi. Ammo qoʻldan qoʻymadi. Toʻngʻichimni 
uylantirganimizda, xotinim kelinning barmogʻiga shu uzukni taqib qoʻymoqchi boʻldi. U 
ancha urindi, barmogʻidan chiqarolmadi. Uzuk goʻshtdor barmogʻi terisi orasida qolib ketibdi. 
Kelinga Buxorodan boshqa uzuk opkelib bergandim. Men qamalganimdan keyin ham ablax 


Qoʻchqor tergovchi uyni obis qipti. Kelinlarimning, qizlarimning hamma taqinchoqlarini opti. 
Xotinimning barmogʻidagi uzukka koʻzi tushib, shuncha urinibdiki, chiqazolmapti. Oxiri 
uzukni ombur bilan qisib bor kuchi bilan tortibdi. Uzuk barmoqning terisini, goʻshtlarini 
sidirib chiqibdi. Barmoq boʻgʻinlari uzilib ketibdi. Hozir koʻrdingiz-ku, bitta barmogʻida jon 
yoʻq, toʻrtta barmoq orasida lattaga oʻxshab osilib qolgan. Kir yuvolmaydi, xamir qorolmaydi, 
igna ushlasa, joni yoʻq barmoq xalaqit beradi. 
Gap nimadan boshlansa oxiri Qoʻchqor bilan tugardi. Jalol polvon Buxoroga kelganiga 
pushaymonlar yedi. Ming oʻlib, ming tirildi. 
— Shu desangiz, — deya gapini davom ettirdi Hamro Ochil. — Erta-indin pensiyaga chiqsam, 
kolxoz mashinasini topshirishim kerak boʻladi. Har kalay oʻttiz-qirq yil mashinada yurgan 
odam piyoda qolmay, deb kenjamga bitta «Volga» olib berdim. Nomer oldik. Pravosi yoʻq 
bola minib-ketib yurmasin, deb kalitini xotinimga berib qoʻydim. Ablax Qoʻchqor hali moyi 
artilmagan yap-yangi mashinani ham olib ketibdi. Iloyo buyurmasin, iloyo avariyaga uchrab 
oʻligi xor boʻlsin! Ota-onasi tobuti ketida faryod urib qolsin... 
Jalol polvon dod devoray dedi. Birdan, kutilmaganda yuragiga sanchiq kirdi. Tomiri toʻxtab-
toʻxtab ura boshladi. Hamro Ochildan yurak dorisi bormi, deb zoʻrgʻa soʻrayoldi. Rais «hozir, 
xozir» deganicha yugurib chiqib ketdi. Bir ozdan keyin dori solingan qutichani koʻtarib kirdi. 
— Xotinimning xam yuragi xuruj qilib turadi. Manavuni tilingizning tagiga tashlab oling, 
hozir oʻtib 
ketadi. — U shunday deb polvonga validol tabletkasini uzatdi. 
— Chaynamang, oʻzi erib ketsin, — dedi Zulfiqor Gadoev. 
Jalol polvon yurak ogʻrigʻi qandoq boʻlishini endi bildi. 
— Doktor chaqiraylikmi? — dedi Ixtiyor Kamol. 
— Yoʻq, yoʻq, hojati yoʻq, hozir oʻtib ketadi, — dedi arang oʻzini tutib polvon. 
Polvonni palataga opkirib oʻrniga yotqizib qoʻyishdi. Sangchaxon uning qon bosimini oʻlchab 
labini tishladi. 
— Sizga nima boʻlli, qoʻzichogʻim? Biron nimadan diqqat boʻldingizmi? 
Polvon boshini sarak-sarak qildi. Istat Fuzaylovna Sangcha vahima qilyapti, deb boshqatdan 
qon bosimini oʻlchadi. 
Polvonni doktor koʻrayotganda boshqalar tashqariga chiqib turishgan edi. 
— Bu odamning ichi toʻla dard. Siz bilan bizdan koʻra alamli kunlarni koʻrganga oʻxshaydi. 
Ogʻir, bosiq odam ekan, yorilib dardini aytmayapti. 
— Sizga xayajonlanish mumkin emas. Koʻrgan yaxshi kunlaringizni eslang, — dedi Istat 
Fuzaylovna. 
— Doʻxtir opa, endi menga javob beraqoling. Xudega shukur, buyragim durust boʻlib qoldi. 
Yurakni Toshkentda davolatsam xam boʻladi. 
Oyti boshini sarak-sarak kildi: 
— Buyrak bilan hazillashmang. Hali tuzalgani yoʻq. Bilasizmi, buyragingiz joyidan siljigan. 
To tuzalmagunizcha ketishni oʻylamang. 
Polvon yana biron oy turishga ham rozi edi. Ammo sheriklarining gaplari uning jon-jonidan 
oʻtib ketyapti. Ertalab turiboq bismillosiga Qoʻchqorni padarla’nat, deb soʻkishadi. Kechqurun 
yotishda ham yana oʻsha gap. Bu gaplarga qandoq chidaydi? oʻsha ablahning padari menman, 
siz ogʻizga olib boʻlmaydigan uyat gaplar bilan soʻkayotgan onasi mening xotinim, deb 
aytolmasdi. 
— Zulfiqor Gadoev bundan ikki oy oldin nevarasini kuyovga chiqazgan edi. Ertaga quda 
chaqiriq qilishyapti. Albatta boring. Koʻpni koʻrib dilingiz yorishadi. Yana oʻn marta 
tomiringizga gimodez yuborsak, koʻrmaganDek boʻlib ketasiz. Endi aravachadan tushing. 
Piyoda yuring. 
Ammo oyoqni yerga zarb bilan tashlamang. Suvda suzgandek belga ogʻir kelmaydigan qilib 
yuring. 
Polvon lom-mim deyolmay qoldi. Tani boshqa dard bilmas ekan. Agar eshitayotgan yuzlab 
xaqoratlarining bittasini u eshitganda edp, xovli oʻrtasida sochini yozib dod derdi. Bilmaydida. 
Buni polvonning oʻzidan boshqa hech kim bilmaydi. Endi buyogʻiga Polvon, koʻzim koʻr, 
qulogʻim kar, deb yashashga majbur. Qiyin, juda qiyin bundoq qilish. Na iloj! 
Ertalab nonushtadan chiqib, bir stakandan buloq suvi ichib, shiyponchada oʻtirishgan edi. 
Zulfiqorning oʻgʻli hammalarini mashinada olib ketdi. 
Oytimullo koʻpni koʻrib dilingiz yorishadi, dstandi. Qayoqda, mehmonlar uchun dasturxon 
tayyorlangan xonaga qadam bosishlari bilan polvonni elektr toki urgandek boʻldi. Koʻzlari 
tinib, boshi aylandi. 
Devordagi qip-qizil choʻgʻdek eron gilami oʻrtasida ilib qoʻyilgan zarrin ramkada nixoyatda 
koʻhlik ayol kishining kattalashtirilgan foto suratini koʻrgandayoq Polvonning rangi oʻchdi. 
Suvratdagi ayolning qulogʻida kelini Gulandom taqib yurgan zirakni koʻrdi. Polvon 
Gulandomning qulogʻidan olib, salmoqlab koʻrib, taqma, azador xotinsan, olib qoʻy, degan edi 
oʻshanda. 
— Bu kimning suvrati? — deb soʻradi polvon Ixtiyor Kamoldan. 
Ixtiyor qoʻltiqtayogʻini devorga suyab, stul tomon intilar ekan, muvozanatini yoʻqotib 
yonboshga ogʻa boshladi. Polvon ushlab qolmaganda yiqilishi aniq edi. 
— Hozir soʻramang, polvon aka, keyin aytaman, 6u ayol oʻziga oʻt qoʻygan. 
Koʻchadan qoʻsh mashinaning ketma-ket signali eshitildi. Bolalarning bakiriq-chaqiriqlari 
boshlandi. Bunday paytlarda bolalarga xudo beradi. Quda taraf albatta bolalarga turli sovgʻalar 
olib kelishadi. Biriga jevachka, biriga shokolad, biriga suvotar toʻpponcha tarqatadilar. 
Avval ayol qudalar hovliga kirishdi. Zulfiqorning xotini ularning oyogʻi tagiga oq surp 
poyandoz yozdi. Kelinlik libosida yal-yal yonib kirgan navarasini bagʻriga bosib, koʻzyosh 
qilib oldi. Zulfiqor erkak kudalarga ham xuddi shunaqa oq surp poyandoz toʻshadi. U oldiga 
kelib bosh egib turgan nevarasi Baxshanda kelinchakning peshonasidan oʻpib: «Baxtli boʻl, 
bolam, borgan joyingda palak otib, uvali-juvali boʻl, — deb yelkasini silab qoʻydi. — Endi 
dadang bilan koʻrish». 
Baxshanda oʻrik tagida oʻpkasi toʻlib, hiqillab turgan dadasi oldiga bordi. Dadasi kirqbesh 
yoshlardagi jpkkak, koʻzlari chakpab turgan chiroyli kishi edi. Baxshanda yuzidan toʻr pardani 
olib, dadasining boʻyniga osildi. Bolalik paytlaridagidek, xuddi birov ota bagʻridan tortib 
olmoqchi boʻlayotgandek yopishib olgandi. 
— Onang rahmatli koʻrmadi 6u kunlarni, — dedi u bolasining boshlarini, yelkalarini silab. 
U oʻzini tutishga urinardi. Ammo irodasidan xayajoni zoʻrlik qildi. Yigʻlab yubordi. 
Kuzatib turganlar ham qattiq hayajonda edilar. Oxiri buvisi kelib Baxshandani otasi bagʻridan, 
boʻldi, boʻldi, duxtarim, bas endi, deya olib ketdi. 
Ayollarni hovli etagidagi xonaga, erkaklarni kiraverishdagi mehmonxonaga olib kirishdi. 
Dasturxonga quyuq-suyuq tortildi. Zulfiqorning kenja oʻgʻli xokandozda isiriq tutatib chiqib 
ketdi. Utirganlar baholi kudrat biri yuz soʻmlik, biri ellik soʻmlik uzatdilar. Udum shunaqa, 
isiriq tutatgan odamga albatta pul berish kerak. 
Zulfiqor qudalariga polvonni tanishtirdi. 
— Ixtiyorni xam, Hamroni ham taniysizlar. Polvon aka biz bilan sanatoriyada birga 
davolanyaptilar. U kishi koʻp yaxshi odam. Bosiq, mulohazali, andishali. 
Polvon ichidan zil ketdi. U oʻylardi, shu andishali, shu mulohazali odamning farzandi bu 
oilaga cheksiz jafolar qilgan. Qarshingizda oʻtirgan shu andishali odam — odam emas, 
boʻrining, shoqolning otasi... 
Hali bir-biri bilan tanishib ulgurmagan odamlar odatda u yoqdan-bu yoqdan gapirib, oxiri 
suhbat mavzuini topib oladilar. 
Ayniy teatriga Obid qiziq bilan Mirza qiziq kelganini, rosa qiziq xangomalar aytib odamlarni 
kuldirganini, Bahovuddin pirim ziyoratidan qaytayotgan Erkin Vohidov bilan Abdulla Oripov 
Labihovuzga choy ichgani kelishganini, odamlar oʻrab olganini, Devonbegi madrasasining 
gumbazigacha odam toʻlib ketganini, ikki soatdan ortiq she’r oʻqitishganini gapirishardi. 
Bu boʻlayotgan gaplar Polvonning qulogʻiga kirmas, ikki koʻzi devordagi suvratga qadalgan. 
Nazarida suvratdagi ayolning qulogʻidagi zirak qimirlayotganga oʻxshayverdi. Ixtiyor Kamol 
mehmonlarga mulozamat qilib, kirib-chiqib turgan Zulfiqorning qulogʻiga nimadir dedi. U 
bosh irgʻab, xoʻp, deb chiqib ketdi-da, bilagiga ikkita toʻn tashlab kirdi. 
— Qudajonlar, bu mexmonlarimizni, — u polvon bilan Ixtiyor Kamolga ishora qildi, — 
doʻxtirlardan qarzga olib kelganmiz. Ketishmasa boʻlmaydi. Polvon akaning tomirlariga dori 
yuboradigan payt boʻldi. Nima deysizlar? Javob beraylig-a... 
Zulfiqor polvon bilan Ixtiyorning yelkasiga toʻn tashladi. 
Ular ikkovlashib mashinada qaytishar ekan, Zulfiqorning uyidagi ayollarning pazandaligiga 
tasannolar aytishardi. 
— Doʻstim, — dedi Polvon, palataga kirishgach, — Oʻziga oʻt qoʻygan ayol toʻgʻrisida keyin 
aytaman, degan edingiz. Ayting, nima boʻlgan? 
— Xunuk ish boʻlgan, joʻrajon, juda xunuk, anavu yaramas, it emgan Qoʻchqor Zulfiqorni 
qamab, koʻp azoblar berdi. Zulfiqor ham anoyi odamlardan emas. Xonning saroyidek uyni 
qurishga gʻishtni qaydan olding, taxtani qaydan olding, deb qiyin-qistovga tutaverdi. Zulfiqor 
imorat uchun nimaiki olgan boʻlsa, hammasiga gʻisht zavodidan, taxta iskalatidan, semonu 
tunukalargacha kvitansiya olib qoʻygan edi. Bundan ish chiqazolmagan tergovchi, qancha 
paxta sotib olgansan, qancha sotgansan, deb qiynayveradi. Paxta zavodini uch marta reviziya 
qiladilar, pichoqqa ilinadigan biron ishkal topolmaydilar. Tillangni, boyligingni qaerga 
yashirgansan, deb yana doʻpposlaydilar. Zulfiqor menda bunaqa narsalar yoʻq, deb azoblarga 
chidab beradi. Bu orada bir yarim yilga yaqin vaqt oʻtib ketadi. Oxiri Zulfiqorning xotini bilan 
kelinini qamab tergov qiladilar. Guloyan Qoʻchqor tayyorlagan hujjatlarni koʻrib, boʻlmaydi, 
dedi. «Uni shundoq qoʻyib yuborsak gap tegadi. Hujjatlarni ikki yilga kesish mumkin 
boʻladigan qilib tayyorla. Xotini bilan kelinini shu bugun qoʻyib yubor», deb oʻzi Qarshi 
tomonga oʻtib ketadi. 
— Qoʻchqor Jalolov oʻsha kuni Zulfiqorning xotinini qoʻyib yuboradi. Uning yolgʻiz qolgan 
kelini oldiga tun yarmida kiradi. Qoʻllarini qayirib, uni zoʻrlaydi. Qulogʻidagi ziragini olib, 
tongga yaqin chiqarib yuboradi. Telba boʻlib qolgan juvon hali osmon oqarmay turib uyga 
keladi. Holdan toygan qaynonasi uxlab yotardi. Hali uygʻonmagan qizi Baxshanda tepasiga 
kelib uzoq qarab turadi. Harom vujudi bilan unga yaqin kelolmaydi. Oshxonaga kirib kerosin 
toʻla tunuka bankani koʻtarib chiqadiyu boshidan quyadi. Gugurt chaqib yuboradi. 
Tom boʻyi boʻlib ketayotgan olov hovlining u boshidan-bu boshiga yugurar, shu olov ichida 
ayol kishining boʻgʻiq ovozi eshitilardi. Uygʻonib ketganlar unga yaqin borolmasdilar. 
Chelaklab suv sepsalar ham oʻt oʻchmasdi. 
Zulfiqorni turmaning ichida sud qilib ikki yil beradilar. Ykki yillik muddatni oʻtab boʻldi, deb 
chiqarib yuboradilar. U qamokdan chiqqanda kelinning qirqi oʻtib boʻlgandi. 
Ixtiyor Kamol stoldagi allaqachon sovub qolgan choyni simirib, insonning boshi toshdan ekan
joʻra, deb oʻtirgan yerida koʻltiqtayogʻiga koʻksini tiradi. Tashqaridan odamlarning ovozi 
eshitila boshladi. Bir ozdan keyin tomirga dori tomizadigan moslama koʻtarib Sangcha kirdi. 
— Bugun vaqtida ukol olmadinglar, jujuqlarim, gimodez tomizish ham kechikib ketdi. 
Sangcha Polvonga faqat quvnoqlikka yaratilgan bir malak boʻlib koʻrinadi. Yer yuzi shunaqa 
nurli odamlar bilan munavvar, deb oʻylardi u. Xudo jami goʻzallarni odamlarni mahliyo qilish 
uchun, insonlar koʻnglidan badbinliklarni quvib, vujud-vujudini ezgulikka chulgʻab, 
yaxshiliklarga chorlash uchun yaratgandek edi. 
Polvon salkam ikki soat bilagida igna bilan bir litrli shishadagi gimodez suyuqlikning oxirgi 
tomchisi qolguncha qimirlamay yotdi. Koʻzini uyqu bosdi. Hamshira quymichiga ukol 
kilgandagina uygʻondi. Hali oftob oʻchmagan. Bemorlar kechki salqinda xiyobonlarda sayr 
qilib yurardilar. Ixtiyor Kamol hamon qoʻltiqtayogʻini iyagiga tirab qimirlamay oʻtiripti. 
Polvonning uygʻonganini sezgach, tashqariga chiqmaymizmi, deya oʻrnidan tura boshladi. 
Polvon ham turdi. Ikkovlashib xovliga chiqishdi. Bulokdan bir piyoladan suv ichib, oʻzlari 
oʻrgangan shiyponga chiqib oʻtirishdi. 
— Uch kundan keyin muddatim tugaydi. Ketsam, siz zerikib qolmasmikinsiz, deb oʻylayman, 
— dedi Ixtiyor Kamol. 
— Men ham ketsam kerak, — dedi Polvon. 
Aslini olganda, bu mehribon, qaygʻungga qaygʻudosh odamga Polvonning mehri tushib 
qolgandi. Faqat, faqat Qoʻchqordan gap boshlamasa boʻlgani. Bari bir boʻlmadi. 
Qoʻchqorning nomi aralashmagani suhbat suhbat oʻrniga oʻtmay koldi. 
— Oyogʻingizga nima qildi, deb soʻramadingiz, oʻzim aytay. Tergovchi Qoʻchqor Jalol meni 
qamoqqa olgan kuniyoq, oltinlaringni, boyliklaringni qaerga yashirgansan, deb kechasiyu 


kunduzi uxlatmay soʻroq qildi. Msnda bunaqa narsalar yoʻq, desam, ishonmaydi. Uradi, 
tepadi, qoʻllarimni qayiradi. Men bir chorvador odam boʻlsam, menda tillo nima kiladi, 
deyman, qani ishonsa! Ikki barzangi yerga yotkizib, qoʻl-oyogʻimni bosib turdi, yana biri 
stulga chiqib, ikki tizzamning koʻziga sakrab tushdi. Ogʻriq azobida hushimdan ketib qopman. 
Tizzalarimning oshiq-moshigʻi joyidan qoʻzgʻab qopti. Doktorlar gipsga solishdi, boʻlmadi. 
Oxiri romitonlik mosh tabibni chaqirib kelishdi. Qoʻli yengil ekan, oshiq-moshiqni joyiga 
soldi. Ogʻriq qolgandek boʻldi. Lekin tizzalarimdan pastda jon yoʻqdek. Shu-shu, 
qoʻltiqtayoqqa osilib, sudralib yuribman. Qoʻchqor Jalol haromi, gʻarning bolasi bitta gapni 
biladi. Oltin, oltin qani? Yashirgan joyingni ayt. Aytmasang, qoʻllaringni ham sin-diraman, 
deydi. Boʻlmadi. Bolalarimni, kuyovimni chaqirtirdim. Ularni zudlik bilan olib kelishdi. 
Kenjam ahvolimni koʻrib dodlab yubordi. Ikki tarsakidan keyin bolam shoʻrlik jim boʻlib 
qoldi. Ularning hammasi choʻpon. Sovxoz qoʻylarini boqishadi. Har birining xususiy ikki-uch 
yuzdan koʻyi bor. Bunga xukumat ruxsat bergan. Terisini, junini, goʻshtini davlatga sotishadi. 
Bundan tashqari, plan ustiga qoʻshimcha mahsulot bergani uchun yaxshigina mukofot puli 
ham olishadi. «Bolalarim, qoʻylaringni bitta qoldirmay sotinglar. Pulini manavularga keltirib 
beringlar», dedim. Bolalarim ota soʻzidan chiqmaydigan qobil bolalar edi. Xoʻp, deb chiqib 
ketishdi. Sovxoz qoʻy sotib olmaydi. Olganda ham pulini bir yil sudrab chala-yarim qilib, 
kattagina soliq olib, barakasini ketqizib keyin beradi. Mingga yaqin koʻyni bozorga chiqarib 
boʻlmasa! Bolalarim nima qilishlarini bilmay ikki mototsiklda choʻldagi choʻponlar oldiga 
borishadi. Sovxozning Qizilqumda bir yuz qirq ming qoʻyi boqiladi. Ikki yuzdan ortiq 
choʻpon qishin-yozin saratonni saraton demay, chillani chilla demay, oftob tigʻida kuyib, choʻl 
boʻylab qoʻy haydashadi. Normengli degan choʻpon ularga boshchilik qiladi. U asli 
Surxondaryoning Sherobod tumanidan. Yoshligida Shofirkonga kelib qolgan. Normengli 
xalol, pokiza odam, chorvachilik unga otakasb boʻlgan. Bolalarim oʻsha Normenglining oldiga 
borib, niyatlarini aytadilar. Normengli boshini qashlab uzoq oʻtiradi. Yerga koʻzini 
qadagancha tinmay sigareta chekadi. Yarim soatcha shu alpozda oʻtirib oʻrnidan turadi, u yoq-
bu yoqqa yuradi. U nihoyatda asabiy, xozir birov bilan mushtlashmoqchidek mushtlarini 
tugadi. Normengli keyingi paytlarda uyqusizlik kasaliga mubtalo boʻlgandi. Ana olib ketadi, 
mana olib ketadi, deb oʻtov oldiga chiqar, olisda toʻzon koʻtarilsa, to yetib kelguncha oʻzini 
qoʻyarga joy topolmasdi. Mashinada yo zootexnik, yo vetvrach kelganini koʻrgandan keyin 
koʻngli joyiga tushardi. Normenglining tuman markaziga bormaganiga ham uch oydan oshdi. 
Guloyan aygʻoqchilarining koʻzi tushsa uni xam roʻyxatga tirkab qoʻyishlarini biladi. 
Yaxshisi, yomon koʻzlardan yiroqroq yuray, deb choʻl kezgani-kezgan edi. 
Normengli bir qarorga keldi shekilli, joyiga oʻti-rib: «Ketaveringlar, — deydi u, — hammang 
oʻz otaringga bor. Ertalab oldilaringga odam boradi». 
Ertalab Normenglining oʻgʻli toʻngʻichimnikiga mototsikl kajavasida bir qop sabzi-piyoz, 
kartoshka tashlab ketadi. Ketar chogʻida kelinimga piyoz tagida pul bor, xammasini 
tergovchiga bermanglar, ellik mingi oʻzlaringda qolsin, hali sizlarga pul koʻp kerak boʻladi, 
deb joʻnab ketadi. 
Oʻgʻlim Qoʻchkor Jalolga pulni olib borganda u bola bechoraga baqirib beradi. 
— Men senlarga pul deganim yoʻq. Tilla tanga olib kel, deb aytganman, tushundingmi? — 
deydi. 
— Bizda unaqa narsa yoʻq. Umrimda bir donasini xam ushlab koʻrmaganman. 
Qoʻchqor tajang boʻladi. 
— Bunday qilasan. Hoziroq Buxoroga borib katta bozordan Ashot degan armani kabobpazni 
topasan. Meni Koʻchqor Jalol yubordi, deb qoʻliga pullarni berasan.Hushyor boʻl, oldida odam 
yoʻq paytida u bilan gaplash. Nima qilishni uning oʻzi biladi, — deb tushuntiradi. 
Nafsingga oʻt tushkur Qoʻchqor Jalol yuzta buxor tangani olgandan keyin, «Aybi 
isbotlanmadi», deb meni koʻyib yuboradi. 
Uyni tintuv qilganda olib ketgan bitta koʻl soat bilan Parijda mukofotga berishgan oltin 
medalimni kaytib bermadi. Uni «antiqa» teri uchun olgandim. Tanlov hakami bilagimga har 
oʻn besh daqiqada kuy chaladigan shveytsar soatini taqib qoʻygandi. Afsus, juda qimmatli 
esdalik edi. Hay, janozasiga buyursin... 
Chiqqanimning ertasi kech qorongʻida Normengli keldi. Qoʻylardan birontasini ham 
sottirmaganini, pullarni choʻponlar toʻplab berganini aytdi. Bunaqa odamgarchilikdan 
koʻzlarim yoshga toʻldi. Oʻzimni tutolmay hiqillab yigʻlab yubordim. Iflos Qoʻchqor shuncha 
azob berganda ham mijjamga yosh kelmagandi. Choʻponlarning odamgarchiligidan ta’sirlanib 
ketibman. 
Kechqurun palatada ulfati chor boʻlib, choy ichib oʻtirishardi. Televizor birinchi oʻzbek 
kosmonavti Sharipovning xonadonini koʻrsata boshladi. Qarindosh-urugʻlari, qoʻni-
qoʻshnilari, yor-birodarlari Sharipovning ota-onalarini tabriklashyapti. Hovli odamga toʻlgan. 
Hammaning qoʻlida gul. 
Choy xoʻplayotgan Hamro Ochil, qanday baxtli oila bu! deb yuborganini bilmay qoldi. 
— Otasiga rahmat! — dedi Ixtiyor. 
— Shundoq farzand oʻstirgan onasiga ming-ming rahmat-e! — deb yubordi Zulfiqor. 
Faqat Jalol polvonning tiliga gap kelmasdi. Hamro Ochilning faylasufligi tutib ketdi. 
— Bilasizmi, inson nima uchun farzand oʻstiradi. Mehnat qilib, topib kelgan osh-noni 
uchungina emas, oʻlganingda goʻringga qoʻyadigan marmar toshi uchungina emas, el-yurtdan 
olib keladigan otangga rahmat, degan birgina soʻzni eshitish uchun oʻstiradi. Otangga la’nat, 
padaringga la’nat, degan soʻz olib keladigan farzandning yuzini xudo teskari qilsin! 
Mana shu suhbat asnosida Jalol polvon ming oʻlib, ming tirildi. Oʻzidan oʻtganini oʻzi biladi. 
Mum tishla-gandek, tilini yutib yuborgandek zabun edi u. 
— Mana, masalan, ablah Qoʻchqor Jalolning otasiga hech kim rahmat, dermikin? Qani, 
aytinglarchi? Nima deysiz, Polvon aka? 
Jalol polvon nimalardir deb gʻudrandi. Nima deganiga hech kim tushinmadi. Uning rangi 
oqarib ketgan, qoshlari oʻrtasiga tugunchak tushib, bir nuqtaga tikilgancha telbanamo alpozda 
oʻtirardi. 
— Yoʻq, — dedi Ixtiyor Kamol. — Hech kim rahmat demaydi. Shunday iflos bola oʻstirgan 
sendek otaga ming, million marta la’natlar yogʻilsin, deydi. 
Jalol polvon holsizlanib oʻrnidan turdi, mast odamdek chayqala-chayqala hovliga chiqib ketdi. 
— Bechoraning yana qon bosimi oshib ketdi shekilli, — 
dedi Zulfiqor. — Yo yuragi xuruj qildimikin? U shunday deb choʻntagini kavlab, validol 
qidira boshladi. 
Jalol polvon kechasi uxlayolmadi. U yonboshidan, bu yonboshiga agʻdarilaverganida karavot 
gʻichirlab, sheriklarini uxlatmadi. Oxiri oʻrnidan turib, shippagini kiydiyu tashqariga chiqib, 
har gal orom oladigan shiyponda oʻtirib oʻy-oʻylab ketdi. 
Kecha sokin. Tiq etgan tovush yoʻq, oy ham sindirilgan patirdek yarimtagina boʻlib qolgan. 
Polvonning holiga kulgandek yaqinginada baqa qurillaydi. Ketma-ket, choʻzib-choʻzib 
qurillaydi. 
Polvonning ichida nimadir yonayotgandi. Ichidagi olov chiqib ketishga yoʻl izlayotganga 
oʻxshardi. Oxiri bir xoʻrsinganida boʻgʻzini kuydirdi-yu, tashqariga chiqib ketdi. Odamning 
joni ham shunaqa chiqib ketarmikin? Yoʻgʻe, undaymasdir. Polvon jilmayib turib jon 
berganlarni koʻrgan. 
— E, attang. Esiz umr, esizgina umr-a! Xudo meni odamlarning la’natini eshitish uchun 
yaratgan boʻlsa ilojim qancha! — dedi u afsus-nadomatlar bilan. 
Polvonning davolanish muddati tugadi. Uni kuzatgani aeroportga chiqishdi. Polvon samolyot 
trapiga oyoq qoʻya turib, kutinglar, bir haftaga qolmay kelaman, deb takrorladi. 
Samolyot havoga koʻtarilganda polvon birdan yengil tortdi. Badbaxt oʻgʻli tufayli yogʻilgan 
qargʻishlar, undan azob chekkan alamzada odamlar yerda qoldi. 
Qishloq oʻsha-oʻsha, odamlar oʻz tashvishlari bilan ovora. Chollarga har kuni boʻlmasa ham 
kunora nahorgi osh boʻlib turibdi. Birov qiz uzatayapti, birov oʻgʻil uylayapti. Yana birov 
olamdan oʻtgan otasi yo onasiga yigirma oshi beryapti. 
Faqat Nurim sartarosh bu oshlarga borolmaydi. Odamlardan yuzi shuvit. U doʻkonini ham 
ochmay qoʻygan. Qulogʻiga bir xunuk gap kirdi-yu doʻkonga qulf soldi. «Nurim oʻsha odam 
ovchisi Sobitning otasida, bolasidan oʻtib qayoqqa borardi. Boʻyningga lungi boylab, 
kekirtagingga ustara tortib yuborishi hech gap emas. Hukumat yoʻli bilan boshqa 
sartaroshxona ochish kerak». 
Shu gap qulogʻiga kirdiyu Nurimning qirq yillik kasbi barham topdi. Koʻchaga ham chiqmay 
tomorqasida gʻimirsib yuradi. 
Kunduz soat birlarda samolyotdan tushgan Polvon qish-loqqa kun botmay kirib keldi. 
Nurim sartarosh eshigi oldida omborga tiqilib kolgan xashaklarni olayotgan edi. Jalol 
polvonning qorasi koʻrinishi bilan ishini tashlab shoshilganicha uyiga kirib ketdi. Uning 
Polvonga koʻrinishga beti chidamasdi. Oʻgʻlini otib ketgan bolasi uchun albatta mendan kasos 
oladi, deb oʻylardi. Polvon esa unga qarayolmasdi. Shu tinchgina oilani xarob qilgan oʻgʻli 
uchun Nurim albatta mendan oʻch oladi, deb oʻylardi. Polvon Nurimdan, Nurim Polvondan 
qochib yuripti. Polvon shu topda, hozir Nurim ketmonnimi, boltanimi koʻtarib chiqadi, menga 
tashlanadi, degan oʻyda sergaklanib kelardi. Nurim esa, Jalol hovlimga bostirib kiradiyu 
hozirgina xashagi olingan omborga meni ikki buklab tiqadi, deya qochish uchun devor 
nahrasini moʻljalga olib, dagʻ-dagʻ titrab turardi. 
Yoʻq, Jalol polvon indamay oʻtib ketdi. 
U uyiga kelganda jiyani tomda kechagi shamol uchirib tushirgan tarnovni joyiga 
oʻrnatayotgan edi. U togʻasini koʻrib, ishini shosha-pisha bitkizdi-yu, tomga engashgan tut 
shoxiga osilib pastga tushdi. 
— Keldingizmi, togʻa? Ahvolingiz durustmi? 
— Shukur-shukur, — dedi Polvon ayvon dahaniga oʻtirar ekan. — Bitta choy qoʻyib ber. 
Buxoroning ta’msiz suvini ichaverib tinkam quridi. 
Jiyani gazga choygum qoʻyib chikdi. 
— Jiyan, — dedi Polvon. — Shu mashinani yurgʻizsa boʻladimi, bir koʻr-chi. 
— Akkumulyatori oʻlgan, uni bir kun tokka koʻyish kerak. 
Koʻchqor mashina akkumulyatorini chiqazib, suvini toʻkib garaj tokchasiga koʻygan edi. 
— Zarur boʻlsa hoziroq ustaga berib kelaman, ertalabgacha tayyor qilib qoʻyadi. 
— Juda zarur. Buxoroga shu mashinada ketaman. Us-taga olib bor, oʻshanaqasi akangni ham 
chaqirib kel. Gulandom uyda boʻlsa ayt, tez kelsin. 
Jiyani choy damlab chikdi, keyin chang bosgan akkumulyatorni velosiped orqasiga oʻrnatib 
joʻnab ketdi. 
Polvonning katta jiyani avtomobil nazorati boshligʻining oʻrinbosari edi. Buxoroga mashinani 
shu minib borgani durust. Yoʻlda inspektorlar boʻlar-boʻlmasga toʻxtatmaydi. 
Polvon novvot suvidek totimli choyni xuzur qilib icharkan, oʻzingga shukur, oʻzingga shukur, 
deb qoʻydi. Birpasda choynakni boʻshatdi. Peshonasidan terlarni sidirib yaktagining etagiga 
qoʻlini artib, hovli pastidagi oʻtinxonaga kirib ketdi. Koʻmir kukunlari oʻrnashib asli rangi 
qandoqligi bilinmay ketgan chamadonni koʻtarib chiqdi. Supurgi bilan oʻbdon changini qoqib, 
latta bilan artdi. Chamadon qulflangan edi. Urinib ocholmadi. Garajga kirib ombir bilan katta 
bir otvertka olib chiqdi. 
Shu payt Gulandom kelib qoldi. Qaynotasi bilan yigʻlab koʻrishdi. U endi oʻzini oldirgan, 
koʻzi taglarida, iyagining pastida mayda ajinlar paydo boʻlgan. Avvalgi shiddati yoʻq. 
Yigʻidan hoʻl boʻlgan kipriklari orasida ilgari chaqnab turadigan oʻt soʻngandek edi. Ovozi 
ham soʻlgʻin. Shu bir oy ichida soʻlib, ertangi taqdiridan umidini uzgan aftodahol bir alpozda 
edi. Polvon unga qarab rahmi keldi. Bechora... 
Polvon uii bagʻriga bosib boshlarini siladi. Yupatmoqchi boʻldi. Nima deb yupatadi? Uni 
ovutadigan qandoq soʻz bor dunyoda? Gulandom esa uning bagʻrida oʻksib-oʻksib yigʻlardi. 
— Bolam, qandoq qilamiz, peshonamiz shoʻr ekan. Baxt bizga betini emas, ketini koʻrsatgan 
boʻlsa, kimga zorlanamiz? Bor, bolam, muzdek ariq suvida betlaringn i yuvib ol! 
Polvon tugunchasidan bir surat olib unga uzatdi. 
— Iya, ota, bu mening ziragim-ku! — dedi hayron boʻlib Gulandom. 
— Ioʻq, bolam, seniki emas, shu kelinchakniki. Sen uning ziragini taqib yurgan eding. Ering 
ablah uni zoʻrlab, keyin qulogʻidan chiqarib olgan. Bu kelinchak hozir yoʻq. Nomusi barbod 
boʻlganiga chidamay, oʻziga oʻt koʻygan. 
Gulandom seskanib ketdi. Beixtiyor ikki qulogʻiga qoʻl yubordi. Shu topda uning ikki kulogʻi 
oʻtda kuyayotgandek edi. 


Gulandom qaynotasi «taqma bu zirakni», deganda olib qoʻygan edi. 
— Oʻtir. Endi manavu chamadonni ochamiz. 
U shunday deb chamadon qulfining tagiga otvertka tiqib koʻchirib oldi, qopqogʻini ochdi. 
Yelimxaltaga solingan bir zarbof toʻnni olib xaltadan chiqazdi. Buxoro zardoʻzlarining noyob 
bu namunasi aslida amir vazirlaridan biriniki edi. Polvon toʻnni namatga tashlab, xind 
choyidan boʻshagan tunuka bankani oldi. U juda ogʻir edi. Qopqogʻini ochib ichidagilarni 
dasturxonga toʻkdi. Buxoro tilla tangalari jaranglab ketdi. 
— Bilasanmi, bolam, shu tilla uchun ering sovxoz direktorining ikki oyogʻshsh sindirgan. 
Polvon bir toʻrvani oldi. Tugunni yechib ichidagilarni toʻkdi. Ular ayollarning turli xil 
taqinchoqlari edi. Polvon qiyshiq bir uzukni qoʻliga olarkan, ovozi titrab dedi: 
— E xudoyim-a, bu qandoq koʻrgilik! Uzukka yaxshilab qara, bolam. 
Gulandom uzukni qoʻliga oldi. Uzuk negadir doira shaklida emas, tuxumga oʻxshash 
uzunchoqroq edi. 
— Bu uzuk bir xotinning koʻlidan ombirda tortib chiqarilgan. Bechora xotinning barmoq 
boʻgʻinlari ajralib ketib, shalvirab kolgan. Barmoq terisi shilinib, goʻshti chiqib qolgan. 
Koʻryapsanmi, unda ombir izlari qolgan. 
Uyulib yotgan tilla taqinchoqlarni titkilab bir medalni oldi. 
— Bu uyingdagi ering taqib yurgan soatning egasiniki. Hali hayot. Bu soat bilan medalni 
Frantsiyada mukofotga berishgan. 
Gulandom sapchib oʻrnidan turdi-yu koʻcha tomonga oʻqdek otilib chiqib ketdi. Polvon 
taqinchoklarni yana xaltaga soldi. Tilla tangalarni choy kutiga bitta-bittalab sanab tashladi. 
Buxor tanga roppa-rosa 100 dona chikdi. Nikolayning surati chekilgan tanga bir yuz saksonta 
edi. 
Polvon shu ishlar bilan band ekan, Gulandom kelganini sezmay qoldi. 
— Mana, — dedi u, — zirakni chamadonga tashlar ekan. — Mana soat. 
Gulandom yugurganda soat mexanizmlari ishlab ketgan edi. Bir-ikki daqiqadan keyin soat 
shoʻx bir kuyni chaldi. Bu soat oʻlib yotgan Qoʻchqorning bilagida shu kuyni chalib turgandi. 
Polvon chamadon tagida yaxshilab kogʻozga oʻralgan kitobchaga oʻxshash qattiq bir narsani 
olib ochdi. Hali taxti buzilmagan, bankdan olingan dollarlar edi. 
Chamadonda bulardan tashqari sopiga olmos, brilliant qadalgan xanjar, tillo, kumush kuyma 
naqshlar qadalgan qizil baxmal kamar bor edi. 
Polvon buyumlarni joy-joyiga qoʻyib, chamadon qopqogʻini yopti. 
— Mana, bolam, — dedi Polvon Gulandomga. —Qoʻynimizda chayon bor ekan. Topgan 
narsasini iniga tashiydigan kalamush bor ekan. 
Koʻcha tarafda mashina gurillagani eshitildi. Bir ozdan keyin eshikdan bir militsiya mayori 
bilan Polvonning jiyani kirib keldi. Bu marxum singlisining oʻgʻli Saloxiddin edi. 
U togʻasining ancha oʻziga kelib qolganidan sevindi. Hol-ahvol soʻradi. 
— Jiyan, sendan bitta iltimos. Boshligʻingdan ikki kunga ruxsat soʻra. Manavu mashinada 
Buxoroga boramiz. Juda zarur ish bor. Yoʻq dema, jiyan. 
Salohiddin chakkasini qashlab turib javob qildi. 
— Bizda yoʻl harakati oyligi ketyapti. Mayli, bir kunga boray. Boramanu yana samolyotda 
orqaga qaytaman. Maylimi? 
— Mayli, — dedi Polvon jiyanidan xursand boʻlib. 
Kichik jiyani mashinani yuvib, yogʻlarini tekshirib safarga tayyor qilib qoʻydi. Endi ertalab 
bitta akkumulyator qoʻysa boʻldi. Bemalol ketaversalar boʻladi. 
Polvon ertasi azonda Salohiddin bilan yoʻlga chiqdi. 
Gulandom eshik kesakisiga suyanib mungʻaygancha mashina orqasidan qarab qoldi. 
Polvon ertasiga samolyotda qaytib keldi. Uning chehrasi ochiq edi. U umrida bir marta savobli 
ish qildim, hamma vaqt kurashda polvonlarni yiqitib ranjitardim. Raqiblarim albatta 
yengilganlari uchun menga rahmat aytmagandirlar. Shularning uvoliga qoldim, deb oʻylardi. 
Polvon qishlokda bir noxushlik ustidan chikdi. Gulandom bir banka kerosinni Qoʻchqorning 
goʻriga sepib oʻt qoʻyib yuboripti. Goʻr lovullab yonipti. Tepasidagi daraxtlar ham kuyib 
ketibdi. Gulandomning oʻzi allaqayoqka gʻoyib boʻpti. Qayoqqa ketgan, tirikmi, oʻlikmi, hech 
kim bilmasdi. 
Polvon kechqurun samovarga chiqdi. Choyxoʻrlar bilan hardamxayol, uzuq-yuluq gaplashib, 
qishloq xalqini ertalab uyiga taklif qildi. «Nima, Polvon aka, yurtga osh berasizmi?» — deb 
soʻrashgandi, «Ertalab bilasizlar», — dedi u choyxonadan chiqib ketarkan. 
Qishlokda osh berilsa, oqsoqollar sabzi toʻgʻrashga kirishadi. Masjid omboridan idish-tovoq 
olishadi. 
Stol-stul, dasturxon degan gaplar bor. Qiziq-ku, he yoʻq, be yoʻq, ertalab uyga chaqiryapti. 
Polvon uyga kelib, jiyanidan suv isitib berishni soʻradi. Yuvinib, toza kiyimlarini kiydi. 
Xufton namozini uzoq oʻqidi. Ikki qoʻlini koʻkka koʻtarib, Allohga iltijolar qildi. 
— Tangrim, bu jonni oʻzing bergansan. Endi omonatingni ol. Sen bergan jonga qasd qilib 
gunoxga botishni istamayman. Jonimni oʻzing ol. 
Polvon bu gaplarni besh-olti martadan takrorladi. Togʻ tepasida qimirlamay turib krlgan oyga 
uzoq tikilib oʻtirdi. Tun osuda. Tiq etgan ovoz yoʻq. 
— Bergan ne’matlaringga ming bora shukur. Davridavron surdim, kurashlardan yakkakift 
boʻlib chikdim. Xorlikzorlik koʻrmadim. Endi bas, qiynalib ketdim. Oʻz bolam meni yurt 
koʻzida sharmisor qildi. Omonatingni ol, Alloxim. Bas, endi ketay. Bu dunyoda endi yaxshilar 
yashasin. 
Tongotar maxali Jalol polvonning joni uzildi. 
Janozaga qishloqning katta-kichik hammasi keldi. Fakat Nurim sartarosh kelolmadi. Yurt 
koʻzida uning yuzi shuvit edi.

Download 170,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish