Sakralizatsiya lotinchada



Download 19,23 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi19,23 Kb.
#215127
Bog'liq
sekulyarizatsiya


Islom dinining jamiyat hayotidagi o‘rni va salmog‘i xususida va diniy e’tiqodning qayta tiklanishi bilan bog‘liq tadbirlar ilmiy izlanuvchilar tomonidan keng yoritilgan. Dinning bugungi va ertangi mavqeining taqdiri to‘g‘risida mulohazalarni bayon etish ichki ishlar idoralari xodimlari uchun muayyan metodologik ishlanma yoki konsepsiya vazifasini ham o‘tashi mumkin.

Umuman, din hozirgi sharoitda muhim ijtimoiy-madaniy hodisadir. Dinning jamiyat ma’naviy-ma’rifiy hayotida tutgan o‘rnini bilish uchun uning jamiyat va shaxs hayotida qanday o‘rin egallashini, dinning davlatga va shaxsning dinga munosabatini tarixan qanday o‘zgarib borganligini ilmiy tahlil qilish lozim bo‘ladi.

Ilmiy jihatdan Karaganda, dinining jamiyat hayotiga ta’sir etish jarayonini tarixan ikki tendensiya asosida tahlil etish mumkin. Bular - sakralizatsiya va sekulyarizatsiya tendensiyalari.

Sakralizatsiya (lotinchada sacer - muqaddas degan ma’noni anglatadi) deganda ijtimoiy hayotni, ijtimoiy institutlarni, kishilar hayoti va ongini muayyan diniy e’tiqod doirasida talqin qilish va izohlash tushuniladi.

Sakralizatsiya Sharq va G‘arb madaniyatida turlicha qiyofada va mazmunda rivojlangan. O‘zbekistonda sakralizatsiya islom dini an’analarini jamiyat va inson hayotining barcha sohalarini mutlaq zabt etish, har qanday urf-odat, an’ana, udum va odatlarga diniy qiyofa berish va jamiyatni boshqarish ishlarini ham ilohiylashtirishda kuzatish mumkin. Masalan, o‘zbek madaniy merosini diniy va dunyoviy tomonlarga bo‘lish qiyin. Hatto ilmiy taraqqiyot ham diniy qobiqda rivojlanib kelgan. Diniy element jamiyat va kishi hayotiga shunchalik chuqur o‘rnasha olganki, undagi har bir xatti-harakat udum va marosimda dunyoviy element bilan uyg‘unlashib ketgan. Shuning uchun hozirgi o‘zbek kishisining mentaliteti diniy elementni yadro sifatida o‘z hayoti doirasida ushlaydi.

Din taraqqiyoti tarixan dunyoviy taraqqiyot bilan teng kechgan, unga doimo moslashib kelgan. Hozirgi kezlarda din hatto dunyoviy taraqqiyotga ta’sir etish yoki yetakchi bo‘lishga ham da’vo qilmoqda.

G‘arb madaniy an’analarida sakralizatsiya hodisasi Sharq madaniy taraqqiyotidan tubdan farq qiladi. G‘arbda sakralizatsiya jarayoni tarixan klerikalizatsiya (lotinchada clericalis - cherkovda oid degan ma’noni anglatadi) hodisasini yuzaga keltirgan. Klerikalizatsiya nafaqat shaxsiy va ijtimoiy hayotni tashkillashtirishni boshqargan, balki bu holatni g‘oyaviy asoslarini ham yaratgan. O‘rta asrlarda bu jarayon o‘zining yuqori nuqtasiga yetgan G‘arb ijtimoiy hayotida cherkov huquqiy va siyosiy institut mavqeini egallagan. Diniy qoidalardan chetlashish yoki chekinish cherkov tomonidan salbiy baholangan. Bu hodisani yaxshiroq tasavvur qilish uchun hurfikrlilik va dunyoviy tafakkur tarafdorlarini jismonan yo‘q qilishga qaratilgan mash’um inkvizitsiya hukmlarini eslash kifoya. Klerikalizatsiya o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda ham kuzatilgan. Insoniyat merosiga beqiyos hissa qo‘shgan, tabiatshunoslik ilmini antik davrdan so‘ng sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishga uringan G‘arb tabiatshunos olimlaridan Jordano Bruno, Nikolay Kopernik, Galileo Galiley va boshqalar singari Sharqda ilmiy tafakkur zahmatkashlari Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va ayniqsa Mirzo Ulug‘bek dunyoviy ilmlarni rivojlantirishga uringanliklari uchun din peshvolari tomonidan ta’qib qilinganlar, ko‘plab G‘arb olimlari esa o‘rta asrlarda qatl etilganlar, Jordano Bruno, Ariel Akosto kabi siymolar esa diniy e’tiqodga shak kel- tirganliklari uchun Rim katolik cherkovining hukmi bilan tiriklayin o‘tda kuydirilganlar. Bu davrlarda fan dinga bo‘ysundirilgan, falsafa va etika fanlari esa diniy e’tiqod normalarini ijtimoiy voqelikda mustahkamlanishiga xizmat qilar edi. Insonning oilaviy hayoti, bolalar tarbiyasi, oila-nikoh munosabatlari G‘arbda cherkov tomonidan nazorat etilsa, Sharqda esa islom dini misolida shariat qonunlari (musulmon huquqi) asosida tartibga solib turilar, jamiyat va insoning har bir xatti- harakatiga ilohiy tus berilar va yagona Olloh amriga bog‘lanar edi.

Sakralizatsiya Sharq mamlakatlari (musulmonchilik tarqalgan davlatlar)da xarizmatik hokimiyat mavqeiga ega edi. Podshoh, sulton, amir yoki xon bir vaqtning o‘zida ham dunyoviy ishlar, ham diniy ishlar bo‘yicha mas’ul edi. Qozi, hokim kabi boshqa amaldorlar odatda din nomidan ish ko‘rar edilar. Podshoh Ollohning yerdagi noibi, ya’ni vakili degan aqida xalq orasida keng tarqalgan edi. Podshohning amri vojib, ya’ni Ollohning amri kabi so‘zsiz bajarilishi lozim, degan fikr omma ongiga singdirilar va din peshvolari tomonidan tashviq qilinar edi.

Sakralizatsiya Sharq tasavvur falsafasida, ayniqsa so‘fizmda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Xususan, so‘fizm falsafasining yirik namoyandalaridan biri Ahmad Yassaviy ta’limoti to‘la-to‘kis dunyoviy hayotni ilohiy hayotga bo‘ysundirishga qaratilgan bo‘lib, inson hayotining mazmunini Olloh muhabbatiga erishish, u bilan uyg‘unlashish deb biladi. Sakralizatsiya diniy fanatizm va dogmatizmning yo‘ldoshi hamda dunyoviy tafakkurga zid tendensiyadir.

Sakralizatsiyaga qarama-qarshi tamoyil (tendensiya) sekulyari- zatsiyadir. Sekulyarizatsiya (lotinchada - dunyoviy degan ma’noni angla­tadi) diniy e’tiqodning jamiyat va kishi hayotining barcha sohalaridagi mutlaq hukmronligiga barham berish, hokimiyatni din ta’siridan xalos qilish, dunyoviy taraqqiyot yo‘liga o‘tish kabilarni anglatadi.

Sekulyarizatsiya jarayoni din va diniy tashkilotlarning jamiyat hayotidagi o‘rnining o‘zgarishi, dinning davlatdan ajralishiga olib keladi.

«Sekulyarizatsiya» atamasi ilk bor 1646 yilda Vesfal sulhini tuzish uchun yuborilgan fransuz vakili Longvil tomonidan o‘zaro muzokaralarda hamda cherkov mulkini davlat va shaxs hisobiga musodara qilish, milliylashtirish jarayonini ifoda etish uchun ishlatilgan.

Ma’lumki, o‘rta asrlarda cherkov va ruhoniylar yirik yer egasi edilar. Ularga jamiyat mulkining juda katta qismi tegishli bo‘lgan. Ijtimoiy taraqqiyot sekulyarizatsiya jarayonini tezlashtirgan. G‘arbda Reformatsiya davrida (taxminan XIV asr o‘rtalari va XVII asrning boshlarini o‘z ichiga oladi) davlatning cherkovdan qaramligi zaiflashgan. Sekulyarizatsiya bu davrda ko‘proq yuridik atama sifatida ijtimoiy mulkni cherkov tasarrufidan davlat va xususiy shaxslar tasarrufiga o‘tish jarayonini ifodalash uchun ishlatilgan.

Sekulyarizatsiya jamiyatning siyosiy sohasiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. XVIII asrlardan boshlab davlat cherkovga qaram bo‘lmay, o‘zining ichki va tashqi siyosatini mustaqil yurgizish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Bu ayniqsa ta’lim-tarbiya sohasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Diniy o‘quv dargohlari bilan birga dunyoviy maktablar, gimnaziya va universitetlar paydo bo‘lgan. Dunyoviy bilimlar va tabiatshunoslik ilmi gurkirab rivojlangan, fan-texnika taraqqiyotiga keng yo‘l ochilgan.

Ayniqsa G‘arb mamlakatlari tomonidan yangi yerlarning ochilishi, bir necha geografik kashfiyotlar jamiyatda sekulyarizatsiya jarayonini yanada mustahkamlagan va XVIII asrning oxirlariga kelib qator Yevropa mamlakatlarida kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga olib kelgan.

Garchi qator tabiiy fanlarga o‘rta asr Sharq mutafakkirlari asos solgan va rivojlantirishga hissa qo‘shgan bo‘lsalar-da, jamiyatning sekulyarizatsiya qilinishi, dinning dunyoviy ishlaridan chetlashtirilishi G‘arb mamlakatlarida ijobiy natija bergan. R. Dekart, I. Nyuton, E. Mayer, CH. Darvin, Gumbold kabi G‘arb olimlari tabiatshunoslik sohasida salmoqli natijalarga erishganlar. Bu esa G‘arbda fan va texnikaning mislsiz tez rivojlanishi uchun asos bo‘lgan.

Sekulyarizatsiya davlatni dindan, maktabni esa cherkovdan ajratgan, ularning bir-biridan mustaqil tarzda rivojlanishiga olib kelgan.

G‘arbdan farqli o‘laroq, Sharqda jamiyat hayotida islom dinining cheksiz hukmronligi va davlat ishlariga aralashuvi o‘rta asrdagi ilmiy taraqqiyotni yangi tarixiy davrlarda davom etishiga to‘sqinlik qilgan.

Fojia shundaki, dunyoviy ilm Sharqda turg‘un holatda qoldi. Bu esa ijtimoiy tuzumni ham o‘rta asrlarga xos monarxistik bo‘lishligiga, avtoritarizm bilan bog‘liq xarizmatik hokimiyat boshqaruviga keng yo‘l ochdi. Hozirgi G‘arb bilan ayrim Sharq mamlakatlari, aniqrog‘i, xristian va islom submadaniyatlari o‘rtasidagi notekis ijtimoiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot sekulyarizatsiya jarayonini Sharqda kechikkanligi natijasida sodir bo‘lgan deb izohlash mumkin.

Sekulyarizatsiya prinsipi mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonuni bilan huquqiy kafolatlangan.

Ta’kidlash joizki, ayrim G‘arb olimlari sekulyarizatsiyani ateizm, ya’ni dahriylik bilan aralashtirib yuborishadi. Aslida esa sekulyarizatsiya va ateizm boshqa-boshqa tushunchalardir.

Ateizm to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ya’ni qat’iy ravishda diniy e’tiqodni inkor etadi, ilmiy materialistik dunyoqarashni yoqlab chiqadi. Ateizm tarafdorlariga G‘arbda L. Feyerbax, K. Marks, F. Engels, E. Fromm, F. Nitsshe, Jan Pol Sartr, A. Kamyu singari olimlar kiradi.

Sekulyarizm esa dinga nisbatan birmuncha yumshoq munosabatda bo‘ladi, fan va dinning hur rivojlanishi, o‘zaro tolerant (hamjihat)lik mavjudligining tarafdori bo‘lib chiqadi. Sekulyarizatsiya, bir so‘z bilan aytganda, jamiyat hayotida ijobiy ahamiyatga ega sanaladi.

Uzil-kesil aytish mumkinki, hozir O‘zbekistonda sekulyarizatsiya prinsipiga rioya qilinmoqda. Bu rasmiy, davlat siyosati darajasida namoyon bo‘lmoqda. Davlat siyosati sekulyarizatsiya prinsipini maf- kuraviy vositalar yordamida shaxs va jamiyat ongiga singdirmoqchi bo‘ladi hamda turli tadbirlarni amalga oshiradi.

Lekin aholining aksariyat qismi sekulyarizm prinsipini qabul qilmaydi. Buning sababi sekulyarizmni ateizm bilan almashtirib yuborishi, sekulyarizmning hayotbaxsh salohiyati, dunyoviy demokratik jamiyat qurish hamda inson huquq va erkinliklari kafolati uchun qanchalik muhim ekanligini barcha ham birday anglay olmasligidadir.

O‘zbekiston tanlagan taraqqiyot yo‘li - dunyoviy demokratik yo‘l. Sekulyarizm bu taraqqiyot uchun muayyan darajada metodologik ahamiyatga ega. Lekin sekulyarizm ommaviy ongga birdaniga o‘rnasha olmaydi. Buning sabablari turlicha. Masalan, islom dini tarixan dunyoviy hayotga nafaqat moslasha oladi, balki diniy va dunyoviy tafakkur birligida ustuvor mavqega ham ega bo‘ldi. Sho‘ro tuzumi ateistik mafkura bilan go‘yoki sekulyarizmni ijtimoiy voqelikda qaror toptirmoqchi bo‘lgan va dinni quvg‘in qilgan. Biroq ateizm mafkurasi islom dinini insonlarning turmush tarzi va tafakkur vositasiga tarixan aylanib qolganligini hisobga olmagan. Shuning uchun ham dahriylik mafkurasi rasman tan olingan bo‘lsa-da, hayotda qaror topa olmagan. Xo‘sh, keyingi ijtimoiy taraqqiyotda, jamiyat hayotida din qanday o‘rin tutadi va qanday ahamiyatga ega hamda sekulyarizmning tarixiy taqdiri nimalarga bog‘liq, degan savollar tug‘iladi.

Dinning hozirgi zamon ijtimoiy hayotda, xalqaro munosabatlarda, madaniy hayotdagi mavqeidan kelib chiqqan holda ta’kidlash joizki, din bundan keyin ham kishilarni o‘zaro hamjihatlikka, tinchlikka, ezgulikka undovchi omil bo‘lib qolaveradi.

XX asr va XXI asr boshlarining ko‘zga ko‘ringan ruhoniylaridan biri, xalqlar uchun kurashga katta hissa qo‘shgan arbob, xalqaro Nobel mukofoti sovrindori, lamaizm dinining yetakchisi Dalay-lama XIV dinning zarurligi haqida quyidagi fikrlarni bayon etgan: «texnika hech qachon insonlarga oliy baxt keltirmaydi. Texnikaviy vositalar faqat jismoniy qoniqish beradi, agar u tufayli ba’zi hollarda ma’naviy qoniqishga erishish imkoni paydo bo‘lsa-da, u davomiylik kasb etmaydi. Boshqa tomondan qaralsa, agar inson faqat ma’naviy sohadan baxt izlasa, u jismoniy yo‘qotishlarda unchalik kuchli iztirob chekmaydi. Jahonning barcha dinlari aql beboshligini tizginlashga birdek da’vat etadi, chunki barcha baxtsizliklarning ildizi shundadir. Har bir din mo‘minlik, itoatkorlik va do-

nishmandlik xos bo‘lgan shunday ruhiy holatga da’vat etadi va unga

21

erishish yo‘lini ko‘rsatadi» .



Din axloqiy tarbiya sohasida muhim ahamiyatga ega vazifani bajaradi. Biroq dinni siyosiy maqsadlar uchun niqob qilib olish, diniy davlat barpo etish vositasida yana o‘rta asr sakralizatsiya tendensiyasini ijtimoiy hayotda tiklashga urinish dunyoviy qadriyatlarga asoslangan konstitutsiyamiz va amaldagi qonunlarimizga ziddir. Eng asosiysi, dunyoviy taraqqiyot yo‘lini tanlagan xalqimiz diniy e’tiqodni chuqur hurmat qilgan holda dunyoviy yaratuvchanglik faoliyatini afzal ko‘rdi. Chunki jahon hamjamiyatining eng ilg‘or mamlakatlari faqat dunyoviy tafakkur orqali fan-texnika va ijtimoiy sohalarda ulkan muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. Yosh mustaqil O‘zbekiston davlati ham shu yo‘lni ma’qul ko‘rdi va dunyoviy taraqqiyot yo‘lidan bormoqda.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Respublikasida demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurish vazifasining muvaffaqiyatli hal etilishi ko‘p jihatdan dinga va dindorlarga nisbatan olib borilayotgan siyosatga ham bevosita bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida vijdon erkinligining mustahkamlanishi, ijtimoiy munosabatlar sekulyarizm prinsipi asosida rivojlanishining qayd etilishi, fuqarolarning diniy huquq va erkinliklarining kafolatlanishi fikrimizning yaqqol isbotidir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1998 yilda qabul qilingan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi» qonun Kons- titutsiyada belgilangan huquq ijodkorligi sohasidagi umumiy vazifalarni aniqlashtirdi, diniy tashkilotlar va dindorlar faoliyati bilan bog‘liq masalalarning ijodiy hal etilishi namunasi vazifasini o‘tadi. Ammo bu sohada muammolar to‘liq hal qilindi, degan fikr masalaga yuzaki munosabatda bo‘lishni va oqibati jamiyat uchun xavfli bo‘lgan hodisalarni vujudga keltirishi mumkin.



Respublikamizda diniy tashkilotlar va fuqarolarning diniy e’tiqodi bilan bog‘liq muammolar faqatgina din sohasidagi mavjud muammolar bilan cheklanmaydi, balki masalaga kompleks yondashuvni talab qiladi. Bu muammolarni bir necha qisimlarga ajratib o‘rganish mumkin
Download 19,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish