Salomatlikni yaxshilash va jismoniy barkamollikni yuksaltirishda harakatli va xalq



Download 16,6 Kb.
Sana26.08.2021
Hajmi16,6 Kb.
#155714
Bog'liq
Amaliy ish 5 MILLIY UYINLAR


Salomatlikni yaxshilash va jismoniy barkamollikni yuksaltirishda harakatli va xalq

milliy o'yinlarining xususiyatlari, fazilatlari va tarbiyaviy mohiyati muhim ahamiyatga

ega.

Shu bois pedagogik ta ’limning muhim bosqichlaridan biri -jism o n iy tarbiya hisoblansa,



uning zamirida xilma-xil mashqlar sport turlari, sayohatlar, tabiatning soglomlashtiruvchi

(quyosh, suv, havo, gigiyenik talablar) omillari qatorida harakatli o'yinlar

mustahkam o‘rin egallaydi.

Harakatli o'yinlar tarixiy jarayon bo'lib, jamiyat rivojlanishining dastlabki bosqichlarida

paydo bo'lgan. 0 ‘yin insonga go‘dakligidan to qariguncha hamrohdir. 0 ‘yinga

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MILLIY HARAKATLI

0 ‘YINLARNING IJTIMOIY-PEDAGOGIK ASOSLARI

bir holdir.

faqat jismoniy tarbiya vositasi sifatida qarash noto'g'ri bo'ladi. Chunki u shaxsning tarbiyasi

va shakllanishiga umumiy ta’sir ko'rsatadi. Shu bois o‘yin doimo pedagoglar,

psixologlar, faylasuflar, san’atshunoslar, tibbiyot xodimlari va boshqalarning diqqatini

o‘ziga tortib kelgan.

Bolaning o'sishi va rivojlanishi bilan o'yinlarning mazmuni o'zgaradi: o ‘yin faoliyati

dastlabki bosqichlarda oddiy xarakterda bo‘lsa, keyinchalik u boyib boradi.

Iqtisodiyotda va mehnat jarayonidagi o'zgarishlar o'yinlarning mazmuniga ta ’sir

ko'rsatadi. Bunda eski o'yinlar qayta ishlab chiqiladi va yangilari paydo bo'ladi.

Harakatli o'yinlarning mazmuni va tarbiyaviy jihatlarini hisobga olgan holda ularni

quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

1. Jamoaviy o'yinlar.

2. Umumiy ishtirokchilar o'yini.

3. Yolg'iz (yakka) tartibdagi o'yinlar.

4. Juft bo'lib o'ynash va h.k.

Bunday harakatni tashkil qilish va o'tkazishda qatnashchilaming yoshi, jinsi va jismoniy

jihatdan tayyorgarligig alohida e ’tibor beriladi. Ayniqsa, chaqqonlik, tezlik, kuchlilik,

epchillik, chidamlilik kabi jismoniy sifatlarni talab etuvchi jihatlarda o'yinchilarni

tanlash, guruhlarga ajratish muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birgalikda, o'yinlarning

o'zaro hamkorlik, o'rtoqlik, do'stlik, jamoa uchun jonbozlik ko'rsatish kabi his-tuyg'ular

va insoniy fazilatlarni tarbiyalashdagi mohiyatiga ham alohida e’tibor qaratish kerak.

Shu tariqa yoshlarning tabiiy harakatlari maxsus jismoniy mashqlar va milliy harakatli

o'yinlar orqali tarbiyalanib, ularning rivojlanishi va takomillashishiga xizmat qiladi.

Deyarli barcha harakatli o'yinlar aqliy, estetik, mehnat va axloqiy tarbiya bilan uzviy

bog'langan bo'ladi. Shu asosda bolalar nutqini o'stirish, til boyligini kengaytirish, ruhiy

emotsional holatlarni (zukkolik, quvnoqlik, shodlik, xursandchilik va h.k) rivojlantirishda

muhim ahamiyatga egadir.

Onglilik, ko'rish, eshitish, his etish kabi tuyg'ularni rivojlantirishga xizmat qiladigan

o'yinlar bugun ko'pchilikni tashkil etadi. Masalan, tunda oy yorug'ida “Oq suyak” o'yinini

yoshlar va katta yoshdagi kishilar aralashib o'ynashgan. Bunda ko'z yumuq holda

uzoqqa otilgan suyakning yerga tushishini eshitish, his etish talab etiladi. Suyakni topib

manzilga yetkazishda tezlik, epchillik va kuch zarur bo'ladi. Chunki suyakni raqiblar

tortib olishi mumkin.

“Ovchilar”, “G'ozlar”, “Kartoshka ekish”, turli estafetali o'yinlarda hatto harakatlar

yugurish, yiqilishlar, to'p tushirib qo'yish va uni ushlab olish kabi holatlar raqiblarning

zavqini oshirsa, jamoa a ’zolarining jahlini qo'zg'aydi. Tomoshabinlarda esa ko'tarinki

kayfiyatni yuzaga keltiradi. “Oq terakmi, ko'k terak” , “G'ozlar” kabi o'yinlardagi qo'shiq,

she’rlaming kuylanishi va aytilishi o'yinchilarda nutqni o'stirish, tomoq yo llarini chiniqtirishda

o'ziga xos tarbiyaviy jihatlar kasb etadi1.

Harakatli o'yinlarning eng muhim va ustuvor tomonlari shundaki, o'yin joylari

ma’lum chegara bilan belgilanadi hamda o'yin qoidalariga to'liq rioya qilishni talab etadi.

O'yin qoidalarini bilib-bilmay buzganlarga jarima yoki shartli jazolar beriladi.

O'yinlarning tartibli, mazmunli va qiziqarli bo'lib o'tishida, o'qituvchi va faol o'quvchilarning

roli g'oyat kattadir. O'yinlarni o'tishini nazorat qilishda hakamlar (faol o'quvchilar

yoki jismonan ojiz bolalar) adolatli ish olib borishlari kerak bo'ladi. Bu holatni

milliy harakatli o'yinlarning pedagogik jarayonlardagi ibratli tadbirlaridan biri deyish

mumkin.


1 Usmonxo'jayev T.S., Xo'jayev F. Harakatli o'yinlar. - Т., 1992.

Ko‘rgazmali, ya’ni didaktik tamoyillar (prinsip) va usullar, harakatli o'yinlarni o'rganish,

ularni o‘tkazishda ko‘p qo'llaniladi. Maydon yoki o‘yin joylarini chizib ko'rsatish,

qoidalarni qo'llar bilan ifodalash, o'yinchilarning texnik harakatlarini chizishda

(rasm-sxema) ifodalashlar muhim ahamiyatga ega. Jadvallar, chizmalar (sxema),

slaydlar, videotasvirlar va boshqa texnik vositalardan foydalanishda harakatli o'yinlarning

ijrosi to'liq aks ettiriladi. Bu holatlarni bo'lajak jismoniy tarbiya o ‘qituvchilari izchil

va mukammal egallashlari lozim bo'ladi.

O'yinlarning ijtimoiy-pedagogik xususiyatlarini mazmuniy jihatdan o'rganish va

tahlil qilish ularni o‘quvchi-yoshlar, talabalar va katta yoshdagi kishilar o‘rtasida tashkil

qilishda ana shu maqsadlarni belgilab beradi. Shu sababdan talabalar kurs, diplom

(bitiruv) ishlarini tayyorlashda milliy harakatli o'yinlarni chuqurroq o'rganish, ularning

tarbiyaviy jihatlariga ko'proq e ’tibor qaratishlari maqsadga muvofiq bo'ladi2.

Harakatli o'yinlarning asosiy mazmunini harakatlarning va o'yinchilar faoliyatining

xilma-xilligi tashkil etadi. O'yinlarga to'g'ri rahbarlik qilinganda ular organizmning yurak-

qon tomir, muskul va nafas olish tizimlariga ijobiy ta ’sir etadi.

Harakatli o'yinlar funksional imkoniyatlarni oshiradi, harakatlarni bajarishda tananing

katta va kichik muskullarini ishga soladi, bo'g'inlar harakatchanligini oshiradi.

Harakatli o'yinlarning sog'lomlashtiruvchi ahamiyati haqida gapirilganda o'yinlarning

qish va yoz fasllarida toza havoda o'tkazilishi juda ahamiyatlidir. Toza havoda

o'tkaziladigan harakatli o'yinlar modda almashinuvini, organizmni yetarli kislorod bilan

ta ’minlanishini yaxshilaydi.

Shuni ta ’kidlash lozimki, o'yin davomida holatlarning tez o'zgarishi, yuqori emotsionailik

boshqaruvni qiyinlashtiradi. Shu sababii jismoniy harakatlarning optimalligini

kuzatib borish lozim. Shug'ullanuvchilar organizmga moslashishi uchun muntazam

mashg'ulotlardagi o'yinlarni sekin-asta oshirib borish kerak. Harakatli o'yinlar bolalar

asab tizimiga ijobiy ta ’sir etishi lozim.

Ma’lumki, aksariyat jismoniy tarbiya o'qituvchilari harakatli o'yinlarni ikkinchi darajali

deb hisoblashadi. Shu tufayli sport o'yinlari, gimnastika, yengil atletika, kurash kabi

darslarda harakatli o'yinlarni nomigagina (yuzaki) tashkil qilishadi.

Harakatli o'yinlar uchun alohida ajratilgan (dasturda) soatlarni ham boshqa turlarga

qo'shib yuboradi. Shuningdek, milliy harakatli o'yinlarning ijtimoiy pedagogik

xususiyatlari haqida yetarlicha ma’lumot berishmaydi, ayrimlar hatto eslamaydilar

ham.


Kuzatishiar, suhbatlar, rasmiy murojaatlarning natijalariga asoslanilsa, umumta’lim

o'rta maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari hamda oliy o'quv yurtlarida

o'zbek xalq milliy o'yinlaridan yetarli darajada foydalanilmaydi. Chunki sof milliy

o'yinlar to'plami hozirgacha ishlab chiqilmagan yoki ular nashrda tayyorlanmagan.

Mavjud bo'lgan “Harakatli o'yinlar” to'plamlarida (adabiyot ro'yxatiga qarang) har xil

millatlarga xos (tobe) bo'lgan o'yinlar ko'proq berilgan va shu bilan birgalikda ular aralash-

quralash holda joylashtirilgan.

Ta’kidlash lozimki, harakatli o'yinlar mazmunida barcha jismoniy sifatlar mujassamlangan

bo‘lsa-da, ularni turkumlarga ajratishda umumiy mulohazalar berilgan. Shu

sababdan keyingi nashrlarda to'plamlardagi milliy harakatli o'yinlarni har bir jismoniy

sifatlarga (tezlik, epchillik, kuchlilik chidamlilik, egiluvchanlik va h.k) alohida ajratish lozim.

Bu, o'z navbatida, o'yinlarni darslarning turlari (gimnastika, yengil atletika, kurash,

sport o'yinlari) va sport mashg'ulotlarining mazmuniga moslashtirib, qo'llashda qulay-

2 Usmonxo'jayev T.S, Meliyev X. Milliy harakatli o'yinlar. - Т., 2000.

lik yaratadi. Shu bilan, birga, o ‘quvchilarning jismoniy tayyorgarligiga qarab o'yinlarni

tashkil qilish imkoniyatlari yaratiladi.

E’tiborli tomonlardan yana biri shuki, tuman, shahar va viloyatlardagi malaka oshirish

hamda qayta tayyorlash kurs-seminarlari, institutlarda milliy harakatli o'yinlarning

ijtimoiy pedagogik xususiyatlarini keng ko'lamda izohlab berish, tinglovchilarni yangi

o'yinlarni yozib, ularni nashrga tayyorlash kabi faoliyatlarga jalb etish lozim.

Milliy harakatli o'yinlarning jamiyat va davlat oldidagi ahamiyatini oshirish uchun

aholining jismoniy tayyorgarliklarini yanada yaxshilash, o'quvchi-yoshlar va talabalarning

jismoniy barkamolligini oshirish va boshqa sohalardagi tadbirlarda mazkur muammolarni

keng targ'ib qilish zarur.

Bunda quyidagi imkoniyatlardan maqsadli foydalanish lozim bo'ladi, ya’ni:

- ta’lim muassasalari, tashkilotlar, mahalla hamda qishloq joylarida “Sport” devoriy

gazetasi va boshqa nomdagi mahalliy matbuotlarda milliy harakatli o'yinlarning

inson tarbiyasidagi afzalliklarini doimo yoritib borish;

- tuman, shahar radiolarida milliy o'yinlarning turlari shakllari va mazmuniga keng

o'rin berish;

- viloyatlar va markaziy gazetalar, jurnallar hamda rasmiy to'plamlar va teleradiolarda

milliy harakatli o'yinlar mazmunini yoritib borish;

- mutasaddi tashkilotlar, tegishli idoralar hamkorligida milliy harakatli o'yinlarning

to'plamlarini ko'proq chiqarish;

- Respublika va xalqaro ilmiy anjumanlar dasturida milliy o'yinlarga alohida o'rin

berish;


- ilmiy izlanishlar bilan shug'ullanuvchilar, magistrlar va talabalarga milliy harakatli

o'yinlar bilan bog'liq dolzarb muammolarni mavzu qilib berish va h.k.

Xulosa shundayki, milliy harakatli o'yinlarning ijtimoiy pedagogik xususiyatlari va

ularni yanada takomillashtirish muammolari ilmiy-nazariyjihatdan chuqurroq o'rganishni

talab etadi. Ularning natijalarini esa, matbuot, nashriyotlar orqali ommalashtirishni

hayotning o'zi talab etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Usmonxo'jayev T.S., Xojayev.F. Harakatli o'yinlar. - Т., 1992.

2. Usmonxo'jayev T.S, Meliyev X. Milliy harakatli o'yinlar. - Т., 2000.

3. X o ja e v F, Raximqulov K.D, Nigmanov B.B. Sport va harakatli o'yinlar va o'qitish

metodikasi. Elektron versiya, 2008.

4. Normurodov A N. O'zbek milliy o'yinlari. - Т., 1999.



5. Usmonxo'jayev T.S., X o ja y e v F. 1001 o'yin. - Т., 1990.
Download 16,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish