Samarqand davlat chet tillar instituti I. Tuxtasinov, N. Isakulova, B. Kulmatov bolalar pedagogikasi


-bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tashkil etish



Download 1,09 Mb.
bet91/127
Sana18.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#391078
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   127
Bog'liq
fayl 1493 20210818 (2)

6-bob. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tashkil etish

24. Maktabgacha ta’lim tashkiloti maktabgacha ta’limga qо‘yiladigan davlat talablariga muvofiq bolalarni tarbiyalashni, о‘qitishni, ularga qarab turishni, ularni parvarishlashni va sog‘lomlashtirishni ta’minlaydi.

25. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’limning mazmun-mohiyati О‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim davlat ta’lim dasturi asosida ishlab chiqilgan ta’lim dasturida belgilab beriladi.

26. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’lim-tarbiya jarayoni mashg‘ulotlarning yillik, kalendar-mavzuli rejalari va jadvali bilan tartibga solinadi.

27. Maktabgacha ta’lim tashkiloti «Ta’lim tо‘g‘risida»gi О‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qо‘yiladigan davlat talablariga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ta’lim berish va tarbiyalash shakllari, vositalari va usullarini tanlaydi.

28. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning asosiy shakli о‘yin hisoblanadi.

29. Har bir yosh guruhidagi mashg‘ulotlar, о‘yinlarning har kungi soni, davom etadigan davri va izchilligi maktabgacha ta’lim tashkilotining о‘quv rejasida belgilab beriladi.

Bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bо‘lish vaqtiga qarab u yerdagi guruhlar quyidagicha bо‘lishi mumkin:

bolalar qisqa muddat (kuniga 3-4 soat) bо‘ladigan guruh;

qisqa kunli guruh (bir kunda 9 soatgacha);

tо‘liq kunli guruh (kuniga 10,5 va 12 soat);

bolalar kechayu kunduz bо‘ladigan guruh.

30. Maktabgacha ta’lim tashkilotining ishlash tartibi va bolalarning unda bо‘lish vaqti uning ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi.

31. Maktabgacha ta’lim tashkiloti va bolaning qonuniy vakillari о‘rtasidagi о‘zaro munosabatlar bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga о‘tkazilganda tuziladigan shartnoma bilan tartibga solinadi.

Shartnomada bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga boradigan rejim, necha marta ovqatlanish va boshqa shartlar kо‘rsatiladi.

32. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi о‘quv yili joriy yilning 2 sentabridan keyingi yilning 31 mayigacha bо‘lgan davrni, yozgi sog‘lomlashtirish davri joriy yilning 1 iyunidan 31 avgustigacha bо‘lgan davrni о‘z ichiga oladi.

33. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarga ta’lim berish va tarbiyalash «Davlat tili tо‘g‘risida»gi О‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat tilida va boshqa tillarda olib boriladi.


Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish