Samarqand davlat chet tillar instituti


XVI-XX asr boshlarigacha O‘rta Osiyoda ijtimoiy-axloqiy, falsafiy qarashlar



Download 68 Kb.
bet6/6
Sana06.07.2021
Hajmi68 Kb.
#110980
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
falsafa 3

3. XVI-XX asr boshlarigacha O‘rta Osiyoda ijtimoiy-axloqiy, falsafiy qarashlar.

Odatda, sharq uyg‘onish davrining ikkinchi bosqichi sifatida qayd qilinadigan Temur va temuriylar davri ham mamlakatimiz va mintaqamiz tarixiy taraqqiyotida juda katta iz qoldirgan, insoniyat takdirida burilish yasagan ijtimoiy-siyosiy hodisalarga boy davr hisoblanadi. Ana shu buyuk siymolar zamoni ham Bahovuddin Naqshband, Xo‘ja Ahror Vali, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Ali Kushchi kabi yuzlab olimu fuzalolarni yetkazib bergan edi. XVI asrdan boshlab O‘rta Osiyoda Xiva xonligi, Buxoro amirligi va keyinchalik – XVIII asrning oxirlaridan boshlab – Qo‘qon xonliklari tashkil topdi. Dunyoning boshqa mintaqalari bilan savdo-iqtisodiy, madaniy aloqalarning sustlashuvi, ortodoksal islomning jamiyatda to‘la hukmpon mafkuraga aylantirilishi, feodal tarqoqlik va ichki nizolarning avj olishi va boshqa sabablar tufayli mintaqa davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy soxalarda tanazzulga yuz tuta boshladi. Bu inqirozning boshqa sabablaridan biri sifatida jahon miqyosida sodir bo‘lgan katta o‘zgarishlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin. Xususan, jahon mintaqalari orasida savdo yo‘llarida tuya karvonlari o‘pniga dengiz(okean) kemalari kelib, ular hal qiluvchi ahmiyat kasb eta boshladi. Oqibatda Buyuk ipak yo‘li ustida joylashgan shaharlar, mamlakatlar endilikda juda katta foyda manbasidan ajrala boshladi. Undan tashqari, O‘rta Osiyo jahon mintaqalarida kechayotgan yangiliklar, kashfiyotlar, ma'naviy-madaniy munosabatlarda tobora qoloqlikka yuz tuta boshladi.Ijtimoiy-iqtisodiy tanazzul siyosiy tanglikni, ma'naviyatda turgunlikni keltirib chiqaradi. Bunday holat esa muqarrar ravishda kishilar o‘ptasidagi axloqiy munosabatlarning buzilishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Ana shunday sharoitda jamiyatning barcha sohalarini nazorat qiladigan, jamiyatdagi inqirozning yanada chuqurlashib ketishining oldini oladigan kuchli hukmron mafkuraga ko‘ppoq ehtiyoj sezila boshladi. Ana shunday hukmpon mavqyeni egallay olishi mumkin bo‘lgan dunyoqarash mavjud islom mafkurasi edi. Buxoro, Xiva madrasalarida XVI asrdan boshlab temuriylar davrida an'anaga aylangan dunyoviy fanlarni o‘qitishga chek qo‘yildi. Endilikda, davlat shariat qonun-qoidalari asosidagina jamiyat oldidagi o‘z vazifasini uddalashga yo‘nalish ola boshladi.Bu hol muqarrar tarzda o‘sha davr ijtimoiy fikrlariga, adabiyot, san'at va ma'naviyatning turli sohalariga ta'sir ko‘rsatmasdan qolmasdi. Qariyb to‘rt yuz yillik turg‘unlik o‘sha davr falsafiy tafakkurida aks etgan edi. Faqatgina XVIII asr oxirlariga kelib xonliklar va amirlik markazlarida badiiy hamda tarixiy vokelikni aks ettiradigan tarixiy-adabiy muhit shakllana boshladi.

Xulosa

Ushbu davr falsafa rivojida keskin o’zgarishlarga boy bo’lgan. Yangi va Eng yangi davr faylasuflari falsafa olamiga yangi falsafiy ta’limotlarini taklif etishgan. Neotomizm va diniy modernism ana shu tamoyillardandir. Neotomizm Foma Akvinskiy ta'limotiga asoslanadigan zamonaviy katolik falsafasining asosiy oqimlaridan biri bo‘lib hisoblinadi. 1879 yilda u Vatikanning rasmiy doktrinasi maqomiga ega bo‘lgan. II Vatikan sobori (1862-1865) katolik “yangilanishi” ga sanksiya berganidan keyin, neotomizm antropotsentrik mazmun kasb etdi. Neotomizmning bosh prinsipi kashf etilish teologiyasi, ratsional ilohiyatchilik va metafizikaning ajralmas bog‘liqligidan iborat. Neotomizmda asosiy e'tibor Xudo va olamning o‘zaro munosabatiga qaratiladi.Diniy modernizmda ijtimoiy taraqqiyot sohasida “kapitalistik individualizm” va “marksistik kollektivizm” oralig‘idagi “uchinchi yo‘l” bo‘ylab harakat qilish zarurligi ta'kidlab o‘tiladi. Cherkov va jamiyat muloqotiga oliy diniy-axloqiy qadriyatlarni hozirgi zamon madaniyatiga olib kirish vositasi deb qaraladi, dunyoviy tarix va unda immanent g‘oyalarning mavjudligi fundamental qadriyatlar sifatida tan olinadi. Bu oqimning taniqli vakillari Eten Jilson (1884-1978) , Jak Mariten (1882-1973) lardir. Teyyar de Sharden (1881-1995) xristian evolyusionizmi asoschisi bo‘lib, bu ta'limot diniy modernizmning bir ko‘rinishi hisoblanadi. Unda ilmiy va diniy dunyoqarashni sintez qilishga urinish bor. Insoniyat taraqqiyotida har bir davr an'anaviy falsafiy muammolarni ilgari surgan va ularni o‘z davri dunyoqarashi ta'sirida hal qilishga harakat qilgan. Falsafa tarixini yangi shoxchalari paydo bo‘ladigan daraxtga qiyoslash mumkin, har bir shox o‘z shakliga va yaproqlarining rangiga ega bo‘lib, ular boshqalarini takrorlamaydi. Biroq daraxt shoxlari kabi falsafiy yo‘nalishlar qancha ko‘p bo‘lmasin, ularni umumiy ildiz- inson va olamning o‘zaro aloqadorligi, inson va jamiyat hayotining uzviyligi birlashtiradi. Ushbu umumiy ildiz inson madaniyatining dunyoqarashli asosi sifatida falsafaning ahamiyatini chuqurroq tushunishga imkon beradi.XX asr turli davrlardagi falsafiy yo‘nalishlarni o‘zida birlashtirdi va o‘tmish tajribasiga tayangan holda, olam va odam masalasiga juda murakkab ijtimoiy siyosiy vaziyatda ziddiyatli, yangi falsafiy qarashlar shakllandi.Hozirgi zamon falsafasining o‘ziga xos xususiyati uning dunyoqarashli va metodologik jihatdan turli tumanligidir.
Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish