Samarqand davlat veterenariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti mavzu: Qishloq xo‘jaligida innovatsiyalar va ulardan foydalanish samaradorligi Bajardi: Karimov Umed Tekshirdi


Qishloq xo’jaligiga innovatsiyalarni joriy etish bo’yicha ilg’or xorijiy davlatlar tajribalari



Download 288,5 Kb.
bet3/5
Sana06.07.2022
Hajmi288,5 Kb.
#746114
1   2   3   4   5
Bog'liq
Qishloq 1

Qishloq xo’jaligiga innovatsiyalarni joriy etish bo’yicha ilg’or xorijiy davlatlar tajribalari.


Qishloq xo’jaligini innovatsion rivojlantirish bo’yicha yuqori natijalarga erishgan davlatlardan biri Niderlandiyadir. Ushbu mamlakat qishloq xo’jalik mahsulotlari eksporti bo’yicha dunyoda ikkinchi o’rinni egallaydi va 2018-yilda 102 milliard AQSh dollari hajmida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini eksport qilgan. Birinchi o’rinni AQSh egallagan bo’lib, uning ekin maydoni Niderlandiyadagi ekin maydonidan 205 marotaba kattadir.


Niderlandiyada issiqxonalar faoliyati ham juda yaxshi yo’la qo’yilgan bo’lib, iqlimi nisbatan salqin hudud bo’lishiga qaramasdan pomidor kabi issiqsevar mahsulot eksporti bo’yicha dunyoda peshqadam hisoblanadi. Bundan tashqari, piyoz va kartoshka eksporti bo’yicha ham mamlakat dunyoda birinchi o’rinni egallaydi. Qishloq xo’jalik ekinlari urug’lari savdosi bo’yicha dunyoda tuziladigan shartnomalarning uchdan biri Niderlandiyada hissasiga to’g’ri keladi.
Innovatsion texnologiyalarni qo’llash natijasida Niderlaniyalik fermerlar suv sarfini 90 foizga kamaytirishdi, issiqxonalarda kimyoviy o’g’itlarni ishlatishdan esa to’liq voz kechildi, parrandachilikda antibiotiklarni ishlatish 60 foizga kamaydi.
Niderlandiya aholisining soni 17,1 million kishi bo’lib, aholisining 8,7 foizi qishloq joylarda istiqomat qiladi va iqtisodiyot tarmoqlarida band bo’lganlarning atigi 2,3 foizi qishloq xo’jaligi tarmog’i hissasiga to’g’ri keladi. 2017-yil holatiga qishloq xo’jaligida mehnat qilayotgan bitta xodim hisobiga 83534 AQSh dollari miqdorida mahsulot yaratilgan bo’lib, bu ko’rsatkich AQShda 79108, O’zbekistonda esa 2147 AQSh dollarini tashkil etgan. Ushbu ko’rsatkich mamlakatimizda 2018-yilda 3960 AQSh dollarni tashkil etgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo’ljallangan strategiyasida 2021-yilda 4300 AQSh dollariga, 2025-yilda 5200 AQSh dollariga va 2030-yilga borib 6500 AQSh dollariga yetkazish nazarda tutilgan.
E‘tiborli jihatlaridan biri – Niderlandiyada qishloq xo’jaligi tarmog’ida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar (fermerlar, ishlab chiqarish vositalari bilan ta‘minlovchilar, qayta ishlovchi korxonalar va savdo kompaniyalari), ilmiy-tadqiqot muassasalari (oliy ta‘lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari) hamda mamlakat hukumati o’rtasida mustahkam hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan bo’lib, gollandlar buni
“oltin uchburchak” deb atashadi. Fan ushbu “oltin uchburchak”ning muhim elementi hisoblanadi. Amaliy ilmiy-tadqiqot dasturlari hukumat tomonidan moliyalashtiriladi. Yangi navlarini yaratish, mahsulot sifatini yaxshilash, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish, savdo belgilarini yaratish va ularni tanitish, shu bilan bir qatorda tarmoqda suv va elektr sarfini qisqartirish bo’yicha ilmiy izlanishlar uchun xususiy sektor tomonidan ham qo’shimcha mablag’lar yo’naltiriladi. Tadqiqot natijalari fermerlar va firmalarga taqdim etiladi hamda ushbu innovatsiyalar ular tomonidan ishlab chiqarish jarayoniga joriy etiladi. Ushbu tadqiqot natijalaridan barcha foydalanishi uchun sharoit yaratilgan bo’lib, undan barcha xohlovchilar bahramand bo’lishlari mumkin. Bu holat ham fan yutuqlari, innovatsiyalarni qishloq xo’jaligiga joriy etishni tezlashtirishga xizmat qiladi.
Yana bir e‘tiborli jihati – Amsterdamdan janubi-sharqda 50 km masofada qishloq xo’jaligiga oid ilmiy izlanishlar markazi tashkil etilgan va u Oziq-ovqat vodiysi (Food Valley) nomi bilan ham mashhurdir. AQShdagi Stanford Universiteti “Kremniy vodiysi”ning intellektual o’zagi bo’lgani singari, Wageningen University & Research (WUR) ham mazkur “Oziq-ovqat vodiysining” asosiy ilmiy-tadqiqot markazi hisoblanadi. 2004-yilda tashkil etilganidan buyon Oziq-ovqat vodiysida oziq-ovqat sanoatining muammolarini samarali hal qilishga yordam beradigan kompaniyalar va ilmiy-tadqiqot institutlarining keng tarmoqlarini yaratildi. Bu yerda oziq-ovqat sanoatiga oid ko’plab innovatsion ishlanmalar yaratilgan va amaliyotga joriy qilingan. Jumladan, avtonom traktorlar, skaner dronlari, LED issiqxona lampalari va boshqalar.
“Oziq-ovqat vodiysi” nafaqat ekinlarni yetishtirish usullarini takomillashtirish uchun yangi texnologiyalarni o’rganish va rivojlantirish bo’yicha ilmiy-tadqiqotlar olib boriladigan markaz bo’libgina qolmay, balki ko’plab startaplarni jalb qilish orqali tadbirkorlik muhitini rivojlantirishga ham katta hissa qo’shib kelmoqda.
Qishloq xo’jaligini intensiv rivojlantirish bo’yicha yuqori natijalarga erishgan davlatlardan yana biri – Isroildir. Ilmiy tadqiqotlar va rivojlanish (R&D) uchun ajratilgan mablag’ning YaIMdagi ulushi bo’yicha Isroil dunyoda yetakchi mamlakatlardan biri hisoblanadi. The Global Economy nashrining ma‘lumotlarga ko’ra, 2018-yilda ushbu ko’rsatkich Isroilda – 4,54 foizni tashkil etgan. Mazkur ko’rsatkich Janubiy Koreyada – 4,55, Shvetsiyada – 3,33, O’zbekistonda – 0,16 foizni tashkil etgan.
Ilmiy tadqiqotlarga qaratilayotgan e‘tibor tufayli Isroilda qishloq xo’jaligiga oid ko’plab innovatsiyalar yaratilgan. Shulardan biri – tomchilatib sug’orish texnologiyasidir. Bizga ma‘lumki, har qanday taraqqiyot zaruriyat natijasidir. Isroil davlatining 95 foiz qismi quruq va qurg’oqchil iqlimga ega. Mamlakatning 60 foiz hududi Negav cho’lidan iborat. Shuning uchun ham Isroilda suvdan tejamkorlik bilan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu texnologiyani O’zbekiston sharoitida qo’llash hozirgi kunda dolzarb masalalardan biridir. Chunki, mamlakatimiz iqlim sharoitida dehqonchilik asosan sug’oriladigan yerlarda amalga oshadi. Sug’oriladigan yerlarning qishloq xo’jaligi jami yerlaridagi ulushi 2019- yil 1-yanvar holatiga atigi 23,9 foizni tashkil etadi va so’nggi vaqtlarda suv tanqisligi yil sayin keskinlashib bormoqda.
Mamlakatimiz suv resurslarining qariyb 80 foizi transchegaraviy suv havzalari hisobiga shakllanadi. Jahon resurslari institutining prognoziga ko’ra, 2040-yilga borib O’zbekiston suv tanqisligi eng yuqori bo’lgan 33 ta mamlaktning biriga aylanadi. Ikkinchi tomondan esa aholi soning ko’payishi qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirishni talab etadi. Ushbu muammolarning yechimilaridan biri – tejamkor sug’orish usullarini qo’llash orqali mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish, shu orqali sug’oriladigan ekin maydonlarini ko’paytirishdir.
Mutaxassislarning ma‘lumotiga ko’ra, tomchilatib sug’orish texnologiyasi qo’llanilganda o’rtacha suv sarfi 40-50 foizga, yonilg’i sarfi esa 60 foizga tejaladi, mineral o’g’itlar samaradorligi 30 foizga ortib, hosildorlik 5-10 sentnergacha ko’payadi. Ko’chma egiluvchan quvurlardan foydalanish suvni 10-15 foizga tejash imkonini beradi. Lekin hozirgi vaqtda mamlakatimizda tomchilatib sug’orish tizimi juda kam maydonlarda joriy etilgan. Sug’oriladigan yerlarning faqatgina 1,7 foizida tomchilatib sug’orish joriy etilgan.
O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo’ljallangan strategiyasiga muvofiq, mahalliy suv tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqaruvchilar va xaridorlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish belgilangan.
2018-yil oxiriga qadar mamlakatimizda tomchilatib sug’orish tizimini ishlab chiqaruvchi va quruvchi atigi 10 ta korxona ro’yxatga olingan edi. Bugungi kunda 37 ta mahalliy, xorijiy hamda suv xo’jaligi pudrat korxonalari tomchilatib sug’orish tizimini qurish va servis xizmatlarini ko’rsatish bilan shug’ullanmoqda.
Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida iqtisodiy jarayonlarga internetning tadbiq etilishi tobora kengayib, hayotiy zaruriyatga aylanib bormoqda. Dunyoning eng boy odamlaridan biri bo’lgan Bill Geyts biznesda internetning o’rni haqida o’z fikrlarini bildirib, ―XXI asrda sizning biznesingiz internetda yo’qmi, demak siz biznesda yo’qsiz‖, degan edi. Qishloq xo’jaligi tarmog’ida ham internet imkoniyatlaridan keng foydalanish yuqori samara beradi. Internet orqali savdo eng rivojlangan davlatlardan biri – Xitoydir. So’nggi yillarda Xitoydagi ijtimoiy tarmoqlarda qishloq xo’jaligi bilan bog’liq kontent katta sur‘atlarda mashhurlikka erishmoqda. Douyin (TikTok‘ning mahalliy muqobili) platformasining bloger fermerlari bir yil ichida 15 baravar ko’p pul topa boshladi, deb xabar beradi Esquire. Fermerlar va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetkazib beruvchilar alohida provinsiyalarda o’z mahsulotlarini shahardagi iste‘molchilarga to’g’ridan-to’g’ri translyatsiya va kichik videoroliklar yordamida sotmoqda. Jumladan, Szin Gouey ismli fermer Liszyan ko’chalarida meva sotish bilan shug’ullanib kelgan va bu faoliyatidan deyarli daromad ololmagan. Bugungi kunda u Gouey Brother Pomegranate nomli kanal yuritadi – uning 7,3 million obunachisi bo’lib, 2020-yil davomida u 46 million dollarga yaqin pul ishlab topgan. ―Qishloqdagi eng qiyin ishlar ham qiziqarli visual kontent manbai bo’la oladi. Bu shahar aholisiga yetishmayotgan narsa va ular buni tomosha qilishni istaydi‖, - deydi Szin Gouey.
Go Chenchen ismli fermerning esa 2,5 million obunachisi bor. U o’z roliklarida o’zi yetishtirayotgan qishloq xo’jaligi mahsulotlari to’g’risida ma‘lumotlar berib boradi. Avvallari Chenchen WeChat‘dagi Tencent Holdings Ltd. dasturi orqali savdo qilgan va kuniga yuzga yaqin buyurtmalarni qabul qilgan. Hozirda esa bitta to’g’ridan-to’g’ri translyatsiyaning o’zida 50 minggacha buyurtma olib, oyiga 1,38 million dollardan ortiq pul ishlaydi.
Bu kabi ilg’or tajribalardan unumli foydalanish maqsadga muvofiq, buning uchun esa eng avvalo zarur infratuzilma (sifatli uyali aloqa, yuqori tezlikdagi internet xizmati, onlayn to’lov tizimi va hokazo) yo’lga qo’yilishi talab etiladi.

Download 288,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish