Foyda solig‘ining joriy qilinishi, iqtisodiy mohiyati va ahamiyati. - O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti daromadlari 1991 yilga qadar asosan davlat korxonalari foydasidan ajratiladigan ajratmalar hisobidan shakllanar edi. Ushbu foydadan ajratma davlat tomonidan belgilangan majburiy to‘lov bo‘lib, u korxonalar balans foydasining 90 foizgacha bo‘lgan qismini byudjetga olib ketar edi. Qolgan mablag‘lar esa korxona tomonidan emas, balki yuqori tashkilot topshirig‘iga ko‘ra tegishli fondlarga taqsimlanar edi. Bozor munosabatlari rivojlanishi bilan iqtisodiyotni soliqlar yordamida tartibga solish xususan, foydadan ajratmalar o‘rniga daromad solig‘ini joriy etish zarurati paydo bo‘ldi va 1992 yildan boshlab barcha turdagi xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar “Daromad” solig‘ini to‘lashga o‘tdilar.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |