Ma`ruzaning rejasi : - Tibbiy kimyoga kirish vazifalar.
- Kimyo va atrof muhitni bir biriga bog’liqligi.
- Biogen elementlar tasnifi tabiatda tarqalishi.
- Inson organizmida biogen elementlarning ahamiyati
Kirish - Tibbiy kimyo fani ikki boʻlimdan iborat:
- Bioanorganik kimyo.
- Bioorganik kimyo.
- Bioanorganik kimyo fani kimyoning asosiy tushunchalari va asosiy qonunlari, atom va molekula tuzililishi, D.I.Mendeleyevning davriy jadvali, biogen va noorganogen elementlar, yadro kimyosi, eritmalarning konsentratsiyasini ifodalash usullari, eritmalarning kolligativ xossalari, dispers sistemalar, eletrokimyo asoslari, kimyoviy termodinamika va kinetikani oʻrganadi.
- Bioorganik kimyo fani tirik organizm tarkibiga kiruvchi mod- dalarning kimyoviy tarkibi va xususiyatlarini, organik birikmalarning tuzilishi va kimyoviy xossalarini, asosiy biopolimerlar oqsillar, uglevodlar, nuklein kislotalar, lipidlar, fermentlar, vitaminlarning tuzilishi, xossalarini oʻrganadi. Xulosa qilib aytganda Tibbiy kimyo fani tibbiyot uchun fundament fan hisoblanib ,kimyoni organizm va tibbiyotdagi ahamiyatini o’rganish, vazifasini o’rganuvchi fan.
Do'stlaringiz bilan baham: |