Sana Mavzu: Chumchuq bola. O‘ktam Usmonov Darsning maqsadi: ta’limiy



Download 32,74 Kb.
bet5/5
Sana31.12.2021
Hajmi32,74 Kb.
#216631
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ertaklar dars ishlanma 2-sinf

Kutilayotgan natija

Dars yakunida o'quvchilarning to'g'ri, ifodali va tez o'qish malakalari jgkomillashadi, insonlararo muomala odobini o'rganadilar.



Darsning borishi.

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

O'tgan dars yuzasidan suhbat o'tkaziladi. O'quvchilarning o'qish malakalari tekshirilib ko'riladi. Boshqotirma, testlar vositasida o'quvchilar bilimi tekshiriladi.

Yangi mavzuni o'tishga tayyorgarlik. Oldingi darslardagi kabi mavzu yuzasidan suhbat o'tkaziladi. Rostgo'ylikning ahamiyati tu­shuntiriladi.

Mavzuni o'qish. O'qituvchi hikoyani ifodali o'qib beradi. Hikoya yuzasidan dastlabki suhbat.

Podshoh nega xomush yurar ekan?

Podshoh nima uchun bolalarga gul uru g'i tarqatibdi?

Bola nega gulni o'stira olmadi?

Nega podshoh farzandlikka bolani tanlabdi?

O'qituvchi rostgo'ylik haqida maqol, hikmatli so'zlardan ay- tib, rostgo'ylikning mohiyatini tushuntiradi. Oldingi darslarda o'tilganlarni eslatadi.

Lug'at ishi:



Podshoh - yurtni boshqaruvchi kishi. vazir - podshohning yordamchilari. tadbir - o'ylab qilingan ish. xomush - xafa, ko'ngli buzildi.

Bu so'zlarning ma'nosi tushuntiriladi.

O'quvchilarga o'qitish. Avval jo'r bo'lib o'qitiladi. Keyin hikoya 4 qismga bolinib, 4 nafar o'quvchiga o'qitiladi. 2-qayta o'qitilayotganda har bir o'quvchi o'zi o'qigan qism mazmunini so'zlab beradi. 3-marta o'qitilayotganda hikoyani necha qismga bo'lish mumkinligi o'quvchilardan so'raladi va har bir qismga sarlavha toptiriladi.

Darsni mustahkamlash qismida quyidagi boshqotirmadan foydalanish mumkin. Katakchada nechta farzand, nechta dilband so'zi yashirilgan? muammoli vaziyat yaratiladi. Muammo birgalikda yechiladi. Javob: 3 ta farzand, 2 ta dilband so'zi yashirilgan. So'zlarni topgach "farzand" so'zi ustida hikoyaga bog'lab suhbat o'tkaziladi.



F

A

R

Z

A

N

D

A

A

R

Z

A

N

I

R

R

R

Z

A

N

L

Z

Z

Z

Z

A

N

B

A

A

A

A

A

N

A

N

N

N

N

N

N

N

D

I

L

B

A

N

D

TEST.

1. Podshoh shahar aholisining bolalariga nima tarqattirdi?

Gul urug'i.

Yong'oq.


2. Podshoh kimni farzand qilib oldi?

Gul o'stirgan bolani.

Rostgo'y bolani.

7. O'quvchilar reytingi aniqlanib, dars xulosalanadi.



O`IBDO`:____________________________
Sana________

Mavzu: Tuya, fil va olmaxon (Ertak)

Darsning maqsadi:

ta’limiy:DTS talablari asosida dars o`tish .O'quvchilarning til haqidagi bilimlarini kengaytirish, ifodali o'qish ko'nikmalarini rivojlantirish.

Tarbiyaviy: O'quvchilarga so'zlashish odobini o'rgatish. odob — inson ko`rki ekanligi haqida rivoyat va o'gitlarni o`qibberish, milliy sharqona odob-axloq qoidalari, fazilatlarini, o'zbekona urf-odat va an'analarining milliy xususiyatlarni farqlash va amalga oshirish usullarini o'rgatish;

Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning lug'at boyligini oshirish.odob va axloq, insonga xos fazilatlar haqida avlod-ajdodlarimiz yaratgan merosning mazmuni, mohiyatini va unga amal qilishga o'rgatish;

O`quv jarayoniga oid kompententsiya:TK2 o‘quv fanlarini o‘rganish va bir-biridan farqlash;TK4 orasta kiyinish, yurish turishda kattalardan o‘rnak olish;FK1 matnlarning mazmunini qisqartirib va darslikdagi rasm va illyustratsiyalarga qarab fikrini og‘zaki bayon qila oladi;

Darsning turi:yangi bilim beruvchi dars.

Darsning metodi:ifodali o`qish, suhbat, tushuntirish, izlanish.

Darsning jihozi:Har bir guruhga A4 formatli qog'oz, qirqilgan hikmatli so'zlar to'plami, yelim.

Darsning borishi:

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa


I.Tashkiliy qism. Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish.

II. O`tgan mavzuni Yangi mavzuni mustahkamlash.O'qituvchi darsni tashkillashtirib oladi. O'tgan darsda uyga berilgan topshiriqning bajarilishi tekshiriladi. O'qituvchi topshiriqlarni to'g'ri bajargan o'quvchilarni rag'batlantiradi va o'tilgan mavzuga oid savollar beradi

III. Yangi mavzuning bayoni: O'qituvchi yangi dars mavzusini e'lon qiladi. Mavzuni o'qib, o'quvchilarga tushuntirib beradi. Mavzuga oid savollar beradi. O'quvchilar matnni o'qiydilar.

TUYA, FIL VA OLMAXON

(Ertak)

Bir kuni tuya va fil yer haydamoqchi bo‘lib, olmaxondan dastyor topib berishni so‘rashibdi.Olmaxon ularga dastyor topib berishni va’da qilibdi. Ertasiga fil dalaga yo‘l olibdi va yer haydab, urug‘ sepibdi. Oradan birmuncha vaqt o‘tgach, tuya dalaga boribdi-da, ekinlarni o‘toq qilibdi. Keyin fil kelib ikkinchi o‘toqni qilibdi. Oxir ekinlar pishib qolibdi. Tuya o‘rib, fil ularni bog‘labdi. Lekin shu o‘tgan vaqt ichida fil bilan tuya bir-birlari bilan sira to‘qnash kelmabdilar. Bir kuni tuya olmaxonni uchratib, undan:

– Men yer haydadim-u, lekin dastyorni ko‘rganim yo‘q. Qani u? – deb so‘rabdi.

– Hozir keladi, lekin u g‘allani saqlash uchun o‘ra qazib qo‘yishingizni buyurdi, – deb javob beribdi olmaxon. Tuya katta o‘ra qazibdi.

Fil g‘allani olib kelgach, olmaxonni ko‘ribdi- da:

– Men yerni haydadim, lekin dastyorni ko‘rganim yo‘q, qayerda uning o‘zi? – deb baqiribdi.

– Mana u, o‘rada, lekin g‘allani olib kelish uchun uzoq qolib ketganingga achchiqlanib o‘tiribdi, – deya pichirlabdi olmaxon. Tuya allaqanday bahaybat hayvonni ko‘rib, yuragi chiqib ketayozibdi. O‘ra atrofidan shuvullab tuproqlar tusha boshlabdi.

– Filni ham vahima bosibdi, “O‘radagi qo‘rqinchli, bahaybat maxluq bo‘lsa kerak”, – deb, g‘allani tashlabdi-yu, orqa oldiga qaramay o‘rmonga qochibdi. Tuya ham o‘radan chiqibdi-yu juftakni rostlab qolibdi. Shunday qilib, tuya bilan fil qochib ketishibdi. Oqibatda o‘zlari yetishtirgan hosildan quruq qolishibdi.



IV. Yangi mavzuni Yangi mavzuni mustahkamlash.Yangi mavzu o’quvchilar bilan savol-javob orqali mustahkamlanadi

1. Olmaxon to‘g‘ri ish qildimi?

2. Sizningcha, tuya bilan fil ishni qanday boshlashi kerak edi?

V.O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi va sinfganamuna qilib ko’rsatiladi.



VI. Uyga vazifa : matnni ifodali o`qish va qayta hikoyalashga tayyorlanib kelish.

O`IBDO`:____________________________

Sana:____________________

ERTAKLAR - YAXSHILIKKA YETAKLAR

Mavzu: «Tansihatlik - tuman boylik». (0‘zbek xalq ertagi)

Darsning maqsadi:

Ta'limiy: o‘quvchilarni ertak mazmuni bilan tanishtirish, to‘g‘ri va ravon o‘qishga o‘rgatish.

Tarbiyaviy: o‘quvchilarda mehnatsevarlik, tirishqoqlik, irodalilik kabi fazilatlarni tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: o‘quvchilaming matnni ifodali o‘qish, og‘zaki hikoya qilish malakalarini rivojlantirish.

O`quv jarayoniga oid kompetensiya: . F.k.1. o‘qilgan matnlarning mazmunini tushuna oladi va mavzuga mos maqol va hikmatli so‘zlarni topa oladi;T.k.3. mehnatsevarlik, to‘g‘rilik, hurmat qilish kabi sifatlarga ega bo‘lish;

Dars turi: O’tgan mavzuni mustahkamlash.Yangi bilim berish.

Metodi: Savol-javob, guruhlarda ishlash,aqliy hujum.

Dars turi: yangi tushuncha va bilimlami shakllantiruvchi.

Dars metodlari: suhbat, tushuntirish, savol-javob. «Zanjir» usuli, «Bu nima?», «So‘zdan so‘z top» o‘yinlari.

Dars jihozi: darslik, sport anjomlari, tana a’zolari rasmlari, multi-mediali ilovalar.

Darsning borishi:

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa


I. Tashkiliy qism.

Salomlashish.

Davomatni aniqlash.

O'quvchilami darsga hozirlash.



II. O`tgan mavzuni mustahkamlash

O‘quvchilar savollarga javob beradilar.

- Tabiatdagi qanday qushlami bilasiz?

- Qanday hayvonlar bor?

- Uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlardan qaysilarini bilasiz?

- Qaysi qushlar qishda uchib ketmaydi? ipj «Bu nima?» o‘yini.

O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida «Bu nima?» o‘yini o‘tkaziladi. Bu o‘yinda bir o'quvchi xattaxta yoniga chiqadi. Unga sezdirmasdan o‘quvchilarga biror uy hayvoni yoki parranda ras-mi ko‘rsatiladi. 0‘quvchi boshqalarga savol beradi: «Bu uy hayvoni-mi?», «Bu insonlaming uzog‘ini yaqin qiladimi?», «Kishnaydimi?»... O'quvchilar esa faqat «Ha» yoki «Yo‘q» deb javob berishadi. Javobni tezroq topgan o‘quvchi g‘olib bo‘ladi.

III. Yangi mavzu bayoni

Yangi mavzu e’lon qilinadi va xattaxtaga yoziladi: «Tansihatlik -tuman boylik».

Ertak mazmuni suratlar yordamida tushuntiriladi.

O‘qituvchi ertakni darslikdan ifodali o‘qib beradi. O’quvchilar kuzatib, tinglaydilar.

Matnda uchragan notanish so‘zlar yuzasidan lug‘at ishi o‘tkaziladi.

TANSIHATLIK – TUMAN BOYLIK
(O‘zbek xalq ertagi)

O‘tgan zamonda bir qashshoq yigit donishmand cholning oldiga kelib:


– Ota, yeyishga nonim, kiyishga kiyimim yo‘q, juda qiynaldim, nima qilishni bilmay
qoldim. Endi qayerga borib dod desam ekan,– debdi. Chol:
– Sen kambag‘almisan? – desa, u:
– Ha, bola-chaqalarim va o‘zim ochman, kiyim-kechagimiz yo‘q, – deb zorlanibdi.
Chol:
– Xo‘p, bo‘lmasa, menga o‘ng qo‘lingni sot, necha pul beray, – desa, haligi yigit:
– Yo‘q, o‘ng qo‘lim o‘zimga kerak, sotmayman, – debdi. Shunda chol:
– Bo‘lmasa o‘ng ko‘zingni sot, – debdi.
– Nega men o‘ng ko‘zimni sotar ekanman, u menga doimo kerak, –debdi yigit.
Chol shu tarzda yigitning tana a’zolarini birma-bir sotgin, deb aytib chiqibdi. Yigit
“Yo‘q” javobini qaytaravergach, chol unga:
– Ha, butun tanang sog‘ bo‘lsa, turmushdan zorlanib nima qilasan? Kishining tan-joni sog‘ligi – tuman boyligi-ku. “Sog‘ tanda sog‘lom aql”, deb bekorga aytilmagan. Sog‘ bo‘lsang hamma ish qo‘lingdan keladi, kuning o‘tadi, – deb javob beribdi

Lug'at ishi:

qashshoq - o‘ta kambag‘al, faqir

zorlanib - shikoyat qilib, xafa bo‘lib

tuman - nihoyatda ko‘p, sanog'iga yetib boimaydigan

Suhbat uchun savollar:

1. Ertakdan qanday xulosa chiqardingiz?

2. Inson yaxshi yashashi uchun nima qilishi kerak deb o‘ylaysiz? Harakatli dam olish daqiqasi o‘tkaziladi. O‘quvchilar birgalikda bajaradilar.

Derazani ochaman toza havo kirsin deb,

Badantarbiya qilaman tanim kuchga to‘lsin deb.



IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Darslik bilan ishlash:

«Tansihatlik - tuman boylik» ertagini o‘quvchilar navbat bilan «Zanjir» usulida o‘qiydilar.

Ertak mazmunini sahna ko‘rinishi yordamida ko‘rsatib beradilar. Test topshiriqlari:

1. Donishmand cholning oldiga kim kelibdi?

A) dono qiz; B) boy yigit;

D) qashshoq yigit; E) badavlat ayol.

2. Qashshoq yigit nima deb zorlanibdi?

A) men boyman; B) men ochman, kiyim-kechagim yo‘q;

D) ro‘zg‘orim to‘kin-sochin; E) mening hamma narsam bor.

3. Donishmand chol yigitdan nimasini so ‘rabdi?

A) kiyim-kechagini; B) idish-tovog‘ini;

D) uyini; E) tana a’zolarini.

4. Yigit nima deb javob beribdi?

A) yo‘q; B) ha; D) mayli; E) o‘ylab ko'raman.

5. Maqolni davom ettiring. «Sog‘ tanda - sog'Iom ...» .

A) fikr; B) hayot; D) boylik; E) aql.

Darslikdagi maqolning mazmuni tushuntiriladi. 0‘quvchilar mehnat haqida maqollar aytadilar. O‘qituvchi ulaming javobini to‘ldiradi.

Darslikda berilgan «Ertak nima?» matni rasmlar yordamida tushuntiriladi.

«So‘zdan so‘z top» o‘yini. 0‘quvchilar «tansihatlik» so‘zidan so‘zlar topadilar: tana, sihat, tani, sina, ...



V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma, ma-lakalarini mustahkamlash maqsadida quyidagicha savollar bilan mu-rojaat etiladi:

1. Insonning tan-joni sog‘ bo‘lsa nima qilishi kerak?

2. Biror-bir hunami egallash inson uchun zarurmi?

O‘quvchilar darsda ishtirokiga ko‘ra baholanadi.

VI. Uyga vazifa

«Tansihatlik - tuman boylik» ertagini ifodali o‘qib, darslikdagi reja asosida og‘zaki hikoya qilish. Mehnat haqida maqollar yod olish.



O`IBDO`:____________________________

Sana_______

Mavzu: Kenja o’gil. (O'zbek xalq ertagi)

Darsning nomi: Haqiqiy sovg'a.

Maqsad:

A) Ta’limiy: O'quvchilarni o'zbek xalq og'zaki ijodi bilan tanishtirish, og'zaki va yozma nutqini o'stirish.

B) Tarbiyaviy: Ota-onani hurmat qilish va qadrlashga o'rgatish.

C) Rivojlantiruvchi: O'quvchilaming tafakkuri va dunyoqarashini rivojlantirish.

O`quv jarayoniga oid kompetensiya: . F.k.1. o‘qilgan matnlarning mazmunini tushuna oladi va mavzuga mos maqol va hikmatli so‘zlarni topa oladi;T.k.3. mehnatsevarlik, to‘g‘rilik, hurmat qilish kabi sifatlarga ega bo‘lish;

Dars turi: O’tgan mavzuni mustahkamlash.Yangi bilim berish.

Metodi: Savol-javob, guruhlarda ishlash,aqliy hujum.

Jihozlar: Ertakka doir suratlar.

Dars jarayoni:

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa


I.Tashkiliy qism:

Salomlashish;

Darsning maqsadini aytish;

Darsga hozirlik ko’rish.



II.O`tgan mavzuni mustahkamlash O'tgan darsda o'tilgan ertak o'quvchilarga o'qitiladi va mazmuni so'zlatiladi, fikrlar umumlashtirilib, mavzu xulosalanadi. 15 daqiqa

III.Yangi mavzu bayoni.

KENJA O‘G‘IL
(O‘zbek xalq ertagi)

O‘tgan zamonda bir donishmand cholning uch o‘g‘li bo‘lgan ekan. O‘g‘illari voyaga yetgach, chol ularga bunday debdi:


– Bolalarim, men sizni yeyish-ichishdan kamsitmay o‘stirdim, har biringiz bir ro‘zg‘orning egasi bo‘lib qoldinglar. Endi otlaninglar, turli shaharlarga borib, qo‘rg‘on
solib kelinglar! To‘ng‘ich o‘g‘li farg‘ona vodiysining hamma shaharlariga borib, u yerlarga bittadan uy solibdi. O‘rtancha o‘g‘il Buxoro, Samarqand tomonlarga borib, qo‘rg‘onlar qurdiribdi. Kenja o‘g‘ilning xotini oqila, dono ayol ekan. u eriga:
– Dadangiz turli shaharlarga qo‘rg‘on solinglar, deyishi bilan har bir shahardan do‘st orttiringlar demoqchi, – debdi.
Kenja o‘g‘il safarga chiqibdi. u qayerda bo‘lmasin, surishtirib, eng yaxshi, vafodor kishilarni topib, ular bilan do‘stlashibdi.
– Qani, kim qaysi shaharga qanday uy qurdi ekan? – debdi chol bir kuni. –
Yuringlar, bir aylanib ko‘rib kelaylik. u o‘g‘illari bilan birga katta o‘g‘il qurgan qo‘rg‘onlarga borsa, so‘rrayib uy-joyning o‘zi, odamsiz turgan emish. O‘rtancha o‘g‘ilning qilgan ishlari ham xuddi akasinikiga o‘xshabdi.
– Bu qo‘rg‘onlarning odamlari qani? – so‘rabdi chol. To‘ng‘ich va o‘rtancha o‘g‘il
unga javob bera olmabdi. Hammalari kenja o‘g‘ilning yor-birodarlari yashaydigan yerlarga borishgan ekan, ularni izzat-hurmat bilan kutib olibdilar, ketma-ket ziyofatdan bo‘shamay qolibdilar. Shunda chol o‘g‘illariga qarab bunday degan ekan:
– Har bir shahardan orttirilgan do‘st u yerga bir qo‘rg‘on qurish bilan teng! Mening maqsadimni faqat kenja o‘g‘lim tushunibdi.

IV.Yangi mavzuni Yangi mavzuni mustahkamlash.Ertak o'quvchilarga qismlarga bo'lib o'qitiladi. O'qituvchi «Bo'lishi mumkin emas» o'yinini o'tkazadi. Buning uchun u ertak mazmuniga yaqin, ammo ayrim qahramonlar nomlari, voqealami o'zgartirib hikoya tuzadi va hikoyani o'qib eshittiradi. O'quvchilaming vazifalari matndagi xatoliklar, noto'g'ri fikrlarni topishdan iborat bo'ladi. 12 daqiqa

V.O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

• Matn sizga yoqdimi? Mashg'ulot-chi? Nima uchun?

• O'qituvchi matn asosida o'quvchilar bilan savol-javob o'tkazadi.

• Ertak qahramonlaridan qaysi biri sizga ko'proq yoqdi? Nima uchun?



Matnga doir qo'shimcha materiallar ustida ish olib boriladi. 7 daqiqa

VI.Uyga vazifa. Kenja o`gil ertagini o`qib qayta hikoyalab berishga tayyorlanib kelish

O`IBDO`:____________________________
Download 32,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish