San'at va jamiyatning badiiy madaniyati Reja: San'at va jamiyatning badiiy madaniyati Madaniyat va san’at



Download 26,99 Kb.
bet3/7
Sana04.06.2022
Hajmi26,99 Kb.
#634726
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
San\'at va jamiyatning badiiy madaniyati

kino san’ati ham rivojlandi. Kino san’atining ijodkor ustalari — Shuhrat Abbosov, Yo‘ldosh A’zamov, Elyor Eshmuhamedov, Ali Hamrayev, Rashid Malikov, Jahongir Fayziyev, Sharof Boshbekov va boshqalar zamonaviy kinofilmlar yaratish ishlarida peshqadamlik qildilar. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xususiy kinostudiyalar vujudga keldi. 1992-yil fevralda Latif Fayziyevning dastlabki xususiy kinostudiyasi „Fayzifilm“ ro‘yxatga olindi. 1996- yilda „O‘zbekfilm“ tasarrufida 8 ta studiya, shuningdek 30 ga yaqin mustaqil ijodiy studiyalar faoliyat yuritdi. 1996- yil 29- aprelda e’lon qilingan „O‘zbekkino davlat aksionerlik kompaniyasini tuzish to‘g‘risida“gi Prezident farmoni milliy kino san’atining rivojida muhim bosqich bo‘ldi. Farmonning ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika Vazirlar Mahkamasi „O‘zbekkino“ davlat aksionerlik kompaniyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari to‘g‘risida“ qaror qabul qildi. Qarorga binoan „O‘zbekkino“ davlat aksionerlik kompaniyasi tuzildi. Mazkur kompaniya Davlat mulk qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki tomonidan moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlandi. „O‘zbekkino“ kompaniyasi qoshida Respublika kino arboblari ijodiy assotsiatsiyasi ta’sis etildi. Kino tarmog‘i tashkilotlariga davlat budjetidan ajratiladigan har yillik dotatsiyalar 2000-yilgacha saqlab qolindi. Kino sohasining iqtidorli yoshlari uchun xorijiy kino akademiyalari va o‘quv markazlarida o‘qish, malakasini oshirish ishlari amalga oshirildi. 1991—2002- yillarda O‘zbekiston kinostudiyalarida 60 ga yaqin badiiy filmlar suratga olindi. „Temir xotin“, „Ko‘zlarim yo‘lingda“, „Dallol“, „Sharif va Ma’rif“, „Tilla bola“, „Buyuk Amir Temur“, „Yulduzingni ber, osmon“, „Kenja singil“, „Voiz“, „O‘tgan kunlar“, „Piyoda odam“ va boshqa filmlarda milliylik va yangi, zamonaviy ijodiy erkinlikning an’anaviy badiiy uslub bilan uyg‘unligi yaqqol namoyon bo‘ldi. 1997-yilning 22—29-may kunlari Òoshkentda jahonning 32 ta davlati va 8 ta xalqaro tashkilotning madaniyat va san’at arboblari ishtirokidagi „Umuminsoniy qadriyatlar va milliy taraqqiyot“ shiori ostida XII Xalqaro Òoshkent kinofestivali bo‘lib o‘tdi. „Buyuk Amir Temur“ filmini yaratishdagi operatorlik mahorati uchun Rifqat Ibrohimovga xalqaro jyurining maxsus mukofoti — „Neksiya“ avtomashinasi berildi. Mustaqillik yillarida o‘nlab hujjatli kinofilmlar yaratildi. „O‘zbekiston bahori“ (rej. Sh.Qurbonboyev, E.Xachaturov), „Mustaqillikning besh yilligi“ („O‘zbekiston havo yo‘llari“ milliy kompaniyasining faoliyati haqida), „Ulkan odim“ („O‘zDAEWOOavto“ zavodi haqida) shular jumlasidandir. Milliy ma’naviyat, ma’rifat namoyandalari faoliyatiga bag‘ishlangan „Istiqlol fidoyilari“ ruknidagi hujjatli filmlar, XX asrning 20-yillarida Germaniyada ta’lim olgan iste’dodli yoshlarimizga bag‘ishlangan „Ular Germaniyada o‘qigan edilar“ filmlari yaratildi. Prezident Islom Karimovning „O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida...“ nomli asari asosida yaratilgan beshta videofilm.
„O‘zbekiston Qahramonlari“ ruknidagi kinoocherklar, „Umid qaldirg‘ochlari“ hujjatli filmi va boshqalar bugungi hayotimizni, istiqlol tufayli erishgan yutuqlarimizni teran anglab olishga ko‘maklashmoqda. 
Istiqlol yillarida 
Download 26,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish