Sanoat korxonalarining belgilari, funksiyalari va vazifalari. Sanoat


Tarkibiy siyosati, uning mohiyati va ahamiyati



Download 1,39 Mb.
bet6/9
Sana19.07.2022
Hajmi1,39 Mb.
#824963
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
SANOATI KORXONALARI YETAKCHI TARMOQI

2.1 Tarkibiy siyosati, uning mohiyati va ahamiyati.
Tarkibiy (tuzilmaviy) siyosat haqida mulohaza yuritishdan oldin, tuzilmaning o‘zi nima ekanligini bilib olishimiz zarur. Tarkib (tuzilma) lotincha, «structura» so‘zidan olingan bo‘lib, narsalar tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘liq ravishda joylashishini, tuzilishini bildiradi. Tarkibiy siyosatining moxiyati sohalarning tuzilmaviy jihatlarini belgilab berish, yo‘lga solib turishdan iboratdir. Rus iqtisodchi olimi S.D. Alekseyevichning fikricha iqtisodiyot tarkibi uzoq muddatli davrda mamlakat iqtisodiy o‘sishining muhim shart-sharoitlarini yuzaga keltiradi. U miqdoriy va sifat xususiyatlariga ega bo‘lib, milliy iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarni aks ettiradi. Iqtisodiyot tarkibi mamlakat milliy iqtisodiyotining barqarorligi va havfsizligini tavsiflaydi. Shuning uchun iqtisodiyotda miqdoriy va sifat jihatdan tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish davlat iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biridir.
Iqtisodiyotda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, ya’ni iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish ishlab chiqarishning texnologik yangilanishi va uning tashqi hamda ichki o‘zgarishlarga moslashishi zaruriyatini aniqlovchi ishlab chiqarish kuchlarining katta miqdordagi tarkibiy o‘zgarishlarini ifodalaydi. Bunda muhim maqsad: ishlab chiqarishni qayta tashkil etish, jumladan korxonalarning samarasiz bo‘g‘inlarini yo‘q qilish yoki qo‘shib yuborish, jismonan va ma’nan eskirgan asosiy vositalarni almashtirish, texnik yangiliklarni kiritish hamda yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishdir.
Bularning bari tarmoqlararo, hududiy, texnologik, institutsional va ishlab chiqarishning boshqa muhim tarkibiy siljishlariga olib keladi. Iqtisodchi olim A.A.Kushnarevning fikricha, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar iqtisodiy samaradorlikni, jahon va milliy bozorlarda raqobatbardoshlikni kamaytiruvchi yoki oshiruvchi iqtisodiyotning turli tarmoqlari, sektorlari, hududlar, korxonalar turlari, texnologik ukladlar va iqtisodiy tizimning boshqa elementlari o‘rtasidagi o‘zaro nisbatlarning mavjud o‘zgarish hisoblanadi. Ch.K.Karenovichning fikricha tub tarkibiy o‘zgarishlar davrida milliy milliy iqtisodiyot boshqa davrlarga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlariga ega bo‘lib, uning alohida tarmoqlari va sohalari rivojlanishida tengsizlik kuchayadi.
Takror ishlab chiqarishning hozirgi sharoitlarida iqtisodiy o‘sish iqtisodiyot ko‘lamining o‘sishi bilangina emas, balki iste’molda ham, ishlab chiqarishda ham tuzilmaviy siljishlar, ularning tezligi va samaradorligi bilan aniqlanadi.
Tarmoq hosil etish uchun korxonalar bir necha umumiy xususiyatlarga ega bo‘lishlari kerak:
•ishlab chiqariladigan mahsulot iqtisodiy mazmunining bir xilligi;
•ishlatiladigan xom ashyo va asosiy materiallarning o‘xshashligi;
•ishlab chiqarish texnik bazasi va texnologik jarayonlarining umumiyligi;
•ma’lum kasbdagi kadrlar tarkibining umumiyligi;
•ijtimoiy mehnatni tashkil etish darajasi va shakllarining bir biriga o‘xshashligi va hakozolar.
Mehnat vositalarning mehnat buyumlariga ta’sir ko‘rsatishiga qarab sanoat qazib oluvchi va ishlov beruvchi tarmoqlarga bo‘linadi.
Ishlab chiqariladigan mahsulotning funksional vazifasiga binoan ham tarmoqlarni guruhlash mumkin. Bunda alohida guruxlar, masalan, yoqilg‘i ishlab chiqaruvchi tarmoqlar - yoqilg‘i sanoatiga, oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlovchi tarmoqlar esa - oziq-ovqat sanoatiga birlashishi mumkin.
Tarmoq tuzilmasi deyilganda, uning tarkibi, tarmoqlar o‘rtasidagi nisbatlar va o‘zaro bog‘liqlik tushuniladi. Tarmoq tuzilmasi sanoat taraqqiyoti darajasini belgilaydi hamda unda yuz bergan va yuz beradigan o‘zgarishlarni aks ettiradi.

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish