Sanoat sohasidagi o’zgarishlar. Reja: Respublika Sanoat aholisining turmushini farovon qilish



Download 23,22 Kb.
Sana06.02.2022
Hajmi23,22 Kb.
#433169
Bog'liq
yangi ozbekiston


Sanoat sohasidagi o’zgarishlar.
Reja:

  1. Respublika Sanoat aholisining turmushini farovon qilish

Mustaqillik yillarida respublikada Sanoat xo`jaligi sohasiga bozor tamoyillarini joriy qilish va mulkchilik shakllarini to`liq o`zgartirish bilan tub islohotlar o`tkazildi, natijada xo`jalik yuritishning yangi shakllari paydo bo`lib, ular Sanoat xo`jaligi iqtisodiyotining rivojlanishida o`z aksini topdi. Ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash va oziq-ovqat mustaqilligini ta`minlash bo`yicha Sanoat xo`jaligini strategik rivojlantirish doirasida o`tkazilgan kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida, so`nggi yillarda sohada yuqori sur`atlarga erishildi.


Iqtisodiy islohatlarning butun zanjirida agrar sohadagi uzgarishlarga g‘oyat katta ahamiyat berilmoqda. Bu esa aholining aksariyati qishloqda yashashi, iqtisodiyotning agrar-sanoat tarzida ekanligi hamda xayotiy muhim muammolarni hal qilishda Sanoat xo‘jaligining tutgan o‘rni bilan bog‘liq. Hozir iqtisodiyotning Ayni agrar sohasi katta imkoniyatlarga ega. Bu imkoniyatlardan foydalanib, aholini oziq-ovqat va sanoatni xom ashyo bilan taminlashni yaxshilabgina qolmay, Respublika Sanoat aholisining turmushini farovon qilish ham mumkin. Sanoat xo‘jaligida o`zgarishlar demokratik usullar bilan, avvalo, dehqonchilik sohasidagi mavjud ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlarni tubdan uzgartirish hisobiga amalga oshiriladi. Mehnatni tashkil etishning dehqon uchun tushunarli va foydali bo‘lgan shakllarini tiklash zarur. Sanoat xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, yer-suv resurslaridan yanada oqilona foydalanish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish orqali dehqonlarning daromadini oshirish borasida olib borayotgan tizimli ishlarimiz ham asta-sekin o‘z samarasini bermoqda. Masalan, 2017 yil yakunida 96 ming gektar hosildorligi past maydonlarda paxta va g‘alla o‘rniga 32 ming gektar yerda karam, turli sabzavot va ko‘katlar ekildi va bu maydonlardan olingan minglab tonna mahsulotlar eksport qilindi. Shuningdek, 11 ming gektarda intensiv bog‘ va yangi tokzorlar, 1 ming 500 gektarda issiqxonalar barpo etildi. Sanoat xo‘jaligi sohasida erishayotgan yutuq va natijalarimiz haqida yana ko‘p gapirishimiz mumkin.Lekin yutuqlarga mahliyo bo‘lib o‘tirish, xotirjamlikka berilish bizga yarashmaydi. Chunki Sanoat xo‘jaligi sohasida hali ishga solinmagan imkoniyatlar, o‘z yechimini kutayotgan muammo va kamchiliklar ham juda ko‘pligini barchamiz yaxshi bilamiz. O‘zbekistonni 2017-2021-yillarda yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida barcha sohalar qatori Sanoat xo‘jaligini ham modernizatsiya qilish borasida eng muhim vazifalarni aniq belgilab, ularni izchil amalga oshirib borayotganimiz sohadagi ulkan muvaffaqiyatlarga asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Sanoat xo‘jaligini joylashtirish mehnatning ijtimoiy bo‘linishi, geografik (hududiy) bo‘linishining bir shakli bo‘lib, u Sanoat xo‘jaligi ishlab chiqarishining o‘ziga xos xususiyatlaridan yuzaga keladi. Umumiy ko‘rinishda u o‘zida Sanoat xo‘jaligi ishlab chiqarishini hududlar bo‘yicha ma‘lum tamoyillar asosida va qator omillar ta’sirida shakllangan tabiiy, ijtimoiy, demografik, siyosiy sharoitlarga ko‘ra taqsimlanishini ko‘rsatadi. Respublikamizda Sanoat xo‘jaligi korxonalarining samarali faoliyat yuritishi va rivojlanib borishi ko‘p jihatdan ular uchun yaratilgan shart-sharoitlarga bog‘liqdir. Agrar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangi bosqichga ko‘tarish masalalari shu kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylanmoqda. Shu munosabat bilan chorvachilik, g‘allachilik, kartoshkachilik kabi sohalarda ilg‘or mamlakatlar tajribasini o‘rganish va amalda qo‘llash, bizning iqlim sharoitimizda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadigan zamonaviy sug‘orish tizimlari, energiyani tejaydigan zamonaviy texnologiya va agrotexnologiyalarni o‘rganish, urug‘chilik-seleksiya ishlarini yanada takomillashtirish va Sanoat xo‘jaligi ishlab chiqarishining mahsuldorligini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Sanoat xo‘jaligi mahsulotlarining 132 ming tonnasi qayta ishlanib, 100 million dollarlik tayyor mahsulot, e’tibor bering tayyor mahsulot eksport qilindi. 724 ming tonna ho’l meva chetga sotildi va bu yurtimizga 856 million dollar valyuta keltirdi. Sanoat xo’jaligini joylashtirish bu alohida mahsulotlar ishlab chiqarishni mamlakatning viloyat, tuman va boshqa hududlari bo’ylab taqsimlash bo’lib, jarayon uzoq davom etuvchi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga ko’ra o’zgaruvchandir. Sanoat xo’jaligining eng to’liq joylashtirilishi ushbu hududda ma’lum turdagi mahsulot ishlab chiqarish hajmi hamda u yoki bu turdagi yalpi va Tovar mahsulotlarining umumiy hajmidagi alohida hududlarning hissasi kabi ko’rsatkichlar bilan izohlanadi.
Qishloq xo‘jalik nazariyasi va amaliyoti faqatgana yirik xo‘jaliklargina samaradorli bo‘lish xususiyatiga ega degan yagona fikrga mukkasidan ketilishi natijasida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida bir necha bor yiriklashtirish tadbirlari amalga oshirildi va bo‘larga o‘z navbatida katta isbotlanmagan kapital mablag‘lar sarflandi.

Tajribalar shuni ko‘rsatadiki yirik ishlab chiqarish bilan mayda ishlab chiqarishni bir-biriga muvofiq holda olib borilishi yuqori iqtisodiy samaradorlik garovidir. Shuning uchun ham hozirda birlamchi bug‘in sifatida, fermerlar, dexqon xo‘jaliklari, kichik pudrat jamoalari, oilaviy pudrat va boshqalar yirik korxonalar tarkibida tashkil bo‘lmoqda.

Ijtimoiy mehnat taqsimoti, bir tomondan ishlab chiqarishni har xil sohalarini va ularni ma’lum xildagi mahsulot yetishtirishga ixtisoslashga ajratsa, boshqa tomondan ular o‘rtasida aniq va puxta kooperativ aloqani taqozo etadi. Xo‘jaliklar, bunda o‘zaro va sanoat korxonalari bilan ishlab chiqarish, iqtisodiy aloqalarni amalga oshiradilar. Yangi xildagi yirik ixtisoslashgan tashkiliy ishlab chiqarish formalari vujudga keladi.

Bir xildagi tarmoq va soha korxonalarining o‘zaro kooperatsiyalashishi gorizontal bo‘yicha amalga oshirilish deb qabul qilinib, gorizontal integratsiya deyiladi. Integratsiya so‘zi ma’lum bo‘laklar yig‘indisini bir butunga birlashtirish ma’nosini bildiradi. Integratsiya butunlay yoki qisman tashkiliy qo‘shilishga olib keladi. Gorizontal integratsiyani ikki xil ma’noda amalga oshiriladi:

Birinchi alohida bo‘lgan, umumiy ishlab chiqarish jarayonida o‘ziga xos vazifani bajaruvchi ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘rtasida amalga oshirishdir.

Ikkinchi, bir nechta xo‘jaliklarning imkoniyat va mablag‘larini yirik ixtisoslashgan korxona tashkil etish maqsadida birlashishi;

Gorizontal bo‘yicha xo‘jaliklararo kooperatsiyaning tashkiliy formalari bo‘lib, ular xo‘jaliklararo kooperatsiya korxonalari birlashmalaridir.

Xo‘jaliklararo kooperatsiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, ishlab chiqarishga bog‘lik bo‘lmagan sohalarda, qurilish, xizmat qilish va boshqalarda tashkil topgandir. U korxonalar va xo‘jaliklar o‘rtasida har xil birikma ko‘rinishlarida amalga oshirilishi mumkindir. Xo‘jaliklararo kooperatsiya kapi­tal mablag‘larni tez qoplash, yer, mehnat va moddiy resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi.



Qishloq xo‘jaligining bir qator texnologik vazifalarini sanoat va xizmat qilish tarmoqlariga o‘tishi bilan qishloq xo‘jaligi mehnati faoliyati toraya boradi: tayyor mahsulot yaratuvchi qishloq xo‘jaligi - ko‘p hollarda xom-ashyo yetkazib beruvchi sifatida ishtirok etadi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi ko‘p hollarda uning o‘z faoliyatiga bog‘lik emas balki, qishloq xo‘jaligida yaratilgan mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash, yetkazib berish va boshqa xizmat qilish tarmoqlari sohalariga, ular o‘rtasidagi aloqa va ishlarni yaxshi yo‘lga qo‘yilganiga bog‘liqdir. Bu esa sanoat tarmoqlarini qishloq xo‘jalik korxonalari bilan uzviy birlashishiga shart-sharoit yaratib beradi. Bunda birlashishning zaminida ma’lum bir mahsulot yaratish maqsadlarining bir xilligi yotadi, ya’ni yagona texno­logik jarayon yotadi.
Gorizontal bo‘yicha amalga oshiriladigan qishloq xo‘jaligi korxonalarining kooperatsiyasidan farq qilgan holda, bunday birlashish vertikal agrosanoat integratsiyasi deb yuritiladi. Agrosanoat integratsiyasiga xos birlashmalar avvalom bor mahsuloti tez buziladigan qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida vujudga keldi (uzum, meva, sabzavot, sut, efir moylari va hokoza).
Iqtisodiy islohatlar jarayonida, mulk munosabatlari tubdan o‘zgartirilib, hamma qayta tuzilmalar xususiy xarakterga ega bo‘lgan bir sharoitga keltirmay, mos ravishda ijtimoiy mehnat taqsimoti amalaga oshirilmasa, ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi ko‘tarilmaydi va Sanoat xo‘jaligi oldida qo‘yilgan ulkan vazifalar to‘liq bajarilmaydi.
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston 1991 yil o‘z mustaqilligini qo‘lga
kiritganidan so‘ng umrini o‘tab bo‘lgan mustabid, ma’muriy-bo‘yruqbozlik, rejali taqsimot tizimidan voz kechib, bugungi kunda “o‘zbek modeli” deya e’tirof
etilayotgan o‘zining taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. Bu modeldagi iqtisodning
siyosatdan xoli ekani, davlatning bosh islohotchi bo‘lishi, qonunning ustuvorligi,
kuchli ijtimoiy siyosat, islohotlarni tadrijiy asosda bosqichma-bosqich amalga
oshirish1 kabi tamoyillarning ijtimoiy hayotdagi tutgan o‘rni salmoqlidir, ularning
naqadar to‘g‘ri ishlab chiqilganligi bugungi hayotda o‘z samarasini bermoqda. Bu
borada muhtaram Prezidentimiz I.Karimovning ushbu so‘zlarini ta’kidlash
o‘rinlidir: “Mustaqillik yillarida bosib o‘tgan yo‘limiz va to‘plagan tajribamizni
xolisona baholash, qo‘lga kiritgan yuksak marralarimizni tahlil etish
mamlakatimizni tadrijiy va bosqichma-bosqich rivojlantirish bo‘yicha biz tanlagan
modelning naqadar to‘g‘ri ekanini va shu yo‘ldan bundan buyon ham og‘ishmay
qat’iyat bilan borishimiz zarurligini hayotning o‘zi yaqqol ko‘rsatmoqda”2
.
Shuningdek, yurtboshimiz tomonidan ishlab chiqilgan mamlakatni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasiga asosan, O‘zbekiston istiqlolga erishgandan
keyin ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor munosabatlariga o‘tish, mamlakatimizni isloh
etish va modernizatsiya qilish borasida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Eng
avvalo, O‘zbekistonda bosh islohotchi bo‘lgan davlat rahbarligida o‘tkazilgan
izchil islohotlar natijasida davlatlashtirilgan va markazdan turib rejalashtiriladigan
iqtisodiyot o‘rniga xilma-xil mulkchilikka va xo‘jalik yuritishning bozor usullariga
tayangan, uning qonunlariga binoan rivojlantiruvchi, iqtisodiy manfaatdorlikka
asoslangan liberal va demokratik iqtisodiyot qaror topdi
3
. Bunday iqtisodiyotni
yangilash uning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmasini o‘zgartirishdan iborat bo‘ldi.
Albatta, bu sohani isloh qilish natijasida davlat mulki qat’iy chegaralandi, nodavlat
mulk shakllari va eng avvalo, xususiy mulk yuzaga keldi, uning rivojlanishi

qo‘llab-quvvatlandi. Umuman olganda, bu iqtisodiy islohotlar o‘z o‘rnida


jamiyatimizning siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy hamda davlat qurilishi sohalaridagi
tub islohotlar bilan chambarchas, uzviy bog‘liqlikda amalga oshirilib kelinmoqda.
Ma’lumki, O‘zbekiston iqtisodiy hayotida sanoatning ham o‘ziga xos
muhim o‘rni bor. Chunki u mamlakat iqtisodiy industrial sektorining yetakchi
bo‘g‘ini, moddiy ishlab chiqarishining asosiy sohalaridan biri sanaladi. Mustaqillik
yillarida sanoat ham iqtisodiy-ijtimoiy yangilanish yo‘lida rivojlandi. Bu jabhada
ham olib borilgan islohotlar natijasida sanoat tarmoqlarida xilma-xil mulkchilik va
xo‘jalik yuritishning bozor usullari qaror topdi. Natijada, yurtimiz iqtisodiyotining
barqaror o‘sishida bu islohotlarning samarasi benihoya katta bo‘lib kelmoqda.
Shunday ekan, istiqlol sharoitida O‘zbekistonda sanoat sohasida olib borilayotgan
keng ko‘lamdagi islohotlar va ularning ishlab chiqarish rivojiga ta’sirini o‘rganish,
tahlil qilish, kerak bo‘lsa uni tadqiq etish bugungi kunda O‘zbekiston tarixi fani va
uning tadqiqotchilari oldida turgan dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu
jihatdan olib qaraganda, mamlakatimiz sanoatining yetakchi tamoqlari joylashgan
Navoiy viloyatidagi sanoat korxonalarida mustaqillik yillarida bo‘layotgan
islohotlar va o‘zgarishlar jarayonini bugungi kun nuqtai nazaridan xolisona ilmiy
tadqiq etish va tahlil qilish o‘ziga xos tarixiy ahamiyatga molik masaladir.
O‘zbekistonning markaziy qismida joylashgan Navoiy viloyati alohida sanoat va
industriya markazlari sifatida respublika hayotida salmoqli o‘rin egallaydi. Voha
sanoatining mustaqillik davri o‘zgarishlarini tahlil etish, yutuq va muammolarni
ko‘rsatish, kerakli taklif va tavsiyalar berish tarix fani uchun dolzarb ahamiyat
kasb etadi. O‘zbekistonning o‘z rivojlanish yo‘li, bozor munosabatlariga
asoslangan jamiyatga o‘tish jarayonini, Navoiy viloyati misolida tadqiq etish tarix
fanining istiqbolli va dolzarb muammolaridan biri ekanidan dalolat beradi.
Binobarin mustaqillik davri butun respublika miqyosida sanoat sohasidagi
tarkibiy o‘zgarishlar jarayoni tahlili yangi jamiyat qurish amaliyoti bosib o‘tilgan
dastlabki bosqichda amalga oshirilgan ulkan ishlarning tarixiy ahamiyatini anglab
yetish, tushunish, tahlil qilish, tegishli xulosa chiqarish imkonini beradi. Mavjud
barcha korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib mulkchilikning o‘zgacha shakliga
5
kirib bormoqda. Aksariyat yirik va o‘rta korxonalar negizida aksiyadorlik
jamiyatlari tashkil etildi. Bu kabi islohotlar tufayli bu yerda sanoat ishlab
chiqarishining taraqqiy etib borayotganligini o‘rganish oldimizda turgan muhim
vazifalardan biridir.
Хullas, Navoiy viloyati mamlakatimizda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
iqtisodiy rayonlardan biri ekan, bu voha sanoat korxonalarining mustaqillik
yillarida olib borilgan islohotlar tufayli qo‘lga kiritgan natijalari, o‘sish sur’atlarini
o‘rganish, tahlil qilish va tadqiq etish O‘zbekiston tarixinining istiqboldagi rivoji
uchun munosib tuhfa deb hisoblayman.
Tadqiqotning xronologik chegarasi 1991 yildan 2011 yilgacha bo‘lgan
davrni o‘z ichiga qamrab oladi. Bu 20 yil mamlakat va xalq hayotida tom ma’noda
tub burilish yasagan muhim bosqichdir. Mana shu qisqa davrda bosib o‘tilgan
taraqqiyot yo‘lini tahlil etib, baho berish ilmiy ishning asosiy maqsadini va davrini
belgilab beradi.
Mavzuning o‘rganilish darajasi. Bevosita tanlangan mavzuga doir ishlar
juda kam. Biroq, mustaqillik davrida qo‘yilgan dastlabki amaliy qadamlar
natijasida sobiq ittifoq davrida olib borilgan siyosatning ayrim sohalari bo‘yicha
adabiyotlar, maqolalar va ayrim ilmiy ishlar yuzaga kelgan.
Istiqlolning dastlabki yillarida nashr etilgan ishlar qatoriga O‘zbekiston
Respublikasi mustaqilligini mustahkamlashning umumiy jarayonlarini, jamiki
tubdan qayta qurish va tarkibiy o‘zgarishlarni yorituvchi adabiyotlarni qo‘shish
mumkin. Mustaqil rivojlanish bo‘yicha ilmiy bilimlarning ko‘payishi, o‘sib
borishida Prezident Islom Karimovning asarlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Dastlabki yillarda va bugungi qadar nashr etilgan Islom Karimovning asarlari,
ma’ruza va chiqishlari mustaqillik davrining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va
ma’naviy-madaniy yangilanish jarayonlarini yoritgan1
, buyuk o‘zgarishlarning
g‘oyaviy asoslari va omillarini belgilab bergan.
tarixi”3 kitoblari shular jumlasidandir. Markaziy va mahalliy ommaviy axborot
vositalarida Navoiy viloyatida joylashgan viloyatlarning o‘tmishi va bugungi kun
rivojlanish odimlari haqida ko‘plab maqolalar va xabarlar chop etilgan.
Mustaqillik sharoitida tariximizni chuqur o‘rgana borishimiz, uning
tadqiqoti natijasiga teran nazar solganimiz sari O‘zbekiston hududidagi, jumladan,
Navoiy viloyatidagi yirik ishlab chiqarish va sanoati tarixini muntazam o‘rganilishi
darajasi qayerda, qay me’yorda borayotganligini, yetakchi tarmoqlarning ishlab
chiqarish hajmi islohotlar va o‘zgarishlar jarayonida qanday samaralarni qo‘lga
kiritayotganligini ayniqsa bugun ko‘proq tasavvur etmoqdamiz.
Ishlab chiqarishni joylashtirish- bu Sanoat xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish maqsadida mamlakat tumanlarining tabiy-iqtisodiy va ekologik omillarini hisobga olgan holda, ularda u yoki bu turdagi Sanoat xo‘jalik ekini yoki chorva mollari turini hamda ularga ko‘rsatiladigan xizmatni mos holda joylashtirishdir. Sanoat xo‘jalik ishlab chiqarishini joylashtirish ijtimoiy mehnat taqsimotini miqdor tomondan ko‘rsatib, mamlakat hududlarila joylashgan har bir xo‘jalik, tuman, viloyat, qaysi turdagi Sanoat xo‘jalik ekinlarini ekishini, chorva mollar turini saqlashni va ularga mos bo‘lgan xizmatni ko‘rsatishini aniqlab beradi.
Ixtisoslashtirishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning muhim shartidir. U bozor iqtisodiyotining mehnat taqsimoti qonuni, mehnat unumdorligini o‘sib borishi, mehnat turlarining o‘rin almashinuvi kabi umum iqtisodiy qonunlaridan kelib chiqadi. Ixtisoslashtirish mehnat unumdorligini, xo‘jalikning rentabelligi va daromadini keskin oshirishiga xizmat qiladi.
Ixtisoslashtirish bozor uchun eng zarur iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovar mahsulotlarini yetishtirish va xizmat turlarini ko‘rsatish uchun mehnat va moddiy resurlarning bir joyga to‘plashni, yangi texnikadan keng va samarali foydalanishga: yangi, ilg‘or texnologiya va mehnatni tashkil etishni ijara munosabatlari va oila pudrati usullarini joriy etishga qulay sharoit yaratib, yetishtiriladigan mahsulot miqdorini va xizmat turini anchagina ko‘paytirish imkonini beradi, mehnat unumdorligini oshiradi, xo‘jaliklarning ishlab chiqarish samaradorligini ko‘taradi.
Sanoat xo‘jalik ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish korxonalar oldida turgan asosiy vazifalarni to‘liq bajarilishi ya’ni, ishlab chiqarishga ilg‘or, ekologik toza agrotexnika, zooveterinariya, texnikaviy xizmat, organik va mineral o‘g‘itlar hamda o‘simliklarni va chorvani himoya qilish vositalarini, fan yutuqlari, ilg‘orlar ish tajribasini joriy etib, ulardan unumli foydalanib, mehnat va mablag‘larni kam sarflagan holda Sanoat xo‘jaligiga yaroqli har bir gektar yer va shartli bosh mol hisobiga dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini mumkin qadar tez va barqaror ko‘paytirishini ta’minlaydi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra 2017 yilda qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 14761,6 mlrd. so'mni yoki 2016 yilning mos davriga nisbatan o'sish sur'ati 103,3 foizni, shu jumladan dehqonchilik va chorvachilik va ushbu sohalarda ko'rsatilgan xizmatlar – 14439,8 mlrd. so'mni (103,3 foiz), ovchilik – 0,2 mlrd. so'mni (100,0 foiz), o'rmon xo'jaligida – 278,9 mlrd. so'mni (98,6 foiz), baliq xo'jaligida – 42,7 mlrd. so'mni (122,8 foiz) tashkil qildi
Viloyatning qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmida eng yuqori ulushi Chiroqchi tumanida (11,7 foizni) tashkil etdi va viloyatda yetakchilik qilmoqda, Koson (10,6 foiz), Qamashi (9,3 foiz), Qarshi (8,7), Kitob (8,6 foiz), Shahrisabz (8,0 foiz), Yakkabog’ (7,7 foiz), Kasbi ( 7,3 foiz), Mirishkor (6,4 foiz), Nishon (6,2 foiz), G’uzor (5,7 foiz), va Muborak (4,3 foiz), ko'rsatkich bilan keyingi o'rinlarni egalladi. Eng kam ulush Shahrisabz shahar (0,5 foiz), Qarshi shahar (1,2 foiz), va Dehqonobod (3,8 foiz) tumanida qayd etildi.
Download 23,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish