Sanoatda polimerlarni olish usullari



Download 39,02 Kb.
bet7/7
Sana17.07.2022
Hajmi39,02 Kb.
#813961
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SANOATDA POLIMERLARNI OLISH USULLARI

Polietetrafloroetilen
Teflon nomi bilan yaxshi tanilgan, u elektr izolyator sifatida, shuningdek rollarda ishlab chiqarishda va oshxona anjomlarini qoplashda ishlatiladi.
Polivinilxlorid
Devor kanallari, plitkalar, o'yinchoqlar va quvurlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan ushbu polimer savdo sifatida PVX deb nomlanadi.

"Polimerlar kimyosi" fanining maqsadi kimyo yo`nalishi bo`yicha universitetlarning bakalavriatida tahsil olayotgan talabalarni, kimyogar- bakalavri bilishi lozim bo`lgan polimerlar kimyosi asoslari va uning muhim amaliy xususiyatlari bilan tanishtirishdan iborat. Umumiy kursni o`qishda asosiy e'tibor polimerlar makromolekulalarining katta o`lchami va zanjirsimon tuzilganligi sababli oddiy quyimolekulyar birikmalardan farqlanuvchi xossalarini tushuntirishga qaratilgan. "Polimerlar kimyosi" fanining umumiy nazariy kursi talabalar tomonidan laboratoriya ishlarini bajarish bilan olib boriladi. O`quv qo`llanmadagi laboratoriya ishlarini asosiy maqsadi talabalarning kursning umumiy nazariy qismida beriladigan polimerlarni sintezi, kimyoviy o`zgarishlari, fizik-kimyoviy hamda mexanik xossalari, tuzilishi kabi sohalarini chuqurroq anglash va o`zlashtirishga yordam berishdir. Shuni ta'kidlab o`tish lozimki, polimerlarning tuzilishi va xossalariga oid keltirilgan xususiyatlari noyobdir, bunday xususiyatlar quyi molekulali birimalarda bo`la olmaydi. Shuning uchun ham, polimerlar kimyosini alohida fan sifatida o`rganilishi va o`qitilishining sababi tushunarlidir. O`zbekistonda polimerlar ishlab chiqarish uchun zarur xom ashyo manbalari mavjuddir, jumladan, neft va gaz, paxta linti, kaprolaktam, atsetilen, etilen, akrilamid, akrilonitril kabi monomerlar. Respublikamizda poliakrilonitril, poliakrilamid, polikaprolaktam, poliamid, karboksimetilsellyuloza, di- va triasetatsellyuloza, mikrokristallsellyuloza ishlab chiqarish korxonalari ishlab turibdi, shuningdek Sho`rton gaz-kimyo majmuasida polietilen ishlab chiqarish va Namangan, Farg`ona, Yangiyo`l shaharlarida sellyuloza ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirilgan. O`quv qo`llanmada keltirilgan nazariy materiallar va laboratoiya mashg`ulotlari universitetlarning kimyo yo`nalishi bo`yicha tayyorlanayotgan bakalavrlarni bilimdonligiga qo`yilgan talablar va mazkur dasturlarga mos 3


4 ravishda tuzilgan, shuningdek tavsiya etilayotgan "Polimerlar kimyosi" fanidan oquv qo`llanma kimyo-texnologiya institutlarida va boshqa mutaxassisliklarda tahsil olayotgan talabalar uchun qo`llanma sifatida xizmat qilishi mumkin. "Polimerlar kimyosi" fanidan o`quv qo`llanmaning I, II, III boblari prof. Sh.M.Mirkomilov, IV, V, VI boblari k.f.n. N.I.Bozorov, VII, VIII boblari prof. I.I.Ismoilov va laboratoriya ishlari prof. Sh.M.Mirkomilov, prof. I.I.Ismoilov va k.f.n. N.I.Bozorovlar tomonidan yozilgan. Mualliflar 4
Kimyo- modda (uning tuzilishi, xossalari va kimyoviy o`zgarishlari) haqidagi fan. Polimerlar kimyosi- polimer moddalar, ularning tuzilishi, xossalari va kimyoviy o`zgarishlari haqidagi kimyo fanining juda muhim va katta bo`limidir. Har qanday fan kabi polimerlar kimyosining ham o`z tili, atamalari bor. Poli- ko`p, meros- o`lcham demakdir. polimerlarning molekulyar massasi juda katta, ulkan bo`ladi. Ularning aniq ilmiy nomi- yuqorimolekulali birikmalar. Uning qisqaroq "polimer" deb ataluvchi sinonimik fan, texnika va hayotda ko`p ishlatiladi. Polimerlar molekulasi juda katta molekulyar massaga ega bo`lgani uchun makromolekula deb ataladi. Polimerlar deb makromolekulasi zanjirsimon tuzilishga ega bo`lib, ko`p marta qaytaruvchi atomlar guruhi (bo`g`in)lardan tashkil topgan yuqorimolekulali birikmalarga aytiladi. Polimerlarni monomer deb ataluvchi quyi molekulali moddalardan sintez qilib olinadi. Polimer makromolekulasining tarkibiga kirgan va uning ko`p marta qaytaruvchi atomlar guruhini tashkil qilgan "monomer" bo`g`ini yoki oddiy bo`g`in deb ataladi. Bo`g`inning kimyoviy brutto formulasi monomernikiga teng. Makromolekuladagi bo`g`inlar soni makromolekulaning nechta monomerni kimyoviy bog`lab sintez qilinganini bildiradi. Shuning uchun makromalekulalarning bo`g`inlar soni "n" polimerlanish darajasi deyiladi. (Polimerlanish- monomerlardan polimerlarni sintez qilish usulidir). Odatda n- 10,100,1000 va undan ham katta bo`lishi mumkin. Polimerlar makromolekulasining eng muhim xususiyati uning zanjirsimon tuzilganligi, ya'ni molekulani chiziqli uzunligining ko`ndalang o`lchamidan ko`p marta (bir necha tartibga) kattaligidir. Masalan, ko`p ishlatiladigan Har xil polietilen tasmalaridagi makromolekulalarning uzunligi diametridan marta katta. Makromolekulaning zanjirsimon tuzilganligidan polimer moddalari quyi 5
6 molekulali moddalarnikidan butunlay farqlanuvchi xossalarga ega bo`lib, ular quyidagilar: -makromolekulalarning zanjirsimon tuzilishi ularda egiluvchanlik xususiyatini barpo qiladi. Ana shu ma'lum chegarada ilgarlanma mustaqil harakat qiladi. Bu xossasi tufayli makromolekulalardan tashkil topgan jismlar yangi yuqorielastik holatini namoyon qiladi; -uzun va zanjirsimonligidan makromolekulalarning o`zaro ta'sirlashuvi, bog`liqligining kuchi juda katta. Shu sababli polimer moddalardan xilma-xil tolalar va tasmalar olinadi; -polimerlar eruvchanlikda ham yangi xususiyat namoyon qiladi. Ular to`g`ridan-to`g`ri eriy olmaydi. Avval bo`kadi, so`ng eriydi. Eritmasining qovushqoqligi benihoya katta bo`lib 1-%li eritmalar oquvchanligini yo`qotadi va gelga aylanadi; -polimerlarning kimyoviy reaksiyalarida oddiy quyi molekulyar birikmalarda uchramaydigan hollar ham bor. Makromolekulalar va polimerlarning tuzilish va xossalariga oid keltirilgan xususiyatlari noyobdir. Ular quyimolekulyar moddalarda bo`la olmaydi. Shular sababli polimer holatni moddaning noyob holati desa bo`ladi. Shuning uchun ham, polimerlar kimyosining alohida fan sifatidagi tadsisoti, o`rganilishi va o`qitilishining sababi tushunarlidir. O`zbekiston polimerlar ishlab chiqarish uchun zarur xom ashyolarga boy. Gaz va neft, paxta linti, kaprolaktam, atsetilen, etilen va akrilonitril kabi monomerlar shular jumlasidandir. Mamlakatimizda poliakrilonitril, poliakrilamid, polikaprolaktam (poliamid-6), karboksimetilsellyuloza, diatsetilsellyuloza zavodlari ishlab turibdi. Mikrokristallik sellyuloza (MKS) ishlab chisarilyapti. Keyingi yillarda Sho`rtan gaz-kimyo majmuasida polietilen ishlab chiqaruvchi va Namangan, Farg`ona, Yangiyo`l shaharlarida har xil maqsadli sellyuloza ishlab chiqaruvchi korxonalar ishga tushdi. 6
7 POLIMERLARNING KIMYOVIY TUZILISHI Polimer materiallar, jismlar va moddalarning xossalari ularni tashkil qilgan makromolekulalarning eng asosiy xarakteristikasi ikkita: kimyoviy tuzilishi (tabiati va tarkibi) va kattaligi- molekulyar massasi. Ana shu o`lchamning xususiyatlari va imkoniyatlari jihatidan ham polimer moddasi oddiy moddalardan ancha farq qiladi. Polimerlarning tuzilishi shunchalik xilma-xilki ularni bu xarakteristikasini uni kimyoviy belgilariga qarab sinflarga bo`lmasdan tushunib olish qiyin. Makromolekulasining asosiy zanjirini tashkil qilgan elementlarga qarab guruhga bo`linadi: a) faqat uglerod atomidan tashkil topgan bo`lsa- karbozanjirli polimerlar deyiladi С С С С С. b) asosiy zanjirni tashkil qilgan atomlar va undan ortiq elementdan iborat bo`lsa polimerni geterozanjirli polimerlar deb yuritiladi. Oqsil va sintetik poliamidlar makromolekulalarining asosiy zanjiri 3 xil element S, H, N atomlaridan, mochevina-formaldegid smolasi va poliamidlarniki 3 xil S, O va N atomlaridan atomlaridan tashkil topgan. Polimerlar makromolekulasidagi bo`g`inlar bir xil bo`lsa- gomopolimerlar, har xil bo`lsa- sopolimerlar deyiladi.
Adabiyotlar

  1. Vikipediya. (s.f.). Polimer. En.wikipedia.or saytidan tiklandi

  2. Chang, R. (2007). Kimyo, to'qqizinchi nashr. Meksika: McGraw-Hill.

  3. LibreTexts. (s.f.). Polimerlarga kirish. Chem.libretexts.org saytidan olingan

  4. Cowie, J. M. G. va Arrighi, V. (2007). Polimerlar: zamonaviy materiallar kimyosi va fizikasi, uchinchi nashr. Books.google.co.ve-dan tiklandi

  5. Britannica, E. (sf). Polimer. Britannica.com saytidan olingan

  6. Morawetz, H. (2002). Polimerlar: fanning kelib chiqishi va o'sishi. Books.google.co.ve-dan tiklandi

Download 39,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish