Saqlash vazirligi sh. S. Shoyimova, M. K. Xoshimova, sh. R. Mirzayeva, M. M. Qo



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/323
Sana02.01.2022
Hajmi2,09 Mb.
#308759
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   323
Bog'liq
Ш С Шойимова Таълим технологиялари 2020 303 б

1.2.
 
Ta’lim texnologiyalarining rivojlanish tarixi 
 
Dastlab “ta’lim texnologiyasi” tushunchasi AQSh olimlari tomonidan 
kiritilgan  (birinchi  bor  amerikalik  psixolog  B.Skinner  tomonidan 
qo’llanilgan  bo’lib,  u  ta’lim  texnologiyalari  tushunchasini  pedagogika  va 
psixologiyaning  eng  ilg’or  bilimlarini  ta’limda  uyg’unlashtirish  hamda 
unumli 
foydalanish,  deya  izohlagan) 
va  1940-yillardan  50-yillar 
o’rtasigacha  o’quv  jarayonida  audio-vizual  texnika  vositalaridan 
foydalanishni ifodalagan.
 
O’tgan 
asrning 
50-yillari 
o’rtasidan  60-yillargacha  “ta’lim 
texnologiyasi” atamasida dasturlashtirilgan ta’lim nazarda tutilgan.
 
60-yillar  o’rtalarida  bu  tushunchaning  mazmuni  chet  ellarda 
pedagogik  nashrlarda  va  xalqaro  konferensiyalarda  keng  muhokama  etildi, 
natijada  ushbu  sohada  turli  mamlakatlarda  (AQSh,  Angliya,  Yaponiya, 
Fransiya, Italiya, Vengriya) uni talqin qilish ikki yo’nalishda belgilandi. 
Birinchi  yo’nalish  tarafdorlari  texnik  vositalar  va  dasturlashtirilgan 
o’qitish  vositalarini  qo’llash  zarurligini  ta’kidladilar  (technology  in 
education). 
Ikkinchi  yo’nalish  tarafdorlari  esa  o’quv  jarayonini  tashkil  etish 
samaradorligini  oshirish  va  pedagogik  g’oyalarning  texnikaning  keskin 
rivojlanishidan ortda qolishini yo’qotishni muhim deb hisobladilar. Shunday 
qilib  1-yo’nalish  “o’qitishda  texnik  vositalar”  sifatida  belgilandi,  biroz 
keyinroq  yuzaga  kelgan  2-yo’nalish  “o’qitish  texnologiyasi”  yoki  “o’quv 
jarayoni texnologiyasi” sifatida belgilandi. 
70-yillarda  “pedagogik  texnologiya”  atamasi  qo’llanilib,  u  avvaldan 
loyihalashtirilgan  va  aniq  belgilangan  maqsadlarga  erishishni  kafolatlovchi 
o’quv jarayonini ifodalagan.
 


11
 
 
70-yillarning  boshlarida  turli  xildagi  o’quvuskunalarini  va  o’quv 
vositalarini  modernizatsiyalashtirish  zarurligi  anglab  yetildi.  Bularsiz 
o’qitishning sifatliligi va samaradorligiga erishib bo’lmas edi. 
60-yillar  o’rtalari  va  70-yillarning  boshlarida  AQSh,  Angliya, 
Yaponiya,  Italiya  kabi  yuksak  rivojlangan  davlatlarda  pedagogik 
texnologiyalar    masalalari    bilan    shug’ullanuvi    jurnallar    nashr      etila 
boshlandi,  keyinchalik  bu  muammo  bilan  ixtisoslashtirilgan  tashkilotlar  va 
markazlar shug’ullana boshlaydi. 
80-yillarning  boshidan  pedagogik  texnologiya  deb  ta’limning 
kompyuterli va axborot texnologiyalarini yaratish tushunilgan.
 
Texnologiya  tushunchasi  Amerika  va    G’arbiy    yevropada  ta’limni 
isloh  qilinishi  bilan  bog’liqravishda  kirib  keldi.  B.Blum,  D.Kratvol, 
J.Kerroll, 
J.Blok, 
B.Skinner, 
P.Ya.Galperin, 
V.I.Davidov, 
N.A.Menchinskaya,  Z.I.Kalmikova,  L.I.Zankov  texnologiyalari  mashhur. 
O’qitishni  tashkil  qilishning  texnologik  yondashuvlari  V.P.Bespalko, 
V.Guzeyev, 
V.Slastenin, 
M.V.Klarin, 
B.Lixachev, 
N.F.Talizina, 
L.M.Fridman,  T.V.Kudryavsev,  A.M.Matyushkin,  M.I.Maxmutov  kabi 
aksariyat psixolog va didaktikachilarga taalluqlidir. 
Texnologik yondashuvlar tahlili shuni ko’rsatadiki, aksariyat o’qitish 
texnologiyalari  bo’sh  texnologiyalanganligi  bo’yicha  qolib  ketmoqda.  Bir 
qator  texnologiyalarda  nazariy  asoslar  kuchaytirilgan,  amaliy  tomoni  u 
qadar oydinlashtirilmagan.
 
Vaqt   o’tishi bilan ularni qo’llash darajasi kengayib borishi natijasida 
mazmuni  ham  tegishlicha  o’zgarib  bordi.  Hozirga  kelib  esa  ta’lim 
texnologiyasi tushunchasining zamonaviy, ilmiy asoslangan  yagona ta’rifini 
belgilash  maqsadida  bir  qancha  yirik  olimlar  tomonidan  turli  fikr  va 
mulohazalar asoslab berildi.
 
O’qitish  texnologiyalari,  pedagogik  texnologiyalar,  rivojlantiruvchi 
texnologiyalar,  tarbiya  texnologiyalari  va  ta’lim  texnologiyalari  iboralari 
turli  davrlarda  va  turli    manbalarda    qo’llanilgan    bo’lsa-da,  barchasi 
umumiy maqsadni ko’laydi, ya’ni bunda ta’lim maqsadlariga erishish va har 
tomonlama  yetuk  shaxsni  shakllantirishga  qaratilgan  pedagogik  faoliyatni 
doimiy  ravishda  rivojlantirish  hamda  samaradorligini  oshirish  tizimi  va 
loyihasi tushuniladi.
 


12
 
 
Pedagogik  texnologiya  –  barcha  tashkiliy  qismlar  va  ularning 
bog’liqligini tahlil qilish, tanlash, loyihalash hamda nazorat qilish yo’li bilan 
pedagogik samaradorlikni yuqori darajaga ko’tarish hamda bu borada tizimli 
yondashuvni joriy etishni ifodalaydi.
 
Nima  uchun  bugungi  kunda  ta’lim  texnologiyalarining  nazariy 
asosini  yaratish  va  amaliyotga  tatbiq  etish  zarurati  tug’ildi?  Birinchidan, 
an’anaviy o’qitish tizimi,  aytish   mumkinki,   yozma   va  og’zaki usullarga 
tayangani tufayli “axborotli o’qitish“ sifatida tavsiflanadi, chunki o’qituvchi 
faoliyati  faqat  o’quvjarayonining  tashkilotchisi  sifatida  emas,  balki  nufuzli 
bilimlar manbaiga aylanib borayotganligini ta’kidlagan holda baholanmoqda. 
Ikkinchidan,  ilmiy-  texnik  taraqqiyotning  rivojlanayotgan  bosqichida 
axborotlarning  keskin  ko’payib  borayotganligi  va  ulardan  o’qitish 
jarayonida  foydalanish  uchun  vaqtning  chegaralanganligi,  shuningdek 
yoshlarni  hayotga  mukammal  tayyorlash,  malakali  mutaxassislarni 
yetishtirish kabi talablar tizimi texnologik yondashuvni joriy  etishni taqozo 
etmoqda.
 
Bugungi  kunda  mamlakatimiz  ta’lim  sohasida  ro’y  berayotgan  tub 
burilishlar  har  bir  ta’lim  muassasasida  didaktika  sohasini  jonlantirishni, 
ta’lim  samaradorligini  oshirishni,  raqobatbordosh  kadrlarni  tayyorlashni 
talab  etadi,  yangilikni  joriy  etish  yo’li  esa  har  doim  murakkab  va  uzoq. 
Ishonch  bilan  aytish  mumkinki,  ta’limni texnologik   asosga   qurish  sifat  
darajasini 
oshirishga, natijalarni kafolatlash 
tizimiga 
o’tishga,
 
o’z-o’zini  
takomillashtiruvchi  mexanizmlarni 
yaratishga xizmat qiladi.  Ta’lim  texnologiyasi  -  shunday bilimlar  sohasiki, 
ular  yordamida  XXI  asrda  ta’lim  sohasida  katta  burilishlar  yuz  beradi, 
o’qituvchifaoliyati  yangilanadi,  talaba-  yoshlarda  mustaqil  va  ijodiy 
fikrlash, bilimga intilish, o’z  ustida ishlash, izlanish, o’z-o’zini rivojlantirish 
tizimli ravishda  shakllanadi. Texnologik  jarayon xar  doim  zaruriy vositalar 
va  sharoitlardan  foydalangan  holda  amallarni  muayyan  ketma-ketlikda 
bajarishni  ko’zda  tutadi.  Yanada  aniqroq  aytadigan  bo’lsak,  texnologik 
jarayon  bu  mehnat  qurollari  bilan  mehnat  ob’ektlariga bosqichma  bosqich 
ta’sir etish natijasida sifatli mahsulot yaratish borasidagi  ishchining
 


13
 
 
faoliyatidir.  Ya’ni:  ta’lim  texnologiyasi  -  bu  o’qituvchi(tarbiyachi) 
ning  o’qitish(tarbiya)  ning  turli  xil  vositalari  yordamida  o’quvchi  (talaba) 
larga    muayyan    sharoitda    samarali    ta’sir    ko’rsatish    va    bu  faoliyat 
mahsuli  sifatida  ularda  oldindan  belgilangan  shaxs  sifatlarini  intensiv 
shakllantirish jarayonidir.
 
O’qitish  texnologiyasi  ko’proq  xususiy  metodika  bilan  o’xshash 
ma’noni anglatadi, chunki u ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi 
aniq  o’  q  uv  materiallarini  o’zlashtirish  yo’lini  muayyan  texnologiya 
atrofida ifoda etadi.
 
Ba’zan  metodikani  texnologiyadan  ajrata  olmaydigan,  ular  bir  narsa 
deb e’tirof etadigan amaliyotchi o’qituvchilar uchrab turadi.
 
Metodika  –  o’quv  jarayonini  tashkil  etish  va  o’tkazish  bo’yicha 
tavsiyalar  majmuasidan  iborat  desak,  ta’lim  texnologiyasi  –  o’qituvchining 
kasbiy  faoliyati  samaradorligini  oshiruvchi  va  ta’limda  yakuniy  natijani 
kafolatlaydigan,  o’ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo’lgan  xatti-harakatlar 
yig’indisidir.  Tanlangan  metodni  qayta  ishlash,  unda  texnologiyaga  xos 
xususiyatlarni shakllantirish asosida texnologik darajaga ko’tarish mumkin.
 
O’tgan asrning 70-yillaridan  boshlab  pedagogik adabiyotlarda ta’lim 
texnologiyasi  tushunchasining  mohiyati  ancha  keng  talqin  etila  boshlandi. 
Yaponiya  olimi  T.Sakomoto  tomonidan  “O’qitish  texnologiyasi  –  bu 
o’qitishning  maqbulligini  ta’minlovchi  yo’l-  yo’riqlar  tizimi  bilan  bog’liq 
bilimlar  sohasi”  deb  izohlanadi.  Rus  olimi  N.F.Talizina  fikri  bo’yicha: 
“Pedagogik  texnologiya  –  belgilangan  o’quvmaqsadlariga  erishishning 
oqilona  usullarini  aniqlashdan  iborat”  deb  tushuntiriladi.  I.Ya.Lernerning 
fikricha,  Pedagogik  texnologiya  –  o’quvchilar  harakatlarida  aks  etgan 
o’qitish  natijalari  orqali  ishonchli  anglab  olinadigan  va  aniqlanadigan 
maqsadni  ifodalashni  taqozo  etadi.  Ko’rinib  turibdiki,  ta’lim  texnologiyasi 
belgilangan maqsad va mazmun asosida o’quv jarayonini loyihalash sifatida 
tashkil  etilgan.  Bu  bir  jihatdan  to’g’ri  bo’lsa,  boshqa  tomondan  chuqurroq 
tahlil  etilganda,  bunday  yondashuvda  oquvchi  shaxsi    e’tibordan  chetda 
qolmoqda. Bu  holatni yoki kamchilikni akademik  V.P.Bespalko aniqladi  va 
ta’lim  texnologiyasi  –  bu  o’qituvchi  mahoratiga  bog’liq  bo’lmagan  holda 
pedagogik  fa oliya t   muvaffaqiyatini  kafolatlay  oladigan  ta’lim  oluvchi 


14
 
 
shaxsini  shakllantirish  jarayoni  loyihasidir,  deb  ta’riflaydi.  Loyihalangan 
tayyor  texnologiyani  amalga  oshirish  fan  o’qituvchisidan  katta  pedagogik 
tajriba  talab  etmaydi,  lekin  ushbu  tayyor  texnologiyadan  foydalanish 
samarasi o’qituvchining egallagan texnologik bilim, ko’nikma, malakalariga 
bog’liq. Agar o’qituvchi texnologik loyihani mazmuni va maqsadini chuqur 
anglasa, texnologiyalardan o’z o’rnida va to’g’i foydalanishni bilsa, yakuniy 
natija,  albatta,  kafolatlanadi.  Natijada  novator  pedagogning  boy  va  ko’p 
yillik tajribasidan yosh pedagoglar uchun foydalanish imkoni tug’ladi.
 
Ta’lim  texnologiyalarining  rivojlanish  tarixi  nuqtai  nazaridan 
qaralganda,  nazariya  va  amaliyot  bir-biriga  bog’liqbo’lmagan  holda  talqin 
etilganligini 
ko’rish 
mumkin. 
Natijada 
o’qitish 
jarayonini 
takomillashtirishga  yoki  o’quvchilarning  bilim  faoliyatini  rivojlantirishga 
qaratilgan  u  yoki  bu  ilg’or  metodikalar  texnologiya  darajasiga  ko’tarila 
olmay asta sekinlik bilan  o’z mavqyeini yo’qotib pedagogika nazariyasidan 
uzoqlashib  borgan.  Masalan,  60-yillarda  katta  shov-shuvga  sabab  bo’lgan 
“Dasturlashtirilgan  ta’lim”  yoki  70-80-yillardagi  “shatalovchilik  harakati” 
kabilar.
 
Bugungi 
kunda 
mamlakatimizdagi 
pedagogik 
soha 
mutaxassislarining  ilmiy  salohiyati  ta’lim  texnologiyalari  mohiyatini  ochib  
berishga    yetadi.    Ta’lim    texnologiyalarini    pedagogik  fanning  alohida 
tarmog’i  sifatida  yoki  faqat  ta’lim  amaliyotini  maqbullashtirishga 
yo’naltirilgan  ta’lim  yo’nalishi  deb  qarash  ham  ma’qul  emas.  Ta’lim 
texnologiyasi  bu  sohadagi  nazariy  va  amaliy  izlanishlarni  birlashtirish 
doirasidagi faoliyatni  aks ettiradi.
 
Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  ta’lim-tarbiyaning  maqsadini  yangi 
yo’nalishga  buradi:  “o’tmishdan  qolgan  mafkuraviy  qarashlar  va 
sarqitlardan to’la xalos bo’lgan, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida 
yuksak  ma’naviy  va  axloqiy  talablarga  javob  beradigan  yuqori  malakali 
kadrlar  tayyorlash”  -  deb  belgilanadi.  Demak,  ta’lim-tarbiyaning  maqsadi 
butunlay  yangilanadi,  unga  mos  h  olda  ta’lim  mazmunida  ham,  pedagogik 
jarayonda  ham  yangilanish  ro’y  bermoqda,  yangi  texnologiyalar  kirib 
kelmoqda.  Yangi  metodikalarni  talab  etadigan  va  unga  o’zining  ma’lum 
xususiyatlarini  joriy  etadigan  yangi  texnikaviy,  axborot-kommunikatsion, 
audio-vizual  vositalar  mavjudki,  ular  ta’lim  texnologiyalarini  real 


15
 
 
voqyelikka aylantiradi.
 
Ta’lim  texnologiyalari  boshqa  sohalardagi  texnologik  jarayonlar 
bilan uzluksiz boyib boradi va an’anaviy o’quv jarayoniga, uning samarasini 
oshirishga ta’sir ko’satishning yangi imkoniyatlarini  egallab oladi.  Afsuski, 
bu  jarayon  h  ozirgi  ta’lim  tizimida  juda  qiyin  kechyapti,  haqiqiy 
kompyuterli  ta’lim  texnologiyalari  o’zining  ilmiy  ishlanmasini  kutyapdi: 
“Kompyuterlarning shu kundagi qo’llanishi
 
-
 
ekstensivlik  xolos:  an’anaviy  o’quv  kurslari  shunchaki  ekran 
monitoriga  joylashtirilyapti”.  Bu  yerda  ta’lim  texnologiyalari  va  axborot 
texnologiyalari  o’rtasida  o’zaro  munosabatni  oydinlashtirish  lozim  bo’ladi. 
Keyingi  vaqtlarda  ba’zi  bir  olimlar  (informatika  sohasi  vakillari)  ta’lim 
texnologiyalarini  axborotlashtirishga  kiritish  yoki  tenglashtirish  (ba’zan 
ustun qo’yish) ni yoqlamoqdalar. Bu urinishlar to’g’ri emas.  O’quv-tarbiya  
jarayonini    texnologiyalashtirish    tarixiy  (ayniqsa,  XX  asr  ikkinchi 
yarimidan boshlab) voqelik va jarayondir. Axborotlashtirish bu jarayondagi 
inqilobiy  “burilish”,  uning  muhim  bosqichidir.  Ta’limda  axborot 
texnologiyasi - bu “o’quvchi- kompyuter” o’rtasidagi muloqotdir.
 
Axborotli  texnologiya    ta’lim    texnologiyalarining    tarkibiy    qismi, 
texnik  vositalarining  mukammallashgan  zamonaviy  turi  sifatida  ta’lim 
jarayonida  qo’llanila  boshladi.  Kelajakda  iqtisodiy  muammolar  hal  etilib, 
o’quv  yurtlari  kompyuterlar  va  dasturli  texnikalar  bilan  yetarli  darajada 
ta’minlanadi.  Shundagina  axborotli  texnologiya  asosida  o’quvchi 
(talaba)larning  bilish  faoliyatini  tashkil  etish  va  boshqarish  imkoniyatlari 
tug’iladi va u o’qituvchining yaqin ko’makdoshiga aylanadi.
 

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   323




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish