Savdo aloqalaridagi ishtirokchilar, savdo buyumlari va mahsulotlarning turlari, hajmi, savdo soliqlari



Download 24,58 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi24,58 Kb.
#200019
Bog'liq
Savdo aloqalaridagi ishtirokchilar


Savdo aloqalaridagi ishtirokchilar, savdo buyumlari va mahsulotlarning turlari, hajmi, savdo soliqlari

O’rta Osiyoning Hindiston bilan XV-XVI asrlardagi o‘zaro savdo aloqalarida O’rta Osiyo, Afg’oniston va Hindiston savdogarlari faol ishtirok etishgan. O’rta Osiyo tomonidan: o‘zbeklar, tojiklar, xurosonliklar va keyinchalik, (XVII asr boshlaridan) armanlar, Hindiston tomonidan: mo‘ltonliklar, peshavorliklar, afg’onlar va panjobliklar, kashmirliklar qatnashganliklari ma’lum. Ilk o‘rta asrlarda O’rta osiyolik savdogarlar hyech qanday vositalarsiz o‘z savdo buyumlarini Ho‘rmuz bandargohi orqali dengiz suv yo‘li bilan, quruqlikda bo‘lsa, karvon yo‘li bilan Kobulga yetkazib turganlar. Keyinchalik, XVI asrdan boshlab, O’rta osiyolik va hindistonlik savdogarlar bilan bir qatorda O’rta Osiyo va Hindistonning o‘zaro savdo aloqalarida ko‘chmanchi afg’on qabilalari ham faol qatnasha boshlashgan. Ammo, baribir, Hindiston tashqi savdosining asosiy qismi hind savdogarlarinint qo‘llarida bo‘lib, ular qimmatbaho metallar: oltin va kumush buyumlar bilan savdoni begonalar emas, balki o‘zlarining olib borishlarini afzal deb bilganlar. Lekin bu O’rta Osiyoning o‘sha davrdagi mavjud hukmron savdo doiralari vakillari tomonidan Hindistonga yo‘llangan alohida imtiyozli savdogarlar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan. Hindiston bozorlarida ulardan savdo solig’i olinmagan. Afg’on qabilalari O’rta Osiyo bilan Hindistonning o‘zaro savdo aloqalarida asosan, vositachilik bilan shug’ullanishgan. Bu masalani tarixchi I.M.Reysner atroflicha tahlil qilib, O’rta Osiyo bilan Hindistonning Kobul orqali amalga oshirgan karvon savdosida ko‘chmanchi afg’on qabilalarining muhim vositachilik o‘rnining alohida shart-sharoit va holatlar bilan ta’riflanishining ahamiyatini aniqlab bergan va bu sohada shunday xulosaga kelgan:



  • O’rta asrlarda Hindistonni O’rta Osiyo bilan bog’lagan quruqlik savdo yo‘lining aynan Afg’oniston hududi bilan o‘tganligi;

  • O’rta Osiyodan Hindistonga va Hindistondan O’rta Osiyoga harakatlanadigan savdo karvonlarining, afg’on qabilalarining yilda ikki marta shimoldan janubga va aksincha, o‘z otarlari uchun qulay yaylov axtarib harakatlanadigan yo‘llari bilan o‘tishi;

  • Boshdan oyoq yaxshi qurollangan, bir-birlari bilan qon - qardosh bo‘lgan afg’on ko‘chmanchi chorvadorlari qabilalari uyushmasi Hindistonni O’rta Osiyo hamda Erondan ajratib turuvchi tog’liklar bepoyon cho‘llar bilan o‘tadigan uzoq va xatarli yo‘lda qaroqchilarning to‘satdan tez-tez bo‘lib turadigan hujumlarini va boshqa har qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tishga qodir bo‘lganliklari va h.k.

Hindistonning XV-XVI asrlarda Afg’oniston orqali O’rta Osiyo bilan olib borgan savdo aloqalari hajmining to‘xtovsiz o‘sib borishida afg’on qabilalarining vositachilik o‘rni katta bo‘lgan. Bundan manfaatdor bo‘lgan Hindiston hukumati afg’on ko‘chmanchi qabilalarining bu xizmatlari uchun ularga katta mikdorda haq to‘lab turgan.

O’rta Osiyo bilan Hindistonning Kobul orqali olib borilgan XV-XVI asrlardagi va undan keyingi davrlardagi savdo aloqalari afg’on ko‘chmanchi qabilalariga katta daromad keltirgap, yatijada qabila boshliqlari qo‘lida katta boylik to‘playgan va ular o‘z navbatida oddiy qabila a’zolarini xizmatga tortish, ularga ma’lum maosh berib turish imkoniyatlarini vujudga keltirgan. O’rta Osiyoning Hindistoi bilan savdo aloqalarida qatnashgan afg’on ko‘chmanchi qabilalari tarixda umumiy nom bilan «povinda» deb yuritilgan. «Povinda» bu - o‘z tarkibida lohaniy, nosiriy, xaretiy, miyaxel, dujoni, niyozi va boshqa qabila vakillarini birlashtirgan bo‘lgan, qariyb 35 ming tuyaga ega bo‘lgan yirik bir ittifoq bo‘lgan. Afg’onlarning qabilaviy uyushmalarining asosiy mashg’ulotlari chorvachilik bo‘lgan va ular suruv-suruv qo‘y otarlarini Derajat va Daman hududlaridan Hind daryosining o‘ng qirg’og’i bo‘ylab, G’aznaning ko‘kalamzor yozgi yaylovlari orqali Afg’onistonning shimolidan janubiga va yana orqaga ko‘chirib turganlar. Povinda O’rta Osiyo bilan Hindistonning o‘zaro savdo aloqalarida ancha uzoq muddat, ya’ni XIX asrning ikkinchi yarmiga qadar ishtirok qilgan. Bu vositachilik tufayli povinda a’zolarining ba’zi birlari juda boyib ketishgan. Minglab tuyalarga va boshqa chorva mollariga ega bo‘lganlar. Afg’on qabilalari Hindistondan O’rta Osiyo bozorlariga xilma xil hind savdo buyumlari va mahsulotlarini keltirishib, ularning bir qismini ayirboshlashgan va Buxoro hamda Samarqand kabi savdo markazlaridan zotli otlar, shohi buyumlar xarid qilganlar. Fikrimizni roushoniylar harakatining boshlig’i Boyazid Ansari afg’onlarning mustaqilligi uchun kurashga tashviqotchilik faoliyatining boshlanishiga qadar, ot savdosi bilan shug’ullanganligi va bir necha marotaba Samarqandga kelib ketganligi ham tasdiqlaydi.

V.P.Andryu tadqiqotlarida qayd etilishicha, afg’on qabilalari orasida savdo bilan ko‘proq shug’ullanganlari Kobulliklar hamda lohanilar bo‘lgan. Lohanilar G’aznadan to Hind daryosiga qadar yastanib yotgan hududlarda yashagan bo‘lib, ularning savdo karvonlari iyul oylari boshlarida Kobulda bo‘lishib, u yerdan Buxoroga yo‘l olganlar. Buxorodan qaytishda, Darai Ismoilxonga kelganlarida bu yerda o‘z oilalari va mol-mulklarini qoldirishib, ko‘p sonli yaxshi qurollangan soqchilar hamrohligida Hindiston tomon yo‘lda davom qilganlar. Karvon tarkibida otlar va xachirlardan tashqari 20 mingga yaqin tuyalar bo‘lgan va oddiy xizmatchilarning soni 8 ming kishini tashkil qilgan. G’oyat yirik bo‘lgan bu karvon savdosi ko‘plab shaharlar orqali o‘tgan savdo yo‘llari bilan amalga oshirilgan. Afg’on tarixchisi Muhammad Hayotxon afg’on qabilalarining ishtirokida karvon savdosi Bxovolpur orqali Rajputanga, Lohur va Amritsarga, Dehli orqali Banares, Kalkutta va hatto, Dakka va Birmagacha yetib borganliklari haqida ma’lumot beradi. Hindistonning O’rta Osiyo bilan XV-XVI asrlarda olib borgan karvon savdosida, albatta, afg’onlar bilan bir qatorda hind savdogarlari ham O’rta Osiyoning Buxoro, Samarqand va boshqa shaharlariga tez-tez kelib-ketib turishgan. Ingliz sayohatchisi Antoniy Jenkinson, Buxoroga Gang daryosi vodiysi, Bangola hamda, Hindistonning juda chekka o‘lkalaridan ham savdogarlarning qatnab turganligi qaqida ma’lumot beradi.

O’rta Osiyo bilan Hindiston shaharlari oralarida savdo aloqalarining rivojlanishi natijasida, avval Kobulda, so‘ngra O’rta Osiyoning Buxoro, Samarqand, Nasaf (Qarshi), Kesh (Shahriyeabz), Termiz kabi shaharlarida hind savdogarlari va sudxo‘rlarining alohida – maxsus qasabalari tashkil topgan. Ular o‘z jamoa tashkilotlariga ega bo‘lishgan va uni hukmdor ko‘rsatmasiga binoan tayinlangan «oqsoqollar» (Oqsoqol-i kalon) boshqargan. XVI asrda mo‘ltonlik savdogarlar va sudxo‘rlar Samarqandda o‘zlarining shaxsiy uy-joylariga, mahalliy millat vakillaridan oilalariga va ulardan qarindoshlariga hamda ko‘chmas mulklariga ham ega bo‘lishgan. XVI asrga oid bo‘lgan tarixiy manbalardan birida Buxoroda o‘z oqsoqollariga ega bo‘lgan hind savdogar – sudxo‘rlarining butun bir qasabasi (koloniyasi) mavjud bo‘lganligi haqida ma’lumot berilgan.

Hind savdo qasabalarining O’rta Osiyo shaharlaridagi faoliyatlari kengayib, u keyingi asrlarda ham davom qilgan.

XVII asrda o‘zbek xoni Abdulazizxon tasarrufidagi hududlarda hind savdogarlari va sudxo‘rlarining soni juda tez ortib borgan. Ular endilikda Samarqand, Buxoro, Nasaf, Kesh, Termiz, Balx, Badaxshon, Qunduz, Talxon, Gxori, Oybek, Bag’lon va Shibirg’on shaharlarida o‘rnashib, doimiy yashay boshlaganlar. XIX asrning boshlarida Mo‘ltonda ingliz savdosining kelajak istiqbollari bilan qiziqib, uni tadqiq etgan hind tarixchisi Moxan Lal bir qator qiziqarli kuzatuvlar olib borgan. Uning xulosalariga ko‘ra, Amritsar, Bxovalpur, Kirpur, Dera-i Gxozixon, Dera-i Ismoilxon, Laya, Miankot va boshqa shaharlar – Mo‘ltonning asosiy savdo markazlari bo‘lib, ular Shakarpur, Qandahor, Hirot, Buxoro, Kobul, Peshavor, Sind va Hindiston savdogarlari bilan uzviy savdo aloqalarida bo‘lishgan. Bu savdo aloqalarini O’rta Osiyo va Fors (Eron) ning deyarli hamma shaharlarida faoliyat yurita boshlagan lohanilar va «kshatriy» kastasiga mansub savdogarlar olib borishganlar. Mohan Lalning fikrlari bu mintaqa bo‘ylab, XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlarida kezgan barcha sayohaatchilarning ko‘rsatmalari bilan ham o‘z tasdigini topadi. 1830 yilda, sayohatchi Aleksandr Byornsning ta’kidlashicha, uning hind savdogarlari bilan bo‘lgan suhbati, keyinchalik, o‘zi uchun O’rta Osiyoga safari chog’ida muhim yo‘l ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qilgan. Keyinchalik boshqa bir sayohatchi Dj.P.Feriyerning ta’kidlashicha, Qandahorda savdo-sotiq to‘liq afg’on va hind savdogarlari qo‘lida bo‘lgan. «Hindistondan kelgan savdogarlar Kobulda xazarlar va belujlar orasida hamda Hirotga, Buxoroga va hatto Xivaga tarqalishgan». Bu hind savdogarlari va sudxo‘rlari sharafiga Buxoro va Samarqandda aholi yashaydigan bir nechta joylar «Mahalla-i Hinduvon», «Gumbad-i Hinduvon» deb atalgan. Xurosonda ham bir qator hind qasabalari bo‘lib, ular «Hivdvar», «Hindvalan» va «Hindubod» deb nomlangan. Hindistondan O’rta Osiyoga katta mikdorda qullar hamda hunarmandlar ham olib kelib ishlatilgan. Dehlida toshdan bunyod etshtgan mahobatli binolardan katga zavq olib, hayratlangan Amir Temur Samarqandga o‘zi bilan hind toshtaroshlarini olib kelganligi malum. Bu fikrimizni Zahiriddin Muhammad Boburning: «Temurbek Ohanin darvozasig’a yovuq qal’aning ichida bir masjidi jum’a solibtur, saigin, aksar Hindistondin – eltgan sangtaroshlar anda ish qilibturlar», - deb yozgani tasdikdaydi. Biroq kishilarning bir mintaqadan ikkinchisiga harakatlari Hindistonga nisbatan bir tomonlama bo‘lmasdan, o‘z navbatida O’rta Osiyodan ham Hindistonga ko‘plab din va shariat peshvolari, so‘fiylar, sayidlar, olimu ulamolar, fozilu fuzalolar va hatto odsiy hunarmandlar ham Hindistonda ish axtarib topish imkoniyatlarining mavjudligiga va boshqu turli xil sabablarga ko‘ra borib qolganlar. O’rta osiyolik muhojirlarni hind sultonlari xayrixohlik bilan qarshi olishib, ularning hind tuprog’ida qo‘nim topishlariga g’amxo‘rlik ko‘rsatganlar.

Hind tarixchisi Muzaffar Alamning ma’lumotlariga binoan, Dehlida O’rta osiyoliklar sharafiga, ularning o‘zlari tug’ilib o‘sgan joy nomlari bilan atalgan: Samarqavd, Buxoro, Xorazm, Farg’ona, Andijon kabi mahallalar paydo bo‘lgan. O’rta osiyolik muhojirlar mahalliy hindlar bilan aralashib, tobora ularning tarkibiga singib borganlar va hatto Hindistonga avval borib joylashib qolgan O’rta osiyoliklar o‘zlaridan keyin u yerga borganlarni xorijliklar deb atashgan. Ular va keyinchalik ularning avlodlari hind islom madaniyati hamda O’rta Osiyo va boshqa islom mamlakatlari madaniyati ravnaqiga katta hissa qo‘shganlar.

Sayohatchilardan Byorns va Feriyerlarning ma’lumotlariga ko‘ra, hind savdogar-sudxo‘rlari O’rta Osiyo shaharlarida to XIX asrning oxirlariga qadar o‘z yerlari, mulklariga ega bo‘lganlar. Bular asosan, panjoblik va mo‘ltonliklar bo‘lib, ularning tijorat qobiliyatlarini Britaniya hukmronligi ma’murligi -antropologlari yaxshi yozib, yoritib berganlar. Denzi Ibbetsonning yozishicha esa, Panjob va Mo‘lton kshatriylarining asosiy mashg’ulotlari savdo va sudxo‘rlik bo‘lib, ular butun Panjob va Afg’onistonni o‘z qo‘llariga olib, O’rta Osiyoning ham ancha ichkarisiga kirib borishga erishganlar.

Shariat va unga asoslangan musulmon huquqshunosligi (fiqh) islomga e’tiqod qiluvchi musulmonlarga sudxo‘rlik bilan shug’ullanishni ta’qiqlagan. Shuning uchun ham Buxoro xonligi va sharqning boshqa davlatlarida sudxo‘rlik bilan shug’ullanish faqat g’ayridinlarga, asosan, yahudiylar va hindularga mumkin bo‘lgan. Movarounnahr va Xurosonning hukmron savdo doiralari Hindiston bilan savdo aloqalarini kuchaytirish va mustahkamlash maqsadida O’rta Osiyoning Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va boshqa savdo markazlarida faoliyat yurita boshlagan hind savdogarlari va sudxo‘rlarining manfaatlariga mos keluvchi bir qator imtiyozlar berganlar. Shu bilan birgalikda, hind savdogarlari va sudxo‘rlari uchun alohida huquq va fuqarolik qonun-qoidalari mavjud bo‘lgan. Ularning ko‘pchiligiga musulmon bo‘lmaganliklari uchun ham bir qator huquqiy majburiyatlar yuklatilgan. Misol uchun, Buxoro xonligida yashagan hinduiylik va sikx mazhabidagi hindlar yillik jon solig’i «jizya» va mahalliy musulmon aholi to‘laydigan soliqqa nisbatan ikki baravar ziyod savdo solig’i «zakot» to‘laganlar. Musulmon bo‘lmagan hindlar uchun o‘z dinlarini mahalliy xalq orasida tashviqot va targ’ibot qilish man etilgan. Shahar ichkarisida otda yurish, o‘zlari uchun qurilgan karvon saroydan boshqa joyda yashash, musulmon ayoliga uylanish hamda ulardan qul va xizmatkor yollash va saqlash shariat qonunlariga asosan ta’qiqlangan. Hind savdogarlari va sudxo‘rlari faoliyatiga ko‘rsatilgan xayrixohlik Buxoro amirligi manfaatlarini ko‘zda tutgan holda amalga oshirilgan. Chunki, I.G’.Nizomiddinovning Buxoro xonligida hind sudxo‘rlari faoliyati tarixiga oid tadqiqotlarida aniqlanishiga qaraganda, Buxoro amirligi hind sudxo‘rlarining tadbirkorlik ishlaridan faqat jiz’ya yoki zakot emas, balki ancha salmoqli daromad olib turgan.

Quyida biz tadqqiotchi Ilyos Nizomiddinov tomonidan Buxoro amirligi qushbegi arxivi xazinasidan avval xonlik, so‘ngra amirlik hududlarida istiqomat qilgan hindlarning yer-mulklariga meroslik huquqini o‘zida ifoda etgan bir hujjatga o‘z e’tiborimizni qaratamiz. Ushbu hujjat shunday mazmunga ega:



  • Vafot qilgan hindning merosxo‘ri noma’lum bo‘lsa, uning mulki va daftari (karzlar va oldi-sotdi ishlari ro‘yxati) davlat foydasiga musodara etilgan;

  • Agarda marhumning merosxo‘ri ma’lum bo‘lsa-yu, biroq uning merosga da’vogarligi asossiz bo‘lsa, u holda, marhum hindning mulki va daftari o‘rganilib, u da’vogarga sotilgan, puli davlat xazinasiga berilgan;

  • Agarda hindlar o‘zlari orasidan kimnidir bir kishini merosxo‘r deb ko‘rsatsalar va u kishi merosga da’vogar bo‘lsa va agarda guvohlik beruvchi hindlar «bu haqiqatan shunday» deb tasdiqlasalar, da’vogar merosga ega bo‘lishi uchun shariatga asosan, o‘z guvohlarini va o‘z davosining asosli, o‘rinli ekanligini isbot qilib berganidan keyingina (marhum hindning) mulki tergov va taftishga tortilgan;

  • Agarda hindlar adolatli guvoh topa olmasalar, u holda ular o‘zaro kelishib, hammalarining roziligi bilan (marhum hindga) tegishli bo‘lgan mulk va daftarning umumiy narxi (qiymatini) aniqlaganlar va uni sotib olish huquqini merosga da’vogarlik qilgan kishiga berganlar;

  • Agarda, shariat qonunlariga binoan, hindlardan ikki kishi merosga o‘z da’vogarliklarini isbot qila olsa va adolatli guvohlar sifatida qasamyod qilgan (hindlardan ikki kishi) shariat ruxsatiga ko‘ra, merosxo‘rlikka ko‘rsatilgan da’voning qonuniyligini asoslay olsa, da’vogar (marhumning merosini) ola bilgan. Va agarda (bu hindlar) o‘z da’volarining qonuniyligini isbot qila olmasalar, bu holda ularning o‘zlari («marhumning merosini») sotib olishga da’vogar bo‘lganlar.

Hujjatda keltirilgan bandlarning ma’nosini tahlil qilish asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, vafot qilgan hind sudxo‘rining mulki, vorislikka da’vogar yoki jamoaning har qanday boshqa a’zosi tomonidan (bu yerda hind savdo koloniyasi ko‘zda tutilgan) sotib olingan takdirda ham, har ikkala holatda ham, oldi-sotdi muomalasidan tushgan pul baribir, Buxoro amirligi xazinasiga tushgan. Bu ko‘rsatmaning amalda qanday qo‘llanilganligiga e’tiborimizni' qarataylik, - «misol uchun, Xatirchida faoliyat yuritgan hind sudxo‘ri Marvarid vafot etgach, uning 5 ming tanga deb baholangan merosi xuddi shu narxda hind sudxo‘rlari jamoasining boshqa bir a’zosi Sufi ismli hind tomonidan sotib olingan, pul esa davlat xazinasiga topshirilgan. Xulosa qilib aytganimizda Buxoro amirligi hind sudxo‘rlarining ma’lum darajada boyishlari uchun ularning o‘z yerlari, savdo do‘konlari, karvon saroylariga ega bo‘lishlariga qarshilik ko‘rsatmagan. Chunki bundan Buxoro amirligi hyech narsa yo‘qotmagan, vafot qilgan hind sudxo‘rlarining meros mulki merosxo‘rlika da’vogar bo‘lmagan holda davlat xazinasi ixtiyoriga o‘tgan va kimoshdi savdosiga qo‘yilgan. Ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan hind sudxo‘rlari uchun o‘sha joyda o‘rnashish imkoniyati paydo bo‘lgan va bu o‘z navbatida, ularga qarashli mulkning ishonchli saqlanishiga kafolot bergan.

Ta’kidlash lozimki, hind savdogarlari va sudxo‘rlarining O’rta Osiyo shaharlarida olib borgan faoliyatlari haqida dastlabki ma’lumotlar asosan, XVII asrga tegishli bo‘lib, undan oldingi davrlarga, xususan, XV-XVI asrlarga oid ma’lumotlar tarixiy manbalarda uchramaydi. Biroq Buxoro amirligi qushbegi arxivi hujjatlariga asoslanib, hind savdogarlari va sudxo‘rlarining O’rta Osiyo shaharlarida foydalangan huquq va imtiyozlari XVII, XVIII va XIX asrlarda qanday bo‘lgan bo‘lsa, XV-XVI asrlarda ham xuddi o‘sha holatda bo‘lgan, degan xulosaga kelish mumkin.

O’rta Osiyo bilan Hindistonning XV-XVI asrlardagi savdo aloqalariga doir ma’lumotlar juda kam va mavjud bo‘lgan tarixiy ma’lumotlar ham u yoki bu tarixiy manba sahifalarida yo‘l-yo‘lakay, tarqoq holatda uchraydi. Bu albatta mazkur mavzu yuzasidan kuzatishlar olib borishni qiyinlashtiradi. Mavzuga doir ilmiy adabiyotlarning nisbatan ancha avvalgi va keyingi davrlarni o‘z ichiga olganligi tufayli O’rta Osiyo bilan Hindistonning XV-XVI asrlardagi savdo aloqalari tarixi yetarli darajada yoritilmay qolgan. Shunday bo‘lsa-da, biz ushbu muammoni o‘rganishda sharq va g’arb tarixiy manbadariga tayangan holda ba’zi ilmiy xulosalarni chiqarishga erishdik. O’rta Osiyo bilan Hindistonning o‘zaro savdo aloqalarida Ho‘rmuz, Kobul, Kashmir va Qandahor orqali Marv yo‘nalishidagi to‘rt asosiy yo‘l muhim o‘rin tutganligi ma’lum bo‘ladi. XVI asrda Hindistonning tashqi dengiz savdosida yevropaliklar (portugagshar va inglizlar) monopol huquqlarining o‘rnatshshshi munosabatidan Hindistonning Afg’oniston orqali O’rta Osiyo bilan savdo aloqalarida Kobul orqali o‘tgan xalqaro karvon yo‘lining ahamiyati kuchayganligi va bu yo‘l orqali amalga oshirilgan savdo aloqalarida afg’on savdogarlarining Buxoroda o‘rnashgan vakillarining Kobulda Hindistondan keltirilgan savdo buyumlarini ulgurji xarid qilib, so‘ngra uni O’rta Osiyo shaharlariga yetkazib berishdan iborat vositachiligi oydinlashadi.

Ma’lumki, Afg’oniston milliy davlat bo‘lib rasmiylashishiga qadar hozirgi Afg’oniston hududi ikki qismga bo‘lingan bo‘lib, uning shimoliy qismi Buxoro xonligiga, janubiy qismi esa, Boburiylar davlati tarkibida bo‘lgan, shuning uchun ham Kobulda bo‘lgan O’rta Osiyolik savdogarlar o‘zlarini amalda Hindistonda deb his qilganlar. Chunki yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, Afg’oniston, Belujiston va Makron Kichik Hindiston deb yuritilgan va Hindiston tarkibida bo‘lgan.

Bu borada Kobul Hindistonning o‘ziga xos bozori bo‘lgan. O’rta Osiyo bilan Hindiston orasidagi savdo aloqalarida Kobulning tuggan o‘rni va ahamiyatiga katta baho bergan Zahiriddin Muhammad Bobur, - «Har yil yetti- sakkiz- o‘n ming ot Kobulg’a kelur. Quyi Hindistondin o‘n-o‘n besh -yigirma ming o‘yluq korvon Kobulg’a kelur. Hinduston mato‘i burda va oq raxt va qand va nabot va shakar va aqoqir keltururlar. Ko‘p savdogar bo‘lg’aykim, dah si, dah chilg’a (uchdan bir, to‘rtdan bir ma’nosida - ta’kid bizniki-A.T.) rozi bo‘lmag’ay». Kobul orqali savdo aloqalari hajmi tobora o‘sib borgan. Hind iqtisodchi olimi, S.S.Kyulshreshtxa hisobiga ko‘ra, XVI asrda, Kobulga 300-400 karvon kelib tushgan. Kobuldan Hindistonga har yili mingga yaqin karvon jo‘nagan. Hindistondan Kobulga hind ziravorlari, tansiq shirinliklar, sifatli va nafis matolar yuklangan yetti ming otliq va o‘n bir ming tuyadan iborat karvon kelib ketib turgan.

Kobul orqali Hindiston bozorlariga O’rta Osiyodan savdo karvonlari ko‘plab mikdorda ho‘l va quruq mevalar ham olib borgan. Bu hakda Akbarshoh davrining yirik tarixchisi Abul Fazl Allomiyning «Oyin-i Akbari» nomli asarida keltirilgan ma’lumotlarga binoan, Turondan Hindistonga olib borilgan mevalarning turlari va ularning narxlari o‘z ifodasini topgan jadval fikrimizni to‘liq tasdiqlaydi. Abul Fazl Allomiyning guvohlik berib yozishiga qaraganda, Hindistonga faqat Turondan emas, balki Erondan ham mevalar olib borilgan va ular O’rta Osiyodan olib boriladigan mevalarning turlari berilgan ro‘yxatga kiritilgan. IIIu o‘rinda biz quyida Hindistonga faqat O’rta Osiyodan olib borilgan mevalarning nomlari, vazni, miqdori va bahosi haqidagi ma’lumotni keltirishni maqsadga muvofiq deb bildik. U shunday ko‘rinishga ega:



Boshqa bir tarixiy manba, ya’ni Hofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma» asaridan o‘rin olgan ma’lumotga binoan, hijriy 922 (1584 yilda) Peshavor shahriga Hindistonning Dakan, Hujarot, Mo‘lton va shu kabi boshqa ichki viloyatlaridan savdo buyumlari yuklangan mingga yaqin tuyalardan tashkil topgan savdo karvoni yetib kelgan. Hind savdogarlari keltirgan savdo buyumlari asosan, Movarounnahr, Xuroson va Turkiston bozorlarida sotish uchun mo‘ljallangan. Afsuski, ushbu karvon bilan O’rta Osiyo bozorlariga Hindiston shaharlaridan tushgan savdo buyumlarining turlari haqida ma’lumotni uchratmadik. Badridsin Kashmiriyning «Ravzat-ur rizvon va xadikat ul-g’ilmon» («Jannat bog’i va o‘rmon mahramlari») nomli asarida hamda «Majmua-i Vassoiq» («Vasiqalar to‘plami»)da keltirilgan ma’lumotlarga muvofiq, - «XVI asrning oxirlarida mo‘ltonliklar O’rta Osiyo bozorlariga Hindistonning Lohur va boshqa savdo markazlaridan to‘p-to‘p chit, vuta va boshqa buyumlar olib kelib sotganlar». Lyudoviko Vartemaning guvohlik berib yozishiga qaraganda, «Bangola va Kambayda ishlab chiqarilgan hind to‘qimachiligi sanoati mahsulotlari O’rta Osiyo, Eron va Turkiya bozorlarida juda qadrlangan». Bu buyumlar orasida ayniqsa, Kashmir shol ro‘mollariga bo‘lgan ehtiyoj katta bo‘lgan. Kashmir shol ro‘mollariga ega bo‘lish O’rta osiyolik mahalliy hukmdorlar xonadonlarida katta obro‘ sanalgan. O’z navbatida O’rta Osiyodan Hindistonga yuqorida qayd etib o‘tilgan ho‘l va quruq mevalar bilan bir qatorda mo‘yna, muskus, ov qushlari (qarchig’ay, burgut), koral va otlar olib borilgan. Ziyouddin Barani o‘zining «Tarix-i Feruzshohi», («Feruzshoh tarixi») nomli asarida O’rta Osiyodan Hindistonga ilk o‘rta asrlardan boshlab zotdor otlar yetkazilib turilganligi haqida yozgan. Dehli sultonligi va Boburiylar hukmronligi davrida otliq qo‘shinlar Hindistonda davlat siyosati va harbiy kudratining asosini tashkil qilgan. Shu sababdan ham o‘sha davrda Hindistonda otlarga va otliq qo‘shinlarga talab katta bo‘lgan va ot savdosi O’rta Osiyo bilan Hindistonning XV-XVI asrlardagi savdo aloqalarida asosiy o‘rinda turgan. Bu sohada ingliz tadqiqotchisi Saymon Digbining «Dehli sultonligida harbiy jangovor otlar va fillar» nomli kitobi diqqatga sazovordir. Bu kitobdan o‘rin olgan ma’lumotlar yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi. Saymon Digbining ma’lumotlariga ko‘ra, Boburiylar davriga qadar Hindistonni otlar bilan asosan O’rta Osiyo va Dashti Qinchoq ta’minlab turganligi ayon bo‘ladi. Hindistonga katta miqdorda Erondan ham otlar yetkazib turilgan, biroq oliy zotli otlar asosan, O’rta Osiyodan olib borilganligi tarixiy manbalardan o‘rin olgan ma’lumotlardan yaxshi ma’lum. Bu fikrlarimizni XIV arab sayohatchisi Ibn Battutaning quyidagi ma’lumotlari tasdiqlaydi. Bu haqda u shunday yozgan «Oltin O’rda (Dashti Kirchoq)» cho‘llaridan Movarounnahr va Ho‘rmuz orqali Hindistonga kishanlangan uchqur otlar olib borilgan. Bitta karvon bilan odatda 6 ming va undan ziyod ot otarlari haydalgan. Dashti Qipchokda savdogarlar har bir bosh otni 50-60 dirham (8-10 dinorga, 1-dinor 13 gramm kumushga barobar) xarid qilganlar va Hindistonda ularning har birini 100 dinor (600 dirhamdan) sotganlar. Eng yaxshi otlarning bahosi 500 dinorgacha narxlangan. Ot savdosi bilan mashg’ul bo‘lgan savdogarlar savdonipg bu sohasidan katta daromad olganlar. Ot savdosining XV asrda ham rivoj topganligini biz Abdurazzoq Samarqandiyning janubiy Hindistonga safari chog’ida, - «O’zim bilap birga yaxshi besh bosh ot ham olib bordim», - deb szganidan ham bilsak bo‘ladi. O’rta Osiyo bilan Hindistonning XV-XVI asrlardagi o‘zaro savdo aloqalarida ot savdosining asosiy o‘rinda turishini boshqa tarixiy manbalar ham to‘liq tasdiqlaydi. Janubiy Hindistonga Abdurazzoq Samarqandiydan keyin sayohat qilgai rus sayohatchisi Afanasiy Nikitin ham Ho‘rmuzdan Hindistonga sotish uchun o‘zi bilan birga ot olib borganligi haqida yozgan. Hindistonga ot olib borib sotishning XVI asrda ham davom qilganligini italiyalik ikki sayohatchi -Lyudoviko Vartema hamda Chezare Frederichelar ham tasdiqlashadi. Ular o‘z ma’lumotlarida Hindistonga chetdan olib borilgan otlarning 300 dan 1000 dukatgacha bahoda sotilishini ta’kidlashgan. Hindistondan O’rta Osiyoga keltiriladigan savdo buyumlarining turlari haqidagi ancha aniq ma’lumotlarni XVI asr ingliz sayohatchisi Antoniy Jenkinson o‘z safari kundaligida qayd etib, «Hindistondan Buxoro bozorlariga katta mikdorda shol ro‘mollar, nil bo‘yog’i, zard cho‘p, qora murch, zanjabil, lojuvard, fil suyagi, qalampirmunchoq, olmos. dolchin, nafis matolar va dorivor giyohlarning tushganligini yozgan». O’rta Osiyo bilan Hindiston orasidagi karvon savdosining taraqqiyotida Kashmir qadimdan Hindistonning savdo-hunarmandchiligi yuksak darajada taraqqiy topgan markazlaridan biri bo‘lgan.

Ayniqsa, Kashmirda qo‘l mehnatiga asoslangan xalq hunarmandchiligi juda rivojlangan bo‘lgan. Jahon bozorida Kashmiri shol ro‘mollar munosib o‘rin egallagan. Kashmir o‘zining sifatli shol buyumlari tufayli katta foyda olib turgan. Kashmir sholi avval Afg’oniston, O’rta Osiyo, Rossiya keyinchalik G’arbiy Yevropaning Fransiya, Italiya va boshqa mamlakatlarida ham shuhrat qozongan. Hozirgi Hindistonda ravnaq topgan xalq hunarmandchiligi va amaliy san’atining ko‘pgina sohalari o‘zining kelib chiqish tarixi jihatidan O’rta osiyolik hunarmandlar, amaliy san’at ustalari faoliyatlari bilan uzviy bog’liq bo‘lgan. Misol uchun 1398-1405 yillarda Kashmir hokimi Sikandar Butshikonning o‘g’li Shohixon (keyinchalik, u Zaynul Obidin deb atalgan). Samarqandga kelib Amir Temur saroyida bo‘lgan va shu vaqt mobaynida Samarqand ustalari va mohir hunarmandlarining kasb-korlari bilan yaqindan tanishib, Samarqand naqqoshlari, me’morlari, to‘quvchilarining kasblari, sir-asrorlarini qunt bilan o‘rgangan va o‘z vatani Kashmirga qaytib borgach, u yerda Samarqand ustalaridan o‘zlashtirgan tajribalari asosida hunarmandchilikning Hindiston uchun butunlay yangi bo‘lgan sohalariga asos solgan. Zaynul Obidin bilan birga Hindistonga borgan samarqandlik ustalar esa u yerda qog’oz ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘yganlar. Ma’lumki, Samarqand qog’ozi bu davrda dunyoga mashhur bo‘lgan. Samarqand qog’ozining shuhratini mamnuniyat bilan qayd etgan Zahiriddin Muhammad Bobur «olamda yaxshi qog’az Samarqanddin chiqar», - deb yozgan. Hindistonda ham qog’oz ishlab chiqarishning boshlanishi u bilan bog’liq bo‘lgan xattotlik san’atining rivojlanishiga va shu davrdan boshlab, hind ustalari tomonidan chiroyli, muqovali kitoblarning yaratilishiga asos bo‘lgan. Hindistonda hunarmandchilikning boshqa ko‘pgina tarmoqlarining kelib chiqishi tarixi ham O’rta osiyolik ustalarning faoliyatlari bilan bevosita bog’lab o‘rganiladi. Ingliz tadqiqotchisi Pirs Jervisping tasdiqlashiga ko‘ra, Shohi - xon bilan birga Kashmirga borgan samarqandlik gilamdo‘zlar, u yerda ham hunar-mandchilikning shu sohasiga asos solganlar. Kashmiri shol ro‘mollar ishlab chiqarish tarixi ham shol ishlab chiqarishning kashf etilishi ham, O’rta osiyolik hunarmand ustalarning nomlari bilan bog’liq tarzda o‘rganilishi, asli shol ishlab chiqarishning vatani O’rta Osiyo bo‘lganligi haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. Tadqiqotchi U.A.Rustamovning tarixiy manbalarga tayangan holda, Kashmirda shol to‘qishning yo‘lga qo‘yilishiga qo‘qonlik Nag’izbek ismli kishining sababchi bo‘lganligi haqidagi fikri diqqatimizni jalb qiladi. Nag’izbek Qo‘qondan Hindistonga qo‘lda to‘qilgan 1,5 metr jun gazlama olib borgan va uni Kashmir hokimi Mirza Haydarga (1540 yil) hadya qilgan. Bu gazlama Mirza Haydarga juda ma’qul tushgan. Mirza Haydar uning qanaqa gazlama ekanligini Nag’izbekdan so‘raganida u, bu shol ro‘mol deb javob bergan ekan. Shu voqyea tufayli, Kashmirda ham shol ishlab ishlab chikarish avj olgan. Shu munosabatdan ham hozirgi zamon hind gadqiqotchilari: P.N.K.Bamzay va G’ulom Ahmadlar Kashmirda shol to‘qishning ilk tarixini O’rta osiyolik ustalar va to‘quvchilar faoliyatlari bilan aloqador deb biladilar. Shol ishllab chiqarish juda murakkab jarayon bo‘lgan. Shol uchun xom ashyo sifatida echkidan qirqib olinadigan oliy navli yung-tivit ishlatilgan. Tivit har qanday echkidan emas, balki havosi sof va musaffo baland tog’larda boqiladigan alohida zotdor echkilardan olingan. Tivit sifati uning qaysi faslda qirqib olinginligi bilan ham farqlangan. Qish faslida olingan tivitning sifati yaxshi bo‘lib u «shaxtus» deb atalgan. Bu tur tivitdan to‘qilgan shol ro‘mollarni odatda, uzuk ko‘zidan o‘tkazish mumkin bo‘lganligi uchun ham, uni «uzuk sholi» deb atashgan. Uzoq vaqt davomida sholga rang berish hyech kimning xayoliga kelmagan. Sholning rangi tabiiy, oqish-kulrang bo‘lgan. Hunarmand ustalardan birining shol to‘qiyotgan paytda, bexosdan burni qonab, sholga tomgan. Sholning rangini buzib qo‘ydim deb, xijolatdan tashvishga tushgan usta bo‘yalib qolgan sholni xo‘jayin ko‘rib qolmasin, degan maqsad bilan yashirishga uringan. Ammo bundan xabar topgan xo‘jayin sholga rang berish ustida o‘ylanib qoladi va ustaga bu kashfiyoti uchun tahsin aytadi. Bu hodisa shol buyumlarga rang berishga asos bo‘lgan. Kashmiri shol ro‘mollarning sifati oshib, unga bo‘lgan talab kuchaygan. Shol ro‘mollarning «amlikar» va «kani» nomli yangi turlari paydo bo‘lgan. O’rta Osiyoga Hindistondan olib kelinadigan Kashmiri shol ro‘mollar bilan bir qatorda Kashmirdan Ladok markazi Lex shahri orqali ingliz tadqiqotchisi Aleksandr Kenningxem ma’lumotiga ko‘ra, 50 turdan ziyod savdo buyumlarining O’rta Osiyo shaharlariga yetkazilganligi ma’lum. Lex Hindiston, Xitoy va O’rta Osiyo savdogarlari to‘planadigan gavjum savdo markazi bo‘lgan. Bu shaharda Kashmir orqali Hindistonning turli o‘lkalaridan olib kelingan: chit, qora murch, Mo‘lton shohisi, Nurpurdan poyafzal, tuz, dag’al shakar va boshqa mahsulotlar Xitoy va O’rta Osiyo savdogarlari tomonidan xarid qilingan. Ladok markazi Lex orqali olib borilgan savdo-sotiq ham Hindistonga katta foyda keltirgan.
Download 24,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish