Savol: Boshqarishning iqtisodiy usullari



Download 17,17 Kb.
Sana25.03.2022
Hajmi17,17 Kb.
#508904
Bog'liq
SM50 Nosirova Maloxat G\'ayratjon qizi yakuniy


SM 50 guruh talabasi
Nosirova Maloxat G’ayratjon qizi
Menejment fanidan yakuniy nazorat ishi

10-variant


Savol:

  1. Boshqarishning iqtisodiy usullari.

  2. Boshqarishning chiziqli-shtabli strukturasi.

  3. Ishlab chiqarishni boshqarishda obyekt va subyekt tushunchalari.

Javoblar:



  1. Boshqarishning iqtisodiy usullari. Boshqaruvning iqtisodiy usullari kishilarga iqtisodiy manfaatlar orqali ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiy usullarning mohiyati xodimlar va ishlab chiqarish jamoasiga ular manfaati bo’lishini ta’minlovchi iqtisodiy sharoit yaratishdan iboratdir. Boshqaruv usullari tizimida iqtisodiy usullar yetakchi o’rinni egalaydi.

Iqtisodiy usullar iqtisodiy ta’sir vositalari yig’indisidan (narx, kredit, biznes-reja, foyda, soliqlar, ish xaqi, iqtisodiy rag’batlantirish va boshqalar), ya’ni xo’jalik faoliyatiga ta’sir etishning har bir jamoa mos xo’jalik bo’g’ini bilan uzviy aloqada amal qilishini ta’minlovchi tadbirlaridan iboratdir.
Bozor mexanizmining muhim vazifalaridan biri biznes reja va bozorning uzviy bog’liq bo’lishiga imkon yaratuvchi pul va tovar resurslari to’g’ri nisbatini ta’minlashdir.
Bozor iqtisodiyoti ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga nisbatan qarama-qarshi tizim bo’lib, bozorda narx, soliq, kredit vositasida tartibga solish eng avvalo ijtimoiy maqsadda amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx va ish xaqi o’zgarishni qat’iy tartibga solmay barqarorlikka erishib bo’lmaydi.
Shunday qilib, boshqaruvning iqtisodiy usullari juda keng imkoniyatlarga ega bo’lib, ular mohirona va o’z vaqtida tashkiliy-farmoyish, ijtimoiy-psixologik va xuquqiy usullar bilan qo’shib olib borilgan taqdirda yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Korxonalar, aksioner jamiyatlari, firmalarda muhim boshqaruv usullaridan biri - biznes-rejalardir. U iqtisodiy jarayonlarni umummilliy manfaatlarni ko’zlab, xo’jalik amaliyotida obyektiv iqtisodiy qonunlardan foydalanish asosida, ongli ravishda, bir maqsadga intilgan holda boshqarishning o’zaro uzviy bog’liq tizimidan iboratdir.
Boshqarishning iqtisodiy usullari - iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga asoslanadi. Zero, har qanday jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, eng avvalo manfaatlarda namoyon bo’ladi. Manfaatlar uch xil bo’ladi:
umumjamiyag manfaatlari;
jamoa manfaatlari;
shaxsiy manfaatlar.
Bu manfaatlarni uyg’un sur'atda bog’lab olib borish muammosi bir qator muammolarni hal qilishga, har bir davr sharoitlariga muvofiq keladigan munosabatlarni o’rnatishni talab qiladi.
Masalan, bozor iqtisodiyoti sharoitida umumjamiyag manfaatlarini ro’yobga chiqarish maqsadida quyidagi iqtisodiy boshqaruv usullariga, ya'ni:
korxonalar va xo’jaliklarga faoliyat yuritishlarida erkinlik va mustaqillik berish;
xo’jaliklarni pirovard natijalariga binoan moddiy rag’batlantirish, soliq imtiyozlarini berish;
korxona va xo’jaliklar o’rtasidagi o’zaro shartnomalarning bajarilish intizomini mustahkamlash va ularning rolini oshirish;
moliya-kredit munosabatlarini takomillashtirish;
bozor munosabatlari mexanizmlari: baho, foyda, soliq, rentabellik, raqobat va hokazolarga keng e'tibor beriladi.
Iqtisodiy boshqaruv usullarining asosiy vazifasi ishlab chiqariladigan mahsulot (xizmat) birligiga sarflanadigan xarajatni kamaytirishga imkon beruvchi xo’jalik mexanizmlarining yangi usullarini, shuningdek, manfaatdorlik muhitini vujudga keltirish va ulardan samarali foydalanishdir.
Bu usulda kishilarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali ularning samarali ishlashi ta'minlanadi. Bu maqsadga qo’shimcha ish xaqi to’lash, mukofotlar berish, bir yo’la katta pul bilan taqdirlash kabilar muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy metodlar boshqarishning barcha metodlari ichida etakchi o’rinni egallaydi. Har qanday darajadagi rahbar bu usulning mazmunini yaxshi bilishi va ularni to’gri qo’llay olishi kerak. Boshqariluvchi ob'ektga iqtisodiy usullar orqali ko’rsatiladigan ta’sir korxonalarni:
jiddiy rejalar qabul qilishga:
mehnat va moliya resurslaridan yanada unumliroq foydalanishga;
yangi texnologiyalarni joriy qilishga;
mehnat unumdorligini oshirishga;
raqobatbop mahsulotlarni ishlab chiqarishga rag’batlantiruvchi va shunga da'vat etuvchi bo’lishi kerak.
Shu bilan birga iqtisodiy metodlar shunday tanlanishi va qo’llanilishi kerakki, bunda jamoalar va har bir xodimning manfaatlarigagina emas, balki butun jamiyat manfaatlariga rioya qilinadigan bo’lsin. Bir korxona uchun foydali tadbir davlatga ham foydali bo’lsin.
Boshqarishning iqtisodiy usullari jumlasiga:
kredit va foiz stavkasi;
soliq va soliq yuki;
boj to’lovlari;
subsidiya va sanktsiya;
litsenziya;
transfert to’lovlari;
narx-navo va hokazolar kiradi.
Boshqaruv organlari, xususan, davlat bu usullarni qo’llab, bozorni shakllantirish chog’ida ham, uning o’zini o’zi boshqarishi bosqichida ham g’oyat muhim jarayonlarni boshqaradi.
Agar ma'muriy boshqarish usullari o’zini o’zi boshqaradigan bozor mexanizmlariga qarshilik ko’rsatsa, ularga to’sqinlik qilsa, iqtisodiy usullar esa aksincha, ulardan foydalanishga tayanadi. Xo’jalik sohasiga davlatning ta'siri ham tubdan o’zgaradi. Binobarin, ma'muriy boshqarish usulida davlat korxonalarga o’z ta'sirini qat’iy belgilangan reja orqali o’tkazadi.

2.Struktura” lotincha so’z bo’lib, tarkibiy qismlarning o’zaro bog’liq ravishda joylashishini va tuzilishini bildiradi.


Boshqaruv strukturasi – bu boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funksiyalarini bajaruvchi bir-biri bilan bog’langan boshqaruv organlari va bo’g’inlarining majmui tushuniladi.
Bo’linma – o’zaro ma’lum bir tarkibga ega bo’lgan ma’lum bir maqsad uchun tashkil etilgan va korxona ishlab chiqarish tizimini bir yaxlit vazifasini bajaruvchi bo’lim hisoblanadi.
Boshqaruv bo’g’ini boshqarishni aniq, ayrim funksiyalarini bajaruvchi strukturaning mustaqil bo’limidir. Boshqaruv bosqichi iyerarxiyaning muayyan darajasida amal qiladigan bo’limi.
Boshqaruv strukturasi miqyosiga qarab unsurlari turlicha bo’lishi mumkin.
Boshqarishning chiziqli-shtabli strukturasida ixtisoslashgan guruh rahbarga qaror qabul qilishda ko’maklashish uchun tashkil etiladi. Bu struktura murakkab muammolarni bartaraf etish uchun o’z dasturini ishlab chiqib, rahbarga tavsiya etadilar. Rahbar bu tavsiya asosida o’z qarorini qabul qiladi.
Boshqarishning chiziqli-shtabli strukturasida ixtisoslashgan guruh rahbarga qaror qabul qilishda ko’maklashish uchun tashkil etiladi. Bu struktura murakkab muammolarni bartaraf etish uchun o’z dasturini ishlab chiqib, rahbarga tavsiya etadilar. Rahbar bu tavsiya asosida o’z qarorini qabul qiladi.
Bu strukturasining afzalligi: qabul qilingan qarorlar yuqori samara keltiradi. Kamchiligi: chiziqli boshqarishning yakkaboshchilik prinsipi buziladi.
Funksional strukturada boshqaruv apparati ixtisoslashgan funksional bo’limlardan tashkil topadi va har bir yo’nalishdagi qarorni mustaqil amalga oshiradi. Sof holatda funksional struktura uchramaydi.
Chiziqli-funksional strukturaning ijobiy tomonlari:
1) boshqaruv faoliyatining ixtisoslashuvi mutaxassislarni yuqori darajada malakali bo’lishini ta’minlaydi;
2) funksional rahbarlar boshqarish samaradorligini yuqoriroq bo’lishiga erishiladi;
3) boshqaruv qarorlarini takrorlanishi kamayadi.

Salbiy tomonlari:


1) boshqarishning yakkaboshchilik tamoyili buziladi;
2) boshqarish bo’yicha o’z manfaatdorligi yuzasidan umumiy samaradorlikka erishmaslik;
3) mas’uliyatni susayishi

3.Ishlab chiqarish ikki turdagi boshqarishni tashkil qiladi:


-buyumni, ya'ni mehnat vositalarini boshqarish;
-odamlar (ishchilar)ni boshqarish.
Buyumni boshqarish uning o’zini ishlab chiqarish jarayonidan iborat. Bu jarayonda ishchilar moddiy boylik olish maqsadida mehnat buyumlariga ta'sir ko’rsatadilar va boshqarish sub'ekti rolini bajaradilar. Moddiy boylik olish uchun mehnat buyumlariga bevosita ta'sir ko’rsatadigan ishchilar:
boshqaruvchi tizimda boshqarishning ob'ekti (odamlarni boshqarish);
boshqariladigan tizimda boshqarishning sub'ekti (buyumni boshqarish) sifatida ishtirok etadilar.
Ishlab chiqarishni boshqarish - ishchilarni boshqarishdan iborat bo’lib, ular o’z navbatida mehnat vositalarini boshqaradilar. Odamlarni boshqarish ishlab chiqarishda ularning munosabatlariga ham ta'sir ko’rsatishdir.
Masalan, har bir korxona tsexlararo asosiy va yordamchi tsexlar o’rtasida, har bir tsexda esa uchastkalararo; o’z navbatida har qaysi uchastka yoki brigadalarning ishchilari o’rtasida ishlab chiqarish aloqalari va munosabatlari mavjud bo’ladi.
Shuningdek, korxonalar boshqa korxonalar bilan mahsulot sotish, ishlab chiqarish vositalari bilan ta'minlash borasida ham ishlab chiqarish aloqalarini o’rnatadi. Bu munosabatlar kooperatsiya va mehnatni, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish darajasiga bog’liq.
Iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanadi. har qanday ishlab chiqarishda ikki omil - shaxsiy-insoniy omil va moddiy-ashyoviy omil ishtirok etadi. Chunonchi:
Download 17,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish