Savollar: Buddaviylik va xristianlik dini falsafasi



Download 20,06 Kb.
Sana31.01.2022
Hajmi20,06 Kb.
#420374
Bog'liq
Shodimorova Mushtariybonuning falsafa fanidan 2


Shodimorova Mushtariybonuning falsafa fanidan 2-oraliq nazorati
18- variant
Savollar:
1.Buddaviylik va xristianlik dini falsafasi
2.Mantiqiy qonunlar, ularning moxiyati vaturlari
3.San’at turlari va ularning ijtimoiy mohiyati
Buddaviylikning asoschisi miloddan avvalgi 1-ming yillikda yashagan Budda hisoblangan. U tarixiy shaxs bo‘lib, 80 yil yashagan. Uning xususida turli rivoyatlar mavjud. Uning nomi hind tilida nurlangan, oliy haqiqatga erishgan degan ma’noni anglatadi. Rivoyatlarga qaraganda, keng ma’noda ko‘p marta ilohiy tug‘ilishlar tufayli mutloq barkamollikka erishgan; boshkalarga ham diniy najot yo‘lini ko‘rsata oladigan odam bo‘lgan.
Tarixiy manbalarning dalolat berishicha buddaviylikning asoschisi shahzoda Sidxartxadir. U vafot etgandan so‘ng Budda -"haqiqatga erishgan" deb atalgan. U ushbu oliy maqsadga erishish uchun Gautama urug‘idan bo‘lgan eng obro‘li SHak’ya qabilasini tanlagan. Ana shundan bu diniy rivoyatda Budda-Gautama nomi keng tarqalgan. Diniy rivoyatlarga ko‘ra Gautama hind qabilasi hukmdorlaridan birining o‘g‘li bo‘lib, u befarzand bo‘lgan, ammo uning xotini g‘oyibdan homilador bo‘lib, 45 yoshida o‘g‘il tuqqan. Bola tug‘ilganda mo‘‘jiza yuz bergan. Tabiiy hodisalar - er qimirlab, chaqmoq chaqib, momaqaldiroq gumbirlab turgan. Uning ovozini Koinotdagi ilohiy kuchlardan tashqari barcha tirik mavjudodlar ham eshitib turganlar. CHaqaloqqa Sidxartxa (topshiriqni bajaruvchi) deb nom qo‘yganlar. U 7 kundan keyin yurib ketgan va gapira boshlagan.
Sidxartxaning otasi o‘g‘lini din yo‘liga bag‘ishlashga rozi bo‘lmay, unga yaxshi ma’lumot bergan hamda yaxshi sharoitlarda tarbiyalagan va u hech qanday qiyinchilik ko‘rmay o‘sgan. Sudxartxa o‘spirinligidayok o‘zining donoligi, kuchliligi va epchilligi bilan xammani hayratga solar ekan. U kasal yotgan kishini, o‘likni ko‘rgach hayotning mohiyati, maqsadi, og‘irliklari, kasallik va o‘lim bilan bog‘liqligini o‘ylay boshlagan. Binobarin, hayotning behudaligani anglab, tarki dunyo qilgan, darvesh yo‘liga kirgan. Bu bilan u kishilar boshiga tushadigan kulfatlar, azob-uqubatlar sabablarining mohiyatiga tezroq etib, ulardan qutulish yo‘lini topmoqchi bo‘lgan. Nihoyat, 36 yoshida "haqiqiy bilim" egasi bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. SHundan so‘ng u Budda deb nom oladi. ("budda" so‘zi ilohiy haqiqatga erishgan, degan ma’noni anglatadi). SHu tariqa unda ulug‘vor haqiqat siri ochilgan, ular buddaviylik ta’limotiga asos qilib olingan.
Har qanday dinlar kabi buddaviylikning ham kelib chiqishi sababini xalqlarning yashash sharoiti va hayotidan, muayyan davrdagi ijtimoiy munosabatlaridan izlash va topish lozim.
Qadimgi Hindistonda buddaviylik shakllanganga qadar murakkab sinfiy munosabatlar mavjud edi. Kishilar oliy, o‘rta va quyi tabaqalarga ajratilib, oliyga braxmanlar, xarbiylar, o‘rta tabaqaga - dehqonlar, eng quyi tabaqaga oddiy xalq, xizmatkor, cho‘rilar kiritilar edi.
Buddaviylik quldorlik jamiyatida braxmanlik mazhablaridan biri sifatida paydo bo‘lgan. U braxmanlikni jonning ko‘chib yurishi, jannat va do‘zax qaqidagi aqidalarni saqlab qolgan. Buddaviylik Braxmanlikni jamiyatning tabaqalarga bo‘linishi to‘g‘risidagi ta’limotga qarshi chiqib, barcha kishilar e’tiqodda teng huquqli deb e’tirof etgan. Buddaviylikning diniy tenglik haqidagi goyasi odamlarning kastalarga bo‘linib ketishiga qarshi kurashda ijobiy rol’ o‘ynagan. Ayni paytda buddaviylik kishilar "azob-uqubat" chekishda va undan xalos bo‘lishda ham tengdirlar deb hisoblangan.
Buddaviylik diniy ta’limotining asosiy manbai muqaddas kitob - "Tripitaka" (Uch savat donolik) deb atalgan. Bu ta’limotda Budda uchta savatda ta’limot qoldirgan deyiladi. Birinchi savat -Vinoyapitana (pand - nasihatlar, axloqiy me’yorlar); ikkinchi savat Sutgapitaka (duolar, dostonlar); uchinchi savat Abxidhammapitaka (diniy-falsafiy masalalar bayoni) lardan iborat.
Xristianlikning vujudga kelishi, ta’limoti.
Xristianlik jahon dinlaridan biri bo‘lib, eramiz 1-asrining 2-yarmida Rim imperiyasining sharqiy viloyatlarida ko‘p xudolik dinlari o‘rniga qullar va mazlum elatlarning dini sifatida yakka xudolik (monoteistik) tarzda shakllangan. Xristianlik Falastin va O‘rta Er dengizi yahudiylari dinlari doirasida vujudga kelgan va o‘nlab yillardan keyin esa boshqa, asosan geografik jihatdan qaralganda Rim imperiyasi bilan bog‘liq yoki uning siyosiy va madaniy ta’sirida bo‘lgan xalqlar orasida tarqalgan. YAngi va eng yangi tarix davrlarida u mustamlakachilik siyosati va missionerlik natijasida Evropadan tashqariga ham tarqalgan. Xristianlik Evropa, Amerika, Avstraliya hamda qisman Afrika va Osiyo qit’alariga tarqalib dunyo xalqlarining deyarli uchdan birini (2 milliardini) tashkil etadi.
Xristianlik vujudga kelishini Bibliyaning xabar berishicha, Iisus Xristos faoliyati bilan bog‘lab tushuntiriladi.
Xristianlikning vujudga kelishida sharq dinlarining ham ta’siri bo‘lgan. Jumladan, misrliklarning Osiris va Isida, eronliklarning Mitra, yahudiylikning Muso haqidagi rivoyatlari, oxirat to‘g‘risida hikoya qiluvchi har xil rivoyatlar ham xristianlik ta’limotiga kiritilgan.
Xristianlikdagi odam-xudo to‘g‘risidagi tushunchani ishlab chiqishda yagona imperiyaga birlashgan Rim imperatorlarining yakka Xudolik to‘g‘risidagi ichki siyosati ham katta ta’sir ko‘rsatgan.
Lekin shakllanayotgan xristian mafkurasi asosida birinchi galda iudaizm monoteizmining "qadimgi axdnoma" kitobiga kirgan barcha "muqaddas g‘oyalar", ya’ni Erni Xudo yaratganligi, o‘simlik va hayvonot dunyosining vujudga kelishi, insonning yaratilishi, uning tili, axloqi, huquki, oxirat rohatlari haqidagi g‘oyalar katta rol’ o‘ynagan.
1947 yili O‘lik dengiz qirg‘og‘idagi qumron yaqinida qadimgi qo‘l yozmalar topilgan edi. Bular hukmron jamoaning diniy ta’limotlari - iudaizm va xristianlik o‘rtasidagi oraliq butunni tashkil kilganligani ko‘rsatmokda.
SHunday qilib, xristianlik Rim imperiyasida yashagan ko‘pchilik elatlarning dinlari, rivoyatlari, urf-odatlari asosida tashkil topgan. Bu din dastlab qullar, ezilgan kambag‘allarning talablarini, "xaloskorlik" g‘oyalarini o‘ziga singdirgan holda din sifatida vujudga kelgan. Keyinchalik ijtimoiy, diniy strukturasi o‘zgarishi bilan hukmron tabaqalar qo‘lida mazlum xalqlarni ekspluatatsiya qilishning g‘oyaviy quroliga aylangan.
O‘sha davrda jamiyatda yuzaga kelgan hukmron doiralar bilan mazlum xalklar o‘rtasidagi ziddiyatni yumshatishga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan xristianlikdagi diniy g‘oyalarni xisobga olgan imperator Konstantin 324 yili bu dinni davlat dini deb e’lon qilgan. 325 yilda uning ko‘rsatmasi bilan Nikey soborida xristianlarning birinchi yig‘ini bo‘lib o‘tgan. Unda episkoplar va ilohiyotchilar xristianlikning asosiy aqidalarini tasdiqlab, cherkov tashkilotini takomillashgan holga keltirganlar.
SHundan buyon, davrlar o‘tishi bilan xristianlik butun Evropa, SHimoliy va Janubiy Amerika, Afrika, Avstraliya qit’alariga yoyilgan. Keyinchalik Markaziy Osiyo respublikalari xududlariga ham qisman etib kelgan jahon dinidir.
Xristianlikning muqaddas diniy yozuvi - Bibliyaning ikkinchi qismi - "YAngi ahdnoma" bo‘lib, u eramizning I-II asrlarida grek tilida yaratilgan.
Bibliyaning xristianlik paydo bo‘lmasdan avval yaratilgad birinchi qismi "qadimiy ahdnoma" deb atalib, u iudaizmning muqaddas yozuvi hisoblanadi. Bibliyaning ikkinchi qismi - "YAnga ahdnoma" deb atalib, u xristianlikning muqaddas yozuvi deb hisoblanadi.
"YAngi ahdnoma" 27 kitob (bob) dan tashkil topgan. Uning tarkibiga 4 ta "Injil" (Evangilie, ya’ni Xushxabar), havoriylarning (Iso shogirdlari, xristianlikning dastlabki tartibotlari) amallari, 21 risola va Ioanning "Vaqiynomasi" kiritilgan.
2. Muhokama yuritishda ishonchli natijalarga erishishning zaruriy shartlari qatoriga fikrning chin bo‘lishi va formal jihatdan to‘g‘ri qurilishi kiradi. CHin fikr o‘zi ifoda qilayotgan predmetga muvofiq keluvchi fikr hisoblanadi (masalan, «temir – metall»). Xato fikr predmetga mos kelmaydigan fikrdir (masalan, «temir – metall emas»). Fikrning chin yoki xato bo‘lishi uning mazmuniga tegishli xususiyatlaridir. Fikrning chin bo‘lishi mantiqiy fikr yuritishning zaruriy sharti bo‘lsa-da, o‘z holicha etarli emas. Fikr muhokama yuritish jarayonida formal jihatdan to‘g‘ri qurilgan ham bo‘lishi kerak. Bu xususiyat fikrning shakliga taalluqli bo‘lib, tafakkurda hosil bo‘ladigan turli xil mantiqiy strukturalarda sodir bo‘ladigan har xil mantiqiy amallarda o‘z aksini topadi.
Fikrni to‘g‘ri qurishga tafakkur qonunlari talablariga rioya qilgandagina erishish mumkin. Tafakkur qonuni muhokama yuritish jarayonida qatnashayotgan fikrlar (fikrlash elementlari) o‘rtasidagi mavjud zaruriy aloqalardan iborat. Tafakkur qonunlari mazmunidan kelib chiqadigan, muhokamani to‘g‘ri qurish uchun zarur bo‘lgan talablar fikrning aniq, izchil, etarli darajada asoslangan bo‘lishidan iborat.
Muhokamani to‘g‘ri qurish bilan bog‘liq talablar haqida gapirganda, birinchi navbatda, ularning muayyan prinsiplar, qoidalar tarzida, ya’ni to‘g‘ri tafakkur prinsiplari sifatida amal qilishiga e’tibor berish zarur. Mazkur qoidalarning buzilishi muhokamaning noto‘g‘ri qurilishiga sabab bo‘ladi. Bunda, xususan, chin fikrlardan xato xulosa chiqishi (masalan, «Qonun – rioya qilish zarur bo‘lgan huquqiy hujjat», «Buyruq – qonun emas», demak, «Buyruq – rioya qilish zarur bo‘lgan huquqiy hujjat emas») yoki xato qurilgan muhokamadan chin xulosa chiqishi (masalan, «Barcha moddiy jismlar – kimyoviy elementlar», «Temir – moddiy jism», demak, «Temir – kimyoviy element») mumkin.
Tafakkur ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, uni turli xil tomonidan, xususan, mazmuni va shakli (strukturasi) bo‘yicha, tayyor holida yoki kelib chiqishi va taraqqiyotida olib o‘rganish mumkin. Bularning barchasi mantiq ilmining vazifasini tashkil etadi, uning turlicha metodlardan foydalanishiga, har xil yo‘nalishlarga ajralishiga sabab bo‘ladi. Formal mantiq to‘g‘ri tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi fan sifatida. Mantiq keng ma’noda olamdagi qonuniy, zaruriy bog‘lanish va aloqalar, tartib va izchillik, tafakkurimizning ichki aloqadorligi, tadrijiy rivojlanishi, turli fikrlar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanishlarni ifodalaydi. Tafakkur voqelikni umumlashtirib va mavhumlashtirib, muayyan mantiqiy shakllarda, ya’ni tushuncha, hukm va hulosa chiqarish hamda ular o‘rtasidagi aloqalar shaklida aks ettirib, ma’lum mantiqiy qonun – qoidalarni vujudga keltiradiki, to‘g‘ri, aniq, izchil, ziddiyatlardan holi fikrlash ana shu qonun – qoidalarga amal qilishni taqoza etadi. Bu qonun-qoidalar amaliyotda vujudga kelgan bilimlarni isbotlashga yoki rad etishga, ularning to‘g‘riligi yoki xatoligini tasdiqlashga yoki inkor etishga xizmat qiladi. 
Tafakkurni mantiq fanidan tashqari falsafa, fiziologiya, psixologiya, dialektika, kibernetika fanlari ham o‘z predmeti nuqtai nazaridan o‘rganadi. Grammatika mantiq faniga yaqin. Tushuncha va hukmlarning ifodalanish strukturasini aniqlashda grammatikaning roli katta. Biroq yuqorida tilga olingan fanlarning har biri tafakkurga o‘z nuqtai nazaridan yondoshadi, uning turli qirralarini ochib beradi. Hozirgi kunda mantiq ilmining o‘zining ham turli yo‘nalishlari,tarmoqlari mavjud, ular orasida inson tafakkurini eng oddiy qonun – qoidalar bilan qurollantiradigan, uni to‘g‘ri fikrlashning tamoyillari bilan tanishtiradigan muhim tarmog‘i formal mantiq bo‘lib, u tarixiy kelib chiqishini e’tiborga olgan holda an’anaviy mantiq, ommaviyligi nuqtai nazaridan esa, umumiy mantiq deb ham yuritiladi.
Mantiq fani inson tafakkurining eng umumiy shakllari, qonunlari va fikrlash usullarini o‘rganadi. Mantiq fani tafakkurni rivojlantiradi, insonda umumiy tushunchalar, kategoriyalar bilan ish ko‘rish ko‘nikmalarini hosil qiladi. Bu esa, bugungi fan texnika rivoji jadallashgan sharoitda ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda ilmiy – nazariy ma’lumotlarni samarali tahlil qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Formal va dialektik mantiq fanlari. Falsafiy adabiyotlarda dialektik mantiq bilan formal mantiq mavjudligi ta’kidlanadi. Bularning birinchisi tafakkur shakllarini ularning rivojlanishida olib qarasa, ikkinchisi ularni shakllangan fikrlar sifatida o‘rganadi. SHuningdek, dialektik mantiq tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida olib o‘rgansa, formal mantiq fikrning shaklini uning konkret mazmunidan chetlashgan hamda nisbatan mustaqil holda olib tadqiq etadi. SHuning uchun dialektik mantiq fikrlarimizning taraqqiyoti, rivojlanishini, formal mantiq esa nisbiyturg‘unligini aks ettiradi. Dialektika fikrlashning formal mantiq qonun – qoidalariga amal qilishni taqazo etadi. Dialektika ham, formal mantiq ham hamma vaqt falsafa tarkibida rivojlanib kelgan.
3. Estetika san’at va badiiy faoliyat turli shakl ko‘rinishlarini o‘rganadigan bilim sohalari uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qilar ekan, ayni mahalda u adabiyotshunoslik, musiqashunoslik, teatrshunoslik, axloqshunoslik kabi fanlar bilan hamkorlik qilish jarayonida rivojlanib boradi. Bu hamkorlik eng avvalo mazkur fanlarning ham san’at umumiy nazariyasiga amal qilishida ko‘rinadi. Masalan, san’-atning xususiy nazariyasi adabiyot, musiqa, tasviriy san’at va boshqa ijod sohalarining xususiyatlarini tadqiq etsa, san’atning umumiy nazariyasi san’atning barcha turlari, badiiy ijod barcha sohalari amal qiladigan qonuniyatlarning umumiy belgilarini o‘rganadi. Lekin san’atning umumiy belgilari sof holda mavjud bo‘lmasligi, ular ayrim san’at turlari xususiyatlari orqali ifodalanishini inobatga olib aytish mumkinki, estetika o‘zining umumiy xulosalarini ishlab chiqishda san’atshunoslikning alohida-alohida bilim sohalari erishgan ilmiy ma’lumotlarga tayanadi.
Estetika san’atshunoslik bilim sohalari uchun boshlang‘ich na-zariy va uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Estetikasiz san’atshuno-slik bo‘la olmaydi, ya’ni u ayrim voqea-hodisalar sharhi bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lib qoladi. Shuni e’tiborga olish kerakki, Estetika xususiy san’atshunoslikning umumiy qonuniyatlari, eng av-valo, nafosat tabiati va estetik timsol qonuniyatlarini o‘zida namoyon qiladi.
Estetikaning amaliyot uchun ahamiyati nimada? U voqelikka qanday ta’sir o‘tkazadi? Estetika ijtimoiy bunyodkorlik jabhasida qay tarzda ishtirok etadi? Bu savollarga javob berish ham estetika fani mavzusidir. Estetik nazariya san’at va badiiy ijod jarayoniga, badiiy madaniyatning barcha sohalariga amaliy jihatdan kuchli ta’sir o‘tkazadi.
Ilgarigi davrlarda Yevropadagi estetika nazariyalarida belgilab qo‘yilgan estetik me’yor bilan uning burch-vazifalarini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish odat tusini olgan edi. Masalan, klassitsizm tarafdorlari estetik burchni barcha ijodkorlar amal qiladigan aqidalarda ko‘rardilar. Pozitivizm tarafdorlari esa estetika fani doirasini badiiy jarayonlarni tushuntirish va sharhlash bilan belgilardilar. Hozirgi zamon estetika nazariyachilari bunday bir yoqlama yondashishni qabul qilmagan holda «Estetika fanining asosiy burchi va vazifasi san’atning vujudga kelishi, rivojlanishi va amal qilish qonuniyatlarini tahlil qilishdir», degan xulosani ilgari suradilar. Muammo shundaki, mazkur qonunlar mohiyati va tabiati ochib berilgandan so‘ng va nazariy xulosalar bayon etilgandan so‘ng oldindan belgilangan me’yor qolipiga aylanib, san’atning joziba va sehr kuchini yo‘qotib qo‘yish havfi tug‘iladi.
Estetika amaliyoti adabiy-badiiy tanqidda yaqqol namoyon bo‘ladi. Badiiy tanqid bilan estetik nazariya o‘rtasida azaliy uzviy bog‘liqlik mavjuddir. Bu bog‘liqlikni «tanqid – bu harakatdagi estetikadir» degan ibora mazmunida ham ko‘ramiz. Munaqqid san’at asarlarini baholash va sharhlashda xolis estetik aqidalarga suyanadi va bu bilan estetikaning ijtimoiy hayotdagi o‘rnini mustahkamlaydi.
Download 20,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish