Semema va sema munosabati. Sema turlari reja: Nomema va semema haqida



Download 37,48 Kb.
bet1/7
Sana22.07.2022
Hajmi37,48 Kb.
#835824
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SEMEMA VA SEMA MUNOSABATI


SEMEMA VA SEMA MUNOSABATI. SEMA TURLARI
Reja:
1. Nomema va semema haqida.
2. Sememaning tarkibi.
3. Ifoda semalari.
4. Vazifa semalari.
5. Semema semalarining munosabati.
6. Semalarning darajasiga ko’ra turlari.
Leksema ikki tomonga ega til birligidir. Aniqrog’i, u shakl va
mazmun tomonlaridan iborat ramzdir. Shuni alohida qayd qilamizki, til
ramzlarining (leksemalarning) shakl va mazmun tomoni xususiy atamalar
bilan ataladi. Sistem tilshunoslikda leksemaning shakl tomoni nomema
deyiladi. Nomema faqat leksemaning shakliga (moddiy qobig’i, tashqi
tomoniga) nisbatan ishlatiladi. Leksemaning mazmun tomoni (ma’nosi,
ichki tomoni, signifikati va h. k.) esa semema nomi bilan yuritiladi.
Demak, leksema = nomema + sememadir.
Nomema tilga xos tomondir. U ongimizda muayyan fonemalar tizmasi
sifatida mavjud. Nomemaning fonemalar tizmasidan iboratligi ichki nutq
jarayonida (kishi fikr yuritganda, she’r yoki matnni ichda, tovush
chiqarmay o’qiganda) aniq ma’lum bo’ladi. Chunki odam ichki nutq
jarayonida so’zlarni, qo’shimchalarni ketma-ket tizib, xuddi
gapirayotganday ularni bir-biriga biriktiradi, grammatik jihatdan
shakllantiradi. Shu asosda fikr yuritadi. Demak, inson fa qat ovoz
chiqargandagina emas, balki ovoz chiqarmaganida ham fone malarga
moddiy shakl beradi. Odamning ichki nutqi o’zidan boshqa hech kimga
ayon bo’lmaydi. Tashqi nutqda esa nomema tovushlar (yoki harflar)
tizmasi, imo-ishoralar, turli xil signallar ko’rinishida muayyan tus oladi,
voqelashadi. Avvalgi boblarda ko’rib o’tganimizdek, tashqi nutqning aniq
moddiy shakli nutq vaziyati bilan, so’zlovchi (nutq muallifi) ning maqsad
va imkoniyatlari bilan belgilanadi. Sistem tilshunoslik leksemal arning
moddiy tomoniga — nomemalarga ko’p ahamiyat bermaydi. Chunki
ko’rib o’tganimizdek, nomemaning aniq shakli nutq sharoiti bilan belgilanadi va u leksemaning mohiyatiga ta’sir etmaydi. Leksemaning
mohiyati uning ichki tomoni — semema orqali va shunga ko’ra
leksemaning boshqa til birliklari bilan munosabatga, aloqaga kirishuvi
orqali belgilanadi. Ammo nutqda, ayniqsa, nazmiy, nutqda nomema katta
ahamiyatga ega bo’ladi. Nazarimizda behad katta ahamiyatga ega: qofiya,
radif, tajnisning o’nlab turlari, qalb, saj’, tasrit’, tasmit, taattuf, harfiy va
lafziy san’atlar nomemaning xususiyatlariga tayanadi. Shu sababli nazmiy
nutqda nomema va uning voqelanishiga katta e’tibor beriladi. Lekin til
leksemalarining ilmiy tadqiqidagi asosiy tayanch nuqta bo’lib,
leksemalarning ichki tomoni semema hisoblanadi.
Semema leksemaning ichki tomoni uning mazmuni; ma’nosi nmani
ifodalab kelishidir. Semema ko’pincha ongimizda ma’lum bir tushuncha
va tushunchalar bilan borliq bo’ladi. Tushuncha — ong, mantiq birligi,
Semema esa tilga, leksemaga xos birlikdir. Juda ko’p hollarda bir semema
bir necha tushunchani o’z ichiga oladi. Jumladan, [o’rik] leksemasining
sememasi quyidagi tushunchalarda namoyon bo’ladi:
1)toza, tar mevaning bir turi (toj. zardolu);
2) shu mevaning quritilgani (toj. G’ulung);
3) shu mevani beradigan daraxt.
Bir sememaning bir necha tushunchani o’z ichiga olishini juda ko’p
meva nomlarida ko’rish mumkin, qiyoslang [olma; anor; shaftoli; olcha;
bodom; pista va h. k.) Ammo [uzum], [mayiz], [tok] leksemalarida tar
meva, uning quritilgani, daraxti boshqa-boshqa leksemalar orqali
ifodalanadi. Demak, [o’rik] leksemasi uch tushunchaga, voqealikdagi uch
xil narsa — predmetga (atalmishga) aloqador bo’lsa, [uzum], asosan, bir
tushunchaga — tar mevaning ma’lum turiga, bitta atalmishga aloqadordir.
Shunga ko’ra tushuncha va semema o’zaro hamma vaqt ham mos
kelmaydi. Bu hodisani, ayniqsa, sinonimlarda (ma’nodosh leksemalarda)
yaqqol ko’rish mumkin. [yuz], [bet], [aft], [bashara], [turq], [chehra],
[jamol] leksemalarining sememalari, asosan, bitta tushuncha bilan - odam
boshi old tomonining atalmishi bilan bog’lanadi. Ammo ayni vaqtda har
bir leksema ushbu ma’noni o’ziga xos xususiyati, qo’shimcha ma’no
munosabati bilan anglatib, ifodalab keladi.
Leksema o’zining eng muhim vazifasi bo’lgan voqealikdagi, inson
ongidagi narsa-buyum, belgi, xususiyat va mohiyatlarni atashni semema
orqali bajaradi. Sememaning ongimizdagi tushunchalar bilan bog’liqligi
leksemaning atash, nomlash vazifasini bajarishga imkon beradi. Semema
ongimizda mavjud bo’lgan turlicha tushunchalar bilan bog’lanadi. Mantiq
fanidan ma’lumki, ongi(mizdagi tushunchalarning hammasi ham
voqelikdagi narsa-buyum, belgi-xususiyat, munosabat asosida hosil
bo’lmagan. Aniqrog’i, faqat ongimiz mahsuli bo’lgan tushunchalar ham
mavjuddir. Chunonchi «dev», «pari», «jin», «ajina», «arvo h» kabi xayoliy
tushunchalar, «qizillik», «go’zallik», «adolat» kabi mavhum tushunchalar
shular jumlasidandir. Binobarin, sememalar shunday tushunchalar bilan
ham bog’lana oladi. Leksema sememalar nafaqat tushunchalar bilan, balki
tasavvur va obrazlar (tasvirlar) bilan ham bog’lanadi. Undov va taqlidiy
leksemalarda shunday xususiyatni ko’rish mumkin. Aniqrog’i, bu
leksemalar atash vazifasini emas, balki tasvirlash vazifa sini o’taydi.
Masalan, [yilt-yilt], [milt-milt], [taq-tuq] kabi taqlidiy, [oh], uh], [vah-vah]
kabi undov so’zlar shunday tasviriy ifoda vositalaridir. Shuni ham aytish
kerakki, yordamchi leksema sememalarida ham tushuncha bilan
bog’lanish yo’q. Chunki yordamchi leksemalar, aytilganidek,
qo’shimchalar va leksemalar -ziddiyatida oraliq uchinchi vazifasini
o’taydi. Ular shaklan (nomemasiga ko’ra) leksema, mazmuni (vazifasi),
sememasiga ko’ra esa qo’shimchadir (qiyos.: kitobni akamga/akam uchun
oldim). Sememaning, tushunchalar bilan bog’liqligi faqat mustaqil
leksemalardagina yuz beradi. Undov, taqlidiy so’zlarda, yordamchi
leksemalarda, olmoshlarda esa bunday bog’lanishni ko’rmaymiz.
Aytilganlardan shunday xulosa qilish -mumkin, semema — nomema
bilan bog’langan ma’no, mazmun va vazifa. U leksemaning ichki
tomonidir.
Semema juda murakkab tarkibga egaligi sababli, bu haqda alohida fikr
yuritamiz.

Download 37,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish