Seminar mashg‘uloti (2 soat) Mavzu: Sodda gapning eng kichik qurilish qolipi va uning hosilalari Reja



Download 21,31 Kb.
bet1/3
Sana24.04.2022
Hajmi21,31 Kb.
#580010
  1   2   3
Bog'liq
3 seminar (3)


Seminar mashg‘uloti (2 soat)
Mavzu: Sodda gapning eng kichik qurilish qolipi va
uning hosilalari
Reja:
1. SGning lisoniy sintaktik qurilishi.
2. [WPm]=SG – gapning eng kichik qurilish qolipi va variantlari.
3. Nutqda voqelangan sodda gaplar va ularning LSQini aniqlash.
4. SGLSQi va nutqiy hosilalari munosabatini chizmalarda ifodalash.
Gap markazi. Kengaytiruvchilar. Gap kesimini
shakllantiruvchi vosita kesimlik kategoriyasi bo‘lganligi sababli
o‘zbek nutqidagi gapning tarkibiy qismini shu gap tarkibiga
kiruvchi so‘zning va kesimlik kategoriyasi shaklining valentligi
belgilaydi. Demak, nutqiy gaplardagi ikki hodisani farqlash lozim:
1) gap markazini tashkil etuvchi so‘zdagi kesimlik
kategoriyasi shakllariga bog‘lanuvchi so‘z;
2) gapda ishtirok etayotgan ma’lum bir so‘zning
ma’noviy valentligini to‘ldirayotgan so‘z.
Bulardan birinchisi gap kengaytiruvchisi bo‘lsa, ikkinchisi –
so‘z kengaytiruvchisi.
Gap kengaytiruvchisi. Gap kengaytiruvchisi gap tarkibida
ma’lum bir bo‘lak vazifasida kelayotgan so‘zlarning lug‘aviy
ma’nosiga emas, balki gapning kesimini shakllantirgan
morfologik vositaga bog‘lanadi. Masalan, Biz bu kitobni kecha
o‘qidik gapini olaylik. Bu gapda ega (biz), aniqlovchi (bu), hol
(kecha) va kesim (o‘qidik ) ishtirok etgan. Gap markazi o‘qidikni
lug‘aviy ma’noni anglatuvchi [W] va kesimlik qo‘shimchalari
[Pm]ga ajratamiz: o‘qi [W] – dik[Pm]. Gapdagi biz (ega) kesimlik
kategoriyasi shaklining (-k) qismiga, kecha (hol) esa (-di) qismiga
bog‘langan. Kitobni so‘zi (to‘ldiruvchi) kesimning lug‘aviy ma’no
anglatuvchi qismiga, bu (aniqlovchi) esa kitobni so‘ziga bog‘lanmoqda. Buni chizmada quyidagicha tasvirlash mumkin
(40-jadval):
40-jadval
o‘qi -di -k
Kitobni kecha Biz
Bu
Demak, gapning kesimi tarkibidagi kesimlik
qo‘shimchalariga tobelangan kecha (hol) va biz (ega) so‘zlari –
gap kengaytiruvchilari. Biroq o‘qidik kesimining lug‘aviy ma’no
anglatuvchi qismi bo‘lgan o‘qi so‘zi istalgan boshqa fe’l (yoz,
chiz, ol, ber) bilan almashtirilib, -dik qismi saqlab qolinsa, biz
so‘ziega, kecha so‘zi hol vazifasida qolaveradi.
Demak, kesimlik kategoriyasi gapning markazini
shakllantiruvchi asosiy vosita bo‘lganligi sababli, yuqorida
keltirilgan gapdagi ega gapning sintaktik qurilishiga bevosita
aloqador qism – gap kengaytiruvchisi deb baholanishi kerak.
Eganing mavjudligi kesim vazifasida kelgan so‘zning ma’nosi
bilan emas, balki kesimlik grammatik shaklining, jumladan,
uning tarkibidagi shaxs-son ma’nosi bilan bog‘liq. Кo‘rinadiki,
ega kesimlik kategoriyasi tarkibiga kiruvchi shaxs ma’nosini
o‘zida muayyanlashtiradi.
Darslik va qo‘llanmalarda eganing shu gap tarkibidagi
boshqa bir so‘zga ergashib so‘z birikmasi tuza olmasligi (masalan,
yuqoridagi gapda biz o‘qidik hosilasi so‘z birikmasini emas, balki
gapni berishi) ta’kidlanadi. Xuddi shuningdek, men o‘qituvchiman
gapida ham men olmoshi o‘qituvchi so‘zi bilan so‘z
kengaytiruvchisi sifatida birikib so‘z birikmasi tuza olmaydi.
Mening o‘qituvchim so‘z birikmasida esa boshqacha holatni
kuzatamiz, ya’ni bu yerda so‘z birikmasi grammatik shakl –
egalik qo‘shimchasi -im ning sintaktik qobiliyati asosida yuzaga keladi va o‘qituvchi so‘zining semantik valentligiga aloqador
emas.
Gap kengaytiruvchisi sifatida ega gapning kesimlik
qo‘shimchalari tarkibidagi shaxs-son, hol esa zamon, modallik,
tasdiq-inkor shakllari bilan bog‘lanadi.
Gap kengaytiruvchilari faqat kesimga tobelanadi va uning
boshqa bir so‘zga tobelanishi kuzatilmaydi. Bu bilan u sintaktik
qurilmadagi barcha tobe birliklarning umumiy – faqat bir so‘zga
tobelanish, lekin birdan ortiq so‘zga hokim mavqeyida bo‘la olish
qonuniyatini (xususiyatini) namoyon qiladi.
Modal gap kengaytiruvchi. Ma’lum bo‘ldiki, Pm tarkibida
tasdiq-inkor va modallik ma’nolari ham mavjud. Shuning uchun
Pmda mujassamlashgan va turli vositalar bilan ifodalangan tasdiqinkor, taxmin, gumon, shubha, ishonch, aniqlik, qat’iylik, shart,
istak, tilak, buyruq, imkoniyat, zarurat, majburiylik va h.
ma’nolar gap tarkibida turlicha – kirish bo‘lak, kiritma bo‘lak
kabi gapning boshqa bo‘laklari bilan tobe-hokimlik munosabatiga
kirishmaydigan va shu boisdan so‘z birikmalarini ham tashkil eta
olmaydigan modal va tasdiq-inkor so‘zlar vositasida
kengaytiriladi. Masalan: 1. Nigora, ehtimol keladi. 2. Biz,
shubhasiz, yutib chiqamiz. Gaplardagi ehtimol, shubhasiz so‘zgaplari sodda gap tarkibiga kirar ekan, gap bo‘laklari bilan
grammatik aloqaga kirishmasa-da, mazmunan [Pm]ning tegishli
ma’nolarini muayyanlashtiradi. Modal kengaytiruvchilar bu bilan
lisoniy gap mazmunini nutqda to‘laroq ochishga yordam beradi.
So‘z kengaytiruvchilari. Gap tarkibidagi mustaqil so‘zlik
mavqeyini saqlagan barcha so‘zlarning ma’noviy qobiliyati
asosida kengaya olishini va shu qobiliyatni namoyon qilishini
ta’minlovchi lug‘aviy birlik so‘z kengaytiruvchisi deyiladi. So‘z
kengaytiruvchisi gapning qurilishiga bevosita aloqador hodisa
bo‘lmay, ma’lum bir so‘zning ma’nosini muayyanlashtirish, uni
ochib berishga aloqador bo‘lgan hodisa. So‘z kengaytiruvchisi mustaqil, alohida bir gap bo‘lagi – gap qurilishining zaruriy
tarkibiy qismi emas. U gapning ma’lum bir bo‘lagiga ergashib,
tobelanib keladi, gap markazi – kesim tarkibidagi kesimlik
qo‘shimchasi bilan bog‘lanmaydi. Aniqlovchi ana shunday
bo‘lakning tipik ko‘rinishi. Masalan, Bu kitobni kecha o‘qidik
gapidagi bu aniqlovchisi to‘ldiruvchi (kitobni)ga tobelangan va
gap tarkibida to‘ldiruvchi bilan bir butun holda kesimga
bog‘lanadi.
Aniqlovchi gapdagi barcha bo‘laklarni kengaytirishi
mumkin.
a) eganing kengaytiruvchisi : A’lochi Tohir keldi.
b) kesimning kengaytiruvchisi: Sen ilg‘or o‘qituvchisan.
d) holning kengaytiruvchisi: U azim shaharda yashaydi.
e) to‘ldiruvchining kengaytiruvchisi: Aqlli bolalarni
sevaman.
f) aniqlovchining kengaytiruvchisi: Beg‘ubor yoshligim
taassurotlari hech qachon o‘chmaydi.
So‘z kengaytiruvchisi nutqda kesim vazifasida kelgan so‘zga
mansub bo‘lishi ham mumkin. Masalan, Gulnora – iste’dodli
talaba.Bu holatda ham so‘z kengaytiruvchisi gap qurilishiga o‘zi
ergashib kelgan so‘z bilan birga kirib keladi va gap qurilishida
alohida o‘rin egallamaydi. Yuqoridagi gapda iste’dodli so‘zi gap
kesimiga tobelanib kelganday ko‘rinadi. Aslida esa u gap
kesimiga emas, balki mana shu gapdagi kesim vazifasida
voqelangan talaba so‘ziga tobelanib kelmoqda. Shuning uchun
gapning kesimi vazifasida kelgan so‘zning leksik-semantik
valentligi bilan bog‘liq bo‘lgan kengaytiruvchi bo‘lak ham so‘z
kengaytiruvchisi. Biz kecha bu kitobni o‘qidik gapidagi kitobni
so‘zshakli bilan ifodalangan vositasiz to‘ldiruvchini olib
ko‘raylik. Ma’lumki, vositasiz to‘ldiruvchi bilan birikish faqat
o‘timli fe’lga xos. Shu boisdan vositasiz to‘ldiruvchi kesimlik
shakli bilan emas, balki kesim vazifasida ma’no jihatidan o‘timli bo‘lgan fe’lning kelishi bilan bog‘liq. So‘z va gap
kengaytiruvchilarini farqlashga yuqorida tasvirlangan mezon
asosida yondashadigan bo‘lsak, bu gapdagi to‘ldiruvchini ham
so‘z kengaytiruvchisi – o‘timli fe’lning lug‘aviy ma’nosi bilan
bog‘liq bo‘lgan muayyanlashtiruvchi bo‘lak sifatida baholash
lozim. Vositali to‘ldiruvchi ham vositasiz to‘ldiruvchi kabi gapda
so‘z kengaytiruvchisi mavqeyida bo‘ladi va gap qurilishida
mustaqil o‘ringa ega emas.
Demak, to‘ldiruvchi ham aniqlovchi kabi so‘z
kengaytiruvchisi bo‘lib, gapning qurilishida mustaqil o‘rin
egallamaydi, balki gap tarkibiga o‘zi bog‘lanayotgan o‘timli fe’l
bilan birga kiradi. O‘timli fe’l gapda qanday mavqeda kelmasin,
vositasiz to‘ldiruvchi u bilan bir butunlikni tashkil etib, shu
butunlikka nisbatan bo‘lak maqomida bo‘ladi. Boshqacha
aytganda, mazkur gapda to‘ldiruvchi gapning bo‘lagi emas, balki
kesimning bo‘lagi – bo‘lak ichidagi bo‘lak.
To‘ldiruvchi ko‘pincha, kesimga bog‘lanadi. Lekin
to‘ldiruvchi faqat kesimga tobelanib keladi, degani emas. U
barcha bo‘laklarni to‘ldirishi mumkin:
1. Кattani hurmat qil.
2. Кattani hurmat qilishni o‘rgan.
3. Кattani hurmat qilish – yoshlarning fazilati.
4. Bolalarimizni yoshligidan kattani hurmat qilishga
o‘rgatishimiz zarur.
5. Yoshlarimizdagi eng yaxshi fazilatlardan biri
kattani hurmat qilishdir.
Кo‘rinadiki, vositasiz to‘ldiruvchi 1-gapda kesimga, 2-gapda
vositasiz to‘ldiruvchiga, 3-gapda egaga, 4-gapda vositali
to‘ldiruvchiga, 5-gapda yana kesimga bog‘lanib kelyapti.
Demak, to‘ldiruvchi fe’l bilan ifodalangan barcha gap
bo‘laklariga bog‘lanadi va gap tarkibiga o‘zi bog‘langan bo‘lak
bilan yaxlitligicha kiradi.
LSQlar nutqiy hodisa sifatidagi gaplarning asosiy grammatik va struktur (qurilish) xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan mavhum qurilma sifatida yashaydi. Bu gapning struktur elementlari orasidagi munosabatni ifodalab, uning umumiy grammatik ma‘nosini o’zida mujassamlashtiradi.

Nutqdagi gaplar turli-tumandir: 1 Shavkat kitobni o’qidi. 2 Ortadi sevinchim. 3 Farg’ona, go’zalsan. Shuning uchun ularning qoliplari ham turli-tuman bo’lishi tabiiy. Yuqoridagi Shavkat kitobni o’qidi tipidagi cheksiz gaplar (Tohir xatni oldi. Munisa uyni supirdi) uchun (ega+to’ldiruvchi+kesim) Ortadi, sevinchim tipidagi cheksiz gaplar uchun (ega +kesim), Farg’ona, go’zalsan tipidagi cheksiz gaplar uchun (undalma, kesim) qoliplari umumiydir. Aytilganlardan ikkita muhim xulosaga kelish mumkin:

Qoliplar cheksiz gaplar uchun umumiydir.

Bu qoliplarni ham cheksiz ajratish mumkin.

Ikkinchi xulosa lisoniy birliklarning cheklanganligi haqidagi qoidaga ziddir. Demak, yo qoliplar haqidagi xulosa hali izchil va mukammal emas, yoxud ajratilgan qoliplarda umumiylik yuqori darajada emas. Zero, boshqa lisoniy birliklar kabi qoliplar ham miqdoran chekli va mohiyatan umumiy bo’lishi lozim.

Gaplarda keltirilgan qoliplarning cheksizligi sababi gaplarni umumlashtirishning ancha quyi bosqichida ekanligidir. Chunki, [undalma+kesim] va [ega+kesim] qoliplari ham o’zaro farqli va umumiy belgi-xususiyatlarga egadir. Bu qoliplar undalma va kesim uzvlari asosida o’zaro farqlanadi, biroq har ikkalasi uchun ham kesim uzvi qanchalik cheksiz ko’rinish kasb etmasin, ular lisonda bitta umumiylikka ega bo’lishi va bu umumiylikning zarrasi gap bo’lib kela oladigan istalgan hosilada mavjud bo’lishi shart va zarur. Xo’sh, o’zbek nutqida qo’llanila oladigan gaplardagi yuqori darajadagi umumiylik nimadan iborat va u qanday tiklanadi? Buni aniqlash uchun bir necha o’nlab gaplar olinib, ulardan nosintaktik, ya‘ni almashtirilsa ham, o’zgartirilsa ham gap mohiyatiga daxl qilmaydigan fonetik (gap ohangi), grammatik (gap bo’laklari uchun asos bo’lgan so’z turkumlari) hodisalar, so’zlovchining kommunikativ niyati (ifoda maqsadi: darak, so’roq, buyruq), emotsional jihatlar (gapdagi his-hayajon), gap bo’laklari tarkibi (yig’ma, yoyiq, analitik bo’laklar), shaxsning tavsifi kabilar gapning zotini qorong’ilashtiruvchi o’zga hodisalar, tajallilar sifatida gap tarkibidan chetlashtiriladi. Shuningdek, tajallilardan xoli qilingan cheksiz qoliplardagi farqlar e‘tibordan soqit qilinib, umumiyliklar saqlab qolinaveradi. Demak, gap LSQsini tiklash (aniqlash) ikki bosqichda amalga oshiriladi:

1.Nosintaktik xodisalarni chetlashtirish.

2.Farqlarni soqit qilish - aynanliklarni ajratish.

Quyidagi gaplardan dastlab nosintaktik hodisalarni chetlashtirishga harakat qilamiz.

1.SHavkat uyga borsin! 2.Qaylardasan, sevikli erkam? 3.G’urbat axtarganga g’urbat ekan bu dunyo! 4.Sen ham uni sevasanmi?




Download 21,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish