Sen insonsan,Sen aytgin,Sen Insonsan…” yoxud Chingiz Aytmatovning “Somon yo’li” qissasida inson irodasi va muhit tasviri Hazratqulova Shohsanam Sharofiddinovna



Download 21,87 Kb.
bet2/2
Sana01.01.2022
Hajmi21,87 Kb.
#303688
1   2
Bog'liq
sen insonsan,sen ayt...

Kalit so’zlar:Chingiz Aytmatov,To’raqul Aytmatov va Naima Aytmatova,Asil Rashidov,ikinchi jahon urushi,

Oq ko’ynagim etagi xilpir-xilpir etarmi? Askarga ketgan otamning,bir xabari kelarmi?

(“Somon yo’li”)

Ushbu misralarni bizning ko’pchiligimiz eshitmaganmiz,aytmaganmiz.Ushbu misralarni aytgulik,eshitgulik zamon kelmasin ham.Lekin ushbu misralar aytilgan shunday davrlar,zamonlar bo’lganki,insonlarning irodasi,matonati,sabr-u bardoshi yana bir karra sinovdan o’tgan.Insoniyat ahlining minglab botir o’g’lonlari qaro yer mulkiga aylangan bo’lsa,ayollari dalalarda,yolg’iz daladagina emas barcha jabhada ularningda vazifasini bajarib inson irodasining nimalarga qodir ekanligini ko’rsatishgan.



1963-yil Adabiy jarayonida bir asar yaratildi.Ushbu asarning asosiy g’oyasi Ernest Xemingueyning “Chol va dengiz” qissasidagi “insonni yengib bo’lmaydi” yoxud Maksim Gorkiyning “inson mag’rur jaranglaydi” misralari kabi inson irodasi kuchini yana bir bora kashf eta olgan edi.Asarning dastlabki nomi “Somon yo’li” esada, keyinchalik asar “Momo yer” nomi bilan ham mashhurlikka erishdi.Ko’plab tillarga tarjima qilinayotgan bir paytda Chingiz og’a asarlarining tarjimoni hisoblanmish Asil Rashidov tarjimonligida o’zbek o’quvchilarigada yetib keldi.Asar Chingiz Aytmatovning otasi To’raqul Aytmatov hamda onasi Naima Aytmatovalarga bag’ishlangan edi:”Ota,men senga yodgorlik o’rnata olmadim.Sening qayerga dafn etilganingni ham bilolmayman.Ushbu asarimni,otam To’raqul Aytmatov,senga bag’ishlayman.

Ona,sen bizni ulg’aytib odam qilding.Sening uzoq umr ko’rishingni tilab,onam Naima Aytmatova,senga bag’ishlayman.”Asarning nomlanishiga to’xtaladigan bo’lsak,yer yuzida nimalar bo’lmoqda,kimlar xiyonatda,kimlar sadoqatda, kimlar razolatda,kimlar qanoatda bularning barchasiga samodan turib “Somon yo’li” guvoh bo’lgan bo’lsa,Bu voqea hodisalarning barchasini o’z yelkasida ko’tarib turgan ‘’Momo yer’’ hamma hammasining ikkinchi guvohi edi.Asarda ikkinchi jahon urushi vaqtida bir oilaning ikki ustuni To’lg’onoy va Suvonqullarning boshiga tushgan dahshatli voqealar tasvirlangan.Qay usulda tasvirlangan? Dialog shaklida,To’lg’onoy va ona yerning dialoglari shaklida tasvirlangan.To’lg’onoyning boshiga chaqmoq urgani kabi talofatlarni olib kelgan urush,uning hayotini qay darajada qora ranglarga bo’yamasin u CHIDAYDI…SABR QILADI… Butun umri davomida insoniylik fazilatlarini yo’qotmaydi.Birin ketin turmush o’rtog’I Suvonqul, o’g’illari Qosim,Maysalbek,Jaynoqni qora yerga berib,ustida bir hovuch tuproq tashlay olmagan esada,yer-u ko’kni larzaga solmaydi,Allohning yozgan qismatiga nisbatan isyon qilmaydi.Kelini Alimandan ayrilgan chog’ida ham hayot uning toshnida parchalaguvchi sabr-u bardoshini,umidini,irodasini yenga olmaydi.U yana hayot sari intiladi butun kuchini endilikda yosh nabirasi tarbiyasiga bag’ishlaydi.Bu bilan Chingiz og’a inson deb atalmish yaratiqning yengilmas ruhga egaligiga,kurashchan irodasiga va ulkan bardoshiga ishora qiladi.Qissada unchalik ko’p qahramonlar ishtirok etmagan esa-da yozuvchi mana shu kam sonli qahramonlar orqali millatning katta dardini ko’rsatib bera oladi.To’lg’onoy va Suvonqul oilasining qismatini ko’rsatish orqali,butun insoniyat boshiga urushning nelarni yog’dirganini,hayotini qay darajada o’zgartirib yuborganini ko’rsatib beradi.Usenboy,Oysha kabi obrazlarni butun bir millatning umumlashma vakillari sifatida ko’rsatsa,Jonbo’lat va Bektosh obrazlari orqali hayot davom etishini,toptalgan qaro yer bag’rida bir kuni yana maysalar nish urajagini ko’rsatib beradi:”Jonbo’lat katta kishilardek non to’g’rab:”oling,ena”-dedi.Bir burda non olib tishaganimda,Qosimning qo’lining hididek kombaynchining moyli qo’lining hidi anqib turdi.Ha,ha,xuddi o’shanday-kerosin,quyosh,somon hidi kelayotgandek shirin non ekan.Ko’z yoshlarim bilan qo’shib yutib yubordim.”Non o’lmas ekan-da!-dedim ichimda.-Hayot o’lmas ekan-da,mehnat o’lmas ekan-da!””Guruch kurmaksiz bo’lmagani kabi,hamma bir maqsad yo’lida harakat qilayotgan bir davrda xalqning peshona teriga ko’z olaytirgan qochoq Jekshenqular obrazi ham o’sha davr muhitining yoritilishida katta ahamiyat kasb etgan.Bu kabi obrazlar urush davrida o’g’irlik va xoinlikni o’zlariga ep ko’rgan bo’lsa,urushdan so’ng mehnatkash xalq boshiga tuhmat toshlarini otganining ham guvohi bo’lamiz.Asarda biron o’rinda urush manzarasia duch kelmaymiz.Jang tasvirlari berilmaydi.Lekin asar qahramonlarining yurak dardlari orqali u keltirgan talofatlarni his qilamiz,urushdan nafratlanib ketamiz.U hali nabiralarini suyib erkalash baxtiga yetolmagan Suvonqullarni,Endigina hayotga qadam qo’ygan,muhabbatini yetim qoldirgan Qosimlarni,o’z kasbiga qurbon bolishga tayyor Maysalbeklarni,O’n gulidan bir guli ham ochilmagan Jaynoqlarni Ona yer tuprog’idan olisda jon berishga majbur etdi.Urush girdob edi.Bu Girdobda insoniyatning milionlab asl o’g’illari-bog’bonlari cho’kib ketdi.Urush yong’in edi.Bu olovda insoniyat bog’ining millionlab gul-chechaklari kuyib o’tdi.

Yuqorida Jekshenqulni aybladik,Kimlardir sadoqatsizlikda Alimanni ayblagandir.Lekin bizning hech kimni ayblashga haqqimiz yo’q.Chunki Ularni muhit shu ko’yga soldi.Bu muhit shamol bo’ldi.Sovuq shamol.U kimlarningdir boshidagi ro’molini uchirgan bo’lsa,kimlarningdir qalbini,vijdonini muzlatdi.Ammo,mana shu sovuqlar na-da qalbiga na-da vidon,origa ta’sir etmaganlar Insoniyatga haykal qo’ydi.Darhaqiqat,”Men urushda yurib mardlik ko’rsatayin deb hech qachon orzu qilmagan edim.Men o’zimni eng bir faxrli,eng bir oliyjanob ishga-muallimlikka bag’ishlagan edim.Zamon shunday keldi.Bolalarni o’qitish o’rniga qurol ushlab,jangchi bo’ldim.Bu mening aybim emas”,”Yashash bilan yashashning farqi bor.Farovon hayotda ham nolib-nolib yashaydiganlar qancha?Yo,aksincha tahlikali vaziyatda ham,o’lim bilan yuzlashishiga qaramay hayotdan minnatdorlar bor.”…Tushuning bu oddiy o’lim emas,bu osongina jondan kechish ham emas,bu hayot kechirishning eng tengsiz ko’rinishi”



Asar davomida To’lg’anoyning barcha dardlarini “qutlug dala”-ona yer tinglaydi.To’lg’onoy ona Yerga savol beradi,yer ham tirik insonday javob beradi.Ana shu savol-javoblar orqali juda ulkan falsafiy muammolar xususinda fikr yuritiladi.Asar nihoyasida To’lg’anoy quyoshga,bulutlarga,yerga murojaat qiladi,ulardan o’z dardini boshqalarga ham yetkazishini iltijo qiladi.Shunda ular:”Yo’q,To’lg’onoy,sen aytgin,sen insonsan,sen hammamizdan buyuk,sen hammamizdan ulug’ bo’lib yaratilgan jonsan,sen aytgin”,-deb javob beradi.Asarda har bir voqea shu savol javob tarzida eslanadi u xoh yomon bo’lsin,xoh yaxshi.Asarda qurbonlar bo’ldi.Ulardan bizga nima qoldi?Ular bizga tushunguvchi yurakni,mustahkam Irodani,Tengsiz mardlik va jasoratni hamda toshni ham eritguvchi sabr-u bardoshni meros qoldirishdi.Shuningdek,Ular har biri hozir ham biz bilan.Zero:”Meni yo’qlamang,ona.Meni beiz ketdi ham demang.Dunyoda bundan keyin urush bo’lmasa,yangi ko’z ochgan bolaning ingalagani-o’sha men,bo’y yetgan qizlarning sevgi to’la yoniq ko’zlari-o’sha men.Muallimning bolalarga birinchi o’rgatgan “a” harfi-o’sha men,o’shaning barin men,men deb bilib yuring onajonim!”

Asar qalbimizni bugungi tinch-totuv kunlar uchun shukronalik hisiga to’ldiradi va har qanday qiyin vaziyatda bir tan-u bir jon bo’lib harakat qilishga chorlaydi.Chunki urush tugamog’i,xalqlar bugungi farovon hayotda yashamog’I uchun har bir millat bir yoqadan bosh chiqarib bir tan-u bir jon bo’lib,bir xalq bo’lib harakat qilgani biz uchun ibratdir.Aynan hozirgi COVID vabosi bilan urush borayotgan bir vaqtda bir maqsad yo’lida harakat qiladigan chog’damiz.Aynan shu damlarda ham bizdan mustahkam iroda va sabr talab etilmoqda.keling,Biz aytaylik,Biz insonmiz,Bizning qo’limizdan keladi!
Download 21,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish