olchi.
1334. Qaysi gapda shaxs oti berilmagan? \\\***/// Yana bir necha kun turib kelmoq uchun Otabek Marg'ilonga jo'nadi.
1335. Qaysi gapda sodda yasama mavhum ot qo'llangan? \\\***/// Saxiylik va olijanoblik ulug'vor fazilatdir.
1336. Qaysi gapda so'z takroridan ko'plik ma’nosi anglashiladi? \\\***/// Bozordan nima-nima olding?
1337. Qaysi gapdagi juft ot qismlari yasama otlardan tuzilgan? \\\***/// Mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik hukm surayotgani bizning baxtimizdir.
1338. Qaysi gapdagi so’zda egalik qo'shimchasi xoslik, umumdan ajratilganlik ma’nosini ifodalagaa? \\\***/// Toshkent sbahri osmono'par zamonaviy binolar bilan sayqal topgan.
1339. Qaysi gapdagi yasama shaxs otining asosi faqat sirg’aluvchilardan iborat? \\\***/// To'g'ri, dehqonchilik qilish sizday shaharliklarga yarashmaydi.
1340. Qaysi gaplarda kelishiklar noto‘g‘ri qo‘llangan? 1. Ba’zi yoshlar sevgining shunchaki ko‘ngilxushlik deb yengil-yelpi qaraydilar. 2. Ba’zi keksalar sevgini bog'lovchi, yaratuvchi, baxt-saodat keltiruvchi kuchini tan olmaydilar. 3. Ustoz-shogirdlik o‘rtasidagi munosabatlar azaldan oson kechmasligini pisanda etmoqchimasmiz. 4. Tushuntirishni hozirgi ilm-fan uchun, ayniqsa, tarix va falsafa, mafkura uchun qanchalar muhim ekanligini hayot ko‘rsatmoqda. \\\***/// 1, 2, 4
1341. Qaysi gaplarda tushum kelishigini belgisiz qo'llash mumkin? 1. Botirlari kanalni qazadi. 2. Men seni qutlayman. 3. Bilmaganni so'rab o'rgangan – olim. 3. Yaxshini maqtaydilar. 4. Birpasda ovqatni yeb bo'ldim. 5. Ozni ko'p yengibdi. \\\***/// 1, 5
1342. Qaysi hukm noto'g'ri? \\\***/// Qaratqich kelishigini tushum kelishigi bilan almashtirsa bo'ladi.
1343. Qaysi javobda egalik qo‘shimchasini qo‘shish natijasida tovush o‘zgarishiga uchrashi mumkin bo‘lgan yasama so‘zlar berilgan? \\\***/// qayroq, chanqoq
1344. Qaysi javobda qismlari o‘zaro ma’nodosh bo'lgan juft otlar berilgan? \\\***/// o'y-xayol
1345. Qaysi javobda sifatdan yasalgan otlar berilgan? \\\***/// go'zallik, ezgulik,
1346. Qaysi javobdagi yasama ot fe’ldan yasalmagan? \\\***/// to‘kinlik
1347. Qaysi joy nomlari imlo qoidalariga ko'ra to'g'ri yozilgan? 1) Kavkazorti; 2) Samarqand Chinni zavodi; 3) Boltiqbo’yi; 4) O'rta Saroy; 5) Baland machit \\\***/// 1, 3
1348. Qaysi kelishik boshlanish vaqti va joyi ma’nosini vazifadosh bildiruvchi ko'makchi bilan qo’llanishi mumkin? \\\***/// chiqish
1349. Qaysi kelishik qo'shimchasi ba’zan egalik qo'shimchasi bilan omonimlik hosil qiladi? \\\***/// qaratqich
1350. Qaysi kelishik shaklidagi so‘z doim bir xil sintaktik vazifada keladi? \\\***/// tushum kelishigi
1351. Qaysi maqolda kelishik qo'shimchasi belgisiz qo'llangan? \\\***/// Qarindoshingni yomonlab, Qaydan tug'gan toparsan?
1352. Qaysi maqolda otlashgan so’zda fleksiya hodisasi mavjud? \\\***/// Nomardga yalinma, Bir baloga chalinma.
1353. Qaysi qatorda -chilik qo’shimchasi bilan yasalgan faoliyat-jarayon otlari bor? \\\***/// ustachilik, dehqonchilik, kamchilik
1354. Qaysi qatorda egalik qo’shimchasi qo’shilganda asosda tovush almashish hodisasi kuzatiladigan, portlovchi jarangsiz til orqa undoshi bilan tugagan so’zlar berilgan? \\\***/// tilak, bilak
1355. Qaysi qatorda imloviy xatoga yo‘l qo‘yilgan? \\\***/// Davlat Test Markazi
1356. Qaysi qatorda otlarning kichraytirish shakli berilgan? \\\***/// toychoq, kelinchak
1357. Qaysi qatorda otlashgan so'z qo'llangan? \\\***/// Dunyoda el va yerga xiyonat qilishdan, zolimga do'st bo'lishdan ham ko'ra og'irroq, razilroq, mudhishroq jinoyat bormi?
1358. Qaysi qatorda qaratqich kelishigi belgili qo'llanadigan so'zlar berilgan? \\\***/// har kim, kerilgan, Bobur
1359. Qaysi qatorda qismlari mavhum otlardan iborat bo‘lgan juft otlar berilgan? \\\***/// o‘y-xayol, his-tuyg‘u, aql-idrok
1360. Qaysi qatorda qismlari o'zaro ma’nodosh bo'lmagan juft otlar berilgan? \\\***/// ota-ona
1361. Qaysi qatorda shaxs oti yasovchi qo‘shimchalar berilgan? \\\***/// -xon, -chi, -dosh, -boz
1362. Qaysi qatorda turdosh otlardan hosil bo'lgan atoqli otlar berilgan? \\\***/// Asal, Lola
1363. Qaysi qatordagi atoqli otlar imlo qoidasiga ko‘ra to‘g‘ri yozilgan? \\\***/// Katta Farg‘ona kanali, Boltiqbo'yi davlatlari
1364. Qaysi qatordagi gapda hurmat ma’nosi – ifodalangan? \\\***/// Zoti shariflari ijozat etsalar.
1365. Qaysi qatordagi gapda -i, -si egalik qo'shimchalari o‘z vazifasini yo'qotgan? 1) Kechasi yomg‘ir yog'di. 2) Ona tuni bilan uxlamadi. 3) O’tgan yili hosil yaxshi bo'lgan edi. \\\***/// 1, 2, 3
1366. Qaysi qatordagi gapda kelishik qo’shimchasi bilan bog‘liq xatolik mavjud? \\\***/// Qo'lingga kelgancha yaxshi ot chiqar.
1367. Qaysi qatordagi gapda -ni qo'shimchasi uslubiy noto‘g‘ri qo'llangan? \\\***/// ... fikrni ravon uslubda izchil bayon etish, orfografik va punktuatsion jihatdan savodli ifodalash hal qiluvchi rolni o‘ynaydi.
1368. Qaysi qatordagi gapda qaratqich kelishigi o‘rnida tushum kelishigi qo‘shimchasi qo‘llangan? \\\***/// Latifjonning adasi so‘zining ustidan chiqdi.
1369. Qaysi qatordagi gapda shaxsning hududga mansubligini bildiruvchi qo‘shimchali so‘z qatnashgan? \\\***/// Bittasi toshkentlik Yuusufbek hojining o‘g‘li Otabek!
1370. Qaysi qatordagi otlarda ko'plik morfologik yo'l bilan hosil qilingan? \\\***/// uylar, do'stlar
1371. Qaysi qatordagi otlarga egalik affiksi qo'shilganda, so‘z oxiridagi k yoki q tovushi o'zgarmaydi? \\\***/// ishtiyoq, firoq, tuk
1372. Qaysi qatordagi yasama otlarda hosil bo'lish usuliga ko‘ra bir guruhga kiruvchi undoshlar ishtirok etgan? \\\***/// donolik, tiqin, kitobxon
1373. Qaysi qatordagi yasovchi qo‘shimcha ta’sirida fonetik o‘zgarishga uchragan so‘zlarga egalik qo‘shimchasi qo‘shilsa tovush almashadi? \\\***/// qayroq, chanqoq
1374. Qaysi qo'shma otlar boshqaruvli so'z birikmasidan kelib chiqqan? 1) muzyorar; 2) beshiktervatar; 3) cho'lquvar; 4) tinchliksevar; 5) otboqar; 6) ishyoqmas; 7) o'rinbosar \\\***/// 2, 3, 5, 7
1375. Qaysi so'zda mavhum ot yasovchi -inch qo'shimchasi qo'llangan? \\\***/// qo'rqinch
1376. Qaysi so'zlarga egalik qo'shimchasi qo'shilsa fonetik o'zgarish bo'lmaydi? \\\***/// orzu, qulun, huquq
1377. Qizg'aldoq bargidek uchar dildan g‘am, Toshqinlar kiradi qalbimga manim. Ushbu misralardagi kelishiklar soni va turini aniqlang. \\\***/// 2 ta bosh, 2 ta qaratqich, 1 ta jo'nalish, 1 ta chiqish kelishigi
1378. Qurboning bo‘layin, ey onajonim Sening faryodlaring, mening fig‘onim. (M. Yusuf)
1379. Qurboning bo‘layin, ey onajonim Sening faryodlaring, mening fig‘onim. (M. Yusuf) Ushbu she’riy parchada nechta egalik
qo‘shimchasi qo‘llangan? \\\***/// 4
1380. Quyida berilgan gapda nechta rnavhum ot qatnashgan? Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g‘ayrat, ham dadillik baxsh etgandek bo’ldi. \\\***/// 3 ta
1381. Quyida berilgan gapda nechta shaxs oti qatnashgan? Bahor oxirlab qolayotgan kunlarda shahzoda Abusaid qirq yigiti bilan ovga chiqdi. \\\***/// 2 ta
1382. Quyida berilgan gapdagi shaxs va narsa otlarining miqdorini aniqlang. Men o‘qimay turib ham, boshimda shu qadrdon qalpoqcham bor ekan, albatta, agronom ham, injener ham, artist ham bo‘la olaman, deb qattiq ishonardim. (X.To'xtaboyev) \\\***/// 3 ta shaxs oti, 2 ta narsa oti
1383. Quyida berilgan gaplarning qaysilarida sifatdan yasalgan ot ishtirok etgan? 1)To’g’ri so‘z qilichdan o’tkir, shuning uchun hamisha rost so’zlashga odatlan. 2) Kamtar bo’l, chunki kamtarlik insonni kamolotga boshlaydi. 3) O’z fikrini o’ylab, bosiqlik bilan gapirgan odam har doim yutadi. \\\***/// 2, 3
1384. Quyida berilgan so'zlarning qaysilariga egalik qo'shimchasi qo'shilsa, bu so'z fonetik yozuv asosida yozilmaydi? 1) o'rin; 2) park; 3) rizq; 4) kapalak; 5) bo'g'iz; 6) nutq; 7) qorin; 8) butoq; 9) farq; 10) tuproq \\\***/// 2, 3, 6, 9
1385. Quyida berilganlardan shaxa otlarini aniqlang. 1) yaxshilik; 2) cho’ponlik; 3) she’rxon; 4) zargar; 5) qassob; 6) mirob \\\***/// 3,4,5,6
1386. Quyidagi berilganlardan qaysi birlariga III shaxs sifatida qaraladi?1) nutqdan tashqari barcha shaxs; 2) nutqdan tashqaridagi predmet; 3) voqea-hodisa; 4) tinglovchi \\\***/// 1,2,
1387. Quyidagi gapda egalik qo'shimchalari bilan qo'llangan so'zlar nechta? Bag'rim yoniq, yuzim qora, ko'nglim siniq, bo'yim bukik, sening ziyoratingga keldim sultonim. \\\***/// 6 ta
1388. Quyidagi gapda raqamlar o'rnida qaysi kelishik shakllari qo'llanadi? Ba’zi yoshlar sevgi(l) shunchaki ko'ngilxushlik deb yengil-yelpi qarashsa, ba’zi keksalar u(2) bog‘lovchi, yaratuvchi, baxt-saodat keltiruvchi kuchi(3) tan olmaydilar. \\\***/// 1-jo‘nalish, 2-qaratqich, 3-tushum
1389. Quyidagi she’riy misralarda nechta ot so'z turkumiga mansub so‘z qatnashgan? Yashash, bu - orzular qanotin kermoq, Yashash, bu - muhabbat gullarin termoq, Yashash, bu- umrning gulgun damlari, El uchun yashamoq, el uchun bermoq. \\\***/// 8 ta
1390. Sening xotirangni unutmas aslo, Mening yuraklarim, O‘rta Osiyo. Ushbu parchada -lar qo'shimchasi qanday ma’no anglatgan? \\\***/// kuchaytirish
1391. Sharifa xolaning ikkala o‘g‘li shaharda o‘qib, ulg‘ayib yana bag‘riga qaytdi. Ushbu gapdagi necha so‘zda egalik qo'shimchasi qo'shilishi natijasida fonetik o'zgarish vujudga kelgan? \\\***/// 2 so‘zda
1392. Shaxs otlari shaxslarni quyidagi qaysi jihatlariga ko'ra nomlab keladi? 1) yoshiga; 2)yashash joyiga; 3) mansab-unvoniga; 4) kasb-koriga; 5) ijtimoiy holatiga; 6) qarindoshlik darajasiga; 7) nasl-nasabiga \\\***/// 1,2,3,4,5,6,7
1393. Shovulladi tun bo'yi shamol, Qaldiroqlar ko'chdi larzakor. Shivirlading yonimda xushhol: "Yana keldi, do'stginam, bahor".(A.Oripov). Ushbu parchada nechta bo’g’in yon tovushi bilan tugagan? \\\***/// 5
1394. Shu so‘zlar og‘zimdan chiqar-chiqmas, do‘stim etagimga yopishib xitob qildi: “Karam sohibi bo‘lgan odam va’da berdimi, va’dasiga vafo qilishi lozim!” (Sa’diy) Ushbu gapda egalik qo‘shimchasi qo'shilishi natijasida fonetik o‘zgarishga uchragan so'zlar sonini aniqlang. \\\***/// 2 ta
1395. Shu so’zlar og‘zimdan chiqar-chiqmas, do‘stim etagimga yopishib xitob qildi: “Karam sohibi bo’lgan odam va’da berdimi, va’dasiga vafo qilishi lozim!” (Sa’diy) Ushbu gapda
egalik qo'shimchasi qo‘shilishi natijasida fonetik o‘zgarishga uchragan so‘zlar sonini aniqlang. \\\***/// 2 ta
1396. Shu soylarda suvlar urgil yuzingga sen, Bir bor nazar solgin bosgan izingga sen, Shu savolni berib ko’rgin o’zingga sen, Aytgil, do’stim, nima qildik Vatan uchun? (Iqbol Mirzo) Ushbu she’riy parchada turdosh otning qaysi turlari qo’llangan? 1) shaxs oti; 2) narsa oti; 3) o’rin-joy oti \\\***/// 1, 2, 3
1397. Sifat asosli yasama mavhum otlar berilgan gapni belgilang. \\\***/// Hasad-yurakning zanglashi, qaysarlik mag‘lubiyat sababchisidir.
1398. Sinalmagan do'stga sir aytgan kishining ishi go‘yo o‘zini o‘zi daryoga otib, do‘stiga xitob qilgan holda: "Meni g‘arq bo‘lishdan qutqar!" degan kishining ishiga o'xshaydi. Ushbu gapda egalik qo'shimchasi necha marta qo’llangan? \\\***/// 5
1399. Sodda yasama faoliyat-jarayon otlari ko'rsatilgan javobni belgilang. 1) chopiq; 2) terim; 3) ko'rik; 4) g'allachilik; 5) loygarchilik; 6) sayr; 7) shoferlik \\\***/// 1, 2, 3, 4, 5, 7
1400. Tarixni o'rganishdan asosiy maqsad - milliy o'zligimizni chuqurroq anglash. Ushbu gapda fonetik yozuv asosida yozilgan so'zlar qaysi turkumga tegishli? \\\***/// ot, fe’l
1401. Tarkibida egalik qo‘shimchasi yaxlitlanib qolgan so‘z qatnashgan gapni toping. \\\***/// Tuni bilan mijja qoqmadi.
1402. Tarkibidagi barcha bo'laklar ot turkumiga mansub bo'lgan gapni toping. \\\***/// Til – dil kaliti.
1403. Tarkibidagi -lar qo'shimchasi ko'plik ma’nosini ifodalagan ot qatnashgan gapni toping. \\\***/// Hamma ishlarning boshi halollikdir.
1404. Tayog‘i yo‘g‘on birni urar, so‘zi yo‘g‘on mingni urar. Ushbu maqolda otlashgan birliklar qaysi bo'lak vazifasini bajargan? \\\***/// ega, to'ldiruvchi
1405. Tayog‘i yo‘g‘on birni urar, so‘zi yo‘g‘on mingni urar. Ushbu maqoldagi otlashgan birliklar sonini aniqlang. \\\***/// 4 ta
1406. Tinglash ham so’zlashga kam baholanmaydigan mehnat bo’lib, uni qonun qoidalariga amal qilsangiz, yaxshi suhbatdosh bo’lishni birinchi va eng muhim shartiga amal qilgan bo’lasiz. Ushbu gapda kelishik qo’shimchalari necha o’rinda noto’g’ri qo’llangan? \\\***/// 3
1407. to‘kinchilik yasama otining yasalish asosi qaysi so'z turkumi? \\\***/// sifat
1408. Tug'ilgan kun bilan bog‘liq ismni toping. \\\***/// Odina
1409. Turdosh otlar qatorini aniqlang. \\\***/// qalam, bola, terak, ko‘ylak
1410. Tushum kelishigi qaysi holatlarda so‘z tarkibidan tushib qolmaydi? 1) tushum kelishigidagi so‘z o‘timli fe’llar bilan bog‘langanda; 2) tushum kelishigidagi so‘z bilan o‘timli fe’l yonma- yon turganda; 3) tushum kelishigi bilan o‘timli fe’l o‘rtasida boshqa so‘z ishlatilganda; 4) tushum kelishigidagi so‘z taqlid so‘z bilan ifodalanganda; 5) tushum kelishigidagi so‘z atoqli ot, olmosh va sifatdosh bilan ifodalanganda. \\\***/// 3,4,5
1411. Tushum kelishigi shaklida qo‘llangan otlar qatorini toping. \\\***/// kitobni, sardorni, odamni, o‘qituvchini
1412. Tushum kelishigiga xos xususiyatlar to‘g‘ri qayd etilgan javobni belgilang. 1) tushum kelishigidagi so‘z faqat o‘timli fe’llarga bog‘lanadi; 2) tushum kelishigidagi so‘z bilan o'timli fe’l yonma-yon turganda kelishik tushib qolmaydi; 3) tushum kelishigi bilan o'timli fe’l o‘rtasida boshqa so‘z qo‘llana oladi; 4) tushum kelishigidagi so‘z taqlid so‘z bilan ifodalanganda kelishik tushib qolmaydi; 5) tushum kelishigidagi so‘z atoqli ot, olmosh va sifatdosh bilan ifodalanganda kelishik tushib ' qolmaydi. \\\***/// 1, 3,4,5
1413. Tushum va chiqish kelishigidagi so'zlar munosabatida qaysi so'z butunni, qaysi so'z qismni anglatadi? \\\***/// chiqish kelishigidagi so'zlar qismni, tushum kelishigidagi so'zlar butunni anglatadi
1414. tuyg‘u, cholg‘u, mangu, orzu, uyqu, ezgu. Berilgan so‘zlar qatoridan yasama otlarni toping. \\\***/// tuyg‘u, cholg‘u
1415. Umidaning “sen” degani Hafizaga juda yoqdi – bu juda yaqinlik belgisi. Tilning barcha o‘rinlarida hosil bo‘luvchi undoshlargina ishtirok etgan so‘z qaysi so‘z turkumiga mansub? \\\***/// ot
1416. Unim yo‘q, bunim yo‘q, Uyimda unim yo‘q. Ishimda unum yo‘q, Aytishga unim yo‘q. Ushbu she’riy parchada egalik qo'shimchasi nechta o'rinda qo'llangan? \\\***/// 6 ta
1417. Unim yo‘q, bunim yo‘q, Uyimda unim yo‘q. Ishimda unum yo‘q, Aytishga unim yo‘q. Ushbu she’riy parchada egalik qo‘shimchasi qo‘shilishi natijasida nechta so‘z fonetik yozuv asosida yozilgan? \\\***/// 2
1418. Voqea-hodisani bildirgan mavhum otni toping. \\\***/// urush
1419. Xalq (tabobat) qulupnay (meva) terlatuvchi, bezgak (xuruj) qarshi omil sifatida tavsiya etiladi. Ushbu gapda qavs ichidagi so’zlarga qo’shilishi kerak bo'lgan qo'shimchalarni so’zda joylashish tartibi bo'yicha aniqlang. \\\***/// egalik, o‘rin-payt kelishigi, egalik, egalik, jo'nalish kelishigi qo'shimchalari
1420. Xalq (tabobat) qulupnay (meva) terlatuvchi, bezgak (xuruj) qarshi omil sifatida tavsiya etiladi. Ushbu gapda qavs ichidagi so’zlarga qo‘shilishi kerak bo‘lgan egalik va kelishik qo‘shimchalar sonini aniqlang. \\\***/// 2 ta kelishik, 3 ta egalik qo'shimchasi
1421. Xato yozilgan birliklarni aniqlang. 1) Malika ishlab chiqarish birlashmasi; 2) Temuriylar Tarixi davlat muzeyi; 3) Guliston davlat universiteti; 4) Toshkent agrar universiteti; 5) Damas avtomashinasi; 6) O'zbekiston Oliy Majlisi \\\***/// 2,5,6
1422. Xato yozilgan so'zlar qatorini toping. \\\***/// Amudaryo jurnali, Shuhrat medali
1423. Yakka va jamlovchi ot ishtirok etgan gapni belgilang. \\\***/// Xurosonda bir davr yaratmoq lozimki, o’zga xalqlar ibrat ola bilsinlar. (Oybek)
1424. Yarog', dog', tog' so'zlariga jo'nalish kelishigi qo'shimchasi qo'shilsa, qaysi yozuv asosida yoziladi? \\\***/// morfologik
1425. Yasama mavhum ot qatnashgan gapni toping. \\\***/// Kezib-kezib topganlarim sog‘inch bo'ldi
1426. Yasama shaxs oti ishtirok etgan gapni aniqlang. \\\***/// U bolalikdan dorbozlarning o'yinlarini yoqtirar edi.
1427. yigit, erkak, qari, chol. Berilgan otlar qaysi xususiyatga ko‘ra farqlanadi? \\\***/// yoshiga ko‘ra
1428. Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson o‘zini, eng avvalo, O‘zbekiston fuqarosi deb, shundan keyingina muayyan hudud vakili, aytaylik, xorazmlik, samarqandlik yoki Farg‘ona vodiysi farzandi deb his qilishi lozim. (I.Karimov) Ushbu gapda ot yasovchi qo‘shimcha necha o‘rinda qo’llangan? \\\***/// 2
1429. Qaysi qatorda otning munosabat shakllaridan biri mavjud? \\\***/// bilan, ham, na ..., na., -u(-yu), -da,
1430. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning "Al-Jome’ as-Sahih" to'plami necha yilda yozilgan va nechta kitob va bobdan iborat? \\\***/// 16 yilda; 97 ta kitob (fasl), 3405 bob
1431. Achchiq bilan chuchukni totgan bilar, uzoq bilan yaqinni yurgan bilar.Ushbu gapda nechta otlashgan sifat ishtirok etgan? \\\***/// 2ta
1432. Ahmoqlarning yuragi og‘zida, donolarning tili esa yuragidadir. Berilgan gapda otlashgan sifat nechta o‘rinda qo‘llangan? \\\***/// 2ta
1433. Amr qildimki, vazirlar ushbu to‘rt sifatga ega bo‘lgan kishilardan bo‘lishi lozim: birinchisi – asillik, toza nasllilik; ikkinchisi – aql-farosatlilik, uchinchisi – sipoh-u el ahvolidan xabardorlik, to‘rtinchisi – sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik. Ushbu gapdagi nechta so‘z tarkibida sifat yasovchi qo'shimchadan so‘ng ot yasovchi qo'shimcha qo'shilgan? \\\***/// 5
1434. Amr qildimki, vazirlar ushbu to'rt sifatga ega bo'lgan kishilardan bo'lishi lozim: birinchisi — asillik, toza nasllilik; ikkinchisi - aql-farosatlilik, uchinchisi — sipoh-u el ahvolidan xabardorlik, to'rtinchisi — sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik. Ushbu gapdagi nechta so'z tarkibida ot yasovchi qo'shimchadan so'ng sifat yasovchi qo'shimcha qo'shilgan? \\\***/// 1
1435. Amr qildimki, vazirlar ushbu to'rt sifatga ega bo'lgan kishilardan bo'lishi lozim: birinchisi — asillik, toza nasllilik; ikkinchisi - aql-farosatlilik, uchinchisi — sipoh-u el ahvolidan xabardorlik, to'rtinchisi — sabr-chidamlilik va tinchliksevarlik. Ushbu gapda sifat yasovchi qo'shimchalar necha o'rinda qo'llangan? \\\***/// 6
1436. Asliy sifatlar berilgan qatorni toping. \\\***/// baland, go‘zal
1437. Asliy sifatlar berilgan qatorni toping. \\\***/// go’zal, aqlli, yuzaki
1438. Asosda ifodalangan belgiga egalikni bildiragan, no-,siz-, be-qo'shimchalariga zid ma'noli sifat yasovchi qo’shimchalarni aniqlang. \\\***/// -li, -dor, ba-, ser-
1439. Balandparvoz, quruq gapirgan odamning gapi bemaza qovunga o’xshaydi. Ushbu gapdagi sifatlar haqida berilgan to'g‘ri hukmlarni toping. 1) yasama sifatlar qatnashgan; 2) qo'shma va sodda sifatlar qatnshgan; 3) aniqlovchi va hoi vazifalarida kelgan; 4) sifatlar mustaqil hol vazifasini ham bajargan; 5) xususuyat bilduruvchi sifatlar ham ishtirok etgan. \\\***/// 1, 2, 5
1440. Belgining ortiqlik darajasini ko‘rsatuvchi ko‘pdan ko‘p, yangidan yangi, ochiqdan ochiq kabi so‘zlar qanday yoziladi? \\\***/// ajratib yoziladi
1441. Berilgan juft sifatlarning qaysi biri yangi imlo qoidasiga ko‘ra to‘g‘ri yozilgan? \\\***/// yaxshi-yu yomon
1442. Berilgan qaysi so‘zlarda be– va –siz qo‘shimchalarini o‘zaro ma’nodosh qo‘shimcha sifatida qo‘llab bo‘lmaydi? \\\***/// bosh, chora
1443. Bobur tadbirli va jasur lashkarboshi, dono va adolatli hokim, fozil va o'qimishli inson, ajoyib shoir, ilmning turli sohalaridan xabardor bo'lgan yetuk shaxs edi. Ushbu gapda nechta yasama sifat bor? \\\***/// 6
1444. Bu bog‘lar ichida qizg‘ish, nafis, havorang marmardan qurilgan ko‘rkam binolar, ko‘shklar, kichik-kichik saroylar ko‘zga tashlanadi. Ushbu gapdagi sifatlar haqida bildirilgan qaysi hukm noto‘g’ri? \\\***/// gapdagi uchta sifat rang-tus bildiradi.
1445. Bu oqshom, garchi tevarak tinch bo’lsa ham, kechagidan ko’ra qo’rqinchliroq, ezuvchanroq tuyular edi. Ushbu gapda nechta sifat yasovchi qo’shimcha bor? \\\***/// 4 ta
1446. Chopib kirar sovuq shaharga Yalangoyoq yashil daraxtlar. (Sh.Rahmon) Parchadagi yasama sifatlarni ko'rsating. \\\***/// sovuq, yalangoyoq
1447. Fe’ldan yasalgan sifatlarni toping.1) ko’tara; 2) egik; 3) jannati; 4) ayrim; 5) g’amxo’r; 6) iliq \\\***/// 1, 2, 4, 6
1448. Fe’llardan yasalgan sifatlar qatorini ko'rsating. \\\***/// qarimsiq, qaynatma(taom), sezgir
1449. Hamma nopok, hamma egri, yolg'iz siz to’g’ri. Gapdagi sifatlar haqidagi noto‘g‘ri hukmni belgilang \\\***/// sifatlar tarkibidagi yopiq bo'g'inlar jarangli undoshlar bilan tugagan
1450. Hindubek turkiy, forsiy tillarni mukammal o’rgangan ilmli, ma’rifatli, dilkash kishi bo’lganligi uchun Boburning eng yaqin beklari qatoriga kirgan edi. (P.Qodirov) Ushbu gapda nechta sifat mavjud hamda ulardan nechtasi yasama sifat hisoblanadi? \\\***/// 6 ta sifat; 5
Do'stlaringiz bilan baham: |