Servis” fakulteti “iqtisodiyot va menejment” kafedrasi



Download 1,99 Mb.
bet57/82
Sana28.06.2022
Hajmi1,99 Mb.
#716632
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   82
Bog'liq
Servis” fakulteti “iqtisodiyot va menejment” kafedrasi

Fond qaytimi - ishlab chiqarilgan mahsulotning asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymati birligiga to‘g‘ri keladigan miqdori;
Fond sig‘imi - fond qaytimi ko‘rsatkichiga teskari ko‘rsatkich;
Fondlarning rentabelligi - asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymati birligiga to‘g‘ri keladigan foyda miqdori.
Asosiy ishlab chiqarish fondlarini baholash va ulardan foydalanishni tahlil qilishda mehnat va ishlab chiqarishning fond bilan qurollanganligi hamda uning yana bir turi - mehnat va ishlab chiqarishnng mexaniq qurollanganligi kabi ko‘rsatkichlarni ham e’tiborga olish lozim.
Qurilish tashkilotlari asosiy ishlab chiqarish fondlarini yangilab borishni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Davlat soliq qo‘mitasi va Arxitektura va qurilish davlat qo‘mitasining 2003 yil 14 oktyabrdagi qaroriga ko‘ra «Pudratchi qurilish tashkilotlari uchun qurilish texnikasi va asbob-uskunalarini sotib olishga yo‘naltiriladigan mablag‘larga soliq solish bazasini kamaytirish qismida daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash tartibi to‘g‘risida NIZOM» qabul qilindi.
Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 sentyabrdagi 395-sonli "Kapital qurilishda xo‘jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va pudratchi qurilish tashkilotlari uchun qurilish texnikasi va asbob-uskunalarni sotib olishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga soliq solinadigan bazani kamaytirish daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llash tartibini belgilaydi. Unga quyidagilar ko‘zda tutiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 sentyabrdagi 395-sonli "Kapital qurilishda xo‘jalik munosabatlari mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq pudratchi qurilish tashkilotlarini qurilish texnikasi va asbob-uskunalarni sotib olishga yo‘naltiriladigan mablag‘lari 2006 yilning 1 yanvarigacha daromad (foyda) solig‘ini hisoblashda soliq solinadigan bazadan chiqarib tashlanadi.
2. Pudratchi qurilish tashkilotlari tomonidan qurilish texnikasi va asbob-uskunalarni sotib olishga yo‘naltiriladigan mablag‘lari buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadi va quyidagilarda hisobga olinadi:
a) montaj talab etiladigan qurilish texnikasi va asbob-uskunalari kelib tushganda - o‘rnatishga asbob-uskunalar hisobi schyotida, "O‘rnatishga qurilish asbob-uskunalari" hisobidan ajratilgan holda;
b) montaj talab etilmaydigan qurilish texnikasi va asbob-uskunalari kelib tushganda - kapital qo‘yilmalar hisobi schyotida "qurilish texnikasi va asbob-uskunalarni sotib olish" hisobidan ajratilgan holda.
3. Pudratchi qurish tashkilotlari tomonidan qurilish texnikasi va asbob-uskunalarni sotib olishga yo‘naltirilgan mablag‘lari summasi haq to‘langan va pul tushgan sanadan qat’i nazar hisobot davrida daromad (foyda) solig‘ini hisoblashda soliq solinadigan bazadan chiqarib tashlanadi.
4. Soliq solinadigan bazani kamaytirish bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llashda tegishli hisobot davri uchun daromad (foyda) solig‘ini hisoblash bo‘yicha hisob-kitoblarga qurilish texnikasi va asbob-uskunalarni sotib olishga yo‘naltirilgan mablag‘lar summasi ko‘rsatilgan ma’lumotnoma ilova qilinishi shart.
5. Korxonalar soliq solish bazasini kamaytirish bo‘yicha berilgan imtiyozlarni hisobga olgan holda daromad (foyda) solig‘ini to‘g‘ri hisoblash uchun javobgardirlar.
6. Daromad (foyda) solig‘ini hisoblash va o‘z vaqtida to‘lash yuzasidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining "Davlat soliq xizmati to‘g‘risida"gi qonuni va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish miqyosining o‘sishi va boshqa ijobiy o‘zgarishlar sharoitlarida, ba’zan korxonaning asosiy fondlari, jumladan, ishchi mashinalar va uskunalar, ishlab chiqarish binolari, qurilmalar va hokazolar etmay qoladi. Bunday hollar ro‘y berganda korxona shartnoma asosida o‘ziga kerakli bo‘lgan asosiy fondlarni yollaydi va ular ijaraga olingan hisoblanadi. Ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi o‘rtasida yuzaga keluvchi mulk munosabatlari lizing deb ataladi (ingl. Lease - ijara).
«Kapital qurilishda ijara va lizing xizmatlari tizimini joriy etish to‘g‘risida». O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (23.10.2003 y. № 462) qabul qilingan bo‘lib, unda kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirishga yo‘lida ijara va lizing xizmatlarini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar ko‘zda tutilgan:
1. Vazirlar Mahkamasining qurilish, qurilish materiallari sanoati, uy-joy-kommunal xo‘jaligi va transport kompleksi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, "Asaka" banki, "Paxta-bank", "O‘zsanoatqurilishbank", "O‘zuyjoyjamg‘armabank", "O‘zbekiston temir yo‘llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, "O‘zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi, "O‘zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining ustav jamg‘armasi 1 mlrd so‘m bo‘lgan, ulushlar 7.1-jadvalga muvofiq taqsimlanadigan ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi "qurilish-lizing" lizing kompaniyasini tashkil etish.
2. "Qurilish-lizing" lizing kompaniyasiga:
o‘z moliyaviy manbalari hisobiga, shuningdek mamlakatimiz banklari va xorijiy banklar kreditlarini jalb qilish yo‘li bilan zamonaviy qurilish texnikasi, kichik mexanizatsiya va maxsus transport vositalari xarid qilish;
qurilish texnikasini, transport va kichik mexanizatsiya vositalarini mulkchilikning barcha shakllaridagi pudrat qurilish tashkilotlariga, birinchi navbatda, kichik va xususiy biznes sub’ektlariga shartnoma asosida lizingga va ijaraga berish yuklanadi.
3. "Qurilish-lizing" lizing kompaniyasi xodimlarining cheklangan umumiy soni 34 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari 19 nafar bo‘lgan boshqaruv tuzilmasi belgilangan. (7.1-rasm)
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Moliya vazirligi:
Vazirlar Mahkamasining "2003-2004 yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida" 2003 yil 17 apreldagi 185-son qaroriga muvofiq pudrat qurilish tashkilotlarining davlat aktivlarini birja va birjadan tashqari bozorlarda sotishdan tushadigan mablag‘larni;
iqtisodiy nochor pudrat qurilish tashkilotlarining byudjet oldidagi qarzlarini qoplash hisobiga ularning mol-mulkini qarz summasi doirasida sotishdan tushadigan mablag‘larni qaytarish asosida "qurilish-lizing" lizing kompaniyasiga 5 yil muddatga beriladi, ushbu mablag‘lar kompaniyaning maxsus hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Ushbu mablag‘lardan faqat keyinchalik ularni pudrat qurilish tashkilotlariga lizing va ijaraga berish uchun qurilish texnikasi, kichik mexanizatsiya va transport vositalari xarid qilish uchun foydalanilishi mumkin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi Davlat mulki qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda tugatilayotgan iqtisodiy nochor qurilish tashkilotlarining qurilish texnikasi, transport vositalari va kichik mexanizatsiya vositalarini ularning byudjet oldidagi qarzlarni qoplash hisobiga "qurilish-lizing" lizing kompaniyasiga beriladi.
Tugatilayotgan iqtisodiy nochor pudrat qurilish tashkilotlarining ularning byudjet oldidagi qarzlarini qoplash hisobiga "qurilish-lizing" lizing kompaniyasiga beriladigan asosiy vositalari daromad solig‘i va mol-mulk solig‘i bo‘yicha soliqqa tortish ob’ekti hisoblanmaydi.
6. "Qurilish-lizing" lizing kompaniyasi:
O‘zbekiston Respublikasi hududiga, keyinchalik ularni lizingga va ijaraga berish uchun olib kelinayotgan qurilish texnikasi, ehtiyot qismlar, qurilish transport vositalari va kichik mexanizatsiya vositalari uchun bojxona bojlari va qo‘shilgan qiymat solig‘idan 5 yil muddatga;
qurilish texnikasi va kichik mexanizatsiya vositalarini lizingga va ijaraga berishdan olingan daromadlar bo‘yicha 2007 yil 31 dekabrgacha daromad (foyda) solig‘idan ozod qilinadi, soliqqa tortishdan bo‘shaydigan mablag‘lar zamonaviy qurilish asbob-uskunalari va texnika xarid qilishga maqsadli yo‘naltiriladi.

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish