Servis” fakulteti “iqtisodiyot va menejment” kafedrasi



Download 1,99 Mb.
bet16/101
Sana08.02.2022
Hajmi1,99 Mb.
#436513
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   101
Bog'liq
курилиш иктисоди маруза2021лотин

Investitsiya loyihasi - bu shunday hujjatki, unda kapitalni iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalariga yo‘naltirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu chora-tadbirlardan maqsad ishlab chiqarish kuchlarini yanada rivojlantirish va mavjud ishlab chiqarish salohiyatini mustahkamlashdir. Ushbu kapital qo‘yilmalar quyidagi maqsadlarga sarflanishi mumkin:
- yangi qurilishga;
- ishlab turgan korxonalarni kengaytirish va qayta ta’mirlashga;
- ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash va mehnat vositalarini modernizatsiyalashga;
- mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini zamonaviy talablar darajasida saqlab turishga va hokazo.
Investitsiya loyihasining qurilish loyihasidan farqlay bilish lozim. Ma’lumki, qurilish loyihasida muayyan ob’ektning qurilishi bilan bog‘liq texnik, iqtisodiy, tashkiliy, konstruktiv va boshqa echimlar ko‘rsatilgan bo‘ladi. Qurilish loyihasi - bu avvalo u yoki bu ob’ektning qurilishi bilan bog‘liq texnik-iqtisodiy asoslash, tushuntirish xati, chizmalar va smetalarni o‘z ichiga olgan hujjatlar to‘plamidir.
Masalan, tushuntirish xatida loyihaning asosiy g‘oyasi va uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari asoslab berilgan bo‘ladi. CHizmalar loyihalanayotgan ob’ekt haqida yaqqol tasavvur hosil qiladi, qurilish bevosita shu chizmalar asosida amalga oshiriladi. Smeta qurilishning qiymatini xarakterlaydi; uning asosida moliyalashtirish liniyasi ochiladi va kelgusi pul hisob-kitoblari amalga oshiriladi.
Qurilish loyihasi boshqa turdagi hujjatlarni, masalan, qurilishni tashkil qilish loyihasi (QTL), ishlarni amalga oshirish loyihasi (IAL), materiallar, konstruksiyalar va asbob-uskunalarni etkazib berish jadvali va hokazolarni ham o‘z ichiga olishi mumkin. YA’ni qurilish loyihasi - bu ko‘proq quruvchilar - prorablar, katta prorablar, qurilish uchastkasi va boshqarmalar boshliqlarining qo‘lida bo‘ladigan hujjatdir. Moliyalashtirish manbalari tomonidan tasdiqlangan qurilish loyihalari va qurilishga ajratilgan er maydonlari qancha ko‘p bo‘lsa, qurilish uchun buyurtmalar “portfeli” ham shunchalik to‘laroq bo‘ladi.
Endi esa investitsiya loyihalariga qaytamiz. Aytib o‘tilganlardan tashqari, investitsiya loyihalari kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, bank va umuman moliya-kredit tiziminining faoliyatini yaxshilash, mavjud injenerlik kommunikatsiyalarini modernizatsiyalash, ekologiyani va atrof-muhitni sog‘lomlashtirish, biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilishi va kelgusida amalga oshirilishi mumkin.
Ayrim investitsiya loyihalari global xarakterga ega bo‘lib, alohida bir mamlakat manfaatlari doirasidan tashqariga ham chiqishi mumkin. Xususan, “Orolni saqlab qolish loyihasi” ham hozirgi kunda shunday loyihalardan biri bo‘lib, unda O‘zbekiston, Qozog‘iston va boshqa Markaziy Osiyo respublikalaridan tashqari progressiv jamiyatlar va dunyodagi bir necha mamlakatlarning rasmiy institutlari ham ishtirok etmoqda.
Masalan, bugungi kunda O‘zbekistonda xorijiy kredit liniyalar bo‘yicha ochilgan jami summasi 200 mln AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan 185 dan ortiq loyihalar ishlab turibdi.
Ko‘rinib turibdiki, investitsiya loyihalari turli miqyosda va turli maqsadlarda ishlab chiqilishi mumkin. Korxonalar iqtisodiyotning asosiy bo‘g‘ini bo‘lganliklari hamda avval aytib o‘tilganidek, milliy daromadning “salmog‘ini” sezilarli darajada belgilashlari tufayli, investitsiya loyihalarini aynan shu bo‘g‘in miqyosida ishlab chiqish strategiyasi alohida e’tiborga loyiqdir.
Bugungi kunda korxonalar miqyosidagi investitsiya loyihalari, odatda, investitsiya tanloviga havola etish uchun ularning xususiylashtirish dasturiga mos ravishda ishlab chiqilmoqda. Bunda masalan, qurilish bilan bog‘liq bo‘lgan investitsiya loyihasini tayyorlash va uni amalga oshirish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

  • investitsiya g‘oyasini shakllantirish;

  • investitsiya imkoniyatlarini o‘rganib chiqish;

  • loyihani texnik-iqtisodiy asoslash;

  • er maydoni ajratish, sotib olish yoki ijaraga olish;

  • kontrakt hujjatlarini tayyorlash;

  • loyiha hujjatlarini tayyorlash;

  • qurilish-montaj ishlarini, shu jumladan ishga tushirish va sozlash ishlarini amalga oshirish;

  • ob’ektdan foydalanish, iqtisodiy ko‘rsatkichlar monitoringi.

Tabiiyki, bir korxonaning investitsiya loyihasi mazmun jihatdan boshqa korxonaning loyihasi bilan bir xil bo‘lmasligi mumkin. Har bir investitsiya loyihasi ma’lum bir maqsad va vazifalarga qaratilgan bo‘ladi va binobarin, ularning moliyalashtirish manbalari ham, pirovard natijalari ham turlicha bo‘ladi.
Ma’lum bir maqsadga qaratilgan investitsiya loyihalari yoki takliflar majmumasi investitsiya dasturini tashkil qiladi. Investitsiya dasturi o‘z ko‘lamiga qarab davlat, mintaqa yoki tarmoq miqyosida bo‘lishi mumkin. Bunga 2000-2002 yillarga mo‘ljallangan davlat investitsiyalari dasturini misol qilib keltirish mumkin. Bu dastur ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurishda jiddiy o‘zgarishlarni ko‘zda tutgan.
Investitsiya loyihalari va dasturlari quyidagi maqsadlarga xizmat qiladi:

  • ishlab chiqarish apparatini muntazam yangilab borish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlash;

  • fan-texnika taraqqiyotini tezlashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini va raqobatbardoshligini yaxshilash;

  • iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish, xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini bir tekisda rivojlantirish;

  • sanoat uchun kerakli xom ashyo bazasini barpo etish va mintaqalardagi ishlab chiqarish kuchlarini tenglashtirish;

  • fuqarolik qurilishi, sog‘liqni saqlashni, oliy va o‘rta maktabni rivojlantirish, uy-joy muammosini hal qilish;

  • bozor mexanizmi va raqobat talablaridan kelib chiqqan holda aholini ish bilan ta’minlash, ishsizlik muammosini yumshatish;

  • tabiiy muhitni muhofaza qilish, ekologik vaziyatni yaxshilash va boshqa maqsadlarga erishishga.


Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish