Servis sohasi iqtisodiyoti kafedrasi «iqtisodiyot» fanidan


AIM loyihasining iqtisodiy ko’rsatkichlari



Download 1,75 Mb.
bet16/17
Sana31.01.2022
Hajmi1,75 Mb.
#419384
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Kurs ishi

AIM loyihasining iqtisodiy ko’rsatkichlari:
( Buxoro shahrida yaratiladigan AIM loyihasi bo’yicha Quyonchilik mini-fermasining iqtisodiy ko’rsatkichlari )
Bu loyihaning asosiy maqsadi aholini quyonchilikka qiziqqtirish, ularga quyonchilikni o’rgatish va zotdor quyonlar bilan ta’minlashdir.
Loyihaning asosiy mazmuni:
Uy sharoitida quyonchilik mini fermasini tashkil qilish, bunda tadbirkorning o’zi birinchi navbatda band qilinadi. Uy sharoitida 15 m2 yerda quyonlar uchun joy tashkil qilinadi. Keyin, 8 xil zotdagi quyonlardan sotib olinadi. 2 oylik 25 ta quyon sotib olinadi ( 17 ta urg’ochi, 8 ta erkak quyon ), 1 yil davomida ular ko’paytirilib, quyonchalari 2 oyligida aholiga sotiladi



Quyonchilik mini-fermasi

Kerakli narsalar va xarajatlar:

Imkoniyatlari:

Loyihaning umumiy qiymati -
37 mln. so’m

1-yilda Umumiy foyda – (min.)
43 mln. so’m

Joyi – uy sharoitida
Yer maydoni – 15

1-yilda bolalatishlar soni – 3-4 marta

Olinadigan quyon soni va yoshi – 25 ta ( 17 ta urg’ochi, 8 ta erkak quyon)
2 oylik
Quyon zotlari soni – 8 xil zot

1 martada olinadigan quyonchalar soni ─ min. – 85 ta , max.-170 ta
1 yilda olinadigan quyonchalar
soni ─ min. – 235 ta , max.- 470 ta

Ishchi o’rni soni ( yakka tadbirkor sifatida ) 1- yilda : 1 ta

Bu loyiha tufayli 1-yilda min. 1 ta ishchi o’rni yaratilishi mumkin. 1-yilning o’zida u o’zining xarajatlarini qoplab , foyda keltirishi mumkin. 1-yilda min. 200 dan ortiq zotdor quyon bilan aholini ta’minlash imkoni mavjud.


Bu loyihaning asosiy maqsadi:

  1. Aholini quyonchilikka qiziqtirish , ularga quyonchilikni boshlash va biznes sifatida rivojlantirishni o’rgatish.

  2. Aholini sifatli va sog’lom zotdor quyonlar bilan ta’minlash.

  3. Quyonchilik sohasini innovatsion usulda rivojlantirish va respulika miqyosida ommalashtirish.

Tadbirkorlikning quyonchilik sohasining asosiy imkoniyati tez fursatlarda va sifatli mahsulot olish imkoniyati mavjud. Ya’ni 5-6 oyda o’zining samarasini ko’rsata boshlaydi. Bu sohaning o’ziga xos tomonlari:

  • Min. mablag’ni talab qiladi

  • Uy sharoitida shug’ullanish qulay

  • Tez mahsulot beradi ( go’sht, teri, tivit )

  • Ko’payish tezligi yuqori

  • Hobby sifatida shug’ullanish mumkin.

  • Serdaromad soha.

Ushbu sohada tadbirkorlik bilan shug’ullanish tufayli aholini zotdor quyonlar, sifatli go’sht, teri va tivit mahsulotlari bilan ta’minlash mumkin. Natijada bozorda quyon go’shtiga talab oshadi, shunga nisbatan taklif ham ko’payadi. Bozorni tez va sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash orqali sotuv hajmi ortadi, ko’p mahsulot ishlab chiqariladi, mahsulot narxining raqobatga ko’ra pasayib borishi kuzatiladi.
Tadbirkorlikning nafaqat quyonchilik , balki , parrandachilik , baliqchilik , asalarichilik , chorvachilik , bog’dorchilik va boshqa yo’nalishlarida ham yangi ishchi o’rinlari va innovatsion tovarlar yaratish mumkin. Bu o’z navbatida ishlab chiqarish hajmiga va Yalpi ichki mahsulotning miqdoriga ta’sir qiladi. Qancha ko’p tadbirkorlik loyihalari amalga oshirilsa, shuncha ko’p va sifatli mahsulot ishlab chiqariladi va shuncha tez iqtisodiy o’sishga erishishimiz mumkin.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi bandligi, xuususan , yoshlar va xotin-qizlar bandligi va faolligini oshirishga e’tibor qaratgan holda, tadbirkorlikni rivojlantirish davlatning rivojlanishiga va aholi turmush tarzining yaxshilanishiga yo’l ochishini nazarda tutdilar.


37
XULOSA


Tadbirkorlik deganda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (xizmatlar ko`rsatish) yo`li bilan tavakkal qilib, o`z mulkiy javobgarligi asosida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyati tushuniladi.


Tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanishi uchun iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratilgan bo`lishi lozim.
Tadbirkorlik ijtimoiy munosabatlar namoyon bo`lishining shakllaridan biri sifatida faqat jamiyatning salohiyatini oshirishga ko`maklashib qolmay, balki har qanday insonning qobiliyati va mahoratini namoyon qilish uchun qulay zamin yaratadi, milliy boyliklarning ko`paytirishga va jahon integrastiyalashuvi jarayonida milliy ruhni saqlab qolishga yordam beradi. Shuning uchun tadbirkorlikni rivojlantirishga va uning huquqiy bazasini mustahkamlashga davlat tomonidan katta e`tibor berilmoqda.
O`zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat, moliya va maslahat tadbirkorligi kabi turlari keng rivoj topmoqda. Mamlakatimizda tadbirkorlikning yakka tartibdagi, xususiy, jamoa va aralash shakllari faoliyat ko`rsatadi. Jamoa tadbirkorligi firmalar faoliyatida o`z ifodasini topadi. Firma – muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarishga va xizmat ko`rsatishga ixtisoslashgan, bozordagi talab va taklifga qarab ish tutadigan, iqtisodiy jihatdan erkin va mustaqil korxonadir. Firmalarning turlari ko`p. Ularni
- xususiy firmalarga;
- shirkat firmalariga;
- davlat korxonalariga;
- aralash firmalarga ajratish mumkin.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi korxonalar kichik biznes sub`ektlari bo`lib hisoblanadilar. Ulardagi xodimlarning o`rtacha soni qonun tomonidan belgilangan chegaraviy darajadan oshib ketmasligi kerak.
Kichik korxonalar fuqarolar, oila a`zolari va boshqa shaxslar tomonidan, davlat, ijara, jamoa, qo`shma korxonalar, hissadorlik jamiyatlari, xo`jalik uyushmalari, jamoat tashkilotlari tomonidan yoki mulk egasining roziligi bilan jamoa tashabbusi asosida amaldagi korxonalar tarkibidan ajralib chiqish natijasida tashkil etiladi. Xorijiy mamlakatlarda kichik korxonalarni belgilovchi mezonlar bo`lib, xodimlar soni, ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori, sotish hajmi va asosiy kapitalning balans qiymati hisoblanadi.
O`zbekistonda esa kichik biznesni belgilovchi mezon bo`lib, unda ishlovchi xodimlarning o`rtacha soni hisoblanadi. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan tavsiflanadi. Shu jihatdan, hozirgi kundarespublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e`tibor berilmoqda.

38
2019-2020-yillardan boshlab O’zbekistonda xotin-qizlar , yoshlar tadbirkorligini qo’llab quvvatlash va imtiyozl kreditlar ajratish bo’yicha turli dasturlar ishlab chiqildi. 2021-yilda esa bu harakatlar o’z mevasini bera boshladi va bu harakatlar ana davom etmoqda.


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham tadbirkorlikni rivojlantirish orqali aholi bandligi, xuususan , yoshlar va xotin-qizlar bandligi va faolligini oshirishga e’tibor qaratgan holda, tadbirkorlikni rivojlantirish davlatning rivojlanishiga va aholi turmush tarzining yaxshilanishiga yo’l ochishini nazarda tutdilar.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirishda muhim omildir. Ushbu soha vakillarini har taraflama qo’llab-quvvatlash maqsadida oxirgi ikki yarim yilda Prezidentning ellikdan ortiq farmon va qarorlari qabul qilindi. Jumladan, tadbirkorlik faoliyatini davlat ro’yxatidan o’tkazish, turli ruxsatnomalar olish va boshqa ko’plab xizmatlar tartib-qoidalari soddalashtirildi. Bu borada qulaylik yaratish uchun Davlat xizmatlari agentligi va uning joylardagi markazlari tashkil etildi. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakil (Biznes-ombudsman) lavozimi joriy qilindi. Barcha hududlarda tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilib, hal etishga ko’maklashadigan Bosh vazir qabulxonalari tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasi huzurida Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasi faoliyati yo’lga qo’yilib, unga 200 milliard so’m va 50 million dollar mablag’ ajratildi. Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlarga ajratilayotgan kreditlar hajmi oshdi. Bunday amaliy choralar o’z natijasini bermoqda. Kichik biznes mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining qariyb 60 foizini, sanoat mahsulotlari hajmining uchdan birini, qishloq xo’jaligi mahsulotining 98 foizini, investitsiyalarning yarmini ta?minlamoqda. Ko’pgina viloyatlarda eksportning 70-90 foizi aynan kichik biznesga to’g’ri keladi.
Joriy yilning 6 oyida tadbirkorlik subyektlari soni 60 mingtaga ortgan. Yig’ilishda ushbu ko’rsatkichlar islohotlarning dastlabki natijalari ekani ta’kidlanib, asosiy e’tibor hanuzgacha uchrayotgan muammolarni hal etishga qaratildi. Davlatimiz rahbari viloyat, tuman, shahar hokimlari va ularning birinchi o’rinbosarlari mutlaqo yangicha ishlab, 70 foiz vaqtini hududda tadbirkorlikni rivojlantirishga sarflashi kerakligini ta’kidladi.
Har bir viloyat, tuman va shahar hokimlari va ularning birinchi o’rinbosarlari faoliyatiga yangi tashkil etilgan yoki faoliyati qayta tiklangan kichik korxonalar va ularda yaratilgan ish o’rinlari sonidan kelib chiqqan holda baho berib, rag’batlantirish bo’yicha yangi tizim joriy etish vazifasi qo’yildi.

39


Download 1,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish