Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar


-§. Markaziy bankni faoliyatining asoslari, maqsad va vazifalari



Download 0,65 Mb.
bet42/52
Sana26.05.2022
Hajmi0,65 Mb.
#610304
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   52
Bog'liq
Sh. Abdullaeva pul, kredit va banklar (1)

2-§. Markaziy bankni faoliyatining asoslari, maqsad va vazifalari
Bozor iqtisodi sharoitida Markaziy bankning asosiy maqsadi - pul-kredit tizimi va valyuta barqarorligini ta’minlash asosida - iqtisodiy o’sishga erishishdan iborat.
Hozirgi O’zbekiston Respublikasi banki 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risida»gi qonun asosida faoliyat ko’rsatmoqda.
Markaziy bank huquqiy shaxs sifatida davlat mulkiga asoslangan bo’lib, iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasa sifatida xarajatlarni o’z daromadlari hisobidan qoplashi kerak.
O’zbekistonda zamonaviy bank tizimi 2-bosqichli usulda tashkil etilgan: Markaziy bank va tijorat banklari. Markaziy bank keng tarmoqli tijorat banklari o’rtasidagi sog’lom raqobat ko’rashidagi nazoratchi vazifasini bajaradi.
Respublika Markaziy banki o’z miqyosi va faoliyat doirasiga ko’ra respublikamizdagi eng yirik bank hisoblanadi. Markaziy bankning asosiy maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat va monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakillantirishdan iborat. Markaziy bankning asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat:

  1. Iqtisodiyotni pul-kredit richagi yordamida boshqarish.

  2. Hisob-kitob va pul o’tkazish operatsiyalarini bajarishni yo’lga qo’yish.

  3. Tijorat banklari faoliyatini boshqarish va nazorat qilish.

  4. Boshqa kredit muassasalari kassa zaxiralarini saqlash.

  5. Rasmiy oltin - valyuta zaxiralarini saqlash.

  6. Hukumat uchun hisob-kitob va kredit operatsiyalarini bajarish.

  7. Tijorat banklariga kredit berish.

  8. Pul emisiyasi.

Markaziy bank - o’z sarf-xarajatlarini o’zining daromadlari hisobidan amalga oshiruvchi iqtisodiy jihatdan mustaqil muassasadir. Markaziy bankning mol-mulki uning pul va boshqa moddiy boyliklaridan iborat bo’lib, ularning qiymati Markaziy bank balnsida aks ettiriladi. O’zbekiston Markaziy banki yuqoridagi vazifalariga qo’shimcha ravishda qo’yidagi vazifalarni ham bajaradi:
Monetar siyosatni va valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, samarali hisob-kitob tizimini tashkil etish va ta’minlash, banklar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish, oltin va valyuta zaxiralarini saqlash va boshqarish davlat byudjetining kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan iborat.
Markaziy bank moliyaviy yordam ko’rsatish va tijorat faoliyati bilan shug’ullanmaydi. Respublika Markaziy bankining ustav kapitali 2 mlrd. so’m deb belgilangan. Shuningdek, Markaziy bank soliqlar va bojlardan ozoddir. Markaziy bank kelgusi yil uchun O’zbekiston Respublikasi monetar siyosatining asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqadi va har yili keyingi moliya yili boshlanishidan 30 kun oldin Oliy Majlisga bu haqda axborot beradi. Markaziy bank pul-kredit, moliya, valyuta va narx munosabatlarining ahvoliga asoslanib muomaladagi pul massasining bitta yoki bir qancha ko’rsatkichlari o’zgarishining aniq mo’ljallarini belgilash mumkin. Shuningdek, o’z hisob va kredit operatsiyalari bo’yicha stavkalarni mustaqil ravishda belgilaydi. Markaziy bank O’zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to’lov vositasida banknotalar va tanga ko’rinishida pul belgilarini muomalaga chiqardi. Markaziy bank va u vakolat bergan banklar talabga ko’ra bir nominal qiymatdagi banknota va tangalarni boshqasiga hech qanday to’lovsiz yoki vositachilik haqisiz almashtirib beradi. Naqd pul mablag’larini muomalaga chiqarish va qaytarib olishni faqat Markaziy bank amalga oshiradi. Markaziy bank valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish davlat organidir. Shuning bilan birga Markaziy bank yuridik va jismoniy shaxslarga chet el valyutasida operatsiyalar o’tkazishga litsenziyalar beradi va milliy valyutani chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlash tartibini belgilaydi.
Markaziy bank O’zbekiston Respublikasi hukumatining bankiri, maslahatchisi va xazina vakili sifatida ish tutadi. Markaziy bank banklarni ro’yxatga oladi va ularga bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar beradi.
Markaziy bank boshqa banklar bilan o’zaro munosabatga kirishadi. Bunda Markaziy bank va banklar bir-birlarining majburiyatlari bo’yicha javobgar emas, ular shunday javobgarlikni o’z zimmasiga o’zlari olgan hollar bundan mustasno.
Markaziy bank hukumat muassasalari va tashkilotlari, xazina, mahalliy hukumat organlari hisoblarini yurgizadi, davlat qimmatbaho qog’ozlari yuzasidan operatsiyalarni bajaradi, xukumat organi topshirig’i bilan oltin va chet el valyutasi bilan operatsiyalarni o’tkazadi.
Pul o’tkazish operatsiyalariga o’sib borayotgan talabni qndirish uchun xizmat qiluvchi mexanizm sifatida Markaziy bank kliring markazlari tuzildi. Bu markazlar yirik tijorat banklari qoshida yoki alohida hisob-kitob-kassa markazlari sifatida faoliyat ko’rsatmoqda. Hozirgi kunda Respublikada faoliyat ko’rsatayotgan hisob- kitob-kassa markazlarining soni 14 ta bo’lib, ular elektron usul bilan respublika ichidagi to’lovlarni 65% dan ortig’ini o’tkazish muddatini 1-2 kundan oshirmasdan o’tkazib berishmoqda.
Markaziy bank respublika Moliya vazirligi bilan hamkorlikda respublikada pul-kredit siyosatini olib borish, reformalar o’tkazish va amalga oshirish ishlarini bajaradi.
Tayanch so’zlar
Markaziy bank;
Federal zahiralari tizimi;
funktsiya;
davlat banki.
O’z bilimini tekshirish bo’yicha savollar

  1. Markaziy bank qanday maqomga ega?

  2. Markaziy bank faoliyatining asosiy maqsadi?

  3. Markaziy bankning vazifa va funktsiyalari nimalarda namoyon bo’ladi?

  4. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki qanday operatsiyalar bajarish huquqiga ega va u qaysi qonunda o’z aksini topgan?

  5. Boshqa chet el mamlakatlari Markaziy banki O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan qanday xususiyatlari bilan farqlanadi?

  6. Markaziy bankning davlat banki sifatida olib boradigan faoliyati?

  7. Davlat bilan Markaziy bankning o’rtasidagi aloqalari bo’yicha qanday operatsiyalarni amalga oshiradi?


  1. Download 0,65 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish