Sh. Mamajonova Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi B. Kimsanova Farg‘ona davlat universiteti talabasi shaxslararo munosabarlarda muomalaning shaxs taraqqiyotidagi o‘rni



Download 16,95 Kb.
Sana05.07.2022
Hajmi16,95 Kb.
#742831
Bog'liq
ilmiy maqola


Sh. Mamajonova - Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi
B. Kimsanova - Farg‘ona davlat universiteti talabasi
SHAXSLARARO MUNOSABARLARDA MUOMALANING SHAXS
TARAQQIYOTIDAGI O‘RNI
Necha ming yillardan beri insonlar o‘zaro muloqat qiladilar. Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy qiyofasi, fazilatlari, xattoki, nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Jamiyatdan ajralgan, muloqotda bo`lish imkoniyatidan mahrum bo`lgan odam o`zida individ sifatlarini saqlab qolishi mumkin, lekin u shaxs bo`lolmaydi.Biz atrofimizdagi insonlarga nafaqat so‘zlarimiz, tashqi qiyofamiz orqali ham ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishimizni izlanuvchu tadqiqotchi olimlar isbotlab berishmoqda .Shunday ko‘rinishlarimizdan biri bo‘lgan “jiddiylik”haqida U.Kennoning gomeostazis (organizm funksiyalari ichki sharoitining doimiyligi )haqidagi ta’limotida va G.Selenning “umumiy adabtatsion sindrom” haqidagi ya’ni organizmning o‘ziga xos himoya qilish xarakterida ,aniqroq qilib aytilganda jismoniy yoki nerv –psixik ,emotsional ,endokrin tizimlarida sezilarli o‘zgarishlar bo‘ladi ekan .Bu o‘zgarishlar fizologik asoslab berilgan .Jiddiylik holatlarida yurak qon tomirlari sistemasi ,nafas olish sistemasi va boshqa vegitativ nerv sistemasi ishida kuzatilgan elektroensofalagrammada xattoki qonning bioximik tarkibida ham o‘zgarish yuzaga kelgani aniqlangan. Shuningdek ancha kuchli jiddiylik holatida yuqoridagi o‘zgarishlar bilan birga umumiy tormozlanish ,passivlik ham kuzatilar ekan .Biz o‘zimizni jiddiy,sovuqqon ko‘rsatishimiz nafaqat atrofdagilarni balki, o‘z tanamizga salomatligimizga ham zarar keltirar ekanmiz.Endi munosabatlarda nutqimizning o‘rni qanchalik ekanini ko‘rib chiqamiz . Nutq-shaxslararo munosabatlarda ta’sir ko‘rsatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.Ta’sir ko‘rsatish –biz nutqimizni kimga qaratayotgan bo‘lsak ,shu insonda biz istagan hislar ,intilishlar va xarakatlarni tug‘dirish, ularni fikrini biz istagan tomonga burish ,ularni o‘zimiz xohlaganimizcha o‘ylashga majbur etish,ularni ishontirish demakdir .Ma’lumki, nutq yordami bilan boshqalarda xursandchilik ,qo‘rquv g‘azab,ruhlanish xislarini tuydirishimiz mumkin .Katta bir armiyaning qo‘mondoni Rudnev to‘g‘risida qilingan hikoyada odam nutqining qanchalik zo‘r ta’sir ko‘rsata olishi haqida bunday deyilgan “U o‘zining katta ishini amalga oshirayotganida,nutqidan asosiy qurol sifatida foydalanardi…U jangchilar bilan gaplashayotganida…men odamning so‘zi nimalar qilishi mumkinligini birinchi marta o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim va bilib oldim” Muloqot jarayoni o`ziga xos ravishda murakkab bo`lib, bunda uch xil bosqich mavjud. Dastlabki bosqich — odamning o`z-o`zi bilan muloqotidir. T. Shibutani “Ijtimoiy psixologiya” darsligida: «Agar odam ozgina bo`lsa ham o`zini anglasa, demak, u o`z-o`ziga ko`rsatmalar bera oladi»— deb to`g`ri yozgan edi. Odamning o`z-o`zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining harakterini va hajmini belgilaydi. Boshqalar bilan muloqot— muloqotning ikkinchi bosqichidir. A. N. Leontev o`zining “Psixika taraqqiyotidan ocherklar" kitobida muloqotning uchinchi shakli— avlodlar o`rtasidagi muloqotning ahamiyati to`g`risida shunday deb yozadi: «Agar barcha katta avlod o`lib ketganida, insoniyat turi yo`q bo`lib ketmasdi, lekin jamiyatning taraqqiyoti ancha orqaga surilibgina emas, balki yo`qolib ham ketishi mumkin edi». Haqiqatan ham, avlodlararo muloqotning borligi tufayli har bir jamiyatning o`z madaniyati, madaniy boyliklari, qadriyatlari mavjud bo`ladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilg`or vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saqlab keladilar hamda ta’lim, tarbiya va kundalik muloqot jarayonida uni avloddan-avlodga uzatadilar. Bundan tashqari rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvor normalaridan kelib chiqsa, masalan, rahbarning o`z qo`l ostida ishlayotgan xodimlar bilan muloqoti, professorning talaba bilan muloqoti va hokazo, norasmiy muloqot — bu odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o`sha suhbatdoshlarnnng fikr-o`ylari, niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. Odamlarning asl tabiatlariga mos bo`lgani uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida ko`proq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Ba’zida kunlik munosabatlar vaqtida bir birimizni tushunmasligimiz gohida tushinishni xohlamasligimiz sababli noxush ziddiyatli holatlar yuzaga kelishi mumkin. Shu o‘rinda sharq faylasufi Aristotelni o‘z zamonida aytgan bir xikmatli so‘zlarini keltirib o‘tmoqchimiz “Bahslashayotgan xar ikkala tomon ayni bir fikrni tushinmoqlari uchun avvalo ishlatilayotgan so‘zlarining mazmuni va ma’nosi haqida kelishib olmoq kerak .“Kishining o‘z nutqida har bir so‘zining ma’nosini aniq tushinib foydalanayotgan va foydalanishi mumkin bo‘lgan lug‘at boyligi, shu kishining nutqi qay darajada o‘sganligini ko‘rsatadi Biz insonlar jamiyatimizni tarkibiy birligimiz,boshqalarga bildirayotgan munosabatimiz aslida o‘zimizga qilayotgan munosabatimiz sanaladi.Shunday ekan zarar yetkazish ham ,asrab avaylash ham o‘z qo‘limizda .
Download 16,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish