Sh. N. Fayzimatov


Chiziqli va chiziqli bo’lmagan tizimlar



Download 8,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/92
Sana09.03.2022
Hajmi8,74 Mb.
#486849
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92
Bog'liq
Avtomatika va ishlab chiqarish

Chiziqli va chiziqli bo’lmagan tizimlar 


55 
ART yoki Avtomatik rostlash tizimli ABT ning keng tarqalgan turlaridan 
biri hisoblanadi. Bunday tizimlar tizimdan chiquvchi kattalik Y ning tizimga 
kiruvchi kattalik X ga tengligini saqlab turish, ya’ni tizim uchun Y=X tenglikning 
doim o’rinli bo’lishini ta’minlash maqsadida foydalaniladi. 
Kirish kattaligi X ning turiga ko’ra ART ning quyidagi 3 turi farqlanadi: 
stabillash tizimlari, dasturli (dasturli) boshqaruv tizimlari, dinamik (sledyaщiy) 
tizimlar. Stabillash tizimlarida X ning qiymati vaqt o’zgarishi bilan o’zgarmaydi, 
dasturli boshqaruv tizimlarida u oldindan belgilangan qonuniyat bo’yicha 
o’zgaradi, dinamik tizimlarda esa oldindan ma’lum bo’lmagan qonuniyatlar 
bo’yicha o’zgaradi. Uchinchi tizimning vazifasi kirish qiymati X qanday 
ko’rinishda bo’lmasin, tizimdan chiquvchi kattalik Y ning qiymati aynan X nikiga 
teng bo’lishini ta’minlashdan iborat. 
ARTda boshqaruv qurilmalari rostlagichlar deyiladi. Samolyotni berilgan 
kurs bo’yicha boshqaruvchi avtopilot ART ga misol bo’la oladi. 
BO dan chiquvchi koordinatalar soniga ko’ra ABT lar bir o’lchovli va ko’p 
o’lchovli turlarga ajratiladi. 
Sinxron generatorning chiqish kuchlanishining boshqarish bir o’lchovli 
ART ga kiradi. Agar kuchlanishni o’zgartirish bilan bir qatorda dvigatelning 
aylanish tezligini o’zgartirish yo’li bilan generator tokining chastotasi ham 
o’zgartiriladigan bo’lsa endi bu tizim ikki o’lchovli ART bo’ladi. Ko’p o’lchovli 
ABT o’z navbatida bog’liq va bog’liq bo’lmagan boshqaruv (rostlash) tizimlariga 
bo’linadi. 
Bog’liqmas boshqaruv tizimlari bir necha BQ ga ega bo’lib, har bir BQ 
o’zining chiqish koordinatasidagi qiymatini boshqaradi. Bunda tizimni tashkil 
etuvchi qurilmalar zanjirlari o’zaro aloqada bo’lmaydilar. 
Bog’liq boshqaruv tizimlarida BQ lari o’zaro ichki aloqada bo’ladi. Ko’p 
o’lchovli BTlarda (bog’liqda xam, bog’liqmasda xam) uning tarkibiga kiruvchi 
alohida BT lardan chiqish koordinatalaridagi qiymati boshqalarnikiga bog’liq 
bo’lmaganlari avtonom BT lar deyiladi. 


56 
Agar kuchlanish va chastota rostlagichlari orasida o’zaro aloqa bo’lmasa 
sinxron generator kuchlanish va chastotasini ART bog’liqmas ikki o’lchovli tizim 
hisoblanadi. Ammo, bu ART ni tashkil etuvchi tizimlarni avtonom tizim deb aytish 
ham tug’ri emas, chunki, dvigatelning aylanish tezligi kamaytirilib, chastota 
o’zgartirilganda kuchlanishning qiymati ham o’z-o’zidan o’zgaradi va aksincha. 
Ikkala rostlagich bog’liqligining kesishish nuqtasini sozlash yo’li bilan bu 
tizimlarni avtonom tizimlarga aylantirish mumkin. Bunda generator kuchlanishi va 
chastotasini bog’liq boshqarish tizimsi hosil bo’ladi. 
Parametrlari vaqt davomida o’zgarmaydigan tizimga stasionar tizim 
deyiladi. Nostasionar tizim – bu parametrlari o’zgaruvchi tizim. Nostasionar 
tizimlarning matematik ko’rinishini tasvirlashda tizim differensial tenglamalarning 
ba’zi koeffisientlari vaqtning funksiyasi bo’lib keladi. 
Nostasionar tizimdan farqli o’larok, stasionar tizimlarda berilish vaqtidan 
kat’iy nazar bir xil buyruqlarga bir xil (mos) javob qaytariladi. 
Tizimni tashkil etuvchi zvenolar xatti-harakatlarining harakteriga ko’ra 
tizimlar uzluksiz yoki diskret bo’ladi. 
Faqat uzluksiz harakterdagi zvenolar, ya’ni kirish kattaligining yumshoq 
(plavnыy) o’zgarishida chiqish kattaligining o’zgarishi ham yumshoq bo’ladigan 
zvenolardan to’zi lgan tizimga uzluksiz tizimdeyiladi.
 
Tarkibida atiga bitta diskret harakterdagi zveno bo’lgan tizimga 
diskrettizim deyiladi. Diskret harakterdagi zveno deganda kirish kattaligining 
o’zgarishi yumshoq bo’lganda ham ba’zi bir hollarda chiqish kattaligining 
o’zgarishida «sakrash»lar hosil bo’ladigan zvenoga aytiladi. Ishlash shartlari 
o’zgartirilgan hollarda o’zgarishlarga avtomatik ravishda moslashadigan va vaqt 
o’tishi bilan o’zining ish faoliyatini yaxshilab borishga moslashtirilgan tizimlarga 
moslashuvchi tizimlar deyiladi. 
Moslashmaydigan tizimlar doimiy holatlar (postoyannaya nastroyka) ga 
ega bo’lib, ishlash shartlari o’zgartirilganda bu holatlarni o’zgartirish talab qilinadi. 
Boshqaruv sifati (tezlik, aniqlik) ni saqlab kolish uchun bu ishlar insonlar 
tomonidan bajariladi. Moslashuvchi tizimlarda bu ishlarni BQ lar bajaradi. 


57 
 
1.21-rasm. 
Moslashuvchi tizimlardan asosan ba’zi sifatlari yoki ishlash shartlari to’lik 
aniqlanmagan, shuningdek umuman tushunarsiz qonuniyatlar bilan ishlaydigan 
ob’ektlarni boshqarishda foydalaniladi. Endi ABT da boradigan jarayonlarning 
umumiy harakteristikalariga to’xtalib o’tamiz. 
1.21-rasmda generatorni kuchlanishini ART ning o’tish jarayoni ikki 
variantda ko’rsatilgan. Kuchlanishni rostlashda o’tish jarayonini yuzaga 
keltiradigan generator toki bu kuchlanishining o’zgarashidan jarayonning 
yakunlanishiga qadar tizim turg’un ish holatiga olib keluvchi turg’unlashish 
jarayoni yuzaga keladi. 
Bu jarayonlarni ko’rib o’tishda quyidagi tushunchalar muhim ahamiyatga 
ega: tizimning barqarorligi, boshqaruv jarayonining sifati va boshqaruv aniqligi. 
ABTlarning asosiy turlari va tegishli terminlar bilan tanishish uchun 
ABTlar Klassifikatsiyasini bir qator belgilari bo’yicha ko’rib chiqamiz. 

Download 8,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish