Shahar xiyobonlari, bulvarlari, piyoda yo’lakchalari va sohil bo’ylarida landshaft shakllantirish



Download 1,55 Mb.
Sana17.07.2022
Hajmi1,55 Mb.
#816006
Bog'liq
10-Ma\'ruza Alleyalar, yo’lkalar, maydonchalar. Ular qoplamalar turlari


SHAHAR XIYOBONLARI, BULVARLARI, PIYODA YO’LAKCHALARI VA SOHIL BO’YLARIDA LANDSHAFT SHAKLLANTIRISH

Bu xududlar shahar ko’kalamzor tizimida katta nisbiy og’irlikka egadirlar. Ular shahar muhitini anchagina ko’rinishini o’zgartiradilar, shaharda tabiat omilini kuchaytiradilar, uning atmosferasi ifloslanganini ancha kamaytiradilar, aholi dam olishini xilma-xilligini oshiradilar. Ularni doimiy rekreatsion dekorativlilik, ular xududida odamlarning qisqa vaqt bo’lishi, shahar qurilmalari va transporti bilan uzviy bog’liqlik ko’pchilik uchun ochiqlik birlashtiradi.


SKVERLAR – shahar hududining kichik ko’kalamzor xududlari, yo’lovchilar uchun qisqa dam olishga, shahar maydonlarini, ko’chalar, qirg’oq bo’ylari, jamoat binolari oldidagi xududlarni, monumentlar atrofidagi makonlarni dekorativ bezashga mo’ljallanganlar (44-rasm). Skverlar maydoni 0,2 dan 2 gektargacha bo’lishi mumkin. Maydonlar va transport tugunlarida tashkil etiladigan dekorativ skverlar alohida o’rin tutadilar. Ularda yodgorliklar, xaykallar, fontanlar yoki gulzorlar tashkil etiladi.
SKVERLARNI REJALASHTIRISH TURLARI – klassik, regulyar bog’-park san’ati stili usullarini qo’llash bilan; erkin, jozibali klassik peyzaj parklari usullariga asoslangan reja bilan bo’lishi mumkin.
BULVARLAR. Bulvarlar ko’kalamzorlarning chiziqli elementlari, ommaviy piyoda harakatiga, sayr qilish va qisqa dam olishga mo’ljallanganlar. SHahardagi o’rni, ularning vazifasi va tarxiy xarakteristikalariga ko’ra – to’g’ri chiziqli va xalqasimon bulvarlar, sayrgox va tranzit, qirg’oq bo’yi bulvarlari hamda tarixiy bulvarlar bo’lishi mumkin (45-rasm).
Ijtimoiy ongning o’sishi va shaharlarning rivojlanishi bilan bulvarlarning mazmuni o’zgardi. Faqat tranzit alleya bilan chegaralanmagan, balki rivojlangan tarxiy tizimga, fontanlarga, hovuzlarga, o’yin uchun maydonlarga, savdo kioskalariga, informatsion vitrinalarga, dekorativ ekinlarga, monumentlarga ega bulvarlar paydo bo’ldi. Hozirgi vaqtda yirik shaharlarda bulvarlarning murakkab tizimi paydo bo’ldi. Bunday bulvarlarni Moskva, Kiev, Yerevan, Toshkent, Samarqand va boshqa shaharlar markazlarida ko’rish mumkin.
Bulvarlarning minimal eni 18 metr qilib belgilangan. Bunday o’lchamlarda u bo’ylab bitta alleya eni 4…7 m qilib o’tkaziladi. Eni 25 m dan ortiq bulvarlarda eni 1,5 …2,5 m li qo’shimcha yo’lkachalar qo’shiladi. Keng qismida qisqa dam olish uchun maydonchalar tashkil etiladi, ular mebel, yoritgichlar, ayvonchalar bilan ta’minlanadi. Eni bir necha 10 m bo’lgan juda keng bulvarlarda pavilonlar, bolalar o’yin komplekslari, kafe, suv qurilmalari va xokazolar o’rnatiladi (Toshkentdagi Markaziy bulvar).



44-rasm. Skverlarni asosiy tiplari.





45-rasm. Bulvarlarni ko’rinishi.


PIYoDA QISMLAR. SHahar markazlari uchun piyoda makonlarning quyidagi turlari eng xarakterlidir: transportdan ajratilgan ko’chalar; transport harakati cheklangan ko’chalar; bir darajali piyoda maydonlari; 2 darajali ko’chalar (piyoda va transport harakati vertikal bo’yicha ajratilgan); savdo va jamoat komplekslaridagi yopiq galareya va passajlar; yer osti piyoda kommunikatsiyalari (46-rasm).





Komfort va qulay biologik muhitni yaratuvchi shahar piyoda makonlarini shakllantirishning muhim vositasi arxitektura – landshaft dizaynidir. Bu termin aytilganda ko’cha makonining butun predmet dunyosi; yashil o’simliklar, yoritgichlar shakllari, xaykallar, mebel, reklama qurilmalari, to’siqlar, kiosklar, ayvonchalar va hokazolar tushuniladi. SHahar piyoda makonlarini tashkil etishning xarakterli kompozitsion usuli bo’lib turli xil plitalarga bo’lish, har xil rang, faktura, o’lchamlar va rasmlardan foydalanish xizmat qiladi. Dekorativ xaykallar va fontanlar borgan sari ko’proq ishlatilmoqda.
QIRG’OQ BO’YLARI - bu suv havzalari buyidagi imoratlarni va akvatoriyani bog’laydigan hajmiy-tarxiy komplekslardir. Ular daryo, daryolar, kanallar, ko’l yoki dengiz bo’yida joylashgan shaharlarda anchagina hududni egallaydilar. Qirg’oq bo’yi kompleksi jamoat binolari, turar joy binolari, tabiiy yoki sun’iy yaratiladigan landshaft hamda yer osti va yer usti injenerlik kommunikatsiyalari, inshootlari va uskunalarini o’z ichiga oladi (47-rasm).




47-rasm. Qirg’oq buylarini ko’rinishi.
Qirg’oq bo’yining me’moriy-landshaft komponentlariga quyidagilar kiradi:

  • qirg’oqbo’yi akvatoriya elementlari bilan suv bo’yidagi gidrotexnik inshootlar (pirslar, to’lqin qaytargichlar, orollar);

  • tartibga solish chizig’idan qurilmalarning qizil chizig’igacha yoki qirg’oq qiyaligigacha bo’lgan qirg’oq bo’yi terrasalari;

  • qirg’oq bo’yi terrasalaridagi, suvdagi inshootlar;

  • qirg’oq qiyaligi, agar u bo’lsa, yoki shahar qurilmalarining yondoshgan fronti;

  • injenerlik obodonchiligi va uskunalari.

Har bir komponentning qirg’oq bo’yi ansamblini shakllantirishdagi roli turlicha. Ularni o’ziga xos birgalikda kelishi qirg’oq bo’ylari hajmiy-tarxiy yechimlarining xilma-xilligini ta’minlaydi. Qirg’oq bo’ylarini yaratish murakkab jarayon bo’lib, ko’p mutaxassislarning qatnashuvini talab qiladi.
Landshaft loyihalashning asosiy ob’ektlarini tahlil qilish natijalarini xotimalab, aytib o’tish kerakki, qo’llanma me’moriy-landshaft ob’ektlari bo’yicha barcha keng va turli xil materialni o’z doirasiga sig’dira olmaydi. SHuning uchun, materialni yanada chuqurroq o’rganish uchun qo’llanmada keltirilgan adabiyotlarga murojaat etish tavsiya qilinadi.
Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish