Shanxay hamkorlik tashkiloti



Download 19,5 Kb.
Sana13.06.2022
Hajmi19,5 Kb.
#664606
Bog'liq
Ishlari vazirligi


Shanxay hamkorlik tashkiloti.1996- yilda Shanxayda, 1997—yilda Moskvada bo'lib o'tgan Xitoy, Rossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston davlat rahbarlarining sammitlarida harbiy sohada hamda chegara hududlarida o'zaro ishonchni mustahkamlash, qurolli kuchlarni qisqartirish to'g'risida shartnomalar imzolangan edi. Shu tariqa, «Shanxay forumi» yoki «Shanxay beshligi» tashkiloti tuzilgan edi.
2001—yil 14-15-iyun kunlari Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo'lib o'tdi. lining ishida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qatnashdi va O'zbekistonning «Shanxay forumi»ga to'la huquqli a'zo bo'Iishi to'g'risida bayonot imzolandi.
O'zbekistonning "Shanxay forumi"ga kirishi munosabati bilan uning nomi Shanxay hamkorkik tashkiloti-SHHT, deb o'zgartirildi. O'zbekiston uning asoshilaridan biri bo'ldi.
2001—yil iyunda bo'lgan sammit yakunida Shanxay hamkorlik tashkilotini tuzish to'g'risida deklaratsiya hamda terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash borasidagi Shanxay konvensiyasi imzolandi.
2002—yil 6-7-iyun kunlari SHHT ga a'zo mamlakatlar davlat boshliqlarining Sankt-Peterburg shahrida navbatdagi sammiti bo'lib o'tdi. Muzokaralar yakunida SHHTga a'zo davlatlar rahbarlarining Deklaratsiyasi, tashkilotning ta'sis hujjati - SHHT Xartiyasi, SHHTga a'zo davlatlar o'rtasida Mintaqaviy antiterror tuzilmasi haqidagi bitim imzolandi.
2003— yil 29-may kuni Moskvada bo'lib o'tgan sammitda SHHT ning doimiy amal qiluvchi idoralari - Pekinda Kotibiyat va Toshkentda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) ijroiya qo'mitasini ishga tushirishga qaror qildi. Bu tashkilotlar 2004— yil yanvardan boshlab ish boshladilar.
2004— yil 17-iyun kuni Toshkentda SHHT ga a'zo davlatlar rahbarlarining sammiti bo'lib o'tdi. Unda ikki asosiy masala — xavfsizlik va savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha muzokaralar bo'ldi. Sammitda 2004- yil mart oyida O'zbekistonda sodir etilgan terrorchilik harakati nafaqat O'zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida vaziyatni izdan chiqarishga qaratilganligi qayd etildi. Butun dunyoda terrorchilik kuchayib, yadroviy; kimyoviy, biologik, elektron terrorchilik xavfi paydo bo'lganligi, terrorchilaming bazalarini yo'qotish, odamlarning ongini zaharlaydigan, terrorchilikni moliyalashtiradigan markazlarga qarshi keskin kurash olib borish zarurligi ta'kidlandi. Shu boisdan, Toshkentda tashkil etilgan MATT zimmasiga axborot almashish, chegara va bojxona qo'mitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish, shu orqali terrorchilik oldini olish vazifasi yuklangan.
SHHT ning Toshkent sammitida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalasiga alohidae'tiborberildi. Sammitda SHHTga a'zo mamlakatlarni xavfsizlik orqali hamkorlik sari boshlaydigan tashkilotdir, deb ta'kidlandi. Sammitda iqtisodiy hamkorlikning quyidagi yo'nalishlarini rag'batfantirishga kelishib olindi:
• transport infratuzilmasini rivojlantirish;
• tabiiy mineral xomashyo zaxiralarini o'zlashtirish;
• suv-energetika zaxiralaridan unumli foydalanish;
ekologiyaga oid masalalar, xususan, ichimlik suvi muammolarini hal qilish;
• fan-texnika va yuqori texnologiya, energetika sohalarida integratsiyalashish;
• investitsiyalar xavfsizligini kafolatlaydigan huquqiy poydevor yaratish, bu sohadagi to'siq va muammolarni bartaraf etish.
Xitoy Xalq Respublikasi raisi XU Tszintao Xitoy hukumati SHHT doirasadagi iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga 900 mln. AQSH dollari miqdorida kredit ajratishini ma'lum qildi.
Sammit yakunida Toshkent deklaratsiyasi, SHHT ning vakolatlari va immunitetlari to'g'risidagi konvensiya, Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik to'g'risidagi bitim, tashkilot va uning organlari faoliyatiga doir hujjatlar - jami o'nta hujjat imzolandi.
Download 19,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish