Sharof Rashidov



Download 42 Kb.
Sana03.03.2022
Hajmi42 Kb.
#480326
Bog'liq
Sharof Rashidov


Sharof Rashidov

(1917—1983)


Adib, yirik davlat arbobi Sharof Rashidov 1917 yilning 5 noyabrida Jizzaxda dehqon oilasida tavallud topgan, Narimonov maktabida tahsil ko‘rdi. 1934 yilda Jizzaxdagi pedagogika texnikumini, 1941 yilda Samarqand dorilfununini tugatadi. Shundan so‘ng muallim va muxbir sifatida o’z faoliyatini boshlaydi.


1938-1941 yillarda Samarqand viloyatining «Lenin yo‘li» ro‘znomasida ishlaydi. 1941-1942 yillarda Ulug‘ Vatan urushida qatnashadi. Frontdan qaytgach, 1944-1947 yillarda rahbarlik ishiga o‘tadi. Samarqand viloyat partiya kotibi bo‘lib faollik ko‘rsatadi,
1947—1949 yillarda «Qizil O’zbekiston» ro’znomasiga muharrirlik qiladi. 1940-1950 yillarda O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasi raisi, 1950-1959 yillarda O’zbekiston Oliy Kengashi Rayosatining raisi, 1959-1983 yillarda O’zbekiston Kompartiyasining Birinchi kotibi bo‘lib ishladi. Toki umrining oxirigacha Respublika partiya tashkilotiga rahbarlik qildi. Shuningdek, Ittifoq Partiya Markaziy qo‘mitasi Siyosiy Byurosi a’zoligiga nomzod ham edi. U o’n bir marta «Lenin ordeni», ikki marta (1974, 1977) «Mehnat qahramoni Oltin yulduzi» va Lenin mukofoti sovrindori ham bo‘lgan.
Uning ijodi asosan 30-yillarning ikkinchi yarmida boshlangan bo‘lib, dastlab she’riyatda qalam tebratgan. Uning birinchi she’riy to‘plami «Samarqand kuylari” nomi bilan bosilgan. So‘ng esa «O’lkam», «Orzuimiz» (1939) kabi she’rlari chop etilgan. Ulug’ Vatan urushi davrida fashizmga qarshi g’alabaga yetaklovchi she’rlar yozib, 1945 yilda «Qahrim» nomi bilan to‘plam sifatida chop ettiradi. U ayni chog’da adabiyotshunos va munaqqid sifatida ham qalam tebratgan edi. U jang maydonlarida:
Agar jangdan qaytsam orqamga,
La’nat o‘qing, yashashim bekor, —
degan ahd bilan ona-Vatan dushmanlariga, fashizmga qarshi qahr-g‘azab tuyg’ularini to‘kib sochadi.

Sharof Rashidov maqolanavis — publisistlikdan kamolga yetgan adib darajasiga ko‘tarildi. Shuning uchun ham uning badiiy ijodi namunalarida bu ruh yetakchi o‘rinni egallaydi. Adibning katta nasr namunalari bo‘lgan «G’oliblar», «Bo‘rondan kuchli», «Qudratli to‘lqin” romanlarida urushdan keyingi O’zbekiston xalqini, tiklanish yillaridagi mehnat jasoratlari badiiy ifodasini topgan.


Ijodkorning «Kashmir qo‘shigi», «Komde va Mudan” kabi lirik qissalari an’anaviy Sharq dostonchiligi uslubida bitilgan bo‘lib, yoshlik, bahor, go‘zal hayot nashidasi madhiga bag‘ishlangandir. Adib hayotining so‘nggi yillarida yaratgan «Dil amri» qissasi Vatan urushi yillarida Belorus zaminida kechgan jang manzaralari, turli millat jangchilarining g’alaba yo‘lida olib borgan hayot-mamot kurashi tasviriga bagishlangan.
Sharof Rashidov Sho‘ro hokimiyati davrining barcha davlat arboblari singari vafotidan keyin qoralandi. Hayoti va ijodini o‘rganish ta’qiqlandi. Mustaqillik sharofati bilan kamtarin adib va davlat arbobining nomi qayta tiklandi. U 1983 yilning kuzida to‘satdan vafot etdi.
Download 42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish