Sharq filologiyasi fakulteti jahon adabiyoti kafedrasi


Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilik» - didaktik asar



Download 3,94 Mb.
bet11/82
Sana08.04.2022
Hajmi3,94 Mb.
#537867
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   82
Bog'liq
Jahon adabiyoti 4-kurs

Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilik» - didaktik asar
Ajdodlarimiz o‘z asarlarida davlatning turli shakllarini tasvirlab, uning asosiy vazifasi insonlarni baxt-saodatga olib borishda deb talqin etdilar. Bu jihatdan XI asr turkiy she’riyatning buyuk namoyandasi Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” ijtimoiy-falsafiy dostoni alohida e’tiborga loyiq. Unda davlatni boshqarish, turli ijtimoiy toifalarning o‘zaro munosabatlari va jamiyatdagi mavqelari xususida mufassal tahlil va xulosalar yuksak badiiy shaklda ifodalab berilgan.
Yusuf Xos Hojib asarini islom ma’naviyatining badiiy-falsafiy, ijtimoiy-axloqiy qomusi deb bemalol ta’riflash mumkin. Firdavsiy “Shohnoma”da mintaqa xalqlarining o‘tmish tarixini badiiy aks ettirgan bo‘lsa, “Qutadg‘u bilig” dostoni islom davri ijtimoiy voqeligining badiiy-falsafiy tahlil va talqinini o‘zida mujassam etgan. Behuda emaski, shoirning o‘zi kitobi haqida gapirib, uning “Adab ul-muluk” (Xukmdorlar odobi) va “Oyin ul-mamlakat” (Mamlakatni idora etish qoidalari) nomlari ostida ham shuhrat topganini ta’kidlaydi. Asarning asosiy qahramonlari o‘sha davr jamiyati bosh timsollarining ramziy ifodasi bo‘lib gavdalanadi. Ulardan birinchisi Adolat - u bosh hukmdor, ismi - Kuntug‘di, u quyoshdek barchaga barobar nur taratadi. Ikkinchi timsol - Qut yoki Davlat bo‘lib, bu tushuncha ichki mazmuniga ko‘ra Boylik, Baraka, Omad, Baxt, Qudrat ma’nolarini o‘zida jamlagan, uning ismi Oyto‘ldi, u hukmdorning tayanchi, uning beliga quvvat, ko‘ziga nur, mulkiga farovonlik baxsh etuvchi bosh maslahatchi va nozir. Ammo Oyto‘ldining umri foniy. Davlat, Baxt, Omad kabi narsalar poydor emas. Osmondagi Oy yanglig‘ goh to‘lib balqiydi, goh Hilol singari noziklashib, quvvatdan ketadi, orada ko‘rinmay qolishi ham mumkin. Darhaqiqat, Oyto‘ldi asar davomida xastalanib vafot etadi. Uning o‘rniga o‘g‘li O‘gdulmish o‘rinbosar, hukmdorning yaqin maslahatchisi bo‘lib qoladi. O‘gdulmish Aql va Bilim ramzi (O‘g - qadim turkiyda “aql”, “bilim” ma’nolarini beradi). Agar Boylik, Omad, Baxt o‘tkinchi bo‘lsa, kishi qo‘lida doimiy turmasa, Aql va Bilim ularning o‘rnini bosa oladi. Kitobning asl nomi - “Qutadg‘u bilig” (Baxt keltiruvchi bilim) - asarning bosh timsoli, eng asosiy qaxramoni O‘gdulmish, ya’ni Aql va Bilim ekanligiga ishora qilib turadi. Asardagi to‘rtinchi timsol - qanoat. Agar insonda, jamiyatda qanoat bo‘lmasa, uning barcha fazilatlari bir pul, oqibati ayanchli. Qanoatning ismi O‘zg‘urmish bo‘lib, u Oyto‘ldining, ya’ni Baxt va Davlatning, O‘gdulmishning, ya’ni Aql va Bilimning qarindoshidir. Ammo Oyto‘ldi qarindoshini eslamaydi, Baxt va Omad qanoatni xotirga keltirmaydi. Hukmdorga (shoir hukmdorni Elig deb ataydi), qarindoshi O‘zg‘urmish haqida O‘gdulmish eslatadi, ya’ni Adolat Aql yordamida Qanoatdan xabar topadi va uning suhbatini istaydi. O‘zg‘urmish bilan bo‘lgan suhbatlar ta’sirida O‘gdulmishning ham ruhida o‘zgarishlar yuz beradi. U ma’lum vaqt tavba-tazarruga berilib, moddiy dunyo tashvishlaridan o‘zini olib qochishga intiladi. Ammo O‘zg‘urmish va Kunto‘ldi uni bu niyatdan qaytaradilar, el-yurt tashvishi bilan yashashga undaydilar. O‘zg‘urmish orqali Yusuf Xos Hojib tasavvuf ta’limotiga o‘z munosabatini bildiradi. Tasavvuf, taqvo, zohidlik va faqr shoir nazdida Qanoatning timsoli. Adolat Qanoatsiz bo‘lmaydi. Hukmdor so‘fiyning, zohidning suhbatidan bahramand bo‘lib turishi kerak. Sufiy hukmdorni qidirib kelmaydi, hukmdor uni o‘zi qidirishi, suhbatiga intiq bo‘lishi kerak. Kuntug‘di O‘gdulmishni maktub bilan O‘zg‘urmish oldiga uch marta jo‘natadi. Shoir fikricha, agar hukmdor e’tibor ko‘rsatsa va mayl bildirsa, so‘fiy uning suhbatidan bosh tortishi yaxshi emas. Ammo O‘zg‘urmish saroy a’yoniga aylanmaydi, ma’lum vaqt Elig bilan fikr almashib, yana o‘z kulbasiga qaytadi. Qanoat Oqibatni o‘ylash bilan bo‘ladi, u insonga Ofiyat (ruhiy osoyishtalik, qoniqish) keltiradi. Shoir ularni ma’nodosh tushunchalar sifatida talqin etadi.
Yusuf Xos Hojib tasavvuf g‘oyalariga, haqiqiy taqvo egalariga yuksak ehtirom bilan munosabatda bo‘ladi, ammo jamiyat, xalq baxti uchun, Adolat tantanasi uchun o‘z umrini bag‘ishlaganlar uning eng suyukli qahramonlaridir. Asar oxirida O‘zg‘urmish ham bu foniy dunyoni tark etadi. Kuntug‘di va O‘gdulmish- Adolat va Aql shoir badiiy olamida boqiy qoladilar.



Download 3,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish