Shaxs ma'naviyatini rivojlantirish omillari va vositalari mundarija kirish i-bob. Shaxs maʼnaviyatini rivojlantirishning asosiy omillari va uning rivojlanish qonuniyatlari


Maʼnaviyatni shaqllantiradigan asosiy mezonlar



Download 85,53 Kb.
bet5/9
Sana30.05.2022
Hajmi85,53 Kb.
#621081
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Shaxs ma\'naviyatini rivojlantirish omillari va vositalari kurs ishi

1.3. Maʼnaviyatni shaqllantiradigan asosiy mezonlar
“Maʼnaviyat asoslari” fan sifatida shaqllanayotgan bir sharoitda uning kategoriyalarini (tushunchalarini) aniqlash, bir tizimga keltirish olimlarimiz oldida turgan asosiy vazifalar hisoblanadi. Chunki, uning asosiy kategoriyalari va rivojlanish krnuniyatlari aniqlanmagan xamda maʼlum bir tartibga solinmas ekan u makomiga ega bula olmaydi. Albatta, maʼnaviyat barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar tizimida eng “yosh” bo`lganligi sababli uning tushunchalarini bir tizimga keltirish murakkab hisoblanadi. Chunki, uning ayrim tushunchalari falsafa, es­tetika, etika, dinshunoslik va boshqa fanlar bilan xam uyg`unlashib ketgan, bu tabiiy xol. Zero, maʼnaviyatni ularning uyg`unligisiz tasavvur xam qilib bo`lmaydi.
Ana shu murakkablikka qaramasdan “Maʼnaviyat”ning katego­riyalarini aniqlashga, uni yuqoridagi fanlardan “mustaqilligini” taʼminlashga ehtiyoj nixoyatda katta. Shu ehtiyojni hisobga olib “maʼnaviyat”ning tushunchalari xaqida dastlabki g`oyalarni ilgari surish mumkin buladi.
Aslida maʼnaviyat xam xuddi boshqa fanlar kabi oʻzining mustaqil kategoriyalariga egadir. Ularni shartli ravishda inson millat va jamiyat xayoti bilan bogliq bo`lgan kuyidagi tushunchalarni kiritish mumkin: shaxsning oʻz-oʻzini anglashi, bilimdonlik, qalbi tozalik, saxiylik, samimiylik, xayrixoxlik, imonlilik, xalollik, eʼtikodlilik, diyonatlilik, poklik, mexr-shafqatlilik, vijdonlilik, rostguylik, adolatparvarlik, ota-onaga xurmat, oilaga sadoqat, vafodorlik, toʻgrilik va boshqalar. Shaxsning millat vakili sifatidagi makomida: milliy oʻz-oʻzini anglash, milliy g`urur, millatparvarlik, vatanparvarlik, millat taqdiriga nisbatan masʼuliyatni, milliy manfaat ustuvorligini xis etish, milliy til, milliy tarix, adabiyot, sanʼat, urf-odatlar, anʼanalar, qadriyatlar, davlat tizimiga xur-mat, qonunlarga xurmat va itoatkorlik, vazminlik, oʻz kasbining moxir ustasi bo`lish, mamlakat ichki va tashki faoliyatidan xabardor bo`lish va uni kullab-quvvatlash, mamlakat ijtimoiy, siyosiy, iktisodiy, maʼnaviy xayotida faollik va boshqalar boʻlsa, Shaxsning jamiyat vakili sifatidagi makomida: mamlakatning jaxondagi nufoʻzini oshirishda masʼullik, jaxon ŝivilizatsiyasi yutuqlarini egallash, jaxon xalqlari oldida turgan umumbashariy muammolarga befark bulmaslik, milliy va umuminsoniy manfaatlar uyg`unligini anglash, insonning tabiagning bir bulagi ekanligi, uni asrashda masʼullik va boshqa bir qator tushunchalarni kiritish mumkin.
Ko`rinibturibdiki, Yuqoridagi keltirilgan maʼnaviyatning barcha tushunchalar shaxsning ichki ruxiyati bilan bogʻliq bulib, ular shaxsning maʼnaviy darajasi millat va jamiyat vakil si­fatidagi makomlarini qamrab olgan.
Real xayotda, maʼnaviyat xar bir insonning millat, jamiyat, davlat xayoti, insonlararo buladigan va ijtimoiy xayotga nisba­tan buladigan munosabatlarida namoyon buladi.
Yuqoridagilardan tashqari, maʼnaviyatning boshqa bir qator tushunchalari xam bor. Bu erda gap ularning hammasi ustida tuxtash xaqida emas, balki maʼnaviyatning koʻp qirrali, keng kamrovli ekanligi, u inson ongi, ruxiyati, ichki dunyosining saloxiyati, xatti-xarakatlari kabi bir kagor masalalarii oʻz ichiga olishini tushunib etish xaqida bormoqda. Maʼnaviyatni chukur taxlil qilishda ana shu ko`rsatilgan tushunchalarni uyg`un xolda taxdil qilish maqsadga muvofiq buladi.
Maʼnaviyat rivojlanishi xam maʼlum qonuniyatlarga tayanadi. Garchand bunday qonuniyatlar bir necha yuna.lish va jarayonlarni oʻz ichiga olsa xam, ularni ikki yirik guruhlarga ajratish mum­kin.
Birinchi guruhga shaxs, millat yoki jamiyatning ichki saloxiyati bilan bogliq bo`lgan qonuniyatlar kiradi. Yaʼni shaxs millat yoki jamiyatning ichki saloxiyati mustahkam, zaminlari chukur boʻlishi maʼnaviyat rivojlanishining asosini tashkil qiladi. Agar ichki saloxiyat nochor boʻlsa, shaxs barkamollik darajasiga, millatning oʻz bir butunligini saqlashga va ayni paytda jami­yatning yuksak taraqqiyot pogonasiga erishigiga salbiy taʼsir qiladi. Yana xam aniqrok qilib aytiladigan boʻlsa, ichki saloxiyat asosiy tayanch va obʼektiv zaruriyatdir. Ichki saloxiyatning darajalari esa obʼektiv va subʼektiv omillar bilan borlik buladi. Uning rivojlanishi ularning uyrun xolatda boʻlishini gakozo etadi.
Ichki saloxiyatning mustahkam boʻlishi, tarixiy taraqliyot boskichi yoki shaxs shaqllanish jarayoni qanday murakkab bulmasin, baribir zaruriy sharoitlar yo`zaga kelgan paytda shaxs maʼna­viy kamolotini va millatning yuksalishini taʼminlashga xizmat kilaveradi.
Ikkinchi guruh qonuniyatlariga shaxslar va millatlarning oʻzaro munosabatlari jarayonida sodir buladigan “oʻzaro taʼsir” va «oʻza­ro boyitish>> orqali buladigan jarayonlar kiradi. Yaʼni shaxs maʼ­naviy kamoloti onadan tugilishi bilan yo`zaga kelmaydi. Xuddi shuningdek, millat xam tarixiy taraqqiyotning maʼlum boskichlarida boshqa xalqlar, millatlar bilan xamkorlik natijasida yo`za-ga keladi. Xech qachon shaxs, inson oʻzgalarsiz yashay olmaganidek, millat ham boshqa millatlar, xalqlar bilan aloqa kilmasdan taraqqiyot kila olmaydi, boz ustiga bugungi kunda dunyoda “sof” millat borligiga xech kim guvox; yoki kafolat bera olmaydi. Jamiyat ham xuddi ana shu krnuniyat asosida rivojlanadi.
Maʼnaviyat ana shu oʻzaro munosabatlar va “taʼsirlar” asosida rivojlanib boradi. Bu jarayonda bir tomon ikkinchisiga nimanidir “beradi” va nimanidir “qabul” qiladi. Shunday qilib, maʼ­naviyat rivojlanishidagi “taʼsir” va “aks taʼsir” qonuniyati mavjud bulib, u maʼnaviyatning rivojlanib borishini taʼminlashga xizmat qiladi.
Bu qonuniyatlarning amal qilish jarayoni obʼektiv va subʼek­tiv shart-sharoitlar bilan bogliq buladi. Shaxs kamolati va maʼ­naviyatning erkin rivojlanishi, kamol topishi uchun sharoit mavjud boʻlsa qonuniyatlarning amal qilishi umummaʼnaviy taraqqiyotga xizmat qilish ga oʻzining ijobiy taʼsirini ugkazadi.
Aksincha, shaxsni itoatkor bo`lishga qaratilgan va maʼnaviyatni zuravonlik siyosatini kullab-quvvatlash vositasiga aylantirish xarakati ustuvor bo`lgan sharoitda “taʼsir” va “aks taʼsir” umummaʼnaviy tushkunlikka olib kelishi mumkin. Bu jarayonda davlatning shaxs va maʼnaviyatga bo`lgan munosabati xal qiluvchi axamiyat kasb etadi.
Mustaqillik yillarida davlatimiz tomonidan shaxs kamo­loti va maʼnaviyatni rivojlantirishga qaratilgan siyosati bugungi kunda oʻzining dastlabki natijalarini ko`rsatmoqda. Mamlakatimizda barkamol inson shaqllanmoqda va umummaʼnaviy saloxiyatimiz yuksalmoqda.
Maʼnaviyatni rivojlantirish — davlat siyosatida ustuvor soxa
Yuqorida maʼnaviyatning jamiyat, shaxs va millat xayotidagi muxim oʻrni xaqida fikr yuritaldi. Ammo, uni real xayotga qanchalik tadbik qilish yo kilmaslik davlat olib borayotgan siyosat bilan bogliq Toʻgri, shaxs va millat shaqllanishi yoki jamiyat taraqqiyotining barcha boskichlarida maʼnaviyatning roli va axamiyatiga eʼtibor berib kelingan.
Bugunga kelib maʼnaviyatning jamiyat tarakk,iyotidagi axamiyatiga nisbatan munosabat tobora kuchayib bormoqda. Sobiq ittifoqdosh, bugungi mustaqil davlatlarning koʻpchiligida birida oldinroq, ikkinchisida keyinrok maʼnaviyat omili, roli va axamiyatini oshirishga imkoniyat darajasida eʼtibor berilmoqda
Bu borada Oʻzbekistonni tarixan qisqa vaqt ichida Prezident Islom Karimovning bevosita tashabbusi asosida maʼlum tajribalarni tuplashga erishganligini taʼkidlash lozim buladi. Maʼnaviyatni ko`tarish davlat siyosatida ustuvor soxaga ko`tarildi va u oʻzi­ning ijobiy natijalarini ko`rsata boshladi.
Prezidentimiz Islom Karimovning ikkinchi chakirik, Oliy Majlisning birinchi sessiyasida kelingan maʼro`zasida xam maʼna­viyat masalasi XXI asr busagasida ikkinchi ustuvor yoʻnalish deb qaraldi. Hozirda erkin fukaro maʼnaviyagini, ozod shaxsni shaqllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifa ekanligi kayd etildi. Boshqacha ayttanda, biz oʻz xak xuquqlarini taniydigan, oʻz kuch va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bulayotgan voqea xodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq, manfaatlari bilan uyg xolda kuradigan erkin, xar jixatdan barkamol, sorlom avlodni tarbiyalashimiz kerak ekanligi uqdiriladi.
Aslini olganda, Hozirgi kunda maʼnaviyatning ustuvor soxaga ko`tarilishining bir qator sabablari bor. Ular kuyigidagilardan iborat:
Birinchidan. jamiyatda amalga oshiriladigan barcha vazifalarning taqdiri, unda yashaydigan odamlarning tafakkuri, ongi qay darajada usishi bilan bogʻliqdir. Ularning ongi va tafakko`rini amalga oshirmokchi bo`lgan vazifalar moxiyati va manfaati yoʻnalishidan kelib chikkan xolda oʻzgartirmasdan turib koʻzlangan maqsadga erishib bo`lmaydi.
Ana shu maʼnoda xam maʼnaviyat jamiyat xayotini oʻzgartirishning muxim mexanizmi hisoblanadi va xar qanday davlat oʻz maqsadlari va manfaatlaridan kelib chikkan holda uni rivojlantirishga ustuvorlik bilan karaydi.
Ikkinchidan. mustaqillikning dastlabki yillarida sobiq Sovet mafkurasidan voz kechish bayroki ostida umuman xar qan­day mafkuraga qarshi kurash boshlandi. Bu oʻz navbatida odamlarning maʼnaviyatiga, shaqllangan qadriyatlariga xam oʻzining salbiy taʼsirini utkaza boshladi. ayniqsa, matbuaglarda baʼzi olimlar, birinchi navbatda iktisodiy tafakkoʻrni shaqllantirish zarur, maʼnaviyat esa ana shu iktisodiy tafakkur zaminida yo`zaga keladi degan fikrlarni ilgari sura boshladilar. Oqibatda odamlar ruxiyatida yana bir tomonlama ketish turmush tarzida etakchi o`rinni egallay boshladi. Bu oʻz navbatida, milliy manfaatlar yoki vatanparvarlik xaqida qanchalik gapirmaylik, u oʻzining biz kutayotgan natijalarini bermasdan, balki odamlarda shaxsiy manfaatlarga ustuvorlik berishga xizmat kila boshladi. Bunday salbiy jarayonning yo`zaga kelishi yangi jamiyat ko`rish uchun xatarli.
Uchinchidan. mustaqillikning dastlabki yillarida yo`zaga kelgan iktisodiy muammolar oldida odamlarning aksariyat kismi dovdirab koldi, koʻpchilik xollarda yoshlarning taʼlim olish, kasb oʻrganish, sanʼat va badiiy asarlarga qiziqishdan kura bozorga chiqish, pul topishga intilish xavfini yo`zaga keltirdi. Toʻgri, pul topish oʻz xayotining ikgisodiy imkoniyatini mustahkamlash xar bir inson uchun xayotiy ehtiyoj va zarurat hisoblanadi. Ammo, bu ehtiyoj shaxs va millat kamoloti manfaatlariga zid bulmasligi, ularning maʼnaviy kashshoklashib ketishiga xizmat kilmasligi lozim. Ana shu yo`zaga kelayotgan xavfli jara­yonning oldini olish zarur.
To`rtinchidan. sobiq ittifoq sharoitida fan, texnika, maorif, oliy ta`lim, bir qator sanoat korxonalarini vujudga keltirish va rivojlantirishda koʻpgina yutuqlar kulga kiritilgan edi. Ammo, ular markaz va kolaversa «katta oga>> manfaatlariga xizmat qilgan. Ana shu potentsial sobiq Ittifoqdosh Respublikalarga turli baxonalar bilan rus millati vakillarini yuborish, ularni maxalliy xalqni boshqarish, ularga rus turmush tarzi, tili, urf-odatlarini, xarakterini singdirish hisobiga mamlakatda rus millati maʼnaviyati ustuvorligiga tayanuvchi yagona til, maʼnaviyat va turmush tarzini shaqllantirishga xizmat qilib kelgan edi. Bunday ayyorona va zuravonlik siyosati oqibatida millatlarning oʻzligini anglashga bo`lgan intilishiga katta zarba berildi. Bu sobiq ittifoqda umummilliy inqirozni yo`zaga kel-tirdi.
Bu inqiroz millatning “yuq” bulib ketishi xavfini vujudga keltirdi. Bunday salbiy jarayonning oldi olinmasdan, mil­latning rivojlanishiga erishib bo`lmaydi. Uni bartaraf etish Faqat milliy maʼnaviyatni tiklash va rivojlantirish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Beshinchidan. maʼnaviyatning davlat siyosatida ustuvor boʻlishiga yana bir sabab, millat son jixatidan kattami yoki kichikmi bundan kati nazar, uning real subʼekt, maʼlum moddiy va maʼ-naviy boyliklarni yaratuvchisi, isteʼmolchisi, boshqalarda uchramaydigan, oʻziga xos xususiyatlari mavjudligini va oʻzining mustaqil oʻrniga ega boʻlishi kabi omillarni, yaʼni chinakam millat sifatidagi makomini tiklash xayotiy ehtiyoj darajasiga ko`tarilgan edi. Uni xal etish millat va davlatning kelajagi uchun amaliy axamiyatga egadir.
Oltinchidan. oʻzbeklar jaxon ŝivilizatsiyasiga ulkan xissa qo`shgan xalqdir. Uning maʼnaviyat, fan, madaniyat soxasidagi erishgan yutuqlari jaxon xalqlariga asrlar osha xizmat qilib kelmoqda. Ammo, sho`rolar toʻzumi davrida ajdodlari tomonidan yaratilgan ana shu yutuqlarni oʻzbek xalqining ongi va qalbidan “chiqarish” borasida xam katta ishlar amalga oshiriltan edi. Mustaqillik sharoitida esa uni qayta tiklash, jaxon ŝivilizatsichsidagi munosib va adolatli oʻrnini tiklash zarur edi. Bunga esa Faqat maʼnaviyatni rivojlantirish orqali erishish mumkin.
Yettinchidan. maʼnaviyat millatni va butun mamlakat axolisini maʼlum maqsadlar sari davlat atrofiga uyushtiruvchi, ular­ni faollashtiruvchi, yorkin kelajakka ishontiruvchi, inson zotini ulug`lovchi, uning kadrini anglatuvchi ulkan “mexanizm” xamdir. Xuddi ana shu muxim “mexanizm”dan mustaqillikni mustahkamlash, isloxotlarni amalga oshirish, millatimizning qaddini ko`tarishda foydalanishga bo`lgan ehtiyoj davlatimiz, eng avvalo Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan oʻz vaqtida anglab olindi.
Maʼnaviyatni rivojlantirish mamlakatimiz va millatimiz taraqqiyotining Hozirgi boskichida ayniqsa asosiy vazifadarajasiga ko`tarilmoqda. Bu faqat mamlakatimizning ichki xayoti bilangina bogʻliq bulibgina kolmasdan, balki uning barqaror rivojlanishiga taxdid solishga urnnayotgan tashki turli oklimlarning mavjudligi bilan xam bogʻliqdir. Ularning ayniqsa xaet tajribasiga ega bo`lmagan yoshlarimizning ongini zaxarlash borasida olib borayotgan xarakatlariga karshi tura oladigan, erkin fikrlaydigan, fidoiy vatanparvarlarni tarbiyalash maʼnaviyatni yuksak darajada rivojlantirishni takozo kilmoqda.
Agar ana shu vazifadan kelib chikadigan boʻlsak, bugun maʼnaviyatni rivojlantirishni kuyidagi yoʻnalishlarda:
Birinchidan, sobiq sovet totalitar toʻzumining zuravonlik va tobelik tafakkuri koldiklaridan kugilish. Buning uchun xar bir insonning ichki ruhiy saloxiyatini yo`zaga chiqarish, fikr erkinligini taʼminlash, xar shaxsning oʻz taqdiri va erkinligini taʼminlash, xar shaxsning oʻz taqdiri va kelajagini oʻzi yaratish imkoniyatini xamda ruxiyatini shaqllantirish;
Ikkinchidan, xar bir shaxsda mustaqillik tafakko`rini rivojlantirish, oʻzbek millatiga mansubligidan faxrlanish, avlod ajdodlari tomonidan yaratilgan barcha moddiy va maʼnaviy boyliklarni egallash va ularni mamlakat va millat taraqqiyotiga keng jalb qilishda fidoiylik ko`rsatish zarurligini anglash ruxiyatini mustahkamlash;
Uchinchidan, xar shaxsda milliy oʻzligini anglash jarayonini rivojlantirish, Vatan va millat manfaatlari yo`lida fidoiy­lik ko`rsatish, mamlakat va milliy taraqqiyotga, siyosiy, ijtimoiy xamda millatlararo barqarorlikka, diniy bagrikenglikka putur etkazuvchi xar qanday xarakatlarga karshi maʼnaviy-siyosiy va fukarolik saloxiyatiga ega boʻlishiga erishgan
To`rtinchi, har shaxsning bilim olishga intilishiga mamlakatimiz va jaxonda fan, texnika, texnologiya soxasida erishilgan yutuqlardan baxramand boʻlishiga sharoit yaratish, Oʻzbekistonning jahonda nufuzining mustahkamlanib borishidan g`ururlanish kabi maʼnaviy-ruhiy saloxiyatga erishishdir.
Mamlakatimizda yashayotgan xar bir fukaroda, ayniqsa yoshlarimizda ana shunday saloxiyatlarni shaqllantirishimiz umum-maʼnaviy yuksalish uchun asosiy mezon hisoblanadi.

Download 85,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish