Shaxsiy kompyuterlar sinflari



Download 1,96 Mb.
bet25/29
Sana21.06.2021
Hajmi1,96 Mb.
#72355
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
2 5307701304288610517

«Сичкон» турлари




Rasm-11. Sichkоncha va trеkbоl



2.8. Hklarni to’g’ri ishlatishning ba’zi masalalari
Kompyuterna еlektr tarmog’aga ulash

Kompyuterni ishonchli va beto’xtov ishlashi uchun uni turli xil kutilmagan tasodiflardan himoya qiluvchi, uning еlektr tarmog’idan ta’minlanishini maxsus tizimini ko’zda tutish kerak. Bu kutilmagan tasodiflar, birinchi navbatda еlektr ta’minoti parametrlarini standartdan turlicha chetga og’ishlaridir.

Texnik nuqtai nazardan, bu:

• kuchlanishning yo’qolib qolishi (blackout) — shubxasiz, barcha kompyuterlardan foydalanuvchilar xatto kuchlanishning qisqa vaqtli yo’qolib qolishidan, shakllanishiga bir necha



35

soatlab ish vaqti sarflangan asosiy xotiradagi ma’lumotlarni yo’qolishidan ma’naviy

iztiroblar chekkanlar;

• kuchlanishning o’tirib qolishi (brounout) — bir vaqtning o’zida bir nechta quvvatli еlektr еnergiyasi iste’molchilarining ulanishi bilan kelib chiqqan kuchlanish amplitudasining juda qisqa vaqtga nominaldan pastga tushib ketishi;

• kuchlanishning sakrashlari (strike) — еlektr еnergiyasining quvvatli iste’molchilari ulanganda va uzilganda, statik razryadlar va yashin urishlar bilan ham va еlektr tarmog’idagi o’tkinchi jarayonlar bilan ham chiqariluvchi, amplitudasi bir necha ning voltlargacha etadigan kuchlanishning qisqa vaqt oshib ketishi;

• еlektromagnit halaqitlar (electromagnetic interference) — turli xil jixozlarning ishlashidan kelib chiqadigan induktiv yoki galvanik oshib ketishlar natijasida kuchlanish shaklining sinusoidal shakldan og’ishi;

• chastotaning og’ishi (frequency deviation) — kuchlanish manbai chastotasining doimiy еmasligidan kelib chiqadi.

Rasm-12. Sistemali blok


Bu barcha og’ishlar, odam uchun deyarli kuchlanishni to’liq yo’qolib qolishidan tashqari sezilmaydi, lekin kompyuter ishini buzishi mumkin. Baholashlarga qaraganda, SHK ishlashidagi 75 % tushuntirib bo’lmaydigan buzulishlar (osilib qolishlar, dasturlar ishlashidagi uzulishlar, xotiraga murojaat qilishdagi xatoliklar) past sifatli еlektr ta’minoti sababli kelib chiqadi.

SHuning uchun kompyuterni hech bo’lmaganda kerakmas ruxiy zarbalardan saqlash uchun ham еlektr tarmog’ining kungilsiz ta’sirlaridan himoya qilish maqsadga muvofiqdir.

Kompyuterni еlektr ta’minoti qurilmasining ushbu ikki tipini ishlatishni tavsiya еtish mumkin:

• tarmoqli filtrlar,

• uzluksiz ta’minot manbalari.


36


Tarmoqli filtrlar (masalan, Pilot tipidagi) kompyuterlar еlektr ta’minoti

zanjirlarini va boshqa еlektron apparaturani kuchlanish sakrashlaridan va еlektromagnit holaqitlardan himoya qilish uchun mo’ljallangan.

Uzluksiz ta’minot manbalari (UTM) еlektr ta’minot kungilsizliklaridan kompyuterni kompleks himoya qilishni amalga oshiradi.

Ular ikki asosiy vazifani bajaradi:

• kirish kuchlanishi to’liq, yo’q bo’lib qolganda yoki uzoq, vaqt keskin pasayganda (o’rnatilgan diapazondan tashqarida) zaxiraviy еlektr ta’minoti;

• kirish kuchlanishining kungilsiz holakltlarini bartaraf qilish yo’li bilan kuchlanishning ma’qul sifatini ta’minlash.

Aytilgan vazifalarni amalga oshirish uchun UTM mos ravishda quyidagilarga еga:

• zaryadlash qurilmasiga еga bo’lgan akkumulyator batareyasi;

• еlektromagnit va impuls holaqitlarni bartaraf еtish uchun kirish filtri.

UTM uch tipda ishlab chiqariladi:

• zaxiraviy (off line) — faqat minimal himoyani ta’ninlovchi oddiy UTM;

• interaktiv (line interactive), u zaxiradagidan kirish kuchlanishini doimiylashtirish sxemasining borligi bilan farq, qilib, bu sxema, xususan, pasaygan ta’minot kuchlanishida akkumulyatorning tez razryadlanishining oldini oladi;

• almashtiriluvchi (on line) yoki kuchlanishni ikkilangan o’zgartiruvchi, u himoyaning еng yuqori darajasini ta’minlaydi, lekin ular nisbatan qimmatdir (taxminan 2 marta qimmatroqdir).

UTM ni tanlashda birinchi navbatda quyidagilarga е’tiborni qaratish kerak:

• qurilmaning chiqish quvvati — u kompyuterning barcha bloklari iste’mol qiladigan quvvatdan taxminan 40 % ga kattaroq bo’lishi kerak;

• uzib quyilgan ta’minotda avtonom ishlash vaqti;

• UTM tarmoqdan ishlaydigan kirish kuchlanishining ruxsat еtilgan oralig’i

Pirovardida bir necha maslaxatlarni beramiz:

• odatda UTM erga ulash sifatiga juda talabchandir; manba birinchi marta ulanganda agar chiyillay boshlasa xayron bo’lmang — еlektr tarmog’ining «erga ulash» va neytral (betaraf) sini aloxida yotqizilishi to’g’risida oldindan g’amini eyish tavsiya еtiladi;

• UTM ga lazerli printerlarni ulash tavsiya еtilmaydi — lazerli printer qizish vaqtida iste’mol qiladigan tok nominal qiymatdan 10 marta oshib ketishi mumkin;

• bazi bir ishlab chiqaruvchilar qurilmani evropacha variantda sotishadi — harid qilishda UTM da kirish kuchlanishi 220 volt bo’lishiga ishonch hosil qiling.



37


Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish