Shaxsni o'z o'zini tarbiyalash muammosi



Download 14,99 Kb.
bet1/2
Sana08.06.2022
Hajmi14,99 Kb.
#643031
  1   2
Bog'liq
gulzamonga 2


Shaxsni o'z o'zini tarbiyalash muammosi.
Inson barcha mavjudotlar orasida eng oliy va onglisidir. Insonlar barcha harakatlari bajarayotgan ishlari, o'ylayotgan o'y, fikr, hayollarini o'zi nazorat qila olish qobiliyatiga egadir. Shaxslarda boshqa barcha organizmlarga qaraganda juda ko'p hissiyotlar mavjud. Tafakkur, hayol, iroda, ma'naviyat, aql, idrok, tarbiya bukarning hammasi insonlarni haqiqiy shaxs qilib tarbiyalaydi. Shaxs o'z-o'zini tarbiyalash deganda shaksiz chuqurroq mulohaza yuritish lozim. Bu so'z oddiy bo'lib eshitilsada, uning zamirida tinimsiz harakatlar, o'z ustida izlanishlar, atrofdan axborot yig'ish va almashishlar yotadi. Shaxs o'z-o'zini tarbiyalashda avvalo iroda kuchi kerak bo'ladi. Qachonki iroda mustahkam bo'lganda inson harakatga keladi. Yuksalishning yana bir muhim harakatlantiruvchi omili bu anglashdir. Bu degani nima? Anglashbbu biz insonlar atrofida yuz berayotgan har qanday voqea hodisalarga to'g'ri yondashib ularga holisona baho bera olib o'zi uchun, o'zining hayotini yuksaltirishga asos bo'ladigan hulosa chiqara olishdir. Bu shunday hulosa bo'lishi kerakki, shaxsning hayotini ijobiy tomonga o'zgartirishga hissa qo'shishi kerak. Buning uchun esa shaxs yetarli darajada ilmga ega bo'lishi zarur. Diniy, dunyoviy bilimni birdek o'rganish inson kamoloti, uning rivoji uchun eng muhim, eng oliy omildir. Shaxs o'zini o'zi aqlan, ruhan, qalban, jismonan rivojlantira olishni bilishi kerak. Bularning barchasi bir biri bilan uzviy bog'liq. Har qanday jismoniy harakatlar, har qanday jismoniy tarbiya , aqliy tarbiyaning ham rivojanishiga turtki bo'ladi. Buni quyidagi ma'lumotlarda ham angkash mumkun. Tez yurish inson muiyasiga foydali va uning ishlashini kuchaytiradi, inson hissiyotlari ichki organlar ish faoliyatiga uzviy ta'sir qiladi. Bu ayniqsa ovqat hazm qilish sistemasida yaqqol namoyon bo'ladi. Inson kun mobaynida bajaradigan barcha faoliyat turlari uchun energiya zarur. Energiyani esa ikki xil usulda olamiz. Birinchisi ovqat ratsionimizdagi mahsulotlar energiyasi hisobiga olamiz. Ikkinchisi esa biz o'zimiz bajargan faoliyat natijasidan zavqlanish hissi paydo bo'lganda olamiz. Ikkinchi energiya biz uchun ko'proq ahamiyatga ega. Quyida biz energiyani ko'proq qismini qanday va qachon olishimizni qisman yoritib o'tamiz. Biz energiyaning asosiy va katta qismini kunning birinchi yarimida olamiz. Buning uchun esa har doimgi vaqtdan bir soat oldin turishga odatlanamiz buning uchun 21 kun kifoya qiladi va organizm bunga avtomatik odatlanadi. Ushbu bir soatni o'zimiz uchum sarflaymiz. Tabiat qo'yniga chiqib tez yuramiz bu juda foydali, o'zimiz yoqtirgan kitobni mutola qilamiz. Yoqimli musiqa tinglaymiz, ijobiy faqat ijobiy fikrlashga harakat qilamiz. Bu faoliyatlar orqali kun davomida bizni o'z ustimizda ishlashga yetadigan energiyani olamiz. Atrofdagi haq qanday voqea hodisalardan to'g'ri mulohaza chiqarish va chiqarilgan xulosaga tayanib harakat harakat qilish shaxsning o'z o'zini tarbiyalash uchun muhim turtki, omil bo'lib hizmat qiladi. Irodangizni mustahkamlang.
Irodangizni mustahkamlang. Irodani mustahkamlash va yanada kuchliroq inson bo'lish uchun ba'zi maslahatlar:
A) Fikrlaringizga qog'oz kabi shamolda uchib yurishiga izn bermang. Doimo diqqat bilan ish qilishga harakat qiling. Biror bir ish qilganda, faqat o'sha ish haqida o'ylang. Ishga ketayotgan vaqtingizda qadamingizni sanab boring. Albatta bu oson emas, lekin tez orada miyyangiz sizga bo'ysunadi.
B) Irodangiz mushakka o'xshaydi u mustahkam bo'lishi uchun uni mashq qildirish va tarbiyalash zarur. Boshlang'ich bosqichda bu juda ham mushkul ishday tuyuladi, lekin kayfiyatni tushurmang, muvofaqqiyatlar kelishiga va harakteringiz yaxshilanishiga ishoning. Och qolganingizda, yana bir soat kuting. Mushkul vazifa bilan band bo'lganingizda miyyangiz tanaffus hohlaydi. Lekin siz bu istakni bartaraf eting. Tez orada soatlab diqqatingizni jamlagan holda o'tirishni o'rganasiz. Buyuk fizik Ser Isaak Nyuton "Qachonki jamiyatga foydam tekkan bo'lsa, bularning barchasiga sabr bilan fikr yuritish orqali erishganman" deydi. Nyuton uzoq vaqt davomida hotirjam holatda fikr yurita olish qobiliyatiga ega bo'lgan. Uning qo'lidan kelgan ishni siz ham uddalaysiz.
C) Boshqalar bilan muloqotda bosiqlik orqali ham irodangizni mustahkamlashingiz mumkun. Uning uchun 60% holatda tinglab, 40% holatda so'zlash lozim. Bu orqali sizning hurmatingiz oshadi, hamda donolik martabasiga yetasiz, chunki har bir insondan nimadir o'rganishingiz mumkun . Birovlarni g'iybat qolishdan va xato qilgan insonni ayblashdan o'zingizni cheklang. Shikoyat qilishni bas qiling va o'zingizda quvnoq, baxtli va kuchli shaxsni tarbiyalang. Bu bilan siz boshqalarga ham katta ta'sir ko'rsatasiz.
D) Hayolingizga salbiy fikrlar kela boshlasa tezda ularning o'rnini ijobiy fikrlar bilan to'ldiring. Chunki har doim musbat manfiydan ustun kelgan. Salbiy o'ylar yuqumli kasallik kabidir, miyangizdan takror va takror o'taveradi. Har qanday cheklovlardan o'zingizni ozod qiling va faqat pozitiv fikrlashga o'ting.

Download 14,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish