Shaxsning individual o‘ziga xosliklari. Reja


Shaxs iqtidori va qobiliyatlar diagnostikasi. Kasbiy faoliyat qobiliyatlarning ahamiyati



Download 36,96 Kb.
bet4/4
Sana22.07.2022
Hajmi36,96 Kb.
#838901
1   2   3   4
Bog'liq
SHAXSNING INDIVIDUAL O

10.5.Shaxs iqtidori va qobiliyatlar diagnostikasi. Kasbiy faoliyat qobiliyatlarning ahamiyati.
Odamlarning o‘quv, mehnat va ijodiy faoliyatidagi o‘ziga xoslikni tushuntirish uchun psixologiya fani birinchi navbatda qobiliyatlar va iqtidor masalasiga murojaat qiladi. Chunki qobiliyatli odamdan avvalo jamiyat manfaatdor, qolaversa, o‘sha insonning o‘zi ham qilgan har bir harakatidan o‘zi uchun naf ko‘radi.
Qobiliyatlar muammosi eng avvalo inson aqlu-zakovatining sifati, undagi malaka, ko‘nikma va bilimlarning borligi masalasi bilan bog‘liq. Ayniqsa, biror kasbning egasi bo‘lish istagidagi har bir yoshning aqli va intellektual salohiyati uning malakali mutaxassis bo‘lib etishishini kafolatlagani uchun ham psixologiyada ko‘proq qobiliyat tushunchasi aql zakovat tushunchasi bilan bog‘lab o‘rganiladi. Har bir normal odam o‘zining aqlli bo‘lishini xohlaydi, «Men aqlliman» demasa-da, qilgan barcha ishlari, gapirgan gapi, yuritgan mulohazasi bilan aynan shu sifat bilan odamlar uni maqtashlarini xohlaydi. «Aqlsiz, nodon» degan sifat esa har qanday odamni, hattoki, yosh bolani ham hafa qiladi. Yana shu narsa xarakterliki, ayniqsa, bizning sharq halqlarida biror kimsaga nisbatan «o‘ta aqlli» yoki «o‘ta nodon» iboralari ham ishlatilmaydi, biz bu xususiyatlarni o‘rtacha tasniflar doirasida ishlatamiz: «Falonchining o‘g‘li anchagina aqlli bo‘libdi, narigining farzandi esa biroz nodon bo‘lib, ota-onasini ko‘ydirayotgan emish» degan iboralar aslida «aqllilik» kategoriyasi insonning yuragiga yaqin eng nozik sifatlariga aloqadorligini bildiradi.
Ilm-fandagi an’analar shundayki, aql va idrok masalasi, odamning intellektiga bog‘liq sifatlar juda ko‘plab tadqiqotlar ob’ekti bo‘lgan. Olimlar qobiliyatlarning rivojlanish mexanizmlari, ularning psixologik tarkibi va tizimini aniqlashga, ishonchli metodikalar yaratib, har bir kishining aqli sifatiga aloqador bo‘lgan ko‘rsatgichni o‘lchashga uringanlar. Ko‘pchilik olimlar odam intellektida uning verbal (ya’ni so‘zlarda ifodalanadigan), mikdoriy (sonlarda ifodalanadigan), fazoviy ko‘rsatgichlarni aniqlab, ularga yana mantiq, xotira va hayol jarayonlari bilan bog‘liq jihatlarni ham qo‘shganlar.
Ch. Spirmen faktorial analiz metodi yordamida yuqorida sanab o‘tilgan ko‘rsatgichlar o‘rtasida bog‘liqlik borligini isbot qilib, aqlning haqiqatan ham murakkab tuzilmaga ega bo‘lgan psixik xususiyat ekanligini ko‘rsatdi. Boshqa bir olim Dj. Gilford esa aqlni bir qator aqliy operatsiyalar (analiz, sintez, taqqoslash, mavxumlashtirish, umumlashtirish, sistemaga solish, klassifikatsiya qilish) natijasida namoyon bo‘ladigan xususiyat sifatida o‘rganishni taklif etgan. Bu olimlar aql so‘zidan ko‘ra intellekt so‘zini ko‘proq ishlatib, bu so‘zning o‘ziga xos talqini borligiga e’tiborni qaratganlar. Chunki ularning fikricha, intellektual potensialga ega bo‘lgan shaxsnigina qobiliyatli, deb atash mumkin. Intellektual potensial esa bir tomondan hayotdagi barcha jarayonlarga, boshqa tomondan - shaxsga bevosita aloqador tushuncha sifatida qaralgan va uning ahamiyati shundaki, u borliqni va bo‘ladigan hodisalarni oldindan bashorat qilishga imkon beradi. Shu o‘rinda «intellekt» so‘zining lug‘aviy ma’nosini tushunib olaylik. Intellekt - lotincha so‘z - intellectus - tushunish, bilish va intellectum - aql so‘zlari negizidan paydo bo‘lgan tushuncha bo‘lib, u aql-idrokning shunday bo‘lagiki, uni o‘lchab, o‘zgartirib, rivojlantirib bo‘ladi. Bu - intellekt va u bilan bog‘liq qobiliyatlar ijtimoiy xarakterga ega ekanligidan darak beradi. Darhaqiqat, qobiliyatlar va intellektga bevosita tashqi muhit, undagi insoniy munosabatlar, yashash davri ta’sir ko‘rsatadi. Buni biz bugungi kunimiz misolida ham ko‘rib, his qilib turibmiz. Yangi avlod vakillari - kelajagini XX1 asr bilan bog‘lagan o‘g‘il-qizlarning intellekt darajasi ularning ota - bobolarinikidan ancha yuqori. Hozirgi bolalar kompyuter texnikasidan tortib, texnikaning barcha turlari juda tez o‘zlashtirib olmoqda, jaxon tillaridan bir nechtasi bilish ko‘pchilik uchun muammo bo‘lmay qoldi, minglab topshiriqlardan iborat testlarni ham yoshlar o‘zlashtirishda qiynalmayaptilar. Qolaversa, oila muhitining aql o‘sishiga ta’sirini hamma bilsa kerak. Agar bola oilada ilk yoshligidan ma’rifiy muhitda tarbiyalansa, uning dunyoqarashi keng, xoxlagan soha predmetlaridan beriladigan materiallarni juda tez va qiyinchiliksiz o‘zlashtira oladi. Hattoki, bunday bolaga oliy o‘quv yurtida beriladigan ayrim predmetlar mazmuni ham o‘ta tushunarli, ular yanada murakkabroq masalalarni echishni xohlaydi.
Kasbiy bilim,ko’nikma va malaka.
Kasbni egallash jarayoni juda murakkab faoliyatni o‘z ichiga oladi. Chunki biror ishni o‘zlashtirishda dastlab ongni batamom ishga solish qiyin bo‘ladi. Shu bois ham masalan, tikuvchi o‘z shogirdiga ayrim-alohida ish turlarini, tikishning detallarini nisbatan uzoq vaqt o‘rgatadi. Sekin asta sekin ishlar avtomatlashib, ayrim harakat turlari bo‘yicha malaka hosil qilingach, ayrim operatsiyalar birlashtirladigan bo‘ladi. Shu kabi har qanday kasbda har bir element, ish turi mukammal o‘zlashtirilgach, ular ongda muayyan tizim hosil qilingandan so‘ng, yaxlit bir ishlar, operatsiyalar tarzida malakaga aylanadi. Ayrim- alohida operatsiyalarning avtomatlashuvi malaka deb atalsa, ko‘nikma – hosil bo‘lgan malakaning shaxsdagi bilimlarga qat’iy bo‘ysunishi va anglanishi oqibatida muvaffaqiyatni ta’minlashidir. Shu o‘rinda kasb malakasiga alohida to‘xtalib o‘tamiz. Kasb malakasi – (arabcha “kasb – biror narsani o‘rganish, egallash, foyda, hunar, mashg‘ulot” ma’nosida)– maxsus tayyorgarlik va ish tajribasi natijasida ma’lum bir sohada kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun nazariy bilimlar majmuasini, –amaliy ko‘nikma malakalarni egallagan, shu borada jismoniy imkoniyat, aqliy qobidliyat va yuridik –huquqlarni ta’minlaydigan insoniy mehnat faoliyatining turi1. Kasb – kishining mehnat faoliyati, doimiy mashg‘ulot, ish turini malakali bajarishga imkon beradigan bilim, mahorat va tajribani talab etadi.
Kasb odatda shaxsning asosiy tirikchilik manbai hisoblanadi. Kasbiy mahorat esa kasbni, ishni yaxshi o‘zlashtirish natijasmida orttirilgan tajriba, ko‘nikma va mahoratni anglatadi.
Ko‘nikmalar hamisha bizdagi aniq bilimlarga tayanadi. Amalda malaka va ko‘nikmalar quyidagi yo‘llar bilan shaxs xulqida mustahkamlanadi:
A) oddiy namoyish etish yo‘li bilan;
B) tushuntirish yo‘li bilan;
V) ko‘rsatish va tushuntirishni uyg‘unlashtirish yo‘li bilan.
Bundan tashqari, o‘quvchilardagi malaka va ko‘nikmalarning samaradorligini o‘rgangan olimlarning ilmiy tadqiqoti ko‘rsatadiki, oddiy inson odatda axborotlarni quyidagicha o‘zlashtirar ekan:
20% eshitganini xotirada saqlab qoladi;
30% ko‘rganini o‘zlashtiradi;
50% eshitish va ko‘rish orqali bilib oladi;
70% o‘zi tushunib gapirgani, eshitgani va ko‘rgani natijasida o‘zlashtiradi;
100% shu ishni bajarishi, gapirishi, eshitishi va ko‘rishi orqali o‘zlashtiradi.
Lekin bilimni o‘zlashtirish bilan bir qatorda uni yodda saqlash, undan foydalanish, takrorlab turish muhim ahamiyatga ega. Olingan bilim undan foydalanilmasa, takrorlab turilmasa hotiradan ko‘tariladi. Xalqimiz bejiz aytmagan “Takrorlash-bilimning onasidir” deb.
Olingan bilimdan foydalanib takrorlab turish, yodda saqlash yoki undan foydalanmaslik, takrorlamaslik oqibatida olingan bilim (faol) aktiv bilim zahirasi yoki passiv (sust) bilim zahirasiga aylanadi.



1MA’NAVIYAT. Asosiy tushunchalar va izohli lo‘g‘at. T., 2009, 245 b.



Download 36,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish