Shaxsning rivojlanishi va shakllanishi to‘g‘risida nimalarni bilib oldingiz?



Download 21,67 Kb.
bet3/3
Sana29.12.2021
Hajmi21,67 Kb.
#82858
1   2   3
Bog'liq
NAZORAT SAVOLLARI-2 UP

Pedologiya (yun. pais — goʻdak va ...logiya) — ped. va psixologiyadagi oqim. Bolaning oʻsishiga psixologik, biologik, sotsiologik va boshqa tomondan yonda-shuvlarni birlashtirishni maqsad f qilib qoʻyadi. Bola taqsiri, zehni va qobiliyati irsiyat bilan belgilanadi, deb hisoblaydi. P.da bolaning oʻsishida tarbiyaning roli mutlaq deb hisoblanmaydi. P. namoyandalari taʼlimda biologik tafovutlarga eʼtiborni kuchay-tirib, oʻquvchilar qobiliyatini aniqlashda ilmiy testlardan foydalanishni ilgari surdilar.

P. 19-asr oxirida dastlab AQShda, keyinroq Gʻarbiy Yevropada paydo boʻldi va keng tarqaldi. Asoschilari: Amerika psixologi G. S. Xoll, O. Xristen va boshqa P. 20-asrning 20-yillar oxiri — 30-yillar boshida SSSRda qam tarqaldi va uning predmeti, vazifa va metodlari toʻgʻrisida qizgʻin munozaralar boʻlib oʻtdi. SSSRda P.ning rasman man etilishi (1936) bolalar toʻgʻrisidagi fanlar majmuining ilmiy asosda shakllanishini toʻxtatib qoʻydi. Hozirda bolalarning isteʼdod darajasini anik,lashga yoʻnaltirilgan testlar dastlab P. namoyandalari tomonidan ishlab chiqilgan.
5.Har bir yoshdagi o‘quvchi xususiyatlari bo‘lgani kabi, ma’lum yoshdagi har bir bolaning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash bolaning normal rivojlanishiga va shakllanishiga ancha yordam bergan bo‘lar edi.Rivojlangan mamlakatlarda hozirga qadar ham bolaning tabiiy qobiliyati va iqtidorlarini aniqlash sohasida tajribalar o‘tkaziladi. Masalan, Angliyada o‘quvchilar boshlang‘ich sinfni tugatgandan so‘ng test sinovlari o‘tkazilib «Aqliy qobiliyat koeffitsienti» aniqlanadi. Shundan keyin bolalar o‘qishlarini davom ettirish uchun qobiliyatlariga qarab turli tipdagi o‘quv yurtlariga yuboriladi.Insonga tabiatdan ato etilgan qobiliyat, aqliy quch va tafakkurni vaqtida aniqlash, uning rivojlanishi uchun ta’lim-tarbiyani shunga mos tashkil qilish nafaqat bolaning rivojlanishi, balki jamiyatning rivojlanishiga ham yordam beradi. O‘quvchi qobiliyatini hisobga olmay bekorga sarflangan qancha-qancha mablag‘lar iqtisod qilinadi. Xalq xo‘jaligining barcha sohalari o‘z egalarini topadilar. Inson o‘z kuchi, qobiliyatiga yarasha ish topsa u yuqori unumdorlik bilan ishlaydi. O‘z ishidan qoniqib, yangi-yangi tashabbuslar ko‘rsatadi. 

6.Ta’lim tizimli bilim olishning eng muhim va ishonchli usulidir. Ta’limga ikki tomonlama aloqa (ta’lim olish va ta’lim berish), shaxsni har tomonlama rivojlantirish va boshqa xususiyatlar xosdir. Ta’lim, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlar ham ega. Ta’lim o‘qituvchi tomonidan boshqariluvchi o‘ziga xos anglash jarayonidir. O‘qituvchining yo‘naltiruvchi sifatidagi roli o‘quvchilarning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni ta’minlovchi bilim, ko‘nikma va malakalarni to‘liq o‘zlashtira olishlarida ko‘rinadi.

Ta’lim o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqoti jarayoni ham sanaladi. U o‘quvchilarga o‘quv materiali mazmunini tushuntirib beradi, savol va topshiriqlar beradi, ularning faoliyatini nazorat qiladi, xato va kamchiliklarini aniqlaydi, yo‘l qo‘yilgan xatolarni to‘g‘rilaydi, qanday ishlash lozimligini qayta ko‘rsatadi. Har qanday ta’lim o‘zida o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyati, ya’ni, o‘qituvchining o‘rgatish hamda o‘quvchining o‘rganishga yo‘naltirilgan faoliyati, boshqachai aytganda to‘g‘ridan to‘g‘ri, bevosita va nisbiy munosabat1 aks etadi.Ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro muloqat yuzaga keladi. “Muloqot” tushunchasi “ta’lim” tushunchasidan ko‘ra keng ma’noga ega.Ta’lim o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish, ularda amaliy ko‘nikma va malakalar, shuningdek, dunyoqarashni shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayondir.

7.Ta’lim va ta’lim jarayoni (didaktik jarayon) sinonim tushunchalar emas. Jarayon bu yaxlit pedagogik hodisa, pedagogik faoliyatning tarkibiy qismi sifatida ta’lim tizimining muayyan holatini o‘zgartirish hisoblanadi. Jarayon mohiyatini V.P.Bespalko tomonidan taklif etilgan quyidagi formula asosida to‘laqonli anglash mumkin:

DJ q M + O‘f+B

Bu yerda; DJ – didaktik jarayon;

M – o‘quvchilarning o‘qish (ta’lim olish) motivatsiyasi;

O‘f –o‘quvchilarning o‘zlashtirish faoliyati;

B –o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini boshqarish.

Ta’lim jarayonining yaxlit tizim sifatidagi tavsifi. Ta’lim jarayonining “yaxlitligi” “tizimliligi” va “majmuaviyligi”ni bir xilda talqin etish mumkin emas. Biroq, ta’lim jarayonining yaxlitligi uning tizimliligi bilan uzviy bog‘liq.

8.Ta’lim funksiyalari. “Funksiya” tushunchasi “ta’lim vazifalari” tushunchasiga yaqindir. Ta’lim funksiyasi ta’lim jarayoni mohiyatini ifoda etadi, vazifasi esa ta’limning komponentlaridan biri hisoblanadi.Didaktika ta’lim jarayonining quyidagi uchta funksiyasini ajratib ko‘rsatadi: ta’lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash.Ta’lim berish funksiyasi ta’lim jarayonining o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Ta’lim natijasi sifatida bilimlarining to‘laligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar ta’lim jarayonining metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilganligini ifodalaydi.Ta’lim jarayonida o‘quvchilarda ular tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida hosil qilingan amaliy ko‘nikma va malakalarning shakllanishi ham alohida ahamiyatga ega.Ko‘nikma – shaxsning muayyan harakat yoki faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.Malaka deganda muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashgan shakli tushuniladi. Umumiy ko‘nikma va malakalarga og‘zaki va yozma nutqni bilish, axborot materiallaridan foydalana olish, o‘qish, manbalar bilan ishlash, referat yozish, mustaqil ishini tashkil etish kabilar kiradi.Ta’limning rivojlantiruvchi funksiyasi ta’lim jarayonida bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchining rivojlanishi sodir bo‘lishini ko‘rsatadi. Rivojlanish quyidagi yo‘nalishlarda sodir bo‘ladi: nutqi rivojlanishi, fikrlashi, shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsional-irodaviy va ehtiyoj-sababli sohalari rivojlanadi. To‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim shaxsni har doim rivojlantiradi, lekin o‘qituvchi va o‘quvchining shaxsiy har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan maxsus o‘zaro munosabatlarida rivojlantirish funksiyasi yanada samaraliroqdir.

9.O‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilgan o‘rganishning amaliy jihatlari (shakl, metod va vositalari)ning darajasi bilan ijtimoiy-tarixiy bilish (o‘rganishning o‘quvchi egallab olishi kerak bo‘lgan shakl, metod va vositalari) darajasi o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Bu qarama-qarshilikni hal etish o‘quvchining intellektual rivojlanishi sur’ati va darajasiga bog‘liq. Bir xil mazmun va hajmdagi o‘quv materiali  aqliy rivojlanishning turli ko‘rsatkichlariga namoyon etishi mumkin.O‘quvchining mavjud rivojlanish darajasi bilan ijtimoiy buyurtmada ko‘zda tutiluvchi rivojlanish darajasi o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Agarda ijtimoiy talab bolaning idrok etish imkoniyatidan yuqori bo‘lsa, unda jiddiy qiyinchilik yuzaga keladi.XX asrning 80-90-yillarida pedagogik hodisalar, shu jumladan, ta’lim muammolarini ham o‘rganishda  MDH davlatlarida aksiologik yondashuv ko‘zga tashlana boshladi. Aksiologiya (yunoncha «axios» – qimmatli, logiya - fan) – qadriyatlar haqidagi falsafiy ta’limot bo‘lib, u XIX asrning oxiri XX asr boshlarida shakllangan.Rossiyalik ba’zi olimlar (V.A.Slastenin, I.F.Isayev, YE.N.Shiyanov) mazkur yondashuvni ta’limning yangi falsafasi asosi hamda zamonaviy pedagogikaning metodologiyasi sifatida tushunishni taklif etadilar1.

10.Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o‘quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga ko‘ra tashkil etiluvchi ta’lim jarayonining tashkiliy shakl va metodlari, asosiy qoidalari mohiyatini  belgilovchi mazmundir. Ta’lim tamoyillarida ta’limning aniq, tarixiy tajribaga asoslanuvchi meyoriy asoslari (qoidalari) o‘z ifodasini topgan. Ta’lim tamoyillarini bilish o‘quv jarayonini uning qonuniyatlari asosida tashkil etish, uning maqsadlarini asosli ravishda belgilash va o‘quv materialini mazmunini tanlab olish, maqsadga muvofiq ta’lim shakli va metodlarini tanlashimkonini beradi. Shu bilan birga bu tamoyillar o‘qituvchilar va o‘quvchilarga yaxlit jarayonning bosqichlariga amal qilish, o‘zaro aloqalar va hamkorlikni amalga oshirishga imkon beradi.Ta’lim tamoyillari o‘zida tarixiylik xususiyatini namoyon etadi. Ta’lim nazariyasi va amaliyoti rivojlanib borgani, ta’lim jarayonining yangi qonuniyatlari kashf etilishi bilan ta’limning yangi tamoyillari ham shakllanadi, eski ko‘rinishlari o‘zgardi. Bu ishlar bugungi kunda ham davom etadi. O‘qitish va tarbiyalash qonuniyatlarini aks ettiradigan yaxlit pedagogik jarayonning umumiy tamoyillarini keltirib chiqarishga urinishlar ko‘zga tashlanmoqda.

11.Ta’limning mazmunli tamoyillari. Ular ta’lim mazmunini tanlash bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniyatlarni aks ettiradi va quyidagi g‘oyalarni ifodalaydi:

- fuqarolik;

- ilmiyligi;

- tarbiyalovchi ta’lim;

- fundamentalligi va amaliy yo‘nalganligi (ta’limning hayot bilan, nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi);

- tabiat bilan uyg‘unligi;

- madaniyat bilan uyg‘unligi;

- insonparvarligi.

12.Sharqdagi Uyg‘onish davrida (IX-XI asrlar) arab, musulmon madaniyatining Yaqin va Markaziy Osiyo xalqlarining moddiy va ma’naviy madaniyati bilan birlashishi asosida alohida sinkretik (yunoncha synkretismos – birlashish, yaxlitlik, qo‘shilish)  madaniyat birlashgan turi yuzaga kelgan. Allomalar Muhammad al-Xorazmiy (787-850 yillar), Abu Nasr Forobiy (870-950 yillar), Al-Kindiy (800-870 yillar), Abu Rayhon Beruniy (973-1050 yillar), Abu Ali ibn Sino (980-1037 yillar) va boshqalar uning asoschilari sifatida mashhur bo‘ldilar. Bu madaniyatning asosiy markazlari Suriya, Eron, Markaziy Osiyo hududlarida joylashgan. Sharq mutafakkirlari o‘z asarlarida ta’lim usullari, qoidalari, tamoyillari, metodlari va shakllari asosida ta’lim amaliyotining mohiyatini ifoda etadilar. Biroq ta’lim masalalari bilan ular maxsus va izchil shug‘ullanmaganliklari bois maxsus didaktik nazariya yaratilmadi. Ta’limni ular fan sifatida emas, boshqa fanlarga o‘rgatish san’ati, hunarmandchilik sifatida tushundilar. Sharq allomalari tomonidan ilgari surilgan qoida, usul va tamoyillarning aksariyati zamonaviy maktablarda ham qo‘llanilmoqda.
Download 21,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish