Shikastlangan odamlar va kasallarni tashish



Download 15,07 Kb.
Sana26.05.2022
Hajmi15,07 Kb.
#608997
Bog'liq
SHIKASTLANGAN ODAMLAR VA KASALLARNI TASHISH


SHIKASTLANGAN ODAMLAR VA KASALLARNI TASHISH
Jarohatlangan va kasallarni transportda tashishda asosan yo‘l transporti (avtomobil, temir-yo‘l transporti), havo (samolyot, vertolyotlar), suv (daryo va dengiz transporti), shuningdek sanitar va moslashtirilgan transport vositalari qo‘llaniladi. Jarohatlangan shaxs yoki kasallarni tashish zambilda, qo‘lda, orqada, yelkada hamda qo‘l ostidagi vositalardan foydalanib amalga oshiriladi.Jarohatlanganlar bir kishi yoki bir-necha kishi yordamida tashiladi. Eng maqbul, og‘riq chaqirmaydigan va avaylab 
tashish usuli zambil yordamida tashishdir. Bemor yoki jarohatlanganlarni tashishda iloji boricha ehtiyot qiladigan sharoit yaratish kerak. Ularni qulay va to‘g‘ri holda yotqizish lozim. Tashish va transportda tashish jarayonida noto‘g‘ri harakat qilish jarohatlangan yoki bemor ahvolining yomonlashuviga, qo‘shimcha jarohatlarning kelib chiqishiga, qon ketishining kuchayishiga, suyak bo‘laklarining joyidan siljishiga va boshqalarga olib kelishi mumkin. Oyoqlar va bosh suyagining shikastlanishida jarohatlanganlarni chalqancha, umurtqa pog‘onasi suyaklari singanda esa, aksincha, qoringa 
yotqizish lozim. Agar umurtqa pog‘onasi suyaklari jarohatlangan kishi zambilga chalqancha yotqizilsa, unda, albatta, zambilga yog‘och shit yoki keng taxta qo‘yilishi kerak. 
Qorin va tos suyaklari shikastlanganda jarohatlanganlar chalqancha yotqizilib, oyoqlar bir oz tashqariga kengaytiriladi, tizza va son bo‘g‘imlari bukiladi. Bunda tizza bo‘g‘imlari tagiga kiyimdan yostiqcha qo‘yiladi. Shikastlanganlarni zambilda va transportda tashishda ularning 
umumiy holatini, bog‘lam yoki immobilizatsiya shinasining to‘g‘ri qo‘yilganligini ko‘zdan kechirish lozim. Agar jarohatlanganlarni tashish uzoq davom etsa, ularning holatini o‘zgartirish, boshlari tagidagi 
yostiqchalarni to‘g‘rilab turish kerak. Gorizontal tekis yerda tashishda jarohatlanganlarning oyoq sohasi oldinda bo‘ladi. Agar jarohatlangan hushini yo‘qotgan bo‘lsa, bosh tomoni oldinda bo‘ladi. Chunki bunda uni kuzatib borish imkoni bo‘ladi. Yuqoriga olib chiqilayotganda yoki pastga tushirishda esa uni gorizontal holda ushlash kerak. Yuqoridan pastga tushirilayotganda shikastlanganning oyoq 
sohasi oldinda, ko‘tarilayotganda esa, aksincha, bosh sohasi oldinda bo‘ladi. Jarohatlangan yoki bemorlarni transport vositasiga joylashtirishda avval zambil yuqori qatorlarga qo‘yiladi, keyin esa pastki qatorlarga joylanadi, tushirilayotganda esa, aksincha, avval pastki qatorlardan, 
so‘ngra esa yuqorigi qatorlardan zambil olinadi. Bosh suyagi, umurtqa pog‘onasi, qorin sohasi jarohatlanganlar hamda og‘ir yaralanganlar pastki qatorlarga joylashtiriladi, chunki yuqoriga 
nisbatan pastki qatorlarda kamroq chayqalish kuzatiladi. Jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatishni tashkil qilish bo‘yicha umumiy boshqaruv mahalliy sog‘liqni saqlash organlariga yuklatiladi. Amaliy boshqaruvni operativ bo‘lim orqali, o‘choqdagi (tabiiy yoki 
baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi) mas’ul tibbiy xodim va tez tibbiy yordam stansiyasining mas’ul navbatchi vrachi amalga oshiradi. O‘choqda barcha ishlarga mas’ul feldsher tez tibbiy yordam stansiyasining mas’ul vrachiga bo‘ysunadi. U voqea sodir bo‘lgan joyga yetib kelishi bilan 
sharoitni baholab, barcha tibbiy xodimlarni birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishga yo‘naltirishi, so‘ngra o‘z o‘rnini belgilashi kerak. U jarohatlanganlar sonini aniqlaydi va shunga mos ravishda radio 
yoki telefon orqali qo‘shimcha tez yordam mashinalarini chaqirish masalasini hal qiladi. Fyeldsher muassasa rahbariyati, militsiya va avariya qutqaruv xizmati bilan aloqa bog‘laydi va jarohatlanganlar evakuatsiyasi yo‘nalishini aniqlaydi. Jarohat turiga qarab, tibbiy saralash va birinchi 
tibbiy yordam ko‘rsatish uchun feldsher va hamshiralar ajratiladi. Yangi kelgan brigadalarni o‘z boshqaruviga olib, bosh vrach bilan birgalikda jarohatlanganlarni gospitalizatsiya qilish va ko‘rsatmalar 
bo‘yicha profilli kasalxonalarga evakuatsiya qilish tartibini aniqlaydi. O‘choqda ishlar tugaganidan so‘ng voqea sodir bo‘lgan o‘choqni shaxsan tekshiradi va obyekt rahbariga hamda tez tibbiy yordam stansiyasi mas’ul navbatchi vrachiga axborot beradi, ularning ruxsati bilan voqea sodir bo‘lgan joydan eng keyin jo‘nab ketadi. 
Download 15,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish