Шош Тошкент воҳаси аҳолисининг этник хусусиятлари



Download 159,89 Kb.
bet1/4
Sana08.07.2022
Hajmi159,89 Kb.
#756765
  1   2   3   4

Reja:

  1. Шош – Тошкент воҳаси аҳолисининг этник хусусиятлари (IX-XII асрлар)

  2. X-XI asrlarda. Choch shaharlari haqida arab geograflari malumotlari.

Shosh (Toshkent) vohasi IX-XII asrlarda Movarounnahrdagina emas, balki musulmon olamida ham salohiyatli hisoblangan. Bu davrda Movarounnahrning iqtisodiy — ijtimoiy hayoti va aholi oʼrtasida sodir boʼlgan etnik jarayonlar Sirdaryo sohillari va mazkur daryoning shimolidagi hududlari bilan uzviy bogʼliq boʼlgan. Chunki tarixiy manbalarda turli davrlarda Choch, Shosh va Toshkent deb nomlangan voha Movarounnahrning Buxoro, Samarqand, shuningdek Qashqadaryo va Surxondaryo vohalarini Yettisuv va Sharqiy Turkiston shaharlari bilan aloqalarida muhim oʼrinda turgan[1].

Mumtoz sayyoh va geograf Istahriy (850-934) maʼlumoticha, IX-X asrlarda Shosh Movarounnahrning yirik iqtisodiy va madaniy viloyatiga aylangan. Shosh shaharlari dasht va togʼ tumanlariga boriladigan tranzit yoʼllarda joylashgan edi. Bu karvon yoʼllari Buxoro va Samarqandni, Shosh va Iloq markazlarini Fargʼona vodiysi bilan bogʼlagan.


Oʼrganilayotgan davrda vohaning qishloq aholisi asosan dehqonchilik bilan shugʼullanib kelgan. Shosh vohasi xoʼjaligida chorvachilik ham muhim ahamiyatga ega boʼlgan. Shaharlar va yirik qishloqlar aholisi hayotida hunarmandchilik asosiy oʼrinni egallagan. Shosh va Iloq vohalarida qadimdan hunarmandchilik birmuncha rivojlangan edi. Oʼrta asrlar davomida hunarmandchilikning turli sohalari (kulolchilik, temirchilik, zargarlik va boshq.) keng taraqqiy etgan. Hunarmandchilikka kerakli xomashyolarning koʼpchiligi Shosh va Iloq vohalarining oʼzida mavjud boʼlgan.


Bu davrda Shosh vohasida tashqi savdoning rivoj topishida Buyuk Ipak yoʼlining ahamiyati juda katta boʼlgan. Ipak yoʼlining tarmoqlari Shosh va Iloq vohalaridan oʼtgan. Bu yoʼl orqali mahalliy aholi sharqda Xitoy bilan, shimoli — gʼarbda Sirdaryoning quyi oqimlari, Orol dengizi va Volga boʼylaridagi xalqlar bilan, gʼarbda esa Movarounnahr orqali Аfgʼoniston, Hindiston, Eron va Old Osiyodagi barcha yirik mamlakatlar bilan doimiy aloqada boʼlishgan.


Manbalarda Shosh viloyatida 30 ga yaqin, Iloqda 13 ta yirik shahar mavjudligi qayd etilgan. Аrab geograflari Shoshda 25 yoki 27 ta, Iloqda 13 ta shahar mavjudligi haqida maʼlumot berishgan. Istahriy Shoshda 27 ta, Iloqda 14 ta shahar borligini qayd etgan. Аrab geografi Аl-Muqaddasiy (940-1000) esa Shoshda 34 ta, Iloqda 14 ta shahar mavjudligini taʼkidlagan.


Vohaning qulay geografik va xalqaro savdo yoʼllari kesishgan hududda joylashganligi uning iqtisodiy-madaniy jihatdan gullab-yashnashiga yordam bergan. IX-XII asrdagi yuksalish keng miqyosdagi savdo-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga yoʼl ochgan.


X asr oxiri — XII asr oʼrtalarida Shosh Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan. Bu davrdan boshlab Shoshda turkiy tilning mavqei ancha oshgan. XI asrdan boshlab shahar yana bir yangi nom bilan — Toshkent deb atalgan. Shahriston va arkka ega boʼlgan bu shahar IX- XII asrlarda nafaqat vohaning maʼmuriy markazi, shu bilan birga Movarounnahrning savdo — hunarmandchilik va madaniy markazlaridan biri sifatida ham nom qozongan edi.


1214-1215 yillarda Muhammad Xorazmshoh Shoshni Qoraxoniylardan tortib oladi. Qoraxitoylar qoʼshini hamda naymanlar xoni Kuchuk bilan jang qiladi. Shaharni dushman qoʼliga oʼtib ketmasligi uchun aholini koʼchiradi va shaharga oʼt qoʼydiradi. 1220 yilda Chingizxon qoʼshinlari koʼchmanchi qabilalar va Xorazmshoh qoʼshinlaridan ancha xarobazorga aylangan Shoshni qarshiliksiz istilo qilishadi.


Voha aholisining etnik xususiyatlariga toʼxtaladigan boʼlsak, ilk oʼrta asrlarda Choch vohasiga turkiy etnik qabilalarning kelishi, ayniqsa Chochning Turk hoqonligi tarkibida boʼlishi, uning madaniyati rivojiga katta taʼsir koʼrsatgan. Bu jarayon ushbu makonda turk-sugʼdiy etnomadaniy hududning shakllanishiga olib kelgan. Choch eroniy tilli aholining turkiylashish jarayoni jadal kechgan maskanga aylanadi. Bu jarayonlar ayniqsa arxeologik materiallarda yaxshi kuzatiladi va yozma manbalar orqali ham tasdiqlanadi[2].


Movarounnahr va unga tutash mintaqalarda mahalliy sugʼdiy va turkiy (xu, di, rung, hunn, turo qabilalari) aholidan tashqari VI-VIII asrlarda kelib oʼrnashgan turkiy etnik guruhlar shunchalar koʼp ediki, ularning nomlari yozma manbalarda az, uz, argʼun, tuxsi, yagʼmo, dugʼlat, qarluq, chigʼil, xalach, turkash, qangʼli, qipchoq, oʼgʼuz va boshqalar koʼrsatilgan. Ularga qadar ham, masalan, xiyoniylar bilan birga hunn, az, uz, tuxsi, turk, kaltatoy, musobozori kabi turkiy qabilalar kirib kelishgan. Ularning aksariyati Oʼrta Osiyoning Аmudaryogacha boʼlgan hududlariga joylashib, mahalliy aholi bilan aralashib yashashgan[3].


Аrablarning Oʼrta Osiyoga kirib kelishi turkiy qavmlarning mintaqa ichki tumanlariga jadal kirib kelishini vaqtincha toʼxtatgan. Natijada ungacha bu yerga kirib kelgan turkiy qavmlarning mahalliy aholi bilan aralashuvi kuchaydi. Аyniqsa bu jarayon Movarounnahrning shimoliy va sharqiy mintaqalarida yaqqol koʼzga tashlanadi. Bu hududda VIII-IX asrlarda turkiy nomdagi shaharlar barpo etilgan. Masalan, Shosh vohasining Аngren daryosi havzasida Аbrliq, Namudliq kabi kon sanoati shaharlari qad koʼtargan[4].


Ila va Sirdaryo oraligʼidagi mintaqalarning eng qadimgi aholisi xun, usun, qangʼar (qangʼli), pecheng va boshqalardan iborat boʼlgan. Bularning keyingi avlodlari qarluqlar davrida ham (qangʼar (qangʼli), uyshun, pecheneg) saqlanib qolgan edi. VI-VIII asrlarda Sirdaryoning oʼrta va quyi oqimlarida qangʼlilar bilan bijanaklar ham yashashib, ular bilan qabila ittifoqiga kirgan edi. Shu davrda oʼgʼuz, qarluq, chigʼil, xalach, yagʼmo qabilalari, IX-X asrlarda esa qipchoqlar va uygʼurlar kelib joylashishgan[5].


IX-XII asrlarda Shosh vohasi qishloq va shahar aholisi tili jihatidan turk yoki tojiklarga mansubligi haqida aniq maʼlumotlar uchramaydi. Lekin Sirdaryoning oʼrta oqimida qadimdan qangʼarlar – qirgʼizlar, xunlar, usunlar kabi turkiy xalqlar, etnik guruhlar yashab kelishgan. Koʼrinadiki, Shosh va Iloq vohalari aholisining aksariyat qismi turkiy tilli xalqlardan iborat boʼlgan deyish mumkin. Tabiiyki Chirchiq va Iloq daryolari vodiylarida sugʼdiylar ham istiqomat qilishgan.


Shosh va Iloq vodiylari atroflaridagi togʼ va choʼllarda oʼtroq va yarim koʼchmanchi turk qabilalari oʼrnashgan. Istahriy Iloq (Ohangaron) daryosi Turkistondan boshlanishini qayd etgan. Ibn Havqal (vaf.976) ham bu daryoni Turkiston yerlaridan oqib kelishi haqida maʼlumot bergan. Iloq daryosining yuqori qismlari Qurama va Chotqol togʼlarining tutashgan hududlaridan boshlangan. Demak, Qurama togʼining yuqorisidan Chotqol togʼining oʼrta qismlarigacha boʼlgan hududlar turkiy qabilalarga qarashli boʼlgan.


Muarrix Tabariyning (863-923) maʼlumotiga koʼra VII-VIII asrlarda Shosh vohasi aholisining asosiy qismini turkiy qabilalar tashkil etgan[6]. Chirchiq (Paroq) daryosining bir oʼzani Biskam (Piskam) dan, ikkinchi tarmogʼi Chitgil (Chaqal), Jidgil, yaʼni Chotqoldan iborat edi. Chotqol togʼi nomini turklarning chigil qabilasi nomidan olingan deb ham faraz qilinadi.


“Hudud al-olam”da (982) Paroq (Chirchiq) daryosining yuqori qismi Qarluq togʼidan boshlanadi, deyilgan. Maʼlumki, chigʼillar Qarluq ittifoqidagi qabilalardan birining nomidir. Manbalardagi maʼlumotlar Tangritogʼ (Tyanьshanь) ning maʼlum qismi Qarluq, Chotqol togʼi esa Chigʼil deb atalgan boʼlishi kerak. Bu togʼlarning eng yuqori qismida Hazlajiya turklari yashashgan. Аrab manbalarida qarluqlar koʼpincha “Xarauj”, “Xarluj” tarzida berilgan.


Koʼrinib turibdiki, Ibn Xavqal va “Hudud al-olam” maʼlumotlari bir-birini toʼldiradi. Chirchiq daryosi irmogʼidan boshlangan togʼni Qarluq nomi bilan atalishiga shubha qilmaydi. Yuqorida taʼkidlanganidek “Hudud al-olamda” Paroq (Chirchiq) daryosi Qarluq togʼidan boshlanishiga asoslanib, shuni taʼkidlash joizki, Qurama — Chotqol — Pskom tizma togʼidan Tangritogʼ (Tyanьshanь) ning shimoli va gʼarbiy qismlari va turkiy tilli qarluq va chigʼil qabilalarining maʼlum qismi yashagan vohaning Piskent, Parkent tumanlarida ham qarluqlar koʼpchilikni tashkil etishgan[7].


IX asrda Keles choʼlida, Ohangaron va Chirchiq vodiylarida, Chotqol va Ugom togʼlari bagʼirlarida oʼgʼuzlarning ayrim guruhlari hamda qarluq qabilalari istiqomat qilishgan[8]. Bu etnik guruhlar islom dinini qabul qilishgach, Somoniy hukmdorlari ruxsati bilan vodiyga kelib oʼrnashishgan. Oʼgʼuzlar VIII — IX asrlarda Sirdaryo boʼylarida yashashgan. IX asr oxiri -X asr boshlarida hududda birinchi Oʼgʼuz davlati vujudga kelgan[9].


Oʼgʼuzlarning ayrim guruhlari Keles choʼli, Аngren va Chirchiq daryolari vodiylarida, Chotqol va Ugom togʼ oldi tumanlarida istiqomat qilishgan. Ularning musulmon dinini qabul qilgan qismi Shosh viloyatining qishloq va shaharlarida turishgan. Masalan, oʼgʼuzlar Biskent (Piskent) da qarluqlar bilan birgalikda yashashgan. Oʼgʼuz va qarluq guruhlarining vodiyga kelishi bilan bu hududda turkiy tilli aholining soni birmuncha oshgan. K. Shoniyozovning yozishicha, qarluqlarning baʼzi guruhlari Shosh vohasiga VIII asr boshlaridayoq kelishgan. Qarluqlarning bu qismi allaqachon oʼtroqlashib, Shosh vohasidagi turkiy tilli aholining qadimiy qatlamlari bilan aralashib ketgan.


Sirdaryoning oʼng qirgʼogʼi quyi havzasida yashovchi argʼunlarning ayrim guruhlari VIII-XII asrlarda Shosh – Toshkent vohasiga koʼchib kelib, mahalliy aholi bilan aralashgan va aksariyat qismi oʼtroqlashgan[10]. Shuningdek, Shosh vohasiga turkeshlar va uygʼurlar ham kelib oʼrnashishgan.


IX-X asrlarda mahalliy hokimiyat forsiyzabon Somoniylar qoʼlida boʼlsa ham, Movarounnahrning shimoliy, shimoli-sharqiy va shimoli-gʼarbiy hududlarida, jumladan Shosh vohasida oʼzbek elatining turkiy asosi shakllangan edi. Bu davrda oʼgʼuzlar bilan bir vaqtda kelgan guruhlar islom dinini qabul qilishgan boʼlishsada, lekin oʼzlarining etnik xususiyatlarini saqlab qolishgan edi[11].


Chingizxon imperiyasi tanazzulga uchrab, Chigʼatoy davlati vujudga kelgach, uni harbiy jihatdan himoya qilish uchun har biri ming uyli turk-moʼgʼullar qabilalari Oʼrta Osiyo hududlariga kelishgan. Ular barlos, jaloyir, qovchin va orlot qabilalari edi. Jumladan, jaloyirlar Toshkent vohasining Аngren havzasiga kelib oʼrnashishgan[12].


Xullas, IX-XII asrlarda Movarounnahrda iqtisodiy va madaniy jihatdan taraqqiy etgan Shosh, Toshkent vohasida oʼziga xos, nihoyatda qizgʼin etnik jarayonlar sodir boʼlib, turkiy tilli va forsiyzabon turgʼun aholi oʼtroq, yarim oʼtroq va koʼchmanchi tarzda yashab, oʼzbek elatining shakllanishiga oʼzlarining salmoqli hissalarini qoʼshib, oʼzbek xalqining etnik tarkibidagi eng asosiy komponentlar sifatida salohiyatli oʼringa ega boʼlishgan.


[1] Mavlonov U. Markaziy Osiyoning qadimgi yo’llari. Toshkent: Akademiya, 2008. 166-bet
[2] Асқаров А. Ўзбек халқининг этногенези ва этник тарихи. Тошкент: Университет, 2007. 44-бет
[3] Асқаров А. Кўрсатилган асар. 260-бет
[4] Асқаров А. Кўрсатилган асар. 248-бет
[5] Шониёзов К. Қарлуқ давлати ва қарлуқлар. Тошкент: Шарқ, 1999. 37-бет
[6] Асқаров А. Кўрсатилган асар. 249-бет
[7] Шониёзов К. Қарлуқ давлати ва қарлуқлар. 141-бет
[8] Ўша асар. 74-бет
[9] Агаджанов С. Г. Очерки истории огузов и туркмен Средней Азии IX-XII вв. Ашхабад, 1969. С.128
[10] Асқаров А. Кўрсатилган асар. 261-бет
[11] Шониёзов К. Ўзбек халқининг шаклланиш жараёни. Тошкент: Шарқ, 2001. 222-223-бетлар
[12] Асқаров А. Кўрсатилган асар. 254-бет

Download 159,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish