Shukurjonov dostonbek


Hududiy bojxona boshqarmalarining apparatining strukturasi va ularning vazifasi nimalardan iborat?



Download 1,55 Mb.
bet5/6
Sana29.12.2021
Hajmi1,55 Mb.
#76839
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BI.

28.Hududiy bojxona boshqarmalarining apparatining strukturasi va ularning vazifasi nimalardan iborat?



Hududiy bojxona boshqarmalari o’z hududlarida joylashgan bojxona komplekslari va postlarining faoliyatini tashkil etish,boshqarish va nazorat qilish,bojxona chegaralari nazoratini tashkil etish,tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga yordam ko’rsatish,bojxona to’lovlarining undirilishini nazorat qilish va boshqa vazifalarni bajarish maqsadida tashkil etiladi.Bugungi kunda DBQ ning hududiy boshqarmalari tarkibiga cheklangan shatat birlikda quyidagi jadvalda berilgan



Hududiy bojxona boshqarmalari qonunchilikka muvofiq o’z faoliyatini joylardagi davlat organlaridan mustaqil ravishda amalga oshiradilar.Ular yuridik shaxs hisoblanib,bank muassasalarida hisob-kitob hisob varaqalariga,O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va boshqarma nomi yozilgan muhrga ega bo’ladilar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi “O’zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi PQ-3665-son qarori bilan DBQ ning Qoraqalpog’iston Respublikasi,viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda “Toshkent-Aero”IBK bo’yicha namunaviy tuzilmasi qaytadan ko’rib chiqildi va tasdiqlandi.

Davlat bojxona qo'mitasi bojxona instituti 119- guruh kursant Shodavlatova Layloning tayyorlagan amaliyot topshirig'i



  1. savol.

D BQ Markaziy apparatining tuzilishi(Jami- 260 kishi):

DBQ markaziy apparatidagi har bir bo'lim va boshqarmalar bojxona tarkibiy tuzilmalaridagi faoliyatni nazorat qilib boruvchi, ularning faoliyatini tartibga solib boruvchi, shuningdek, ularning faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi bo'g'inlar hisoblanadi. Misol tariqasida oladigan bo'lsakyangi tashkil qilingan Tashqi iqtisodiy faoliyatni notarif tartibga solishni nazorat qilish va bojxona ekspertizasi boshqarmasi butun boshli tizimda TIF notarif tartibga solishni nazorat qilish va bojxona ekspertizasi sohasidagi barcha o'ziga aloqador bo'lgan faoliyat bilan shug'ullanadi. Ular orasida normativ- huquqiy asoslarni takomillashtirish, mazkur yo'nalishga ishchilarni qabul qilish, xalqaro yoki vakolatli boshqa davlat idoralari bilan hamkorlik, TIF TNni yuritish, unga ko'ra tovarlarni klassifikatsiyalash, dastlabki qarorlar chiqarish va shu kabi yana ko'plab vazifalarni bajarib boradi. Aytmoqchi bo'iganim, markaziy apparatdagi butun tizimdagi sohalarni o'zaro taqsimlagan holda nazorat qilib boradi va ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi. Amaldagi qonuchilikka ko'ra DBQ markaziy apparatining tarkibiy tuzilmasi 260 kishidan iborat.



  1. savol

Bojxona organlari strukturalarining o'zaro bog'liqligi ularning iyerarxik tarzda bog'langanligi va o'zaro bo'ysunishida. Masalan, makaziy apparat butun tizimning yuragi deb ataydigan bo'lsak hududiy boshqarmalar, Bojxona instituti, Milliy Kinologiya markazi va bojxona postlarining barchasi ustidan umumiy nazoratni olib boruvchi ia ularning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi. Bunda hududiy bo'ysunish ham mavjud, ya'ni respubiadagi barcha cheraga bojxona

postlari va tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari joylashuviga ko'ra hududiy boshqarmalarning tarkibiga kirib ketadi va unga bo'ysunadi. DBQ bojxona instituti ia Milliy kinologiya markazi esa bevosita Davlat bojxona qo'mitasiga bo'ysunadi. Bundan tashqari sohaviy bo'ysunish ham mavjud. Misol uchun, Davlat bojxona qo'mitasinining bojxona to'lovlari boshqarmasi butun respublikadagi hududiy boshqarmalardagi to'lov bo'limlarining faoliyatini muvofiqlahtirib boradi va nazoratini yo'lga qo'yadi. Xuddi shu kabi kadrlar bo'limi, o'z xavfsizlik bo'limlar, bojxona nazorati, kontrabanda masalari bilan shug'ullanuvchi bo'limlar ham mos ravishda qo'mitasining mazkur boshqarmalari tomonidan nazorat qilinadi va faoliyati tartibga solinadi. Boshqa sohalardagi kabi bojxona xizmatida ham barcha postlar, hududiy boshqarmalar, kinologiya markazi, bojxona instituti, xullas bojxona organlari sifatida e'tirof etiladigan har qanday tuzilma boshliq tomonidan boshqariladi, va ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va talablarga javob bergan tadqirda lavozimga tayinlanadilar.



  1. savol

Chegara bojxona postlari - davlat chegarasi orqali belgilangan o'tish joylarida fuqarolar, transport vositalari va yuklarning harakatlanishi ustidan bojxona nazoratini o'rnatish, shuningdek davlat chegarasining bojxona nazorati o'rnatilmagan joylaridan (bojxona postlarini aylanib o'tish imkonini beruvchi avtomobil va so'qmoq yo'llar hamda yasama ko'priklar) fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda transport vositalarining va yuklarning olib o'tilishi oldini maqsadida tashkil etiladi.

Chegara bojxona postlari ixtisoslashuvi bo'yicha 4 ta turga bo'linadi: avtomobil, temiryo'l, aeroportva daryo chegara bojxona postlari.

Tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari - tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari tomonidan eksport yoki import qilinayotgan yuklarni bojxona rasmiylashtiruvidan o'tkazish, bojxona to'lovlarini undirish, bojxona rejimlarini qo'llash maqsadida tashkil etiladi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari ularda rasmiylashtiriladigan tovarlar turlari bo'yicha ixtisoslashtirilishi mumkin. Jumladan, energiya, pochta, paxta va h.k.

Hududiy boshqarmalaridagi bojxona postlarining soni ushbu hududning strategik ahamiyati va bojxona chegaralarining uzunligi, iqtisodiy potensiali ia yirik ishlab chikarish ob'ektlarining joylashganligi hamda tashqi savdo aylanmasining hajmiga qarab turlicha bo'ladi.

Ko'rinib turibdiki ulardagi o'xshashlik ularning namunaviy strukturasidan ham ayon. Ularda tashkil qilingan bo'limlar ham o'xshash buning sababi esa ularning ikkovi ham Respublikaga kirib kelinayotgan tovarlar ustidan iqtisodiy xavfsizlik choralarini ko'rish va yagona bojxona siyosati yuritilishi uchun javobgardirlar. Ularning o'rtasidagi asosiy farq esa chegara bojxona postlari faqat o'tkazish joylarida tashkil qilinib bu hududlarda harakatlanayotgann tovar va transport vositalari ustidan



bojxona nazoratini o'rnatish uchun xizmat qilsa, tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari esa TIF ishtirokchilarining yuklari ustidan bojxona rasmiylshtiruvi, bojxona to'lovlarini undirish va bojxona rejimlarini qo'llash kabi zaruriy protseduralar amalga oshiriladigan maskan hisoblanadi.

  1. savol

Xalqaro miqyosda bojxona xizmatlarini o'zaro solishtirib tahlil qiladigan bo'lsak ular o'zaro o'xshash ekanligini tushunib yetamiz. Buning s ababi davlat chega r a sid a ha r a kat la na yotga n tova r la rga nisb at a n iqtisodiy siyosat choralarini qo'llash prinsiplari an'anaviyligicha qoladi lekin ularni amalga oshirish usullari va ularning vazifalari va maqomi biroz farq qilishi mumkin. Quyida Rossiya Federatsiyasi, AQSH va O'zbekiston Respublikasining bojxona xizmatining asosiy vazifalarini solishtiramiz. Xususan Rossiya Federatsiyasida bojxona organlarining asosiy vazifalari sirasiga bojxona ishini bevosita amalga osirish, bojxona siyosatiga doir choralarning qo'llanishini amalga oshirish, Rossiya iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, bojxona organlari zimmasiga yuklatlgan vakolatlar doirasida butun mamlakat bo'ylab bojxona to'g'risidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ- huquqiy aktlarga amal qilinishini nazorat qilish, bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirish, kontrabanda va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurashni tashkil qilish, iqtisodiyotda bojxona tartibotlariga amal qilinishini nazorat qilish, Rossiya federatsiyasining butun bojxona hududi bo'ylab yagona bojxona siyosatini amalga oshirish, bojxona to'lovlarini undirish, TIFning tarif va notarif tartibotini nazorat qilish, bojxona statistikasini yuritish kabi ustuvor vazifalar kiradi. Amerika qo'shma shtatlarida esa nisbatan boshqacharoq. Ma'lumotlarga qaraganda ularning faoliyatini ular himoya qiladigan qonunchilikka qarab bo'lib olish mumkin. Ularning asosiylari esa quyidagilar: bojxoan qonun hujjatlariga amal qilinishini nazorat qilish; narkotik moddalar bilan bog'liq qonun hujjatlariga amal qilinishini nazorat qilish, eksport nazorati bilan bog'liq qonun hujjatlariga amal qilinishni nazorat qilish, valyuta nazorati bilan bog'liq qonun hujjatlariga amal qilinishini nazorat qilish. Lekin shunga qaramasdan AQSH bojxonasining asosiy vazifasi sifatida an'anaviy vazifalar ya'ni AQSHning bojxona hududida va chegaralarida mamlakatb manfaatlarini himoya qilish va mamlakatga tovarlar kirishi va chiqishi jarayonida qonunchilikka rioya qilinishini nazorat qilish. Bunda e'tiborga olinishi kerak bo'lgan jihat shundaki, bojxona organlari chegaralarda nafaqat bojxona qonun hujjatlarga amal qilinishini nazorat qiladi, balki AQSH qonunchiligida nazarda tutilgan barcha normalarga amal qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Ya'ni AQSHda bojxona organlari chegaralardagi barcha qonunlarga amal qilinishi uchun javobgar. O'zbekiston bojxona organlarining asosiy vazifalar 2018- yil 18- oktyabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi "O'zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati to'g'risida"gi 502- son qonun bilan belgilab berilgan. Ular sirasiga o'z vakolati doirasida O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va uning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash; bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirish; bojxona to'lovlarini undirish; bojxona to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, qonun hujjatlari buzilishlarining, shu jumladan kontrabandaning oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qo'yish; tashqi savdo operasiyalarining monitoringini amalga oshirish, eksport- import shartnomalarining ijrosini tahlil qilish, shuningdek tashqi savdo operasiyalarining bojxona organlariga taalluqli qismini o'tkazishda valyuta to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etish;tovarlarning tashqi savdosiga doir bojxona statistikasini hamda tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasini yuritish va shu kabilar kiradi.

Ko'rinib turibdiki barcha mamlakatda ham bojxona organlarining asosiy vazifalari sirasiga mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash va bojxona to'g'risidagi qonun hujjatlariga amal qilish, bojxona to'lovlarini undirish, bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirish, kontrabandaga qarshi kurashish va shu kabilar. Bunda hech qanday ajablanarli j'oy yo'q. Chunki dunyoning qaysi davlatiga bormaylik bojxona organlari deyarli bir xil vazifani bajaradilar. Shuning uchun ham ular mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlashda o'rnini bosib bo'lmas organ hisoblanadilar.



  1. savol

Barchamizga ma'lumki O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF - 6005 son Farmoni bila bojxona tizimida, uning tarkibiy tuzilmasida qator o'zgarishlar amalga oshirildi. Avvalo markaziy apparatdan boshlasak. PQ- 3665- son qarorga ko'ra Davlat bojxona qo'mitasining tarkibidagi shtatlar soni 240 nafar edi. Yangi farmonga ko'ra esa ularning soni 260 nafarga yetdi. Bojxona ekspertizasi va tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini yuritish boshqarmasi Tashqi iqtisodiy faoliyatda notarif tartibga solishni nazorat qilish va bojxona ekspertizasi boshqarmasi etib, Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi esa Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi etib qayta tashkil etildi va bu boshqarmalardagi shtatlar soni ham keskin oshirildi. Xususan ulardagi shtatlar soni mos ravishda 15ta va 30taga yetkazildi. Bu mazkur boshqarmalar zimmasigga yana yangi vazifalar yuklatilgani bilan izohlanadi. Bungacha ular mos ravishta 11ta va 15ta shtat birliklarini tashkil qilar edi. Markaziy apparatdagi sezilarli o'zgarislardan yana biri avval mavjud bo'lmagann lavozim, ya'ni Raisning madaniy- ma'rifiy ishlar samaradorligi va davlat tili to'g'risidagi qonunga amal qilinishi masalalari yuzasidan maslathatchisi lavozimi j'oriy etildi. Yana bir o'zgarish O'z xavfsizlik boshqarmasi O'z xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi deb qayta nomlandi.

To'g'ri markaziy apparatda shtatlar soni ko'paygan lekin umumiy hisobda olib qaralsa, tizimda u sezilarli ravishda qiqsargan, avval ular soni 4248ta edi, endi esa yangi farmonga ko'ra ularning soni 4223ta. Bunda sezilarli o'rgarish bojxona postlarida amalga oshirilgan, ya'ni ularning soni 3071tadan 2999tagacha qisqartirilgan. Hududiy boshqarmalar va Toshkent AERO ixtisoslashgan bojxona kompleksidagi shtatlar soni esa 738tadan 765taga oshirilgan. Bundan xulosa qilish mumkinki, bojxona postlarida ba'zi amallarning avtomatlashtirilyotgani xodimlarga bo'lgan talabni qisqartirishga sabab bo'lmoqda.



  1. savol

"Bojxona ma'muriyatchiligini isloh qilish va O'zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati takomillashtirish tog'risidagi" PF- 6005- son Farmonda nazarda tutilganidek Jahon savdo tashkiloti, Jahon bojxona tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning standartlari va tavsiyalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bojxona ma'muriyatchiligini takomillashtirish va bojxona tartib- taomillarini soddalashtirishni talab etadi. Shu bilan birga, "qog'ozsiz va elektron bojxona" lozim darajada rivojlanmayapti, kontrabanda, kontrafakt mahsulotlarni olib o'tish, korrupsiya, noqonuniy valyuta operatsiyalari va bojxona to'lovlarini to'lashdan bo'yin tovlashga qarshi kurashish usuiari bojxona ma'muriyatchiligining zamonaviy va sinovdan o'tkazilgan usullarini qo'llashni talab etmoqda. Aynan shu maqsadlarni ro'yobga chiqarish uchun 2020- 2023 yillarda bojxona ma'muriyatchiligini isloh qilish va O'zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish konsepsiyasi qabul qilindi. Mazkur konsepsiyada mavjud kamchiliklar o'rganib chiqilib ulami bartaraf etish va mazkur sohalarda takomillashtirish ishlari amalga oshirilishi choralari belgilandi. Ular quyidagi yo'nalishlarda amalga oshiriladi:

bojxona sohasidagi normativ- huquqiy bazani yanada takomillashtirish;

mavjud kuch va vositalarni optimal qo'llagan holda bojxona organlari faoliyati va infratuzilma obyektlarining institutsional asoslarini rivojlantirish;

raqamli iqtisodiyot doirasida zamonaviy va ilg'or axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini bojxona sohasiga joriy etish orqali bojxona organlari faoliyati shaffofligi hamda samaradorligini ta'minlash;

bojxona organlarining fiskal funksiyalarini amalga oshirishni takomillashtirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni (keyingi o'rinlarda - TIF) tarif va notarif jihatdan tartibga solishni soddalashtirish;

kontrabanda va bojxona to'g'risidagi qonun hujjatlari buzilishiga qarshi kurashish;

bojxona organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasi va mahoratini yanada oshirish, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish;

xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar bojxona xizmatlari bilan o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish;



Makzur konsepsiya JBTning tavsiyalari va ilg'or davlatarning bojxona orgalari faoliyatiga oid tajribalariga asoslanadi. Konsepsiya bojxona organarining rivojlanishi va borada ishlab chiqiladigan dasturlar va kompleks chora tadbirlar uchun asos bo'lishi ko'zda tutilgan. Konsepsiyada bugungi bojxona tizimining mavjud holati, yutuqlariga ham to'xtalingan, lekin asosiy urg'u tizimdagi kamchiliklarga tushirilgan. Bunda bojxona organlarining samarasiz va ortiqcha nazorat funksiyalari; eskirgan trtibotlar hamda ularning xalqaro me'yorlar va sttndartlarga nomuvofiqligi; bojxona organlari faoliyatida byurokratik to'siqlarning saqlanib qolayotganligi; samarali idoralararo hamkorlikning mavjud emasligi; bojxona operatsiyalarini amalga oshirishda ko'p vaqt sarflanishi; bojxona organlarining faoliyatida bojxona to'lovlarini undirishda kuch va vositalarning haddan tashqari jamlanishi bilan bog'liq institutsional muammolarning mavjudligi; o'tkazish punktlarining o'tkazish qobiliyati past darajada ekanligi va ularning moddiy- texnik jihatdan yetarli darajada ta'minlanmaganligi kabi kamchiliklarga alohida to'xtalib o'tilgan. Ularni oldini olish yuzasidan yuqorida sanab o'tilgan yo'nalishlarda qator vazifalar belgilab berilgan. Konsepsiyada belgilanganidek, asosiy maqsad tovar va transport vositalarini O'zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o'tish uchun maksimal qulay sharoitlar yaratish, bojxona operatsiyalarini amalga oshirish vaqtini qisqartirish, amalga oshirilayotgan operatsiyalarni avtomatlashtirish va ilg'or texnologiyalarni, shuningdek, xalqaro me'yor va standartlar, xorijiy davlatlarning eng yaxshi tajribalariga muvofiq ishlashning yangi usullarini joriy etishdir.

  1. savol


Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish