Shunchaki Chinor haqida



Download 19,01 Kb.
Sana01.01.2022
Hajmi19,01 Kb.
#303180
Bog'liq
Shunchaki Chinor haqida


Shunchaki Chinor haqida

https://m.kun.uz/uz/news/2021/07/04/daraxtlarga-qoshib-yana-nimalarni-yoqotyapmiz

shu maqolaga qo’shimcha sifatida.

O’zbekistonda cheklovga qaramay tinimsiz davom etayotgan daraxtlar genosidi haqida gapirish befoydaligi aniq bo’lgan. Lekin masalan mani boshqa muammo ko’proq o’ylantiradi- shu daraxtlarni fondini o’rnini qoplash. Butun O’zbekiston bo’yicha ekilayotgan nihollar ichida mutloq rekordchi daraxt borki uni tilga olmay iloj yo’q. Bu hammaga ma’lum va mashhur, asosan yurtimizda tog’li joylarda uchrovchi, o’sish surati ancha past bo’lgan daraxtlardan biri-Archa. Tabiiy ravishda doimiy sug’orishni talab qiladigan, hatto 10-20 yilda o’sib katta bo’lganda ham boshqa tengdosh daraxtlarga qaraganda ancha kam soya beradigan archa O’zbekistonda ekiladigan daraxtlarning 90 foizini egallasa kerak. O’zbekistonning asosiy arteriya yo’llaridan biri M-34 dan yursangiz 60-70 yillar oldin cho’l bo’lgan hududlarga archa ekilganiga guvoh bo’lasiz. Bu shunchaki beparvolikmi yo cho’l hududida o’sishga mo’njallangan archalar sinfi bormi, buni hurmatli o’quvchilarga havola.

Yevropaning mana man degan poytaxt ko’chalari ko’rkiga ko’rk qo’shadigan chinorlar (bizda ham tarixan uncha uzoq bo’lmagan davrda ancha ko’p bo’lgan) esa kesilsa kesiladiki o’rniga hech qachon chinor ekilmaydi. Yevropa davlarlarida shaharlarda yashil hududlarni oshirishda, alohida “sekret uspexa”si yoq.

O’zbekistonda azaldan Chinor daraxti qadrlangan. Me’morchiligimizda ishlatilgan naqshband ustunlar, yoki boshqa turdagi yog’och mahsulotlari chinordan olingan. Chinor o’zining o’zgacha haybati bilan boshqa daraxtlardan ancha ajralib turgan. Yoz oyida odamlarga soya berib joniga oro kirsa, qushlarga in qurishiga, ko’payishiga eng maqbul daraxt bu chinor. Chinor nomli asarlar yoki Chinor nomli ko’plab joylar bor. ( Ko’pchilik Chorbog’ va Xumson o’rtasida Chinor nomlik qishloq borligini bilmasa kerak.)

Chinor uzoq yillar umr ko’radi. Samarqandda ming yillik Chinorlar bor deyishadi. https://kun.uz/uz/news/2019/05/21/ming-yillik-chinor-120-yillik-dolana-samarqandning-eng-keksa-daraxtlari-haqida-bilasizmi?q=%2Fnews%2F2019%2F05%2F21%2Fming-yillik-chinor-120-yillik-dolana-samarqandning-eng-keksa-daraxtlari-haqida-bilasizmi

Chinorning ildizi yerga ancha chuqur kiradi. Shu tufayli yer osti suvlari sizotga nisbatan juda foydali. Qadim qadimdan baland binolar oldiga, hovuzlar yaqiniga chinor ekilgan.

Lekin ne bo’ldiki, bizning Yangi O’zbekistonda amaldorlarda chinor daraxtiga nisbatan alohida nafrat bor. 2000 yillardan buyon ko’kalamzorlashtirish ishlarining birontasida chinorga o’rin topilmagan. Aksincha qayerda chinor daraxti bo’lsa ayovsiz chopilgan ( va chopilmoqda).

O’z nomiga tobora mos va xos bo’lib borayotgan Toshkentimizda qurulish ishlari avjida. Shu bilan birga oldin faqat Hollywood kinolaridan tanish bo’lganimiz quyunlar (tornadolar), chang quyunlari ko’rinishida odatiy tusga kirib bo’ldi. O’zininig yirik barglari bilan ushbu chang quyun, bo’ronlarni to’sishi kerak bo’lgan chinorning o’rniga, hozirda bizda ignabargli archa ekilmoqda (buning sababi negaligi hatto katta katta olimlarimiz uchun ham jumboqligicha qolmoqda). Asosan tog’larda o’sadigan bizning kontinental iqlimimiz bilan uncha salom-aligi yo’q bo’lgan archa, muqaddam cho’l hududi bo’lgan Sirdaryo viloyatlarigacha ekilgan. Lekin quruq ob-havoda ham yaxshi o’sadigan chinor na shaharlarda manzarali daraxt sifatida, na katta yo’llar magistral yo’llar bo’ylarida ekilgan.

Yevropa narxlarida sotilayotgan ko’p qavatli uylar qurushni o’rgangan tadbirkorlarimiz chiroyli bino fasadlarini berkitishni xohlashmaydi shekilli ularda ham chinorga nisbatan allergiya bor. Odatda faqatgina pastak daraxtlar bilangina kifoyalanishadi. Toza havosidan bahro olishni orzu qiladigan oddiy aholi esa shunchaki shahar qiyofasiga bee’tibor. Bilishmaydiki shunchaki daraxt kesilishiga yo’l qo’ymaslikni o’zi ham farzandlarni sog’ligiga katta foyda. Ba’zi hollardagini daraxt kesilishiga aloqador odamlar kichik jarima bilan qutulib qolganini aytmasa, hali hech kim bunday daraxtlarga nisbatan bunday katta xujumning asl sababchini aniq ayt(ol)maydi.

Ma’lumot uchun aytish kerak biz doim misol qilib oladigan Yevropada ham asosan chinordan foydalanishadi. Misol uchun Parijda deyarli 40 foiz daraxt chinor ekan. O’zi aslini olganda dunyoning hech qayerida O’zbekistonchalik ko’p archa ekilmayotgan bo’lsa kerak. Har bir parkning bezagi bo’la oladigan chinor esa go’yoki duoibad qilingan.



Va Chinorlarni 3-4 metrlik qilib arralash amaliyoti paydo bo’ldiki, sababi faqat kesuvchilarga ayon. Daraxtlarni deyarli 100 foizlik qurutishga olib kelayotgan bu amaliyot shunchaki daraxtlarni kesishga qo’yilgan amaliyotni aylanib o’tishga harakatmikan degan fikrga borishdan qo’rqamiz.

Chinor ham boshqa hamma daraxtlar kabi karbonat angidrid yutib, kislarod chiqaradi. Iltimos, Chinorlarni ko’chalarga qaytaring.
Download 19,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish